Ahmad Ali Dilmurod
前往频道在 Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
显示更多未指定国家未指定类别
6 362
订阅者
-524 小时
+1577 天
-17 33230 天
帖子存档
6 361
***
seni tashlab ketgunlaricha
yig'lab ol.
ertaga baribir -
seni tashlab ketishadi.
sen avvaldan
yig'lab ol
hozir vaqting bormi?
hozir ham yig'lab olsang bo'ladi
otang
erkak yig'lamaydi
degan bo'lsa ham
yig'lab ol
nega bo'lmas ekan
bo'ladi
juda yaxshi bo'ladi
tashlab ketish
sodir bo'lar ekan
ko'z yosh ham bo'ladi
ko'z yosh -
ko'zning haqqi
xafa bo'lish -
qalbning haqqi
sen shunga
hozir yig'lab ol
ertaga tashlab ketish payti
sen unga qarab
indamay
yig'lamay tur
sen ayt
men avvaldan yig'lab qo'ygan edim, de.
uning ketishiga qarab
indamay
yig'lamay
qarab tur.
seni tashlab ketgunlaricha
yig'lab ol baribir
ketayotganida yig'lama
shunda balki -
uni qaytarishga
yig'ing xalaqit bermay
unga bir-ikki og'iz so'z aytarsan.
keyin balki u qaytar
balki qaytmas
ammo, yig'lab ol
masalan, hozir
seni tashlab ketgunlaricha.
2022
@ahmadali_writer
6 361
***
insonni bilish uchun
u bilan
gaplashib ko'rish kerak
so'zlarini
tinglab
ko'rish kerak.
nimalar deyapti
yaxshilab eshitish kerak, uni bilish uchun.
orzu-istaklariga qiziqish kerak
ko'proq
dardlariga
kechirgan umriga
o'tgan vaqtiga..
insonni bilish uchun
uni yig'latib ko'rish kerak
qancha vaqt yig'larkin.
kuldirib
tabassumini
ko'rish kerak
chin dildan
kularmikin.
insonni bilish uchun
uning ijodini ko'rish kerak
agar, ijodkor bo'lsa.
kitobini bitta o'qib ko'rish kerak
agar, kitob chiqargan bo'lsa.
ertaga nima qilmoqchi
ekanini so'rash kerak.
u bilan
yomg'irda yurib ko'rish kerak
yomg'irdan qocharmikin.
qor yoqqanda
ko'rish kerak
uni
jilmayib
osmonga qarab
qor parchalarini
tomosha qilarmikin.
insonni bilish uchun
och qolganini ko'rish kerak
to'yib qolganda ham
uning so'zlari o'zgararmikin
ahamiyat berish kerak.
insonni bilish uchun
biroz
jim bo'lib
ko'zlariga qarab turish kerak
ana shundan keyin,
insonni bilganingdan keyin
sevib qolasan...
2022
@ahmadali_writer
6 361
***
insonni
yolg'ondan bo'lsa ham
yaxshi ko'ring.
uning hayotida ma'no paydo bo'ladi keyin
ertaroq uyg'onadi o'sha kundan
kun bo'yi tetik yuradi
ko'p jilmayadi insonlarga
tabiatga.
insonni yolg'ondan bo'lsa ham
yaxshi ko'ring.
yaxshi ko'raman, deng, sizdan nima ketdi.
uning hayotida
o'zgarishlar paydo bo'ladi shundan keyin
o'zi istagan ishga kiradi
o'zi o'qimoqchi bo'lgan joyda
o'qiydi keyin. ilm oladi.
qiziqqan mashg'ulotlariga
boradi qiziqib...
insonni
yolg'ondan bo'lsa ham
yaxshi ko'ring.
yolg'ondan bo'lsa ham bildiring unga
yaxshi ko'rishingizni
u xursand bo'lib ketadi juda
barcha tushkunliklari ariydi
hayotga xursand boqadi
gullarni tomosha qiladi
qushlarni sayrashini eshitadi keyin
hech yo'q, bir bor, insonga
seni yaxshi ko'raman, deb aldang.
sizdan nima ketdi.
u esa, qayta tug'ilgandek bo'ladi
yashagisi keladi, ko'proq.
o'lgisi kelmaydi.
jilmayadi insonlarga.
tabiatga.
zotan, u sizni yaxshi ko'rsa...
siz ham aytib qo'yavering,
seni yaxshi ko'raman, deb.
sizdan nima ketdi...
2022
@ahmadali_writer
6 361
***
sen ko'p o'ylading
nega o'shanda
uning ko'zlariga
ko'proq
tikilmaganingga...
2022
@ahmadali_writer
6 361
***
nega senga erisholmadi,
degan savol tushib qolsa,
ularga uzundan-uzun
tarjimai holimni ko'rsat:
men kim?
bog'chada - uxla! deyishsa,
indamay, uxlagan bandaman!
