English with Jakhongir
Open in Telegram
Follow the channel to level up your English. Inquiries about courses: @jahongirsalayev
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
184
Subscribers
-124 hours
-97 days
-1830 days
Posts Archive
Bugundan boshlab kanalimizda 'Confusing English' nomli yangi seriyani boshlaymiz!
Bu seriyada ingliz tilida eng ko'p adashtiriladigan soʻzlar va iboralarni sodda, tushunarli va amaliy misollar orqali o'rganamiz.
💬 Postni saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing — keyingi darsni o'tkazib yubormang!
#ConfusingEnglish #Day1 #SayVsTell #EnglishWithJakhongir
🎙️ NEW PODCAST EPISODE
Have you ever wondered whether online English courses are really effective?
In this episode, you'll discover: ✅ Why more students and professionals are choosing online learning.
✅ How online courses help you balance work, university, and English study.
✅ What makes an English course truly effective.
✅ How consistent learning can open new educational and career opportunities.
Whether you're a student, an employee, or simply someone who wants to improve their English, this conversation is for you.
🎧 Put on your headphones, press play, and enjoy!
🚨 DIQQAT! KO‘PCHILIK BU IMKONIYATNI HALI HAM BILMAYDI! 🚨
Tasavvur qiling...
Siz IELTS'ga tayyorlandingiz, 7.0 yoki undan yuqori ball oldingiz va...
✅ Davlat IELTS imtihoni uchun sarflagan pulingizni to‘liq qoplab beradi.
Lekin bu hali hammasi emas! 👇
🎁 Agar siz mening onlayn kurslarimni tamomlab, IELTS'dan 7+ natija olsangiz, kurs uchun to‘lagan pulingizni ham to‘liq qaytarib beraman!
Demak, siz:
💸 IELTS imtihoni uchun to‘lagan pulingizni qaytarib olasiz.
💸 Kurs uchun to‘lagan pulingizni ham qaytarib olasiz.
🏆 Qo‘lingizda esa xalqaro darajadagi IELTS sertifikati bo‘ladi.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📩 Kursga yozilish va batafsil ma'lumot uchun: @jahongirsalayev
🧠 Active Recall Challenge
Without looking at today's lesson, write one sentence using today's phrasal verb.
💡 Your sentence should have this meaning:
"to raise and take care of a child."
✍️ After you've finished, go back to today's post and check if you used the phrasal verb correctly.
Don't just read English — use it! If you don't use it, you will lose it!!!
Ingliz tilini o'rganuvchilar qilishi shart bo'lgan 3 ta odat:
1. Har kuni 10 ta yangi so'z o'rganing.
Lekin shunchaki inglizcha so'zni o'zbekchasiga tarjima qilib yodlamang. Bu usul unchalik samarali emas. Buning o'rniga, so'zning ma'nosini ingliz tilida tushuntirishga yoki u bilan sodda gap tuzishga harakat qiling. Shunda so'z xotirangizda ancha uzoq saqlanadi.
2. "Yarim soat" qoidasiga amal qiling.
Har kuni:
🎧 30 daqiqa inglizcha podkast tinglang.
📖 30 daqiqa inglizcha kitob yoki maqola o'qing.
Eng muhimi, tanlagan materialingiz o'z darajangizga mos bo'lsin. Juda qiyin material motivatsiyani pasaytiradi, juda osoni esa rivojlantirmaydi.
3. Har kuni gapiring.
Kuniga atigi 10–15 daqiqa ingliz tilida gaplashish odatini shakllantiring. Mavzu mukammal bo'lishi shart emas — o'zingizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapiring.
💡 Reading bo‘yicha maslahat:
— har safar yangi so‘zga duch kelganizda to‘xtab qolmang. So‘zning ma’nosini tushunish uchun undan oldingi va keyingi gaplarga eʼtibor bering. Bu usul sizga tezroq o‘qishga, matnni yaxshiroq tushunishga va yangi so‘zlarni tabiiy ravishda o‘rganishga yordam beradi.
📖 Reading Challenge (A2 Level)
Read the passage and answer the question.
Tom wants to improve his English. Every evening, he reads a short story for 20 minutes. Sometimes he finds new words, but he does not stop reading every time. He reads the next sentence first. Often, the next sentence helps him understand the new word.
