es
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Ir al canal en Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 362
Suscriptores
-524 horas
+1577 días
-17 33230 días
Archivo de publicaciones
*** men senga hammasini - sevishimni aytib bo'ldim. endi nima deyishni bilmayapman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** seni takror-takror ko'rib nega endi seni bir ko'rishda sevmadim deb o'ylamoqdaman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

photo content
+6

*** bugun xabar yozmading, yaxshimisan? bugun tabassum qildingmi... qachon uyg'onding, uyg'onib - xabarimni ko'rdingmi, kecha tunda yozgan xabarimni. menimcha, ko'rgansan - yarim tunda uyg'onib ketib o'qigansan xabarimni. tabassum qilgansan uyqu aralash, baxt aralash. uyg'ondingmi, qachon menga javob yozasan? bugun xabar yoz menga... maktubingni o'qigim kelmoqda - baxt aralash, orzu aralash... @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** yaxshimisiz? deding yozib-yozib... o'chiraverdim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** seni sevib qoldim, kamchiliklariga uzr so’rayman. @ahmadali_writer

*** ayblasang aybim tugamaydi, sevishimni esla. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** o, nima qildim nima qilib qo'ydim? seni tushunmadim-ku. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen yana ko'rishguncha, deding. men o'ylab qoldim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** osmondan uzoq masofa bosib menga kelayotgan qor parchalarini eritib yuborayotganimni qara. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** yo'q, yo'q! bundan boshqa chiroyli bo'lish mumkin emas. senga qarab shularni o'ylayman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** shu yerda turib tursin, deb yuragimning bir yeriga seni qo'yib qo'ydim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** urushib qoldim kecha do'stim bilan. undan sira xafa bo'lmadim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** seni qaytib ko'rmasligimni bilsam ham sen bilan oddiy xayrlashdim o'shanda. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** meni sevmasligingni aytma menga boshqa gap yo'qmi aytishga? soat nechi bo'ldi? havo qanday ertaga quyosh chiqadimi? nima yangiliklar kim o'libdi qanday o'libdi? mashinasini tez haydagan bo'lsa kerak-da! yomg'irda mashina haydash qiyin ertaga quyosh chiqsa shunda haydash kerak. tunda ham qiyin mashina haydash yurish ham qiyin quyoshda yurish qiyin soat nechi bo'ldi? havo qanday? meni sevmasligingni aytma menga soat nechi bo'ldi? ertaga yomg'ir yog'masin-da. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** qaytgunicha o'lmay tur - eshikni kim ochadi, yuziga tarsaki urish kerak hali, ko'z yoshini kim ko'radi, qo'lidagi buyumlarini ko'tarish kerak hali, o'zgarishlarni kim aytib beradi, bekor qaytganini aytish kerak hali, ungacha esa o'lmay tur, kamida eshikni ochish kerak - uyining eshigini. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** ko'p suratga tushmayman - suratlarim kam. izlasangiz topilishi mumkin qayerdandir topiladi ular. ko'p suratga tushmayman, nima qilaman suratga tushib? uning o'rniga, ko'zlarimiz bo'lsa - men sizni eslab qolganman siz ham meni eslab qoling, ko'zlarimiz bo'lsa shu kifoya, aslida surat o'rniga. faqat unutishimiz mumkin masalan hozir men sizni unutganman suratingiz mendan o'chgan, menimcha siz ham meni unutgansiz sizda mening suratim yo'q, ammo, qayta uchrashib qolsak - suratlar tiklanishi mumkin... ammo, men buni xohlamayman. qisqasi, men shunaqa - ko'p suratga tushmayman, menda sizning suratingiz yo'q, sizni qayta ko'rishni va qayta unutishni xohlamayman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen mag'lub bo'lishni ham bilmaysan tushunmaysan qachon mag'lub bo'lganingni sen shu darajada soddasan azizim masalan, hozir sen mag'lubsan mening bu borada tajribam katta sen hozir mag'lubsan, azizim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** meni tilimni tushunmagan tilshunossan sen. @ahmadali_writer

*** unutdilar o’ldilar - seni eslab g’olib bo’ldim unutdilar yig’ladilar - seni eslab g’olib bo’ldim unutdilar ketdilar - seni eslab g’olib bo’ldim unutdilar tushlarida ko’rmadilar - seni eslab g’olib bo’ldim unutdilar bugun seni hech kim eslamadi - seni eslab g’olib bo’ldim unutdilar ketdilar unutdilar men bu so’zni qayta-qayta yozaman men bu so’zni qayta-qayta yoza olaman unutdilar. 2026 @ahmadali_writer