Ahmad Ali Dilmurod
Open in Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 367
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
6 365
***
mendan tushuntirib berishni so'rashadi,
(sen yonimdasan)
mendan tushuntirib berishni so'rashadi,
men aytaman -
esimda yo'q!
sen indamay turasan,
jim turasan,
sening esingda bormi, men bilmayman.
ulardan boshqasi
mendan tushuntirib berishni so'raydi,
(qolganlari eshitib turibdi)
men endi indamayman
chunki esimda yo'q,
men indamay turaman,
onamning gapi esimga tushadi
"ko'proq gapir"
degan gapi.
men baribir indamayman.
men baribir ko'p gapirmadim.
mening esimdan chiqib qoldi.
sening esingda bormi,
bilmayman,
hozir qavs ochaman,
(sen yonimda yo'qsan endi)
qavs nega ochiladi o'zi?
esimda yo'q...
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
she'rlarga aldanib qolma
agar u she'r yozishni bilsa.
gullarga aldanib qolma,
u hammaga gul beradi!
"o, gul sotiladi-a?"
aldanib qolma,
gaplarga aldanib qolma
u hammaga gapiradi
u gapga usta
tabassumiga aldanib qolma
u kulishni biladi
u inson kulishni biladi
mehriga aldanib qolma
"o, u mehribon!"
u mehribon!
u hammaga mehr beradi.
u hammaga mehr beradi.
sevgisiga aldanib qolma,
muhabbatiga aldanib qolma
"inson sevaveradi-da,
nima qilsin boshqa"
aldanib qolma...
iloji bo'lsa, ishonma umuman.
ishongan bo'lsang, endi aldanib qolma...
sen esa she'r yozma boshqa,
gul berma,
joyingda o'tir.
dunyo aybdor bo'lmasin,
sen sevma,
sen esa aldanib qolma.
bilganingni qilinglar.
she'r yozma,
boshqa nima qiladi yana.
aldanib qolma,
nega ishonding.
insonlar nima qiladi endi...
bilganingni qilinglar.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
baxt
pulda emas,
baxt
rangda emas,
ko'k, sariq, qizil...
tabassum qilasan,
tabassum -
naqadar go'zal,
ajoyib go'zal!
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
baxt
tabassuming emas,
axir -
inson ba'zida och qoladi-ku!
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
ketib yuborging keladi,
ketging keladi,
keladi,
"hali ham ketmadingmi?"
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
men seni izlamoqdaman,
menga keraksan,
senga gapim qolmadi.
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
gapirishni kamaytirdim,
gaplardan iqtibos qilishni to'xtatmoqchiman,
birovni gapini gapirgim kelmayapti,
borib-borib qaramay qo'ysam kerak.
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
seni sevaman!
- menimcha, bu ajoyib!
- menimcha esa bu dahshat...
baxt
baribir, pulda emas.
baxt
rangda ham emas,
qizil, sariq, yashil...
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
men senga har xil gaplar gapiraman -
siyosat haqida, din haqida.
osmon bulut bo'lsa,
yomg'ir haqida tahmin qilishim mumkin,
sen "yomg'ir yog'masa kerak" deysan
men esa o'zimcha yana osmonga qarab
bulut sanagan bo'laman.
menga kimdir yoqmasa
senga bu haqda
ohista aytaman -
sen oxiri bilib olasan
uni yomon ko'rishimni.
menga "maqtab qo'ymagin" deb shunday qilaman,
biz keyin birga yomon ko'ramiz,
yoki birga yaxshi ko'ramiz.
yo'q, men zotan
agar gaplaring asosli bo'lsa
buni eshitishni xohlayman.
lekin sen ortiqcha gapirmaysan,
men bilan
birga yomon ko'rasan
yoki birga yaxshi ko'rasan.
yo'q, sen bilan aslo urushishni xohlamayman,
sen bilan doim yaxshi gaplashgim keladi.
men senga mudom gapiraveraman...
men senga doim gapiraman,
senga doim gapiraman,
senga har qanday mavzuda
gapirgim keladi...
yo'q, men gapiraman senga!
men senga nuqul gapiraman -
meni yaxshi ko'rishingni xohlasam kerak.
meni yaxshi ko'rishingni xohlasam kerak.
ammo, senga bu haqda aytmaganman.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
inson ber menga!
inson ber!
yo'q, insonni yaxshi ko'rsa bo'ladi
tushunsa bo'ladi insonni
eshitsa bo'ladi
ko'zlariga qarasa bo'ladi
yonida o'tirsa bo'ladi
yo'q, yonida jim o'tirsa bo'ladi
unga savol bermasa ham bo'ladi -
inson bilmaslikka haqqi bor!
sen ham bilmaysan,
sen axir uning yonida o'tiribsan-ku
yo'q, insonni quchoqlasa bo'ladi
bag'ringga bosib
uning isini sezsa bo'ladi
inson ber menga,
inson ber, dedim
inson ber menga!
