en
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Open in Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
6 365
Subscribers
+124 hours
+1627 days
-15 99630 days
Posts Archive
*** sen qayerdan bilasan meni? ko'z meniki bo'lsa... ko'zyosh meniki bo'lsa. 2024 @ahmadali_writer

*** o'zim bilan ham gaplashmay yoningga jim ketaverdim. 2024 @ahmadali_writer

*** xafa bo'lsam seni sevishim esimga kelaveradi. 2024 @ahmadali_writer

*** yozganingni kech o’qiyman ko’p vaqt menga yozgandek bo’lib turgin, deb. @ahmadali_writer

*** kutish yaxshi. o'ylaganing, reja qilib qo'yganing fursat - kelmoqda, kelib qoldi, mana-mana kelmoqda, kutish yaxshi. agar kutganing kelmasa ham sen xafa bo'lmaslikni o'ylaysan xafa bo'lmaslikni... o, xafa bo'lmaslik! nima bu? buni bilmaysan, katta bo'lish shekilli, deb o'ylaysan katta bo'lganing uchun kutganing sodir bo'lmaganiga xafa bo'lmayapsan, sen kutganing kelmasligi yaxshi yoki yomonligi haqida emas kutish yaxshi ekani haqida o'ylaysan, demak, kutish yaxshi. 2024 @ahmadali_writer

o’sha vaqtlar yaxshi edi. yoki menga shunday tuyuladi…
+1
o’sha vaqtlar yaxshi edi. yoki menga shunday tuyuladi…

*** ko'zlaringni yumgin, senga sovg'am bor, dedi yigit. sovg'a? mana yumdim, dedi qiz. qiz ko'zlarini qo'li bilan yopdi. biroz jimlik cho'kdi oraga. "men seni sevaman" dedi yigit. qizning qo'li ko'zlarida turardi. bo'ldi, shu edi sovg'am, dedi yigit. qiz ko'p vaqt qo'llarini ko'zidan olmadi. 2023 @ahmadali_writer

*** katta suvning o'rtasida yotardim osmonga qarab - ozg'in edim, cho'kmasdim ammo, hali ham cho'kmayman. 2023 @ahmadali_writer

*** yozib-yozib seni sevishimni mashq qildim. @ahmadali_writer

*** sening kitob javoning bor ichida kitoblari sening kitoblaring bor dunyodan ketolmaysan qiyin ketasan sening uying bor gilami solingan gullaring shifting deraza-oynalaring sening yo’ling bor eslasa bo’ladigan o’qigan ishlagan o’qigan yosh bo’lgan rasm-rasm qilib tomosha qilsa bo’ladigan sening mahallang bor ichida insonlari salomlashishga odamlari nimadir bo’lsa gapiradigan odamlari baxtli-baxtsiz bo’lganingni sezadigan odamlari sening sinfdoshlaring bor kursdoshlaring ora-orada ko’rishib tursa bo’ladigan gaplashib tursa bo’ladigan kulishib tursa bo’ladigan sening g’amxo’rlaring bor yig’lashib tursa bo’ladigan opa-singlingmi aka-ukangmi ota-onangmi sening kanaling bor ichidagi odamlari chiqib ketmaydigan odamlari o’qib turadigan odamlari eslab turadigan odamlari eslab turadigan odamlari sening kiyimlaring bor har xil har xil faslga moslangan qishmi yozmi oq-qorami qora-oqmi qizil-ko’k ko’k-qizil qizil menda esa faqat sen borsan. 2026 @ahmadali_writer

*** o, mening beg'uborligim men ham bo'lganmidim yosh - men ham tug'ilganmidim. 2023 @ahmadali_writer

*** sening xabaringdan sevindim. xabarimni o’qiganingdan sevindim. senga xabar yozganimdan sevindim. sening xabar manzilingni bilganimdan sevindim. harf terishni bilganimdan sevindim. telefon ishlatishimdan sevindim. telefon ishlatishingdan sevindim. xabarimni o’qisang, menga yana xabar yozasanmi, deb o’ylab sevindim. yana yozsam, nima deb yozishni o’ylab sevindim. suhbatimiz har gapida shularni o’ylayman, qayta-qayta. 2026 @ahmadali_writer

*** "ortiq seni izlamayman" osmonga qarab shular haqda o'yladim - ammo, nega osmonga qaradim sen yo'q joyga nega qaradim. 2023 @ahmadali_writer

