en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe 👈

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Closed channel

• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
437
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-7030 days
Posts Archive
#hayotimning_kadr_orti Qanday qilib pulni tejayman deb 3 baravar ko'p pulga tushganim 💸 Bir marta litseydan uyga qaytayotgan
+1
#hayotimning_kadr_orti Qanday qilib pulni tejayman deb 3 baravar ko'p pulga tushganim 💸 Bir marta litseydan uyga qaytayotganimda avtobusga minganman, odatda damasda qaytardim, avtobusga umuman minib ko'rmagandim O'sha kuni nimagadir avtobusda ketgim kelib qolgan va minganman, bir payt qarasam avtobus boshqacha-boshqacha ko'chalardan yuryapti 🚗
Keyin bilsam Xivaga katta yo'ldan emas, ichki yo'llardan qishloqlarni ichidan boradigan avtobusga mingan ekanman Keyin Xivaga borguncha jim o'tiraverganman, hamma tushib-tushib ketgan faqat men qolganman
Shafyor ham menga qarab-qarab qo'yadi, oxiri so'ragandi qayerga ketyapsan deb, menam xuddi adashmay o'zim bilib kelayotganday Xivaga deganman Xullas, Xivada tushganman u yerdan uyga kelguncha yana 2 ta damasga minganman va uyga deb abetda chiqqanimdan  kunbotarga yaqin kirib borganman, avtobusda qishloqlarni aylaniiib 🌸 Sizni ham shunaqa adashib qolgan holatlaringiz bo'lganmi, kommetda yozingchi 💬

15 + 🩷 qilib qo'yinglar)

Bizda yana bir yangi rubrika 🤩 "Hayotimning kadr orti" - bu rubrika orqali shu paytgacha kamchilik biladigan muvaffaqiyatsiz
Bizda yana bir yangi rubrika 🤩
"Hayotimning kadr orti" - bu rubrika orqali shu paytgacha kamchilik biladigan muvaffaqiyatsizliklarim va kulgili holatlarimni yoritaman!
Qaysi biri voqeadan boshlasam ekan, shu darajada ko'pki nimadan boshlashga ikkilanib qoldim 🤩 O'zi bu rubrika qiziqmi siz uchun, agar qiziq bo'lsa - 🩷

Turkiyadan salomlar qizlar ✈️ Yaqinda bir o'quvchimni to'yi bo'lgandi, asaloyiga Turkiyaga ketishibdi 🚲 Menga shunaqa asal r
+1
Turkiyadan salomlar qizlar ✈️ Yaqinda bir o'quvchimni to'yi bo'lgandi, asaloyiga Turkiyaga ketishibdi 🚲 Menga shunaqa asal rasm va videolar tashlabdilar kecha, ko'rib kayfiyatim 1000 bo'ldi 💭 Men bormagan joylarga kanalib boribdi, tez orada o'zimga ham borish nasib qilsin 💕 Yana kimlar Turkiyaga borishni xohlaydi - 🩷

Boya marketing kursimdan chiqib, idishlarni yuvay deb oshxonaga borib qarasam, ne ko'z bilan ko'rayki idishlar yuvilgan 💕 O'
Boya marketing kursimdan chiqib, idishlarni yuvay deb oshxonaga borib qarasam, ne ko'z bilan ko'rayki idishlar yuvilgan 💕 O'sha paytdagi xursandchiligimni so'z bilan ta'riflab berolmayman, xuddi birovdan sovg'a olganday quvondim Darsdan chiqqunimcha onam yuvib qo'yibdilar, darsda o'tirganimda xonamga bir kirib qarab ketgandilar Qizim bechora yakshanba kuni ham dam olmay narsa o'qib yotibdi deb yuraklari bo'shab yuvib qo'yganlar shekilli 💕 Bunaqa holatda hamma xursand bo'lsa kerak aa menimcha, to'grimi - 🩷

Kanali bor qizlar, sizlarni kanalingizga ham shunaqa g'alati-g'alati nomlarda qo'shilish so'rovi keladimi🤦‍♀️ Yo faqat menga
Kanali bor qizlar, sizlarni kanalingizga ham shunaqa g'alati-g'alati nomlarda qo'shilish so'rovi keladimi🤦‍♀️ Yo faqat mengami, tinmasdan keladiyey tavba, qattiq harakat qilishyapti qo'shilish uchun🤩

Bayram avjida😅

Video message00:11

Günooo qizlar🎀 Bugun biz uchun muhim kun, o'quvchilarim serifikat imtihoniga kirishadi Bir paytlar men ustozlarimdan duo ola
Günooo qizlar🎀 Bugun biz uchun muhim kun, o'quvchilarim serifikat imtihoniga kirishadi Bir paytlar men ustozlarimdan duo olardim, hozir esa o'z o'quvchilarimni duo qilyapman 💭 Kecha darsdan keyin hamma narsalarni aytib, oxirida duo berib darsni tugatgandim Shunda ham bugun yana imtihonga kirishmasidan oldin yana motivatsiya berib golos tashlab qo'ydim, chunki o'quvchilarda hayajon kuchli bo'ladi baribir Imtihonga kirayotgan hammaga omad, qilgan mehnatlaringizni natijasini ko'rish nasib qilsin)

