Azizxon Axmedov | EDU
Open in Telegram
Oliy ta’lim, ilmiy jarayonlar, dissertatsiya, AI va jamiyat haqida tahliliy fikrlar. Akademik muhitdagi muammolar, yechimlar va kuzatuvlar. Takliflar uchun: @titu_murojaat_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
396
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-930 days
Posts Archive
#xotira
Shunday kunlarda inson beixtiyor o‘tganlarni, hayotimizda chuqur iz qoldirgan insonlarni ko‘proq eslaydi.
Men ham bugun bobom — Nurmatov Axmadjon hojini yodga oldim. Agar hayot bo‘lganlarida, hozir 99 yoshda bo‘lar edilar.
Biz u kishini “opodda” der edik. Opoddam hayotimdagi eng muhim insonlardan biri bo‘lganlar. Ilmga qiziqishim, ta’lim olishim, hayotga mas’uliyat bilan qarashimda u kishining hissalari juda katta.Hozir opoddam haqida xotira kitobi yozishni boshlaganman. Yaqinlarimizning esdaliklarini, u kishi haqidagi voqealarni, hayot yo‘llariga oid ma’lumotlarni jamlayapman. Bu kitob men uchun oddiy xotira emas, balki bir avlodning mehnati, sabri, ilmi va tarbiyasini saqlab qolish yo‘lidagi kichik bir burchdir. 👉Batafsil👈 Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#prof_sentrizm
‼️Professional sentrizmning tafakkurga ta’siri va undan chiqish yo‘llari
Insonning atrof-muhitni anglash, uni tahlil qilish va o‘zining qarashlarini shakllantirish jarayoni ko‘pincha uning shaxsiy tajribasi va kasbiy bilimlari asosida sodir bo‘ladi. Bu esa shunday hodisaga olib keladiki, odam ko‘proq o‘rgangan yoki chuqur bilgan sohaga hayotning boshqa barcha muammolari va masalalarini ham o‘sha nuqtai nazardan ko‘rishga moyil bo‘ladi. Ushbu hodisani professional sentrizm deb atash mumkin.
Professional sentrizm shundan iboratki, inson o‘zining bilim sohasiga nisbatan haddan ortiq e’tibor beradi, shu sohaga oid tushunchalar, mezonlar va tafakkur uslublari orqali umumiy hayot manzarasini shakllantiradi. Natijada, boshqa sohalar va omillar nisbatan e’tibordan chetda qoladi yoki yetarlicha chuqur anglanmaydi.
Professional sentrizmning ko‘rinishlari quyidagicha bo'lishi mumkim.
Misol uchun, iqtisodchilar uchun asosiy e’tibor iqtisodiy institutlar va moliyaviy tizimlarga qaratilgan bo‘lsa, antropologlar uchun bu — madaniyat va an’analar bo‘ladi. Teologlar uchun asosiy tushuntirish va tahlil doirasi diniy manbalar va qadriyatlar atrofida shakllanadi. Faylasuflar mafkura va g‘oyalarga chuqur kirib boradi, siyosatshunos va sotsiologlar esa jamiyatning ijtimoiy tuzilmalari va institutlarini asosiy o‘rinda ko‘radi. Bu tabiiy jarayon. Chunki inson o‘zi ko‘proq vaqt, kuch va tafakkurni qaratgan sohaga ko‘proq e’tibor beradi. O‘sha sohaga tegishli bo‘lgan hodisa va omillarni boshqa sohalarga nisbatan yaxshi tushunadi va ularning ta’sirini ortiqcha baholaydi. Aksincha, bilmagan yoki yuzaki biladigan omillarni kamroq qadrlaydi yoki e’tiborsiz qoldiradi.👉Batafsil o'qish👈 Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
‼️Амир Темур шахсига оид китоблар мажмуи
1. Шарафиддин Али Яздий: Зафарнома
2. Шарафиддин Али Яздий: Амир Темур аждодлари
3. Шоҳиста Ўлжаева: Амир Темур давлати бошқаруви
4. Файзиев Турғун: Темурийлар шажараси
5. Файзиев Турғун: Темурий Маликалар
6. Амир Темур ўгитлари
7. Ҳамдам Содиқов: Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати -
8. Амир Темур: Темур тузуклари
9. Амир Темур: Мен - Фотиҳ Темур
10. Абдулла Орипов: Соҳибқирон
11. Бўрибой Аҳмедов: Амир Темур
12. Азим Қаюмов: Амир Темур қиссалари
13. Люсен Керен: Амир Темур салтанати
14. Люсен Керен, Акмал Саидов: Амир Темур ва Франция
15. Салоҳиддин Тошкандий: Темурнома
16. Евгений Березиков: Буюк Темур
17. Ҳаким Сатторий: Амир Темур севган юрт
18. Хуршид Даврон: Амир Темур ўғлининг ўлими ҳақида ривоят
19. Муҳаммад Али: Амир Темур солномаси
20. Пиримқул Қодиров: Амир Темур сиймоси
21. Тўрт улус тарихи
22. Тўлқин Ҳайит: Амир Темур ҳақида ҳикоялар
23. Руи Гонсалес де Клавихо: Самарқандда Амир Темур саройига саёҳат кундалиги
24. Амир Темур - конференцияси
материаллари.
Кутубхона - @centerasia_library
Асосий канал - @centerasiastudy
‼️Oliy ta’lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi
📃Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻi bilan Oliy taʼlim to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Mazkur me’yoriy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 3807-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.Hujjat O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi.
Nizom qoidalari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tavsiyaviy xarakterga ega.Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#plagiat #ilm #halollik
Bugun ko‘plab tadqiqotchilar bepul plagiat tekshiruv platformalarini so‘rashadi. Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa akademik ishlar bilan shug‘ullanayotganlar uchun ishonchli va bepul vositalarni topish muhim masala hisoblanadi.
Quyida siz uchun 100% bepul yoki bepul versiyasi mavjud bo‘lgan eng ommabop plagiat tekshiruv servislarini jamladim:
1. DupliChecker – oddiy interfeys, tezkor tekshiruv, kichik hajmdagi matnlar uchun qulay.
2. Plagiarism Software – bepul dasturiy yechim, yuklab olib ishlatish mumkin.
3. Plagiarism Checker X – chuqur tahlil qilish imkoniyati bor, lekin bepul versiyasi cheklangan.
4. PlagScan – akademik darajadagi tekshiruv, asosan sinov rejimi orqali foydalaniladi.
5. Plagramme – ko‘p tilli matnlarni tekshirishda foydali.
6. Small SEO Tools Plagiarism Checker – eng mashhur bepul servislaridan biri, tez va sodda.
7. Plagiarisma – Google va boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyati mavjud.
8. Quetext – DeepSearch texnologiyasi bilan mashhur, bepul rejimi mavjud.
9. EasyBib – asosan iqtibos va referensiya bilan birga plagiatni ham tekshiradi.
10. NoPlag – foydalanuvchi uchun qulay interfeys va tezkor natija.
E’tibor bering: bepul platformalar odatda hajm va funksional jihatdan cheklangan bo‘ladi. Katta hajmdagi dissertatsiyalar uchun bir nechta servisni parallel qo‘llash tavsiya etiladi.📌 Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, faqat plagiatni tekshirish emas, balki uni oldini olish — to‘g‘ri iqtibos keltirish va original fikr yuritish maqsadga muvofiq. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#Tavsiya #phd #master_degree #student
Zamon juda tez rivojlanmoqda. Yuqoridagi fayldagi taqdimotni https://www.kimi.com/ platformasi orqali atigi bir necha daqiqada tayyorladim. Eng qizig‘i, batafsil prompt ham yozmadim — faqatgina “Amir Temur haqida” deb kiritdim (shuning uchun ayrim ma'lumotlar to'liq emas).