*** o’tib ket boshqaga salom ber salomingga alik olmasa o’tib ket boshqaga - ular seni baxtli bo’lishingni ko’rishi kerak o’tib ket boshqaga insonlar ko’p-ku jigarim insonlar ko’p-ku, jigarim vergulni nima qilasan? o’tib ket boshqaga - ular seni baxtli bo’lishingni ko’rishi kerak “keyingisi” de, “next” “следующий” de o’tib ket boshqaga dunyo seni kutmaydi sen o’zingni o’zing kutding ular seni baxtli ko’rmog’i uchun - o’tib ket boshqaga sen ham o’zingga o’xshagan birini top buning uchun o’tib ket boshqaga “keyingisi” de, “следующий” de salomingga alik olmasa o’tib ket boshqaga faqat senmi baxtsiz kutgan faqat senmi baxtli bo’lgan o’tib ket boshqaga salom ber, salomingga alik olmasa, o’tib ket boshqaga… 2026 @ahmadali_writer

*** piyoda yur uzoqqa qarab. uyingdan teskari tomonga qarab piyoda yur. borma uning oldiga, teskari tomonga qarab piyoda yur. ishingdan chiqib ketib, piyoda yur. yo'lda yig'lama, odamlar ko'p sen piyoda yur. o'ylama uni, yugurma, piyoda yur... charchasang, uyingga qayt. ungacha esa, teskari tomonga qarab piyoda yur, piyoda yur. 2023 @ahmadali_writer

*** piyoda yur - ular endi seni aldamaydi. tabassum qil - ular endi seni aldamaydi. sen qarama hech bir tomon sen qarama sen faqat piyoda yur sen ularni yo'lingda uchratmaysan ular bormi o'zi? nega sen ularni yo'lingda uchratmaysan? va sen piyoda yur ular seni yo'lida uchratmaydi ular seni yo'lida uchratmaydi piyoda yur - ular endi seni aldamaydi chunki endi ularga ishonmaysan - sen piyoda yurib shular haqida o'ylaysan. ular bormi o'zi? ular bormi o'zi? 2023 @ahmadali_writer

*** yoshlikdagi do'stimni uchratib qoldim, bir-birimizga indamay uzoq tikilib turdik. 2023 @ahmadali_writer

*** siz men bilan ko'rishganmisiz? birga choy ichganmizmi? achchiq choy... yoki qahva. mehmonga borganmanmi sizning uyingizga? yoki mehmonga kelganmisiz uyimga? siz men bilan ko'rishganmisiz? bafurja o'tirib gaplashganmizmi? dardlashib ko'rganmisiz men bilan? orzularimni eshitib ko'rganmisiz? siz men bilan ko'rishganmisiz? birga sayohat qilganmizmi? uzoqlarga birga safar qilganmizmi siz bilan? qiyin kuningizda men bilan birga bo'lganmisiz? yoki yaxshi kuningizda... siz men bilan ko'rishganmisiz? mening oldimda yig'lab ko'rganmisiz? yoki men sizning oldingizda. yomg'irda qolganmizmi shalabboda... qordachi? hammayoq oppoq qor payti men bilan ko'cha aylanganmisiz? tongda ko'rganmisiz meni? tunda ko'rishganmisiz men bilan? yozning issiq kunidachi meni ko'rganmisiz? siz men bilan ko'rishganmisiz o'zi? siz bilan bir bog'chaga borganmizmi? maktabda birga o'qiganmizmi? mening barcha so'zimni eshitganmisiz? meni taniysizmi? qanchalik yaxshi taniysiz? qachondan beri tanishmiz? siz men bilan ko'rishganmisiz? men bilan yashaganmisiz birga? biror vaqt men bilan yashaganmisiz? unda nega meni yomon ko'rasiz... 2023 @ahmadali_writer

*** men "juda baxtli" emasman. men baxtliman. men "juda yaxshi" emasman, men yaxshiman! ha, menda hammasi yaxshi. lekin "juda" degan so'zni ishlatmayman... sen yo'qsan-ku nega ishlatay bu so'zni. 2023 @ahmadali_writer

*** yo'q, bu endi sevgi emas bu endi baxt emas. bor-yo'q so'zlarimni oxir aytaman... yo'q, bu endi izhor emas. oh, nima qildim men shart aytib yo'q, bu endi kelishuv emas. nega senga qo'l berdim yo'q, bu endi yordam emas. senga tomon intildim "yo'q, yo'q, endi baxtli bo'lmaydi inson". javobi tushunarsiz bo'ladi so'rovning yo'q, bu endi inkor emas. "yo'limiz bir, tomonimiz har-xil" yo'q, bu endi ayriliq emas. seni yana uchratamanmi? yo'q... bu endi sen emas. bu endi men ham emas. faqat, ko'z yoshlarim o'sha-o'sha. 2023 @ahmadali_writer