en
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Open in Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
6 367
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
*** yomg'irni kutmasligim, yomg'irda seni sog'inmasligim uchun katta bo'lishim kerakmidi? shu xolosmi? 2025 @ahmadali_writer

*** men fikrlarimni himoya qilaman men fikrlarimni yaxshi ko'raman men fikrlarim uchun urushaman men fiklarim bilan yonma-yonman men fikrlarimni aytaman men fikrlarim bilan jimman men fikrlarimga qarab turaman men fikrlarimni onda-sonda asta-sekin bo'lib-bo'lib qismlab-qismlab hovuchlab-hovuchlab aytaman. men fikrlarimni qo'ltiqlab yuraman men fikrlarimni yonimda olib yuraman men fikrlarimni baqiraman men fikrlarimni aytib qo'yaman men va fikrlarim men, fikrlarim men va fikrlarim yonma-yon men qaysi fikrlarim qaysi men u fikrlarim u men + fikrlarim men + fikrlarim = sevgi men fikrlarim bilan qolganman men fikrlarim bilan qolganman nima qilay, men o'shanda fikrlarim bilan qolganman meni tashlab ketishganida fikrlarim bilan qolganman menga kelishmaganida fikrlarim bilan qolganman meni yig'latishganida fikrlarim bilan qolganman chiroqni o'chirishganida fikrlarim bilan qolganman och qolganimda fikrlarim bilan qolganman sovuq qotganimda pulsiz qolganimda hech narsam yo'qligida fikrlarim bilan qolganman. men fikrlarimni himoya qilaman, nima qilay... 2025 @ahmadali_writer

*** mening ismim bor edi hech bo'lmasa ismim rad javobini olib yo'lda ketayotib svetaforga qarab - mening ismim bor edi hech bo'lmasa ismim sen gapirmaysan qaramaysan o'ylamaysan sog'inmaysan meni tushingda ko'rmaysan - mening ismim bor edi hech bo'lmasa ismim bor edi sovuq kun keladi sovuq kun keladi qor yog'maydi bugun faqat sovuq kun keladi men uydan chiqmayman men uydan chiqaman - mening ismim bor edi ismim bor edi sen tanib qolmaysan o'ylamaysan xayolingga kelmaydi o'ylab qo'ymaysan qahvangni olib ichasan - mening ismim bor edi nima bo'lsa ismim bor edi ismimni aytmaydi ular ismimni aytmaydi gaplar orasidan yuradi gaplar orasida o'ynaydi gaplar orasida qochadi gapni o'yin qiladi gapni maydalaydi hammayoq gap - atrofini o'raydi mustahkamlaydi - mening ismim bor edi ismim bor edi sen yo'lga qarab ketasan yo'lda ketasan svetaforga qaraysan svetaforga qaramaysan - mening esa bu yerda ismim bor edi - dilmurod degan. sen indamaysan. 2025 @ahmadali_writer

*** ko'zing rangi esimda yo'q sevishim esimda soching ko'z oldimda emas sevishim esimda yomon gaplaring esimda yo'q sevishim esimda kiyimlaring rangi esimda yo'q sevishim esimda atiring esimda yo'q sevishim esimda tabassuming esimda yo'q sevishim esimda nima qilay xotiram yomon. 2025 @ahmadali_writer

*** gapni qisqa qiling sog'indim, deng seni yaxshi ko'raman, deng gapni qisqa qiling seni yomon ko'raman, deng sen yomonsan, deng gapni qisqa qiling sen meni tashlab ketding, deng sen yomonsan, deng gapni qisqa qiling turmush qurmoqchiman, deng men bilan turmush qurasanmi, deng gapni qisqa qiling men baxtliman, deng kuling gapni qisqa qiling, kuling gapni qisqa qiling pulim yo'q, deng hozir pulim yo'q, deng pulim bor, deng boyib ketdim, deng gapni qisqa qiling, shukr qiling gapni qisqa qiling yig'lang gapni qisqa qiling seni yaxshi ko'raman, deng vaqting bormi, deng bugun men bilan turmush qurasanmi, deng gapni qisqa qiling yig'lang. 2025 @ahmadali_writer

kasbiy kanal ochdim: https://t.me/axmadaliyevlive bu fundament uchun. hozircha mualliflik loyiha, nozik yo’nalish/mavzular yo’q. boshqa manbalardan ayti yangiliklar yozib boraman. ulanib qo’ysangiz xursand bo’laman.

