en
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Open in Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
6 362
Subscribers
-524 hours
+1577 days
-17 33230 days
Posts Archive
*** seni tashlab ketgunlaricha yig'lab ol. ertaga baribir - seni tashlab ketishadi. sen avvaldan yig'lab ol hozir vaqting bormi? hozir ham yig'lab olsang bo'ladi otang erkak yig'lamaydi degan bo'lsa ham yig'lab ol nega bo'lmas ekan bo'ladi juda yaxshi bo'ladi tashlab ketish sodir bo'lar ekan ko'z yosh ham bo'ladi ko'z yosh - ko'zning haqqi xafa bo'lish - qalbning haqqi sen shunga hozir yig'lab ol ertaga tashlab ketish payti sen unga qarab indamay yig'lamay tur sen ayt men avvaldan yig'lab qo'ygan edim, de. uning ketishiga qarab indamay yig'lamay qarab tur. seni tashlab ketgunlaricha yig'lab ol baribir ketayotganida yig'lama shunda balki - uni qaytarishga yig'ing xalaqit bermay unga bir-ikki og'iz so'z aytarsan. keyin balki u qaytar balki qaytmas ammo, yig'lab ol masalan, hozir seni tashlab ketgunlaricha. 2022 @ahmadali_writer

*** insonni bilish uchun u bilan gaplashib ko'rish kerak so'zlarini tinglab ko'rish kerak. nimalar deyapti yaxshilab eshitish kerak, uni bilish uchun. orzu-istaklariga qiziqish kerak ko'proq dardlariga kechirgan umriga o'tgan vaqtiga.. insonni bilish uchun uni yig'latib ko'rish kerak qancha vaqt yig'larkin. kuldirib tabassumini ko'rish kerak chin dildan kularmikin. insonni bilish uchun uning ijodini ko'rish kerak agar, ijodkor bo'lsa. kitobini bitta o'qib ko'rish kerak agar, kitob chiqargan bo'lsa. ertaga nima qilmoqchi ekanini so'rash kerak. u bilan yomg'irda yurib ko'rish kerak yomg'irdan qocharmikin. qor yoqqanda ko'rish kerak uni jilmayib osmonga qarab qor parchalarini tomosha qilarmikin. insonni bilish uchun och qolganini ko'rish kerak to'yib qolganda ham uning so'zlari o'zgararmikin ahamiyat berish kerak. insonni bilish uchun biroz jim bo'lib ko'zlariga qarab turish kerak ana shundan keyin, insonni bilganingdan keyin sevib qolasan... 2022 @ahmadali_writer

*** insonni yolg'ondan bo'lsa ham yaxshi ko'ring. uning hayotida ma'no paydo bo'ladi keyin ertaroq uyg'onadi o'sha kundan kun bo'yi tetik yuradi ko'p jilmayadi insonlarga tabiatga. insonni yolg'ondan bo'lsa ham yaxshi ko'ring. yaxshi ko'raman, deng, sizdan nima ketdi. uning hayotida o'zgarishlar paydo bo'ladi shundan keyin o'zi istagan ishga kiradi o'zi o'qimoqchi bo'lgan joyda o'qiydi keyin. ilm oladi. qiziqqan mashg'ulotlariga boradi qiziqib... insonni yolg'ondan bo'lsa ham yaxshi ko'ring. yolg'ondan bo'lsa ham bildiring unga yaxshi ko'rishingizni u xursand bo'lib ketadi juda barcha tushkunliklari ariydi hayotga xursand boqadi gullarni tomosha qiladi qushlarni sayrashini eshitadi keyin hech yo'q, bir bor, insonga seni yaxshi ko'raman, deb aldang. sizdan nima ketdi. u esa, qayta tug'ilgandek bo'ladi yashagisi keladi, ko'proq. o'lgisi kelmaydi. jilmayadi insonlarga. tabiatga. zotan, u sizni yaxshi ko'rsa... siz ham aytib qo'yavering, seni yaxshi ko'raman, deb. sizdan nima ketdi... 2022 @ahmadali_writer

*** men axir sening ko'z yoshlaringga ishonaman. 2022 @ahmadali_writer

*** sen ko'p o'ylading nega o'shanda uning ko'zlariga ko'proq tikilmaganingga... 2022 @ahmadali_writer

*** sen asli, kamgap emas eding. suhbatdoshing yo'q edi, xolos. 2022 @ahmadali_writer

*** kel sevib qolganimdan tashqari hammasini boshidan boshlaymiz. 2022 @ahmadali_writer

*** nega senga erisholmadi, degan savol tushib qolsa, ularga uzundan-uzun tarjimai holimni ko'rsat: men kim? bog'chada - uxla! deyishsa, indamay, uxlagan bandaman! 2022 @ahmadali_writer

