“Qiz bolasan, jim”
Open in Telegram
Jimmaymiz!
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
680
Subscribers
-224 hours
-37 days
-7530 days
Posts Archive
- Turmushga chiqmadingmi?
- Yoʻq hali.
- Domlaga tegasanmi?)
Katta xolalarni gaplari)
Arab tili o’qisa bo’ldi. Domlaga tegish kerak🥲
Qiz bolasan, chidaysan, qiz bolasan, qilasan, qiz bolasan — vazifang. 🤦🏻♀️ Har kuni kamida besh marta eshitadigan gapim.
Ukamdan oddiy, hammada asl tabiatida bo‘lishi kerak bo‘lgan tozalikni talab qilganimda, qaysi yo‘l bilandir strelkalar menga qaratiladi va “Qiz bo‘lasan, sen qilasan”, degan gapni eshitaman. Bu kulgili emasmi? Mening qiz bolaligimga uning yotgan joyini, o‘zini toza saqlashining nima aloqasi bor?
Ko‘chada biron ish qilmoqchi bo‘lsa yoki qattiqroq gapirib yuborsam: “Qiz bolasan, jim.” Tamom, baland gapirmaslik kerakligini bilaman, lekin nega bu faqat qiz bolalarga tegishli? Og‘zidan har xil gap chiqib yotadigan erkaklargachi?
Bu gapni hatto “Uyimda kutubxonam bo‘ladi, nasib”, degan gapimga javoban ham eshitaman: “Qiz bo‘lasan, uyingda nima bo‘lishini ering hal qiladi.” 🤦🏻♀️ Hatto orzu qilsam ham qiz bolaligimni eslatib turishadi.
Orzularimizda, hayotimizda, har bir qadamimizda bu jumlani ishlatishlaridan shunchalik charchadimki, bu so‘z meni qiz bolaligimdan nafratlanishga, Alloh bergan nozik xilqatdan bo‘g‘ilishgacha olib kelyapti, ayniqsa, oxirgi paytlarda.
Ayni shu paytlarda bu postni ko‘rdim.
Bu eski qadriyatlarimizdan qolib ketgan jumla va bu so‘z ko‘p ayol-qizlarning hayotini tubdan hal qilib yuborgan. Aynan o‘zimda bo‘lgan va bo‘lib kelayotgan holat haqida yozmoqchiman.
Sovchilar keladi va kuyov bo‘lmish bilan uchrashtiradi. Uchrashishdan oldin qizga qarata: «Qiz bolasan, jim tur», deb takror-takror aytiladi. Nega? Desam, «Ortiqcha gapirsang, betga chopar ekan» yoki «Tarbiyasiz, xotinlikka, kelinlikka yaramas ekan», degan gaplarni gapirishadi. Men aynan shunaqa gaplar sababli bir marotaba turmushdan ajradim. Mening yoshimdagilar endi turmushga chiqishdi, lekin mening turmushdan ajraganimga esa 6 yildan oshdi. Juda ham go‘dak edim. Menga hech kim rahim qilmadi.
Menga kuyov bo‘lmishning oldiga kirib ketayotganimda: «Uyat bo‘ladi, qiz bola jim turishi kerak. Ko‘p gapirma va oldida ko‘p qolib ketma, tez chiqgin», deb buyruq berishgan. Men 16 yoshli qiz, bu narsani odobsizlik ekan, deb 5 minut ham suhbatlashmasdan chiqib ketganman.
Chiqqanimdan so‘ng menda juda ko‘p savollar tug‘ilgan: «Nega unday qilding? Hali sen uning kimligini ham bilmading-ku. Ichingda shuncha savol qolib ketdi-ku», deb o‘zimga takror-takror aytganman.
Yana uchrashishni oila a’zolarimdan so‘raganman. «Yo‘q, qiz bola jim turadi, uyat bo‘ladi», deb ruxsat berishmagan. Ming afsuslar bo‘lsinki, kuyov tutqanoq, ya’ni epilepsiya kasali bor inson ekan.