*** do'stim meni tushida ko'rgani haqida eshitdim. uch kundan beri shuni o'ylayapman. 2025 @ahmadali_writer

Kanalda postlar kuniga nechi marta e’lon qilingani ma’qul?
Anonymous voting

*** telefon o'ynama do'stlaring boshqa xabar yozmaydi do'stlaring boshqa xabar yozmaydi telefon o'ynama turmush qurding romanga hojat yo'q romanga hojat yo'q telefon o'ynama otang boshqa xabar yozmaydi otangga boshqa xabar yozmaysan telefon o'ynama onang telefon qilsa o'zi qo'ng'iroq chalinadi telefon o'ynama telefon o'ynama bozorga ortiqcha puling yo'q bozorga ortiqcha puling yo'q telefon o'ynama ko'zingni battar qilasan nur izlashni bas qil nur izlashni bas qil telefon o'ynama baribir kitobing chiqmaydi baribir kitobing chiqmaydi telefon o'ynama kimdir seni o'qimoqchi bo'lsa ko'rishsin ko'rishsin telefon o'ynama katta bo'lib qolding ko'chani tomosha qilging keladi ko'chani tomosha qilging keladi telefon o'ynama uyingga bor choy ich uxla uxlashdan oldin do'stlaring boshqa xabar yozmasligi esingga tushsa ham telefon o'ynama. 2025 @ahmadali_writer

*** nega seni uchratib qolmayapman, insonlar ko'plik qilyaptimi? 2025 @ahmadali_writer

*** toshkentga kelma yurma ko’chalarida ko’chalarida sayoq yurma qadam-qadam tashlab yurma ko’zingga ishonmaydi kipriklaringga ishonmaydi ko’z-kipriklaringga ishonmaydi “yig’lama keyin” “yig’lama, keyin” toshkentga kelma bu ko’chalar sen uchun emas sen bu ko’chalar uchun emassan kim seni aldadi? kim seni “toshkent” deb aldadi? ishonma toshkentga ishonma toshkentga ko’z yoshlaringni yo’qotib qo’yma menga ber ko’z yoshlaringni kipriklaringni menga ber ko’zlaringni… ishonma toshkentga, ko’zlaringni yo’qotib qo’yma. 2026 @ahmadali_writer

*** chiqib ketasan kanalimdan bilmaymanmi? bugun erta indin qator-qator uch qator ketma-ket chiqib ketasan kanalimdan… yuragimdan emas, lekin. bilmaymanmi? 2026 @ahmadali_writer

*** ismingni bilgim keladi hech kim atamasa isming bilan hech kim eslamasa hech kim tushunmasa isming bilan ismingni faqat men bilgim keladi menga qo'yilgan isming men uchun qo'yilgan isming hech kim atamasa seni ismingni bilgim keladi qo'rqitma meni sen endi ular uchun yo'qsan sening isming yo'q sen men bilan qayergadir ketding... ismingni bilgim keladi sen endi yo'qsan. men va isming bor isming men bilan ismingni bilgim keladi. 2025 @ahmadali_writer

