ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку 👈

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Закрытый канал

• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
445
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-7430 дней
Архив постов
Bayram avjida😅

Видеосообщение00:11

Günooo qizlar🎀 Bugun biz uchun muhim kun, o'quvchilarim serifikat imtihoniga kirishadi Bir paytlar men ustozlarimdan duo ola
Günooo qizlar🎀 Bugun biz uchun muhim kun, o'quvchilarim serifikat imtihoniga kirishadi Bir paytlar men ustozlarimdan duo olardim, hozir esa o'z o'quvchilarimni duo qilyapman 💭 Kecha darsdan keyin hamma narsalarni aytib, oxirida duo berib darsni tugatgandim Shunda ham bugun yana imtihonga kirishmasidan oldin yana motivatsiya berib golos tashlab qo'ydim, chunki o'quvchilarda hayajon kuchli bo'ladi baribir Imtihonga kirayotgan hammaga omad, qilgan mehnatlaringizni natijasini ko'rish nasib qilsin)

Uzun post bo'ldi lekin o'qiganizga afsuslanmaysiz, albatta oxirigacha o'qinglar🎀 Oxirigacha o'qiganlar kommentda men deb ketinglar, kimlar sabrli ekanini bilib olamiz shundan)

Hammadan ortda qoldim deb o'ylayotgan bo'lsangiz bu post aynan siz uchun 💭 Ba’zan shunday kunlar bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlar
Hammadan ortda qoldim deb o'ylayotgan bo'lsangiz bu post aynan siz uchun 💭 Ba’zan shunday kunlar bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlarga kirasiz — kimdir o'ziga mashina olgan, kimdir chet elga ketgan yana kimdir esa o'z biznesini boshlagan go'yoki hamma orzusidagi hayoti ni yashayotgandek… O'sha payt telefonni qo‘yasiz va miyyangizda bitta savol charx urishni boshlaydi “Men-chi?” Nega men ham oldinroq harakat qilmadim, men ham shu narsalarga erisha olishim mumkin ediku kabi savollarni keti uzilmaydi O'z hayotimizni boshqalarni hayoti bilan solishtirishni boshlaymiz, lekin o'sha payt bitta narsani esdan chiqarmasligimiz kerak siz hozirgi aqlingiz bilan bundan 5 balki 10 yil oldingi o'zingizni ayblayabsiz Ya'ni bu joyda o'zingizga nisbatan haqsizlik qilyapsiz, sizning 5, 10 yil oldingiz aqlingiz o'sha qilgan ishlaringizni eng to'g'risi deb bilgan, shuning uchun buni qabul qilishimiz, o'zimizga nisbatan shafqatli bo'lishimiz kerak Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rgan insonlarni faqat bizga ko'rsatgan joyinigina ko'ramiz, lekin shu yergacha qanday keldi qanday yo'l bosib o'tdi bilmaymiz Muvaffaqiyatni 100 deb olsak, balki siz 0 dan boshlagan narsangizni u oilasidagi sharoitlar yoki tanishlari tufayli 40 dan boshlagandir Ya'ni siz o'z mehnatingiz bilan 0 dan 20 ga kelsangiz, u inson esa 40 boshlab 50 ga kelgan bo'lsa, o'sha inson bilan bunday holatda o'zingizni solishtirishingiz sizga nisbatan katta haqsizlik bo'ladi Ammo u ham 0 dan boshlagan bo'lishi mumkin ya'ni biz buni bilmaymiz, bu holatda nima qilishimiz kerak davomiy o'timishimizga qarab birovlarni yoki o'zimizni ayblashdan foyda yo'q Shu paytgacha qilmagan lekin eng afsuslanadigan ishingiz qaysi, shuni o'ylab toping, ammo faqat bittasini va shuni bugundan boshlang Masalan til o'rganmaganingiz uchun juda afsuslanasiz, bugunoq u tilni o'rganishni boshlang Bugundan boshlang deganda nimani nazarda tutdim, shu tilni qanday o'rganish mumkinligi haqida you tubedan 5 10 daqiqalik video ko'ring Shuni o'zi ham miyyamizga men qila olaman degan signalni beradi, ya'ni kichik-kichik qadamlardan boshlang, birdaniga ko'p narsani qilishga harakat qilmang Va eng muhimi o'tmishga qarab o'zingizni ayblashni to'xtating va kelajakka qarab, maqsadlaringiz tomon birinchi qadamni tashlang) Bu post siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa 🩷 bosishni unutmang)