2022
@ahmadali_writer
6 361
***
baribir, kech qolmaysan.
shoshilma
baribir, kech qolmaysan.
mabodo,
meni baxtli qilmoqchi bo'lsang
meni hech yo'q kulsin
desang, shoshilma
men, tez orada kulmasam kerak.
mabodo, mening hayotim
ma'no, degan nimarsa bilan
to'lsin desang, shoshilma
men tez orada bemaqsad
yashasam kerak.
mabodo, o'zingni
baxtli qilmoq istasang
va men tomon kelsang
shoshilma,
baribir, kech qolmaysan
o'sha ahmoq, meni sevadi,
deb, men tomon katta tezlikda
kelsang,
unga mensiz havo yetmay qoladi!
deb, men tomon kelsang,
xullas
meni, balki, sevganing uchun,
kelmoqchi bo'lsang,
shoshilma
baribir,
kech qolmaysan.
2021
@ahmadali_writer
6 361
***
topinmoq
- men seni ko'rmayapman!
- mana men, shu yerdaman!
- qayerda turibsan? atrofingda nimalar bor?
- binolar, ko'rimsiz uylar bor!
- sen xato joydasan, men aytdim-ku, haykalning oldida uchrashamiz deb!
- men haykal qayerdaligini bilmayman! men binoning oldidaman!
- mening oldimda hech qanday bino yo'q! qayerdasan o'zi?!
- sen aytgan manzilda, huddi o'sha joyda, mana, oldimda katta bino bor, uylar bor, ammo haykal yo'q!
- nega yo'q bo'lar ekan? eng mashhur haykal-ku bu, qayerda joylashganini bilmaysanmi?
- bilmayman, bilmayman! men ketdim, bu yer juda yoqimsiz ekan!
- bitta ishni eplolmaysan, haykalning oldiga kel, dedim, bilmayman deding, o'zing aniq qayerda turibsan, desam ham, bilmayapsan!
- oldimda bino bor, tamom, jonimga tegdi, ketaman!
- to'xta... tepangga qara! osmon bormi?
- osmon?.. ha bor! osmon! shundoqqina tepamda!
- ha demak, yaqin ekanmiz...
- men osmonning tagida turibman, jonim!
- ha bo'ldi, seni ko'rdim, mana qo'limni ko'taryapman! meni ko'rdingmi, hayotim?
- ha ko'rdim, ko'rdim...
2018
@ahmadali_writer
6 361
***
ko'rgim kelar - turkumidan
ular qayta uchrashmaydi...
odamlar gavjum ko'chadan ikkovi ketib borardi. biri bu tomonga, biri u tomonga. ular bir-biriga juda yaqin qoldi, juda yaqin. ammo, ular har xil tomonga ketib borardi. biri u tomonga, biri bu tomonga...
u ishi sabab, o'sha binoga bordi. ikkinchisining ham o'sha yerda ishi chiqib qoldi. ular har xil ish bilan borganliklari uchun, bir-birini ko'rmadi va alohida binoni tark etdi.
vaqt o'tdi. ulardan bir xil vaqt o'tdi. vaqtning tomoni hammaga bir xil shekilli, ikkovining ham umri bir xil tezlikda o'tdi.
u juda ko'p ko'chalarni aylandi. juda ko'p joylarga bordi. juda ko'p vaqt, uni izladi. uni ko'rishni xohladi.
u ham juda ko'p ko'chalarni aylandi. juda ko'p joylarga bordi. juda ko'p vaqt uni izladi. uni ko'rishni xohladi.
ular qayta uchrashmaydi...
bir kuni ular bir-biriga juda yaqin keldi. ha, sal qolsa, ular qayta uchrashardi. sal qolsa, butun boshli taqdirning yoziqlarini o'chirib, qayta yozib chiqishardi.
bunday uchrashmaslik, juda dahshatli edi...
ular bir-biriga qayta uchrashamiz deb va'da bergan edi!
ular bir-birini yoqtirishdan tashqari, yana juda ko'p narsalarni bir xil yoqtirishardi...
ular sal qolsa qayta uchrashardi, sal qolsa. axir juda ko'p marotaba bir-biriga yaqin keldi...
bunday uchrashmaslik tarixga kirdi, axir, ular qayta uchrashamiz deb o'ylagandi-da, barcha mohiyat ularning uchrashishi tarafdori edi.
xullas, ular aniq bilardi, qachondir uchrashishini...
ammo, inson ham adashadi, o'zi faqat inson adashadi, faqat inson...
yo'q, ular uchrashmaydi. ular uchrashmasin.
qayta uchrashamiz, aniq uchrashamiz - deb o'ylaganliklari uchun, ular qayta uchrashmasin!
tarix esa, bilsin - shunday buyuk, ilohiy, dahshatli uchrashmasliklar ham, tez-tez uchrab turishini...
2018
@ahmadali_writer
6 361
Assalomu alaykum. Bugundan boshlab ushbu kanalda mening yillar davomida yozgan she’rlarim va hikoyalarim har kuni 3 mahal tartib bilan e’lon qilib boriladi. O’qib borasizlar degan umiddaman. rahmat
@ahmadali_writer