One day, Tom read this sentence:
"The little girl was hungry, so she ate two sandwiches and a bowl of soup."
Tom did not know the word hungry, but after reading the whole sentence, he understood that it meant wanting food.
Now Tom enjoys reading more. He reads faster, learns new words, and understands stories better.
"O'zgarish boshida qiyin, o'rtasida tartibsiz, oxirida esa ajoyib bo'ladi." — Robin Sharma
Ingliz tilini o'rganish ham aynan shunday.
Dastlab deyarli hech narsani tushunmaysiz. Keyin esa qancha harakat qilsangiz ham, natija yo'qdek tuyuladigan davr keladi. Aksariyat odamlar aynan shu yerda taslim bo'ladi.
Robin Sharma aytganidek: "Progress in learning is invisible before it becomes visible. Roots grow before the tree appears."
Daraxt yer yuzida ko'rinishidan oldin uning ildizlari oʻsadi. Ingliz tilida ham xuddi shunday: siz har kuni o'qiyotganingiz, tinglayotganingiz va mashq qilayotganingiz samarasiz emas. Faqat uning mevasi hali ko'zga ko'rinmayapti.
Shunday ekan, bugungi qiyinchiliklardan qo'rqmang. Ehtimol, aynan hozir siz ildiz otayotgan bosqichdasiz.
Til o‘rganishda ko‘pchilik qiladigan eng katta xatolardan biri — perfeksionizm.
“Menga IELTS’dan 7+ kerak.”
“Men 3 oyda sertifikat olishim kerak.”
Bunday maqsadlar yomon emas. Aksincha, katta orzular bo‘lishi juda yaxshi. Lekin muammo shundaki, juda katta va qisqa muddatli maqsadlar ko‘pchilikni tez charchatadi.
Bir necha hafta o‘tadi. Natija kutilgandek bo‘lmaydi. Inson o‘zini boshqalar bilan solishtirishni boshlaydi va ichida: “Mendan bo‘lmaydi shekilli” degan fikr paydo bo‘ladi.
Natija nima?
Motivatsiya pasayadi. Til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yo‘qola boshlaydi.
Yechim esa oddiy:
Katta maqsadni kichik qadamchalarga bo‘ling.
Masalan:
✅ Shu oy har kuni lug‘at yodlab, bir oyda 300–400 ta yangi so‘z o‘rganaman.
✅ Kuniga 10 daqiqa speaking qilaman va buni bir oy davomida bir kun ham qoldirmay bajaraman.
Shunday kichik yutuqlar sizning o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshiradi va eng muhimi — yo‘lda davom etishingizga yordam beradi.
Esingizda bo‘lsin:
Katta natijalar birdaniga emas, har kuni takrorlangan kichik odatlar orqali keladi. 🚀
🚀 Ingliz tilini 0 dan boshlaganlar uchun TOP 3 maslahat
Ingliz tilini o‘rganishni boshlash qiyin tuyulishi mumkin. Lekin to‘g‘ri yo‘l tutilsa, jarayon ancha oson va qiziqarli bo‘ladi.
📖 1. Kichik hajmli (A1 darajadagi) matnlarni o‘qing
Murakkab kitoblar bilan o‘zingizni qiynamang. Oddiy va qisqa matnlarni o‘qish orqali yangi so‘zlarni tabiiy ravishda eslab qolasiz. Eng muhimi, ingliz tilini o‘rganish siz uchun zerikarli emas, qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi.
🎧 2. Ko‘proq inglizcha audiolarni (A1 darajadagi) tinglang
Eshitish — til o‘rganishdagi eng kuchli odatlardan biri. Bu sizga so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rganishga, qulog‘ingizni ingliz tiliga moslashtirishga va asta-sekin gapirish ko‘nikmangizni rivojlantirishga yordam beradi.
⏳ 3. Muntazam shug‘ullaning
Bir kunda 5–6 soat o‘qib, bir necha haftadan keyin charchab qolishdan ko‘ra, kuniga 1–2 soat muntazam shug‘ullanish ancha samarali. Tilni tezlik emas, davomiylik o‘rgatadi.
💡 Esingizda bo‘lsin: Ingliz tilini o‘rganishda eng muhimi — mukammal boshlash emas, boshlashning o‘zi.