Qizlar o'zingizni hamma narsadan, hammadan ortda qolayotganday, hamma sizdan oldinlab ketganu siz esa bir joyda qotib qolgandan his qilgan vaqtlaringiz bo'lganmi❓ Nimaga oldinroq harakat qilmadim, nimaga boshqalarda o'xshayapti menda esa bo'lmayapti deb o'z-o'zingizni ayblagan, o'zingizdan jahlingiz chiqqan vaqtlarchi 💭 Bugun shu mavzularda turkcha juda zo'r podkast eshitdim, nimaga bunaqa bo'lishi va buni yechimi nima ekanligi haqida gaplashamizmi nima deysizlar 💬 Ha deyish uchun 🩷 bosing)

1980-yillarda yashasam, rasmdagiday talaba bo'laman ekan🤩 Shu trendni qilib ko'rdingizmi, qilgan bo'lsangiz rasmlardan ulash
1980-yillarda yashasam, rasmdagiday talaba bo'laman ekan🤩 Shu trendni qilib ko'rdingizmi, qilgan bo'lsangiz rasmlardan ulashingchi)

O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni 12 yoshimda topganman💸 O'sha payti men 5-sinfga endi o'tgandim, qo'shnimizni bitta o'g'li bor edi mendan 4 yosh kichik Ya'ni o'sha yili 1-sinfga borgan, men maktabda yaxshi o'qiganman hamma fandan a'lochi bo'lganman Shuning uchun qo'shnimiz o'zing uyga vazifalariga, matematika va o'qishlariga yordam ber, har kuni o'zing shug'ullan senga pul beraman degan Tabii ki ho'p deganman, har kuni u bola biznikiga kelardi yoki men ularnikiga borardim va birga shug'ullanardik Uni dars qilgisi kelmasdi, zo'rg'a majburlab qildirardim gapirib, o'sha paytlari meni ustoz deb chaqirishga ham majburlaganman Men seni o'qityapman narsa o'rgatyapman, kelganingda assalomu alaykum ustoz deb, ketayotganingda xayr ustoz deb ayt deganman😁 U ham boshlarda aytmay yurdi, lekin keyin majbur aytgan baribir ham, ayttirganman Xullas, bir oy o'tdi va oylikni oladigan vaqtim kelgan va uni onasi menga 5 ming pul bergan, u pul hozirgi paytdagi 50 mingmi yoki 100 minggami to'g'ri kelsa kerak 12 yoshli men uchun bu katta pul bo'lgan, o'sha payti rosa xursand bo'lganman va maktabga borib onamga aytganman quvonib Xullas o'sha kun boshqacha esimda qolgan, lekin birinchi daromadimni nimaga ishlatganimni eslolmayman😊 Siz birinchi daromadingizni qachon topgansiz, yozingchii)

O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni bundan 10 yil oldin ya'ni 12 yoshimda topganman desam ishonasizmi❓ Shu haqida po
O'qituvchilik faoliyatimdagi ilk daromadimni bundan 10 yil oldin ya'ni 12 yoshimda topganman desam ishonasizmi❓ Shu haqida post qiziq bo'lsa, darsdan chiqqunimcha20+ 🩷 bosib turinglar)

Ertalabdan uyg'onib nonushta tayyorlagan ustozdan salomlar🦋 Odatda nonushtani onam tayyorlab keyin meni uyg'otardi Chunki ke
Ertalabdan uyg'onib nonushta tayyorlagan ustozdan salomlar🦋 Odatda nonushtani onam tayyorlab keyin meni uyg'otardi Chunki kechqurun darslarimdan 11 larda chiqaman, idishlarni yuvib boshqa ishlarimni qilguncha soat 12 dan o'tib ketadi Shuning uchun onam uyg'otishga ko'zi qiymaydi menimcha, ammo bugun o'z qo'llarim bilan kahvaltı* tayyorladim🙂 Xullas, kunim ajoyib boshlandi)