uning jim turishiga qarab tursa bo'ladi
uning tabassumiga
bekorchi narsalarga xaholab kulishini qara!
oh inson,
inson ber menga!
men inson bilan birga kulmoqchiman
insonga hazillarim bor
insondan hazil eshitmoqchiman
insonning hotirjamligini qara
topgan pulini yoqib
isinib o'tirishini qara!
inson ber menga,
tog'dan olov otilsa
men u bilan hotirjam qolmoqchiman
hotirjam o'tirmoqchiman
inson ber menga!
ko'zining nuri ketadigan inson
qo'l-oyog'i sinadigan inson
boshi yoriladigan inson
zirapcha kiradigan inson
esidan chiqib qolib
onasining tug'ilgan kunini eslaydigan inson
inson ber menga!
yer chopadigan
piyoda yuradigan
buzilgan narsalarni tuzatadigan inson
gapirishni o'ylaydigan inson
gapirishdan qo'rqib qolgan inson
tili borligini unutgan inson
gap o'rniga tabassum qiladigan inson
inson ber menga
faqat inson ber menga.
2024
@ahmadali_writer
6 365
shuning uchun ijodkorni “maqtab” turish kerak… u yoshbola singari yaxshi gapga o’ch. hech yo’q uni “maqtab” turish kerak. bugun bir gap eshitsam shu menga bir hafta, bir oy, ba’zan bir yilga yetadi. u qanday gap bo’lmasin, ba’zan haqiqat bo’lmasin, kichik yaxshi gap ham ko’ngilga tog’dek ta’sir qiladi. qo’lingizdan kelsa ijodkorni “qo’llang…” u yoshbola singari yaxshi gapga “o’ch” bo’ladi. unga ko’p vaqtga yetadigan yaxshi gap gapiring…
6 365
Repost from MohiRa🌕
#maktub
"Maktub" — qalbga tutilgan ko'zgu!
70 kun, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi maktublar...
Azizlar, xabaringiz bor "Maktub" loyihasini boshlagandik.
Har shanba kuni qalamdan to‘kilib, hali siyohi qurishga ulgurmagan samimiy maktublarni sizga taqdim etib boramiz.
O'qing va o'z munosabatingizni bildiring.
Ikkinchi ishtirokchimiz: MohiRa
Ijodiy o'zani: https://t.me/altruistning_qizi
👉 Maktubni shu yerda o'qing: https://literature.uz/article/begona-bayramlardan-maktub
6 365
***
sevgi faqat ikki kishiga kerakmi?
nega hammani rozi qilging keladi...
sevgi -
ikki kishiga kerak!
o, bu endi kurash
bu endi jang
hammadan so'rab chiq
bitta-bitta
ahmoqlar!
sevgi -
endi ikki kishiga kerak-ku,
azizim!
sevgi
endi ikki kishiga kerak!
nega hamma norozi bo'ladi?
nega hamma o'z gapini aytadi sevgida?
"sudyalar o'zi kim?"*
"ota-onalar o'zi kim?"
nega hamma manfaatini o'ylaydi...
yo'q, bu oddiy she'r emas
huddi sening sevgingga o'xshagan
yo'q, yo'q
bu oddiy she'r emas
sening sevgingga o'xshagan
mening she'rim boshqa
mening sevgim boshqa
"ota-onalar o'zi kim?"
sevgi nechi kishiga kerak?
dunyo sevgisiz qoldi-ku, azizim!
dunyo sevgiga kerak bo'ldimi?
yo'q, yo'q
bu oddiy savollar emas
sevgi nechi kishiga kerak?
faqat ikki kishigami?
sen va menga...
yo'q, yo'q
faqat bir kishi qoldi.
2024
(*aleksandr griboedov, gore ot uma)
@ahmadali_writer
6 365
Telegram Ads orqali kanal reklamasi 1 mlnga yaqin ko’rildi. Bundan ko’proq marralarga erishaylik. Hammaga rahmat.
6 365
***
sen ketishni o'ylaysan
kimdir she'r o'qiydi
kimdir so'z yozadi
sen esa ketishni o'ylaysan
qayoqqa?
qaniydi bilsang,
bilsang allaqachon ketgan bo'larding,
uzoq-uzoqqa...
men doim rost gapirishni yaxshi ko'raman
mana men senga aytyapman-ku azizim
"men yana ketishni o'yladim"
endi ketsam
meni sendan so'rashadi
endi ketsam
meni sendan so'rashadi
demak, men sen bilan ketmagan bo'laman
demak, yana qaytib kelaman qachondir.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
shu yerda katta bo'lding,
mana-mana shu yerda
ko'z oldimda
kuz oldimda
qish oldimda
shu yerda baxtli bo'lding,
baxtsiz bo'lding,
ko'z oldimda
kuz oldimda
qish oldimda
"seni qayerda ko'rsam bo'ladi?"
yillar-yillar
yillar-yillar
ko'z oldimda
kuz oldimda
ismingni aytmayman,
ismingni chaqirmayman
tabassum qilaman
tabassum qilib chaqiraman
ko'z oldimda kelmading
kuz oldimda kelmading
qish oldimda...
yashab-yashab
yashab-yashab
vafot etasanmi
ko'z oldimda
vafot etamanmi
ko'z oldimda
baxtli bo'lding,
mana-mana shu yerda.
