Ahmad Ali Dilmurod
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 365
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
6 360
***
sen qayerdan bilasan meni?
ko'z meniki bo'lsa...
ko'zyosh meniki bo'lsa.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
kutish yaxshi.
o'ylaganing,
reja qilib qo'yganing
fursat -
kelmoqda,
kelib qoldi,
mana-mana kelmoqda,
kutish yaxshi.
agar kutganing kelmasa ham
sen xafa bo'lmaslikni o'ylaysan
xafa bo'lmaslikni...
o, xafa bo'lmaslik!
nima bu?
buni bilmaysan,
katta bo'lish shekilli, deb o'ylaysan
katta bo'lganing uchun
kutganing sodir bo'lmaganiga
xafa bo'lmayapsan,
sen
kutganing kelmasligi yaxshi yoki yomonligi haqida emas
kutish yaxshi ekani haqida o'ylaysan,
demak,
kutish yaxshi.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
ko'zlaringni yumgin,
senga sovg'am bor, dedi yigit.
sovg'a? mana yumdim, dedi qiz.
qiz ko'zlarini qo'li bilan yopdi.
biroz jimlik cho'kdi oraga.
"men seni sevaman" dedi yigit.
qizning qo'li ko'zlarida turardi.
bo'ldi, shu edi sovg'am, dedi yigit.
qiz ko'p vaqt qo'llarini ko'zidan olmadi.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
katta suvning
o'rtasida yotardim
osmonga qarab -
ozg'in edim, cho'kmasdim
ammo, hali ham cho'kmayman.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
sening kitob javoning bor
ichida kitoblari
sening kitoblaring bor
dunyodan ketolmaysan
qiyin ketasan
sening uying bor
gilami solingan
gullaring
shifting
deraza-oynalaring
sening yo’ling bor
eslasa bo’ladigan
o’qigan
ishlagan
o’qigan
yosh bo’lgan
rasm-rasm qilib tomosha qilsa bo’ladigan
sening mahallang bor
ichida insonlari
salomlashishga odamlari
nimadir bo’lsa gapiradigan odamlari
baxtli-baxtsiz bo’lganingni
sezadigan odamlari
sening sinfdoshlaring bor
kursdoshlaring
ora-orada ko’rishib tursa bo’ladigan
gaplashib tursa bo’ladigan
kulishib tursa bo’ladigan
sening g’amxo’rlaring bor
yig’lashib tursa bo’ladigan
opa-singlingmi
aka-ukangmi
ota-onangmi
sening kanaling bor
ichidagi odamlari
chiqib ketmaydigan odamlari
o’qib turadigan odamlari
eslab turadigan odamlari
eslab turadigan odamlari
sening kiyimlaring bor
har xil
har xil faslga moslangan
qishmi
yozmi
oq-qorami
qora-oqmi
qizil-ko’k
ko’k-qizil
qizil
menda esa
faqat sen borsan.
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
o, mening beg'uborligim
men ham
bo'lganmidim yosh -
men ham
tug'ilganmidim.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
sening xabaringdan sevindim.
xabarimni o’qiganingdan sevindim.
senga xabar yozganimdan sevindim.
sening xabar manzilingni bilganimdan sevindim.
harf terishni bilganimdan sevindim.
telefon ishlatishimdan sevindim.
telefon ishlatishingdan sevindim.
xabarimni o’qisang, menga yana xabar yozasanmi, deb o’ylab sevindim.
yana yozsam, nima deb yozishni o’ylab sevindim.
suhbatimiz har gapida shularni o’ylayman, qayta-qayta.
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
"ortiq seni izlamayman"
osmonga qarab
shular haqda o'yladim -
ammo, nega osmonga qaradim
sen yo'q joyga nega qaradim.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
o’tib ket boshqaga
salom ber
salomingga alik olmasa
o’tib ket boshqaga -
ular seni baxtli bo’lishingni
ko’rishi kerak
o’tib ket boshqaga
insonlar ko’p-ku jigarim
insonlar ko’p-ku, jigarim
vergulni nima qilasan?