«Xo‘p, bu Allohning ishi. U atay bunday bo‘lib qolmagan», deyishingiz mumkin. Lekin insonda tanlov yo‘qmi? Ya’ni men turmush o‘rtog‘imni tanlash imkoniyatiga ega emas edimmi? Menga sog‘lom turmush o‘rtoq kerak emasmi?
Xo‘p, men yana o‘sha yerda: «Ayolsan, xotinsan, kelinsan — jim», degan so‘zni eshitdim. «Xo‘p», dedim. Lekin erim hatto o‘zi nima xohlashini ayta olmasa, o‘z fikrlarini hatto xotiniga ham ifodalab bera olmasa, men qanday yashayman?
Kuyov shu kasalligi sababli uydan ko‘chaga chiqmagan, jamiyatga qo‘shilmagan. O‘z qarorlari, o‘z fikrlari bo‘lmasa, u meni qanday boshqaradi? U meni ko‘chadagi odamlardan qanday himoya qila oladi?
Shu birgina jumla mening taqdirimni hal qilib qo‘ydi: «Qiz bolasan, jimmm!»
Allohning rahmati bilan men u zulmatdan chiqdim va bir norasida, go‘dak qiz «juvon», «tul» maqomini oldi.
Agar o‘sha vaqtda menga shu jumlani aytishmaganida edi, o‘sha kuyov bo‘lmish bilan sal uzoqroq gaplashardim va hayajonlanganidan o‘zida bor xislatlarni ko‘rsatib qo‘ymasidi?..
Har bir ish behikmat emas ekan. Menga Allohning mukofoti ko‘p ekan, mening qadarimga go‘zal narsalarni ham yozgan ekan. Alhamdulillah, barchasi uchun, sinovlari uchun ham shukr.
Men ikki oy oldin Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomladim. Arab va ingliz tillaridan minglab o‘quvchilarning eng suyukli ustozasi bo‘lib yetishdim. Alhamdulillah. Bu hikoyamni ibrat uchun yozdim.
👩: Qayerda oʻqigansiz yoki oʻqiysiz?
👱♂️: hech yerda oʻqimaganman, oʻqimasam ham 10 ta oʻqigandan yaxshi pul topaman
👩: Qayerda ishlaysiz?
👱♂️: Biznesmenman, yaqin oʻrtogʻim bilan sheriklikda biznes qilamiz chetga maxsulot eksport qilamiz, karochchee chet elga kop chiqaman, chet ellik biznes hamkorlarimiz koʻp
👩: Ular bilan qanday ishlaysiz? Ya’ni, chet elliklar bilan qanday muloqot qilasiz?
👱♂️: anavuu aytgan yaqin oʻrtogim borkuu, oʻsha oʻqigandaa, chet tillarini biladi, koʻpincha u suhbatlashadi…
👨🏻: Univerni bitirib Magistraturaga topshirasizmi?
🧕: yoʻq, Madrasaga kirmoqchiman
👨🏻: Otin bo'lasizmi?
👨🏻: Men ayolimni har doim qo’llab-quvvatlayman, o‘qisin, rivojlansin.
👩🏻: Magistraturaga boshqa shaharga kirsam-chi?
👨🏻: Boshqa shaharga nega ketasiz?
👩🏻: O’qish uchun
👨🏻: O’qishni shu yerdan ham qilsa bo‘ladi
👨🏻: Hayotim zulmat, yoritish uchun sizni variant sifatida ko’ryapman.
👩🏻: Svetlarni pulini to’lab qo’ysez hammayo yorug’ bo’ladi.
👩🏻: Nega uylanmoqchisiz? Har bir ishda bir murod-maqsad boʻlgandek
👨🏻: Oyim ishdan kelganimda mani eplolmayaptilar. Ishdan charchab kelganimda kulib kutvoladigan xotin kerak.