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
senga yomon gapirmasligim
yomon gapim yo'q ekanidan emas
xatolaringni aytmasligim
xatolaring yo'q ekanidan emas
so'zingni to'xtatmasligim
gaplaring to'g'ri degani emas
sen bilan urushmasligim
urushishni bilmasligimdan emas
vaqting bor ekani
senga vaqt berganimdan emas
gapirmasligim
murosa qilayotganimdan emas
yaxshi ko'rishimdan.
yaxshi ko'rishimdan.
yaxshi ko'rishimdan.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
endi xabar yozmaydi senga.
sen ham unga xabar yozmaysan.
xabarlaring yetib bormaydi.
keyin "o'ylaysan"
xabaring yetib bordi.
hech nima!
- hech nima...
"hech nima"
bukchayib ketayotgan
yuzida biroz tabassumi bor
yo'li yo'q odamni ko'rdingmi?
uning xabari yo'q.
uning gapi bor.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
senda qolsam maylimi?
osmon-osmon
ko'cha-ko'cha
inson-inson
senda qolsam maylimi?
quyoshga chiqmasam...
senda qolsam maylimi?
ovoz-ovoz
inson-inson
ko'cha-ko'cha
senda qolsam maylimi?
men qaytib ko'rmaymanmi ularni?
men ko'rmaymanmi ularni?
men qaytmaymanmi ularni?
senda qolsam maylimi?
men so'rayotirman,
men so'rayapman,
men "sendan" so'rayapman...
senda qolsam maylimi?
yuragim bor surilsang,
yuragim bor suyansang
men baribir so'rayotirman
senda qolsam maylimi?
quyoshga chiqmasam...
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
mening jimligim...
mening jimligimni
bilmasligingni xohlardim.
men doim nimadir deyman-ku, axir!
hazil qilishim mumkin,
"ha, yo'g'e" deyishim mumkin,
hech bo'lmasa
qisqa gapirib qo'yishim mumkin.
nega mening jimligimni sezmoqdasan?
men qariyapmanmi?
qariganlar kam gapiradimi?
men yana senga jimman...
"sen baqirib yuborma"
men qo'rqaman,
gap aytishdan qo'rqaman,
endi nimadir deyishdan qo'rqaman,
jimligimni sezishingdan qo'rqaman.
qariganlar qo'rqoq bo'lib qoladimi?
nega mendan gap olmoqchi bo'lasan,
menda gap bor,
menda gap bor,
ammo,
jimligim gapim yo'q ekanidan emas.
men qariyapmanmi?
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
oddiy odam
oddiy odam
oddiy odam
esimdan chiqib ketsa kerak
nimadan boshlashni bilmaysan
esimdan chiqib
ketsa kerak.
sen endi kulmaysan
g'am ham chekmaysan
sen yo'lga qarab -
insonlarga,
qizlarga,
yigitlarga,
hayvonlarga,
osmonga
ketasan,
esimdan chiqib ketsa kerak.
sevgi o'zi nima?
sen nimasan?
oddiy savol,
oddiy savol,
oddiy savol,
esimdan chiqib
ketsa kerak.
taassufki,
esimdan chiqib
ketsa kerak.
darvoqe,
esimdan chiqib
ketsa kerak,
jin ursin,
afsuski,
esimdan chiqib ketsa kerak.
onam bormi meni?
nega isyon qilaverasan?
qachon?
nima qachon?
esimdan chiqib ketsa kerak.
munosabatlarda aldama
o'zing bilan o'zing
gaplashma
uzun narsa yozma
esimdan chiqib ketsa kerak.
qahva icha turib
qahvadoshingni unutib qo'yma
unga qarab tur
unga qarab tur
unga qarab tur
esimdan chiqib ketsa kerak.
meni kim sevadi?
farq qani?
bor bo'lgan farq?
sen so'rayverma,
sen jim qarab ket -
yo'lga,
hayvonlarga,
esimdan chiqib
ketsa kerak.
men endi
faqat yig'lasam kerak,
sendagi hissiyot -
mana-mana esimdan chiqmoqda
bilmasam
esimdan chiqib
ketsa kerak.
2024
@ahmadali_writer
