ru
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

Открыть в Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
705
Подписчики
Нет данных24 часа
+107 дней
+6230 дней
Архив постов
Qamarman Qamarman, tunlarni yoritmoq uchun Quyoshdan nur olib, oʻzda porlagan. Qamarman, dardlarni aritmoq uchun Pinhona suhbatga tunda chorlagan. Qamarman, gunohlar qalbimga sigʻmay, Yuzimda dogʻ kabi mudom aks etgan. Qamarman, kunduzlar bagʻrimni tigʻlay, Oxiri, tun ila visolga yetgan. Qamarman, kechalar samolarda jim, Qancha oshiqlarning ohiga guvoh. Qamarman, men ila orom topar kim, Kimdir bedor boʻlib, aylaydi hamroh. Qamarman, koʻrdimki necha gunohkor Pushaymonlik ila toʻkdilar koʻz yosh. Qamarman, eshitdim, etmadim oshkor, Kim uchundir boʻldim eng yaxshi sirdosh. Qamarman, deraza ortidan boqib, Mahzun chehralarni yoritgan bir nur. Qamarman, savollar otashin yoqib, Oʻychan nigohlarda qolgan tafakkur. Qamarman, Robbimdan umidvor nigoh, Ohista duoga ochilgan qoʻllar. Qamarman, bemor ishq ahliga panoh, Yorning visoliga eltgan yoʻllar. Qamarman, tunda ham ilm izlagan Tolibga ixlos-la xizmat qilgan doʻst. Qamarman egasin topib bormagan, Titragan lablarda shivirlagan soʻz. Qamarman, yelkangga asta qoʻyib bosh, Seni oʻzim tomon chorlayveraman. Qamarman, to sharqdan chiqarkan quyosh, Tunlari beminnat porlayveraman…
• Zayd Qamar

بِسْــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمٰنِ الرَّحِيم