*** qaniydi, hayajonlansam qaniydi, qo'rqsam sen bor sen yo'q qaniydi, yig'lasam qaniydi, yig'lasam sovuq qor, sovuq bozor, onamning qo'li muzlab qolgan qornimiz to'yadi qaniydi, hozir hayajonlansam qaniydi, o'ylab siqilsam sen bor sen yo'q qaniydi, xursand bo'lsam osmonlarga uchsam "sen farzandli bo'lasan" "o'g'il..." qaniydi, hozir hayajonlansam qaniydi, o'ylab xursand bo'lsam "seni yaxshi ko'raman" "seni o'ldiraman" qaniydi, kulsam qaniydi, kulsam hamma sening do'sting, bitta ham do'sting yo'q qaniydi, eshik taqillatsam qaniydi, eshik ochsam qaniydi, uxlamay chiqsam qaniydi, uxlolmasam onamning qo'li muzlab qolgan, qaniydi, hozir... 2025 @ahmadali_writer

*** yarim umrim qoldi. nima qila olasan endi? yarim umrim qoldi, seni yarim umrimda ko'ra olaman agar ko'rsam. nima qila olasan? qayerdasan? qanisan? yarim umrim qoldi, oq qizil. nimadan qo'rqasan, kimdan qo'rqasan, aytmaysanmi she'ringni yarim umrim qoldi. kulmoqdaman seni endi ko'rsam ham mabodo ko'rsam agar ko'rsam tasodifan ko'rsam adashib ko'rsam yo'l bo'lib ko'rsam yarim umrimda ko'raman endi kulishga hojat yo'q "katta bo'lib, kuladigan narsa yo'qligini tushunasan" oq qizil zotan, yarim umrim qoldi nima bo'lganda ham yarim umrim qoldi. 2025 @ahmadali_writer

*** allohga hammasi oson faqat seni menga “bo’l” demagan. @ahmadali_writer

*** qani mening ko'z yoshim? sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding nega men ko'z yoshni qo'shtirnoqda yozmayapman? qani meni "kitobim?" sen nega meni kitobimni chop qilmading? men xohlamayman kitobim chiqishini. sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding men nuqtasiz davom etishim kerak men uzun chiziq bilan davom etishim kerak ular qayerdan biladi "gap nima haqda?" sen rostdan ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding. 2025 @ahmadali_writer

🎓 TALABALIKKA TAVSIYA | РЕКОМЕНДОВАН ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 👤 AXMADALIYEV D. B. 🆔 3728567 🌐 O'zbek | Узбекский ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🏛 OTM | ВУЗ: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 📚 Yo'nalish | Направление: Jurnalistika 🕘 Ta'lim shakli | Форма обучения: Masofaviy | Дистанционная 🎟 Qabul turi | Тип приёма: To‘lov-kontrakt asosida qabul ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🏆 Ball | Балл: 77.9Tabriklaymiz! | Поздравляем! 🕐 15.08.2026 07:27

*** yilni yo'qotib qo'ydim "qani mening she'rim?" yilni yo'qotib qo'ydim o'sha yilda sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding yilni yo'qotib qo'ydim menga hozir ko'proq o'sha ko'cha kerak sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding. 2025 @ahmadali_writer

30 yoshimda talaba bo’ldim! men bu xabarni 22 iyul, hali imtihon tugamagan, hali mandat chiqmagan sanada yozyapman. yozib qo’yyapman. shunday qilgim keldi, avvaldan yozib qo’ygim keldi, agar bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak o’qishga kirganman va avvaldan yozib qo’ygan postimni e’lon qilgan bo’laman. o’zi umuman, nima demoqchi edim? o’ttizga to’libman, hayotimni yarmi qoldi, endi o’qishga nima bor? desangiz ham to’g’ri aytgan bo’lasiz, endi o’qish kerak-da! desangiz ham. qisqasi, men ikkinchi fikr tarafdoriman. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men bu gapni bir necha marta yozmoqchiman. har xil ohangda. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman! men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman… vahokazo. endi men go’yo o’zimga o’zim otaman. o’zimga o’zim onaman. chunki o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men endi o’zim haqimda “o’zim falon joyda o’qiydi” deyman. “o’zimni falon joyda o’qityapman” deyman. mayli, ko’p yozib yubordim, qisqasi, bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak dilmurod o’qishga kiribdi va o’zini o’zi o’qitayotgan ekan. 17 iyul, 2026.