Zayd Qamar
Open in Telegram
Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
705
Subscribers
No data24 hours
+107 days
+6230 days
Posts Archive
705
Qamarman
Qamarman, tunlarni yoritmoq uchun
Quyoshdan nur olib, oʻzda porlagan.
Qamarman, dardlarni aritmoq uchun
Pinhona suhbatga tunda chorlagan.
Qamarman, gunohlar qalbimga sigʻmay,
Yuzimda dogʻ kabi mudom aks etgan.
Qamarman, kunduzlar bagʻrimni tigʻlay,
Oxiri, tun ila visolga yetgan.
Qamarman, kechalar samolarda jim,
Qancha oshiqlarning ohiga guvoh.
Qamarman, men ila orom topar kim,
Kimdir bedor boʻlib, aylaydi hamroh.
Qamarman, koʻrdimki necha gunohkor
Pushaymonlik ila toʻkdilar koʻz yosh.
Qamarman, eshitdim, etmadim oshkor,
Kim uchundir boʻldim eng yaxshi sirdosh.
Qamarman, deraza ortidan boqib,
Mahzun chehralarni yoritgan bir nur.
Qamarman, savollar otashin yoqib,
Oʻychan nigohlarda qolgan tafakkur.
Qamarman, Robbimdan umidvor nigoh,
Ohista duoga ochilgan qoʻllar.
Qamarman, bemor ishq ahliga panoh,
Yorning visoliga eltgan yoʻllar.
Qamarman, tunda ham ilm izlagan
Tolibga ixlos-la xizmat qilgan doʻst.
Qamarman egasin topib bormagan,
Titragan lablarda shivirlagan soʻz.
Qamarman, yelkangga asta qoʻyib bosh,
Seni oʻzim tomon chorlayveraman.
Qamarman, to sharqdan chiqarkan quyosh,
Tunlari beminnat porlayveraman…
• Zayd Qamar
