UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
رفتن به کانال در Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
نمایش بیشتر886
مشترکین
+424 ساعت
-357 روز
-36330 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning buyuk qadriyati, milliy g‘ururi va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchining timsolidir. Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot, bunyodkorlik va yangilanish yo‘lidan dadil odimlab, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida ulkan islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimizning baxt-saodati, oilalarimizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz.
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — MANGU BARHAYOT
31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.
Ushbu sana yurtimiz tarixidagi og‘ir va mash’um davrlarda nohaq qatag‘on qilingan, o‘z hayotini Vatan, xalq va millat taraqqiyoti yo‘liga bag‘ishlagan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning pok nomlarini abadiylashtirish kunidir.
Qatag‘on qurbonlarining matonati, milliy qadriyatlarimiz va ozodlik yo‘lidagi fidoyiligi xalqimiz xotirasida hamisha saqlanib qoladi.
Ularning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirib, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yosh avlodni vatanparvarlik va tarixiy xotira ruhida tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Qatag‘on qurbonlarining xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi!
Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!
#no_comment
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi✅ tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 1 yil davomida o‘tkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan kameral soliq tekshiruvi mustasno; ✅ tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi va birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, o‘zgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qo‘llamasdan, dastlab kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi. ⏳ Farmonga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinishi belgilandi (bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno). ✅ Moratoriy amal qilish davrida: 🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va ushbu huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi. Bunda: ➖ nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi; ➖ o‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi; ➖ tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?– dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.
Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.
– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi.
—
Почтена память жертв репрессий и героических предков.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
—
Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#33_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+5
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
“O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasida saxovat tadbirlari davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayramona kayfiyat ulashish hamda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Bayram munosabati bilan boshqarmaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan boshqarma xodimlariga turli xil sovg‘alar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbus xodimlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘lib, jamoada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👔 Mustaqillik bayrami barchamizga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik va yangi zafarlar olib kelsin!
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди
АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди.
Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган.
🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда.
Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган.
Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.
Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган.
Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅ “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun haqida nimalarni bilish kerak
▶️ O‘zbekiston Respublikasining 2026- yil 14- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1166-son Konstitutsiyaviy qonuni Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini huquqiy jihatdan belgilab berdi.
Mazkur Konstitutsiyaviy qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2026 yil 6 avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 7 avgustda maʼqullangan va 14-avgust kuni imzolangan. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirgan.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+5
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
🇺🇿 O‘zagroinspeksiyada Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida Inspeksiya rahbariyati, markaziy apparat xodimlari hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan Inspeksiya boshlig‘i A. Vahabov barchani Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat nazoratining samaradorligini oshirish, ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shish har bir xodimning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
— “O‘zagroinspeksiya” tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlashda Inspeksiyaning har bir xodimi o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladi, deb ishonaman. Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilayman, — dedi A. Vahabov o'z nutqidaTadbir davomida o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va fidoyiligi bilan jamoa faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi. Jumladan, Inspeksiyaning markaziy apparati hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni hamda Inspeksiya boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirning badiiy qismi esa teatr va san’at namoyandalarining Vatan, istiqlol va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvchi go‘zal she’rlari, kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+1
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 -yilligiga bag‘ishlab mini-futbol bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
🏆 Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad — soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoada birdamlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda Mustaqilligimizning 35-yillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashdan iborat bo‘ldi. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda 4 ta jamoa, jumladan, “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparatining 1- va 2-jamoalari hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy apparati va markaziy laboratoriyasi jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.Muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi va jamoalarning yuksak mahorati ostida kechgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi: 🥇1-o‘rin: “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy laboratoriyasi jamoasi; 🥈 2-o‘rin: “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparatining 1-jamoasi; 🥉3-o‘rin: “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy apparati jamoasi. Tadbir yakunida musobaqa g‘olibi — “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy laboratoriyasi jamoasiga “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, faxrli 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar vakillari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+7
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
✔️ Mustaqillik bayrami munosabati bilan xodimlar farzandlariga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 -yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya” Markaziy apparati rahbariyati tashabbusi, Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqarmaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Samarqand viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning maktab yoshidagi farzandlariga yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur ezgu tashabbus yosh avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib, farzandlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga munosib hissa qo‘shadi.Bunday xayrli tadbirlar xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayniqsa, farzandlarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ezgu ishlarning yorqin namunasidir. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi farzandlarimizga ulkan zafarlar, a’lo baholar va yorqin kelajak sari yangi imkoniyatlar olib kelsin!