Uzun post bo'ldi lekin o'qiganizga afsuslanmaysiz, albatta oxirigacha o'qinglar🎀 Oxirigacha o'qiganlar kommentda men deb ketinglar, kimlar sabrli ekanini bilib olamiz shundan)

Hammadan ortda qoldim deb o'ylayotgan bo'lsangiz bu post aynan siz uchun 💭 Ba’zan shunday kunlar bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlar
Hammadan ortda qoldim deb o'ylayotgan bo'lsangiz bu post aynan siz uchun 💭 Ba’zan shunday kunlar bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlarga kirasiz — kimdir o'ziga mashina olgan, kimdir chet elga ketgan yana kimdir esa o'z biznesini boshlagan go'yoki hamma orzusidagi hayoti ni yashayotgandek… O'sha payt telefonni qo‘yasiz va miyyangizda bitta savol charx urishni boshlaydi “Men-chi?” Nega men ham oldinroq harakat qilmadim, men ham shu narsalarga erisha olishim mumkin ediku kabi savollarni keti uzilmaydi O'z hayotimizni boshqalarni hayoti bilan solishtirishni boshlaymiz, lekin o'sha payt bitta narsani esdan chiqarmasligimiz kerak siz hozirgi aqlingiz bilan bundan 5 balki 10 yil oldingi o'zingizni ayblayabsiz Ya'ni bu joyda o'zingizga nisbatan haqsizlik qilyapsiz, sizning 5, 10 yil oldingiz aqlingiz o'sha qilgan ishlaringizni eng to'g'risi deb bilgan, shuning uchun buni qabul qilishimiz, o'zimizga nisbatan shafqatli bo'lishimiz kerak Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rgan insonlarni faqat bizga ko'rsatgan joyinigina ko'ramiz, lekin shu yergacha qanday keldi qanday yo'l bosib o'tdi bilmaymiz Muvaffaqiyatni 100 deb olsak, balki siz 0 dan boshlagan narsangizni u oilasidagi sharoitlar yoki tanishlari tufayli 40 dan boshlagandir Ya'ni siz o'z mehnatingiz bilan 0 dan 20 ga kelsangiz, u inson esa 40 boshlab 50 ga kelgan bo'lsa, o'sha inson bilan bunday holatda o'zingizni solishtirishingiz sizga nisbatan katta haqsizlik bo'ladi Ammo u ham 0 dan boshlagan bo'lishi mumkin ya'ni biz buni bilmaymiz, bu holatda nima qilishimiz kerak davomiy o'timishimizga qarab birovlarni yoki o'zimizni ayblashdan foyda yo'q Shu paytgacha qilmagan lekin eng afsuslanadigan ishingiz qaysi, shuni o'ylab toping, ammo faqat bittasini va shuni bugundan boshlang Masalan til o'rganmaganingiz uchun juda afsuslanasiz, bugunoq u tilni o'rganishni boshlang Bugundan boshlang deganda nimani nazarda tutdim, shu tilni qanday o'rganish mumkinligi haqida you tubedan 5 10 daqiqalik video ko'ring Shuni o'zi ham miyyamizga men qila olaman degan signalni beradi, ya'ni kichik-kichik qadamlardan boshlang, birdaniga ko'p narsani qilishga harakat qilmang Va eng muhimi o'tmishga qarab o'zingizni ayblashni to'xtating va kelajakka qarab, maqsadlaringiz tomon birinchi qadamni tashlang) Bu post siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa 🩷 bosishni unutmang)

Qizlar o'zingizni hamma narsadan, hammadan ortda qolayotganday, hamma sizdan oldinlab ketganu siz esa bir joyda qotib qolgandan his qilgan vaqtlaringiz bo'lganmi❓ Nimaga oldinroq harakat qilmadim, nimaga boshqalarda o'xshayapti menda esa bo'lmayapti deb o'z-o'zingizni ayblagan, o'zingizdan jahlingiz chiqqan vaqtlarchi 💭 Bugun shu mavzularda turkcha juda zo'r podkast eshitdim, nimaga bunaqa bo'lishi va buni yechimi nima ekanligi haqida gaplashamizmi nima deysizlar 💬 Ha deyish uchun 🩷 bosing)

1980-yillarda yashasam, rasmdagiday talaba bo'laman ekan🤩 Shu trendni qilib ko'rdingizmi, qilgan bo'lsangiz rasmlardan ulash
1980-yillarda yashasam, rasmdagiday talaba bo'laman ekan🤩 Shu trendni qilib ko'rdingizmi, qilgan bo'lsangiz rasmlardan ulashingchi)

