Ahmad Ali Dilmurod
Open in Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif sheārlari va hikoyalarini oāqishingiz mumkin.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 366
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
6 367
***
meni sevmasligingni
aytma menga
boshqa gap yo'qmi
aytishga?
soat nechi bo'ldi?
havo qanday
ertaga quyosh chiqadimi?
nima yangiliklar
kim o'libdi
qanday o'libdi?
mashinasini
tez haydagan bo'lsa kerak-da!
yomg'irda
mashina haydash qiyin
ertaga quyosh chiqsa
shunda haydash kerak.
tunda ham qiyin
mashina haydash
yurish ham qiyin
quyoshda yurish qiyin
soat nechi bo'ldi?
havo qanday?
meni sevmasligingni
aytma menga
soat nechi bo'ldi?
ertaga yomg'ir yog'masin-da.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
qaytgunicha o'lmay tur -
eshikni kim ochadi,
yuziga tarsaki urish kerak hali,
ko'z yoshini kim ko'radi,
qo'lidagi buyumlarini ko'tarish kerak hali,
o'zgarishlarni kim aytib beradi,
bekor qaytganini aytish kerak hali,
ungacha esa o'lmay tur,
kamida
eshikni ochish kerak -
uyining eshigini.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
ko'p suratga tushmayman -
suratlarim kam.
izlasangiz topilishi mumkin
qayerdandir topiladi ular.
ko'p suratga tushmayman,
nima qilaman suratga tushib?
uning o'rniga,
ko'zlarimiz bo'lsa -
men sizni eslab qolganman
siz ham meni eslab qoling,
ko'zlarimiz bo'lsa
shu kifoya, aslida
surat o'rniga.
faqat
unutishimiz mumkin
masalan
hozir
men sizni unutganman
suratingiz mendan o'chgan,
menimcha
siz ham
meni unutgansiz
sizda mening suratim yo'q,
ammo,
qayta uchrashib qolsak -
suratlar tiklanishi mumkin...
ammo,
men buni xohlamayman.
qisqasi, men shunaqa -
ko'p suratga tushmayman,
menda sizning suratingiz yo'q,
sizni qayta ko'rishni
va qayta unutishni xohlamayman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sen
mag'lub bo'lishni ham
bilmaysan
tushunmaysan
qachon
mag'lub bo'lganingni
sen shu darajada
soddasan
azizim
masalan,
hozir
sen mag'lubsan
mening
bu borada tajribam katta
sen hozir mag'lubsan, azizim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
unutdilar
oāldilar -
seni eslab
gāolib boāldim
unutdilar
yigāladilar -
seni eslab
gāolib boāldim
unutdilar
ketdilar -
seni eslab
gāolib boāldim
unutdilar
tushlarida koārmadilar -
seni eslab
gāolib boāldim
unutdilar
bugun seni hech kim eslamadi -
seni eslab
gāolib boāldim
unutdilar
ketdilar
unutdilar
men bu soāzni qayta-qayta yozaman
men bu soāzni qayta-qayta yoza olaman
unutdilar.
2026
@ahmadali_writer
6 367
***
seni tanimayman
ismingni ham aniq bilmayman
seni ko'rmaganman
qayerda yashashingni ham bilmayman
mendan kichik bo'lsang kerak
"ko'p yashashingni xohlaganim uchun, shunday o'ylasam kerak"
sen bilan ko'p gaplashmaganman
ammo,
sendan havotir oldim, o'shanda.
meni tanimaysan,
ismimni qaysi biri ismim ekanini bilmaysan
meni tirik ko'rmagansan
"o'lganimda ham ko'rmasang kerak"
qayerda yashashimni ham bilmaysan
ko'p gaplashmagansan men bilan
ammo,
havotir olganimga xursand bo'lding,
va yaxshi ekaningni aytding,
keyin men ham xursand bo'ldim,
yaxshi ekaningni eshitib,
va hali ham
men seni tanimayman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
endi meni
qanday sevasan?
men
hammasini
yozmoqdaman-ku.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
meni
sevishingni
kutib turibman
shoshilma
vaqtim ko'p.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
senga erisholmaganimdagi
barcha ayb o'zimniki.
shundan so'ng
o'zim bilan o'zim
gaplashmay qo'ydim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
men
bor-yo'g'i
meni sevishingni
xohlagandim
ko'p xohladimmi?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
"oxiri ular
baxtli hayot kechirishibdi"
sen ham
oxirini
kutmoqdamisan?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
bag'ringga boshimni qo'yib
o'ylagim keladi
ikki kishi
qanday
baxtli bo'lishi haqida.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sen
menga
baxtli bo'lish
mumkinligini
eslatib turasan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
boshqalarning
haziliga
kulmagin deb
qiziqchilikni
o'rgandim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
mening jahlimni chiqarma
menda "jahl yo'q"
menda "jahl yo'q"
sen -
jahlimga o'xshaysan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
maktubingni qayta o'qidim,
nega menga maktub yozgansan?
onam esimga tushdi.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
seni yaxshi bilmas ekanman -
meni yaxshi ko'rishingni bilib
shuni tushundim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sendan
maktub
olmaganimga
pochtalyon
bilan urushdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