Bir muddat oʻtib:
👨🏻: Keyingi maqsadlaringiz nima?
👩🏻: Ilmli bo'lish. Bakalavrni yakunlab tor mutaxasis bo'lish uchun magistr yoki ordinatura o'qish. Farzi kifoyani ado etish uchun ayollarga xos shifokor bo'lmoqchiman.
👨🏻: Bo'ldimi, shumi?! Mana masalan man 2 ta o'g'illi bo'lishni xohliman, keyin o'zim Londonda o'qimaganim uchun o'g'illarimni o'qitib, ularga dang'illama uchastka qilib bermoqchiman, ayolim o'g'illarimi bog'chaga olib borib yurishi kerak. Ota-onamizi xizmatini qilib, ishdan charchab kelganda kulib kutvolib, charchoqlarimni olsa…
Qiz buvisi va sovchi orasida:
- Bizda hamma ayollar hijobda.
- Hmm, arablashganmisizlar?
- Yoʻq, iymonlashganmiz.
👩🏻: Yaqin yillardagi rejalaringiz qanday?
👨🏻: Reja qilmayman, bugun bilan yashayman.
Auf🔥
👨🏻: to’ydan keyin ro’mol o’resiz (hijob) men islomiy oila qurishni xohleman;
👩🏻: namoz o’qisizmi? Qur’on o’qishni bilasizmi?
👨🏻: bomdod o’qiyman holos, Qur’on o’qishni endi o’rganaman…
Men shaxsan shunday kanallarni bilaman, qizlarga sovchilikka borib kelib, uy-joyi, onasining muomalasi va qiz haqidagi ma’lumotlarni berib, nomer SOTISHADI
🧕: Uylanishdan maqsadiz nima?
🧔♂: Singlim uzoqda. Uyda ota-onamga kimdir ovqat qilib, qarash kerak. Shuning uchun uylanmoqchiman.
👨🏻: Assalomu alaykum, yaxshimisiz?
🧕🏻: Vaalaykumussalam, alhamdulillah
👨🏻: Sila tomonda alik olinadi, salom berilmidimi?
🧕🏻: Yo’q, alik olish kifoyaku
👨🏻: Sizga kifoya, mangamas, qiz bolasiz xulqiz boshqacha bo’lishi keremasmi…
“Qiz bolasan, jim” — zerikkandan yoki kimnidir mazah qilish uchun ochilmadi.
Unda uchrashuvlarda, suhbatlarda, sovchiliklarda yoki oddiy kundalik hayotda qizlarga aytiladigan ba’zi gaplar, qo‘yiladigan talablar va beriladigan farosatsiz savollar yoritiladi.
Kulgili tuyulishi tabiiy, chunki haqiqatda kulgili, lekin bu ayni damda 10 ta qizdan 8 tasi duch kelayotgan, bu qizlardan boshqa hamma uni oddiy deb qabul qiladigan jumlalar. Lekin qizlar uchun hech ham oddiy emas.
“Qiz bola” bo‘lgani uchungina har qanday vaziyatda jim turilmaydi.
• “Qiz bolasan” degan jumla qanchadan-qancha noo‘rin talablarni oqlab kelyapti?
• Qiz bola bo‘lgani uchungina bir kishining fikri 2-darajali bo‘lishi kerakmi?
• Nega jamiyatning boshqa a’zolariga gap ochish mumkin boʻlmagan masalalar qizlarga kelganda tabiiy talabga aylanadi?
Bu yerda bo‘rttirish ham, ataylab yomon koʻrsatish ham yo‘q. Boricha ulashiladi.
O‘qiganingizda kimnidir mazah qilishni emas, avvalo o‘zingizni kuzatishni tavsiya qilaman. Dialoglar, eng avval, boshqalarning emas, o‘zimizning farosatimizni tekshirish uchun.
Xabarlar uchun: t.me/qizbolasanjim?direct
Anonim xabarlar uchun: t.me/QuestionUz_Robot?start=cd6201f264004e