O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni 12 yoshimda topganman💸 O'sha payti men 5-sinfga endi o'tgandim, qo'shnimizni bitta o'g'li bor edi mendan 4 yosh kichik Ya'ni o'sha yili 1-sinfga borgan, men maktabda yaxshi o'qiganman hamma fandan a'lochi bo'lganman Shuning uchun qo'shnimiz o'zing uyga vazifalariga, matematika va o'qishlariga yordam ber, har kuni o'zing shug'ullan senga pul beraman degan Tabii ki ho'p deganman, har kuni u bola biznikiga kelardi yoki men ularnikiga borardim va birga shug'ullanardik Uni dars qilgisi kelmasdi, zo'rg'a majburlab qildirardim gapirib, o'sha paytlari meni ustoz deb chaqirishga ham majburlaganman Men seni o'qityapman narsa o'rgatyapman, kelganingda assalomu alaykum ustoz deb, ketayotganingda xayr ustoz deb ayt deganman😁 U ham boshlarda aytmay yurdi, lekin keyin majbur aytgan baribir ham, ayttirganman Xullas, bir oy o'tdi va oylikni oladigan vaqtim kelgan va uni onasi menga 5 ming pul bergan, u pul hozirgi paytdagi 50 mingmi yoki 100 minggami to'g'ri kelsa kerak 12 yoshli men uchun bu katta pul bo'lgan, o'sha payti rosa xursand bo'lganman va maktabga borib onamga aytganman quvonib Xullas o'sha kun boshqacha esimda qolgan, lekin birinchi daromadimni nimaga ishlatganimni eslolmayman😊 Siz birinchi daromadingizni qachon topgansiz, yozingchii)

O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni bundan 10 yil oldin ya'ni 12 yoshimda topganman desam ishonasizmi❓ Shu haqida po
O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni bundan 10 yil oldin ya'ni 12 yoshimda topganman desam ishonasizmi❓ Shu haqida post qiziq bo'lsa, darsdan chiqqunimcha20+ 🩷 bosib turinglar)

Ertalabdan uyg'onib nonushta tayyorlagan ustozdan salomlar🦋 Odatda nonushtani onam tayyorlab keyin meni uyg'otardi Chunki ke
Ertalabdan uyg'onib nonushta tayyorlagan ustozdan salomlar🦋 Odatda nonushtani onam tayyorlab keyin meni uyg'otardi Chunki kechqurun darslarimdan 11 larda chiqaman, idishlarni yuvib boshqa ishlarimni qilguncha soat 12 dan o'tib ketadi Shuning uchun onam uyg'otishga ko'zi qiymaydi menimcha, ammo bugun o'z qo'llarim bilan kahvaltı* tayyorladim🙂 Xullas, kunim ajoyib boshlandi)

Shunaqa xabarlar odamni boshqacha xursand qiladi aaa😁 Onlayn ustozlikni shuyeri zo'rda sana qarab o'tirmaysan oylik qachon t
Shunaqa xabarlar odamni boshqacha xursand qiladi aaa😁 Onlayn ustozlikni shuyeri zo'rda sana qarab o'tirmaysan oylik qachon tusharkin deb Shunaqa kutilmaganda pullar tushib, ko'nglingni ko'tarib turadi😂

Xabaringiz bor kecha bitta guruhimdan A1 daraja bo'yicha imtihon oldim 💋 O'quvchilarimni ko'pchiligi javobni aytgunimcha qay
+1
Xabaringiz bor kecha bitta guruhimdan A1 daraja bo'yicha imtihon oldim 💋 O'quvchilarimni ko'pchiligi javobni aytgunimcha qayta-qayta yozishdi lichkamga, ustoz o'tibmanmi nima bo'ldi deb Seni yo'qotib qo'yishdan qo'rqadigan darajada yaxshi ko'radigan o'quvchilaring borligi katta baxt🫀

#turkcha_ko'chada 🗑️Arkadaş — Turk tilida do'st so'zi ko'pincha arkadaş deb aytiladi, kitoblarda va kinolarda ham bu so'zga
#turkcha_ko'chada 🗑️Arkadaş — Turk tilida do'st so'zi ko'pincha arkadaş deb aytiladi, kitoblarda va kinolarda ham bu so'zga ko'p dush kelamiz 💕Kanka — Zamonaviy turk tilida esa do'stlar bir-biriga arkadaş emas kanka yoki kanki deb murojaat qilishadi 📩Norasmiy: Günooo kanka/kanki 💌Rasmiy: Günaydin, arkadaşım Yana shunaqa ma'lumotlar qiziq bo'lsa 15+ 🩷 bosinglarchi)