Shunaqa xabarlar odamni boshqacha xursand qiladi aaa😁 Onlayn ustozlikni shuyeri zo'rda sana qarab o'tirmaysan oylik qachon t
Shunaqa xabarlar odamni boshqacha xursand qiladi aaa😁 Onlayn ustozlikni shuyeri zo'rda sana qarab o'tirmaysan oylik qachon tusharkin deb Shunaqa kutilmaganda pullar tushib, ko'nglingni ko'tarib turadi😂

Xabaringiz bor kecha bitta guruhimdan A1 daraja bo'yicha imtihon oldim 💋 O'quvchilarimni ko'pchiligi javobni aytgunimcha qay
+1
Xabaringiz bor kecha bitta guruhimdan A1 daraja bo'yicha imtihon oldim 💋 O'quvchilarimni ko'pchiligi javobni aytgunimcha qayta-qayta yozishdi lichkamga, ustoz o'tibmanmi nima bo'ldi deb Seni yo'qotib qo'yishdan qo'rqadigan darajada yaxshi ko'radigan o'quvchilaring borligi katta baxt🫀

#turkcha_ko'chada 🗑️Arkadaş — Turk tilida do'st so'zi ko'pincha arkadaş deb aytiladi, kitoblarda va kinolarda ham bu so'zga
#turkcha_ko'chada 🗑️Arkadaş — Turk tilida do'st so'zi ko'pincha arkadaş deb aytiladi, kitoblarda va kinolarda ham bu so'zga ko'p dush kelamiz 💕Kanka — Zamonaviy turk tilida esa do'stlar bir-biriga arkadaş emas kanka yoki kanki deb murojaat qilishadi 📩Norasmiy: Günooo kanka/kanki 💌Rasmiy: Günaydin, arkadaşım Yana shunaqa ma'lumotlar qiziq bo'lsa 15+ 🩷 bosinglarchi)

Bizda yana bir yangi rubrika bor✨ 🤩 "Turkcha ko'chada" - bu rubrika orqali kitoblarda yoki darsliklarda emas ko'cha-ko'yda i
Bizda yana bir yangi rubrika bor✨
🤩 "Turkcha ko'chada" - bu rubrika orqali kitoblarda yoki darsliklarda emas ko'cha-ko'yda ishlatiladigan zamonaviy turkchani o'rganamiz!
Haftani har bir kuni uchun kreativ rubrikalar o'ylab qo'ydim 🤩 Kanalimiz endi yanada qiziqarli bo'ladi, shunaqa zo'r kanaldan bahramand bo'lishi xohlagan dugonangiz ham bu postni yuborib qo'ying Bu rubrikamizdagi birinchi postni yuborishim uchun - 🩷 Hilola ustoz

Kecha onam bilan suhbatlashib ish qilayotgandik Men: Ona ... olishim kerak pul yig'ib Onam: Haa yig'asan pul, tinmasdan narsa zakaz qilaver Men: Nima oldim hali, hech narsa olganim yo'qku Onam: To'xtatmasdan yuzingga narsa olsanku, Farmonbibini o'g'li qamoqxonaga kirib sochiga narsa surtganday, sen banyoni ichkaridan bekitib yuzingga harbaloni surtasan Men: 😂😂😂 P.s: Banyoni eshigi oynali da, shunga yuzimni yuvishga kirganda birato'la uxod qilib chiqardim)

Günooo qizlar 🕯️ "Kelinlar qo'zg'aloni" filmini ko'rmagan odam bo'lmasa kerak Filmda Farmonbibini bitta o'g'li bo'ladiku sochi kal, nuqul sochini o'stirish uchun harakat qiladigan Militsiyada ishlaydigan ukasidan iltimos qilib qamoqxonada bir xonani yopib sochiga uxod qilib o'tiradigan😂 Shu joyini esladingizmi, nimaga buni yozayotganimni sababini keyingi postda aytaman) Kinoni ko'rganlar men devoringlarchi - 🩷

O'quvchilarim test ishlayapti, a men esaaa...