*** baribir, kech qolmaysan. shoshilma baribir, kech qolmaysan. mabodo, meni baxtli qilmoqchi bo'lsang meni hech yo'q kulsin desang, shoshilma men, tez orada kulmasam kerak. mabodo, mening hayotim ma'no, degan nimarsa bilan to'lsin desang, shoshilma men tez orada bemaqsad yashasam kerak. mabodo, o'zingni baxtli qilmoq istasang va men tomon kelsang shoshilma, baribir, kech qolmaysan o'sha ahmoq, meni sevadi, deb, men tomon katta tezlikda kelsang, unga mensiz havo yetmay qoladi! deb, men tomon kelsang, xullas meni, balki, sevganing uchun, kelmoqchi bo'lsang, shoshilma baribir, kech qolmaysan. 2021 @ahmadali_writer

*** topinmoq - men seni ko'rmayapman! - mana men, shu yerdaman! - qayerda turibsan? atrofingda nimalar bor? - binolar, ko'rimsiz uylar bor! - sen xato joydasan, men aytdim-ku, haykalning oldida uchrashamiz deb! - men haykal qayerdaligini bilmayman! men binoning oldidaman! - mening oldimda hech qanday bino yo'q! qayerdasan o'zi?! - sen aytgan manzilda, huddi o'sha joyda, mana, oldimda katta bino bor, uylar bor, ammo haykal yo'q! - nega yo'q bo'lar ekan? eng mashhur haykal-ku bu, qayerda joylashganini bilmaysanmi? - bilmayman, bilmayman! men ketdim, bu yer juda yoqimsiz ekan! - bitta ishni eplolmaysan, haykalning oldiga kel, dedim, bilmayman deding, o'zing aniq qayerda turibsan, desam ham, bilmayapsan! - oldimda bino bor, tamom, jonimga tegdi, ketaman! - to'xta... tepangga qara! osmon bormi? - osmon?.. ha bor! osmon! shundoqqina tepamda! - ha demak, yaqin ekanmiz... - men osmonning tagida turibman, jonim! - ha bo'ldi, seni ko'rdim, mana qo'limni ko'taryapman! meni ko'rdingmi, hayotim? - ha ko'rdim, ko'rdim... 2018 @ahmadali_writer

*** ko'rgim kelar - turkumidan ular qayta uchrashmaydi... odamlar gavjum ko'chadan ikkovi ketib borardi. biri bu tomonga, biri u tomonga. ular bir-biriga juda yaqin qoldi, juda yaqin. ammo, ular har xil tomonga ketib borardi. biri u tomonga, biri bu tomonga... u ishi sabab, o'sha binoga bordi. ikkinchisining ham o'sha yerda ishi chiqib qoldi. ular har xil ish bilan borganliklari uchun, bir-birini ko'rmadi va alohida binoni tark etdi. vaqt o'tdi. ulardan bir xil vaqt o'tdi. vaqtning tomoni hammaga bir xil shekilli, ikkovining ham umri bir xil tezlikda o'tdi. u juda ko'p ko'chalarni aylandi. juda ko'p joylarga bordi. juda ko'p vaqt, uni izladi. uni ko'rishni xohladi. u ham juda ko'p ko'chalarni aylandi. juda ko'p joylarga bordi. juda ko'p vaqt uni izladi. uni ko'rishni xohladi. ular qayta uchrashmaydi... bir kuni ular bir-biriga juda yaqin keldi. ha, sal qolsa, ular qayta uchrashardi. sal qolsa, butun boshli taqdirning yoziqlarini o'chirib, qayta yozib chiqishardi. bunday uchrashmaslik, juda dahshatli edi... ular bir-biriga qayta uchrashamiz deb va'da bergan edi! ular bir-birini yoqtirishdan tashqari, yana juda ko'p narsalarni bir xil yoqtirishardi... ular sal qolsa qayta uchrashardi, sal qolsa. axir juda ko'p marotaba bir-biriga yaqin keldi... bunday uchrashmaslik tarixga kirdi, axir, ular qayta uchrashamiz deb o'ylagandi-da, barcha mohiyat ularning uchrashishi tarafdori edi. xullas, ular aniq bilardi, qachondir uchrashishini... ammo, inson ham adashadi, o'zi faqat inson adashadi, faqat inson... yo'q, ular uchrashmaydi. ular uchrashmasin. qayta uchrashamiz, aniq uchrashamiz - deb o'ylaganliklari uchun, ular qayta uchrashmasin! tarix esa, bilsin - shunday buyuk, ilohiy, dahshatli uchrashmasliklar ham, tez-tez uchrab turishini... 2018 @ahmadali_writer

Assalomu alaykum. Bugundan boshlab ushbu kanalda mening yillar davomida yozgan she’rlarim va hikoyalarim har kuni 3 mahal tartib bilan e’lon qilib boriladi. O’qib borasizlar degan umiddaman. rahmat @ahmadali_writer