o’tib ket boshqaga -
ular seni baxtli bo’lishingni
ko’rishi kerak
“keyingisi” de,
“next”
“следующий” de
o’tib ket boshqaga
dunyo seni kutmaydi
sen o’zingni o’zing kutding
ular seni baxtli ko’rmog’i uchun -
o’tib ket boshqaga
sen ham o’zingga o’xshagan
birini top
buning uchun o’tib ket boshqaga
“keyingisi” de,
“следующий” de
salomingga alik olmasa
o’tib ket boshqaga
faqat senmi baxtsiz kutgan
faqat senmi baxtli bo’lgan
o’tib ket boshqaga
salom ber,
salomingga alik olmasa,
o’tib ket boshqaga…
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
piyoda yur
uzoqqa qarab.
uyingdan teskari tomonga qarab
piyoda yur.
borma uning oldiga,
teskari tomonga qarab piyoda yur.
ishingdan chiqib ketib,
piyoda yur.
yo'lda yig'lama, odamlar ko'p
sen piyoda yur.
o'ylama uni, yugurma,
piyoda yur...
charchasang,
uyingga qayt.
ungacha esa, teskari tomonga qarab
piyoda yur,
piyoda yur.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
piyoda yur -
ular endi seni aldamaydi.
tabassum qil -
ular endi seni aldamaydi.
sen qarama hech bir tomon
sen qarama
sen faqat piyoda yur
sen ularni yo'lingda uchratmaysan
ular bormi o'zi?
nega sen ularni yo'lingda uchratmaysan?
va sen piyoda yur
ular seni yo'lida uchratmaydi
ular seni yo'lida uchratmaydi
piyoda yur -
ular endi seni aldamaydi
chunki endi ularga ishonmaysan -
sen piyoda yurib shular haqida o'ylaysan.
ular bormi o'zi?
ular bormi o'zi?
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
yoshlikdagi do'stimni
uchratib qoldim,
bir-birimizga
indamay
uzoq tikilib turdik.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
siz men bilan ko'rishganmisiz?
birga choy ichganmizmi?
achchiq choy...
yoki qahva.
mehmonga borganmanmi sizning uyingizga?
yoki mehmonga kelganmisiz uyimga?
siz men bilan ko'rishganmisiz?
bafurja o'tirib gaplashganmizmi?
dardlashib ko'rganmisiz men bilan?
orzularimni eshitib ko'rganmisiz?
siz men bilan ko'rishganmisiz?
birga sayohat qilganmizmi?
uzoqlarga birga safar qilganmizmi siz bilan?
qiyin kuningizda men bilan birga bo'lganmisiz?
yoki yaxshi kuningizda...
siz men bilan ko'rishganmisiz?
mening oldimda yig'lab ko'rganmisiz?
yoki men sizning oldingizda.
yomg'irda qolganmizmi shalabboda...
qordachi? hammayoq oppoq qor payti men bilan ko'cha aylanganmisiz?
tongda ko'rganmisiz meni?
tunda ko'rishganmisiz men bilan?
yozning issiq kunidachi
meni ko'rganmisiz?
siz men bilan ko'rishganmisiz o'zi?
siz bilan bir bog'chaga borganmizmi?
maktabda birga o'qiganmizmi?
mening barcha so'zimni eshitganmisiz?
meni taniysizmi?
qanchalik yaxshi taniysiz?
qachondan beri tanishmiz?
siz men bilan ko'rishganmisiz?
men bilan yashaganmisiz birga?
biror vaqt men bilan yashaganmisiz?
unda nega meni yomon ko'rasiz...
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
men "juda baxtli"
emasman.
men baxtliman.
men "juda yaxshi"
emasman,
men yaxshiman!
ha, menda hammasi yaxshi.
lekin "juda" degan so'zni ishlatmayman...
sen yo'qsan-ku
nega ishlatay bu so'zni.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
yo'q, bu endi sevgi emas
bu endi baxt emas.
bor-yo'q so'zlarimni oxir aytaman...
yo'q, bu endi izhor emas.
oh, nima qildim men shart aytib
yo'q, bu endi kelishuv emas.
nega senga qo'l berdim
yo'q, bu endi yordam emas.
senga tomon intildim
"yo'q, yo'q, endi baxtli bo'lmaydi inson".
javobi tushunarsiz bo'ladi so'rovning
yo'q, bu endi inkor emas.
"yo'limiz bir, tomonimiz har-xil"
yo'q, bu endi ayriliq emas.
seni yana uchratamanmi?
yo'q...
bu endi sen emas.
bu endi men ham emas.
faqat, ko'z yoshlarim o'sha-o'sha.
2023
@ahmadali_writer