Видеосообщение00:09

#Ustoz_Shi_Fu Va alaykum assalom chellenj qilganiz zo'r, lekin faqatgina shu chellenjga bog'lanib qolish noto'g'ri Sizni qili
+1
#Ustoz_Shi_Fu Va alaykum assalom chellenj qilganiz zo'r, lekin faqatgina shu chellenjga bog'lanib qolish noto'g'ri Sizni qilishiz kerak bo'lgan ishlarni quyida ketma-ketlikda aytaman💐 😊 Kanalga o'zingiz uchun kerakli obunachilarni kiritish, ya'ni sizga qanday obunachi kerak shuni tahlil qilib oling Yani nechi yoshdagi, qanday holatdagi obunachi siz uchun ideal bo'ladi, masalan, 15-30 yosh atrofidagi, magistraturaga kirish niyati bor yoki ingiliz tilidan tayyorlanib sertifikat ololmagan Bular siz uchun kursizni sotib oladigan ideal obunachi hisoblanadi, siz shunaqa o'quvchilar yig'ilgan kanalga o'zizni kanalizni reklama qildirib shularni olib kirishingiz kerak 1, 2k obunachi bo'lib ham sotuv qilolmasligiz mumkin, sababi siz noto'g'ri obunachiga sotmoqchi bo'lyapsiz, ularni esa sizni kursingizga ehtiyoji yo'q, har doim songa emas, sifatga e'tibor bering 😂 Men 300 ta obunachi bilan bir oyda 2 ta guruh ochganman, sababi o'zimga kerakli kursimni sotib oladigan obunachilarni olib kirolganman 😊 Kursga qabul ochmasdan oldin progrev qilish, ya'ni obunachilarni sotuvga tayyorlash kerak Progrev zo'r qilinsa siz qabul ochmasizdan oldin, o'quvchilarni o'zlari kurs so'rab yozishadi Shundan keyin kanalga ko'pchilik o'quvchilarni talablariga binoan yangi guruh uchun qabul ochildi deb, sizdan kurs so'ragan o'quvchilarni skrinshotlari bilan tashlasangiz bu boshqa obunachilarga ham ta'sir qiladi va kursni sotib olishga undaydi Ya'ni ularni miyyasida aaa bu shunaqa zo'r o'qituvchi ekanda, o'quvchilarni o'zlari kurs so'rab yozishyapti degan fikr paydo bo'ladi 😊 Obunachilarni kursiz bilan to'liq tanishtiring, kursizni boshqa kurslardan farqi nimada, nega aynan sizni kursingizda o'qishlari kerak Kursingizda o'qishsa nimalarni olishadi va o'qishmasa nimalardan quruq qolishadi shuni yaxshilab yetkazib bering 😊 Obunachilarga A va B nuqtangizni chiroyli qilib ochib bering, ya'ni turk tilini o'rganmasdan oldin hayotingiz qanday edi, o'rganganizdan keyin qanday o'zgarishlar bo'ldi Turk tilini sizni hayot sifatingizga qay darajada ta'sir qilganini va kursga qo'shilgan o'quvchilarni hayotini ham yaxshi tarafga o'zgartishiga ishontiring 😊 Eng oxirgisi va eng muhimi kursingizni sifati zo'r bo'lsin, siz progrev bilan o'quvchi to'plashingiz mumkin, lekin u o'quvchilarni kurs sifati tufayli ushlab qola olasiz Kurs sifati yaxshi bo'lmasa, 2 3 darsdan keyin o'quvchilar har xil bahonalar qilib kursingizni tark etishni boshlashadi. Meni maslahatim shular, agar yana kimdadir bu mavzuda fikrlar bo'lsa kommentga yozishingiz mumkin va post siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa yurakcha bosib qo'yishni ham unutmang 🩷)