Shunga qaramay, natija oddiy foydalanuvchi emas, balki hatto tajribali tadqiqotchilar ham darhol qila olmaydigan darajada dizayn va struktura shakllandi.
Ushbu platformani sizlarga ham tavsiya qilaman. Agar promptni to‘g‘ri va aniq bera olsangiz, juda sifatli, jozibador va professional taqdimotlar yaratish imkoniyati mavjud.
Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#navruz #tinchlik #bolalik #shukronalik
Bugun farzandlarim, jiyanlarim bilan Navro‘z sayliga chiqdik. Hamma xursand, hammaning kayfiyati boshqacha. Bolalarning kulgisi, odamlarning shodligi ko‘ngilga yaxshi ta’sir qildi. Shunday paytda inson tinchlikning qadrini boshqacha his qilar ekan.
Lekin shu damlarda dunyoning ayrim notinch joylarida bolalar bayramni emas, qurol va portlash ovozlarini eshitib yashayapti. Shuni o‘ylab, bugungi osoyishta kunlarimiz uchun yanada ko‘proq shukr qildim.Yurtimiz tinch bo‘lsin, xonadonlarimizdan quvonch arimasin. Navro‘z hammamizga baraka, xotirjamlik va yaxshi kunlar olib kelsin. Navro‘z muborak bo‘lsin. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
Assalomu alaykum!
Sizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu ulug‘ va qutlug‘ ayyom xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga osoyishtalik, oilangizga quvonch va totuvlik olib kirsin.
Ilohim, kelgusi hayitlarga ham barchamiz sog‘-salomat, xotirjam va ezgu niyatlar bilan yetib borishni nasib etsin. Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, qalb hotirjamligi hamda ish va faoliyatingizga yanada rivoj tilayman. Yaxshi niyatlar, ezgu amallar va duolar qabul bo‘lib, bu muborak kunlar hayotingizda unutilmas quvonchlar sababchisi bo‘lsin. Hamisha Yaratganning o‘zi barchamizni o‘z panohida asrasin.Hurmat bilan, Azizxon Axmedov Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#TOP_1000 #Diplom #xorijiy_otm
Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan oliygohlar
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2026-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#tarix #ilm_fan
Euronews va CNN’da o‘zbek allomalari haqida maxsus videoroliklar efirga uzatildi
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosi xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. “Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ishtirokida “Ma’rifat aks-sadosi” turkumida suratga olingan Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al-Xorazmiy va Abu Ali ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews hamda CNN telekanallarida efirga uzatildi. Bu esa yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan va tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi xalqaro auditoriyaga keng targ‘ib etilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.📌Batafsil — cisc.uz Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#klassifikator #talim
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda
Yangilangan klassifikatorga 13 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 15 ta yangi magistratura mutaxassisligi kiritildi. Mazkur yo‘nalishlar bugungi kunda iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohalarni qamrab oladi.
Jumladan, yangi yo‘nalishlar tarkibida:
➖ raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt; ➖ kiberxavfsizlik hamda axborot tizimlarini himoya qilish; ➖ muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish; ➖ zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv; ➖ sog‘liqni saqlash va tibbiy texnologiyalar; ➖ ekologiya va barqaror rivojlanish.Mazkur yangilanish oliy ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish, mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda yangi avlod mutaxassisliklarini shakllantirishga xizmat qiladi. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
Do‘stlik haqida
Hazrati Ali roziyallohu anhu o‘g‘illari imom Husayn roziyallohu anhuga shunday vasiyat qilgan edilar: «Ey, o‘g‘ilcham! Ahmoqni do‘st tutishdan ehtiyot bo‘lgin, chunki u senga foyda beraman deb, senga zarar beradi. Baxil bilan do‘stlashishdan ehtiyot bo‘lgin, chunki u, sen eng muhtoj bo‘lib turgan narsani sendan uzoq qiladi. Yolg‘onchi bilan do‘stlashishdan ham ehtiyot bo‘lginki, u sarobga o‘xshaydi, uzoqni senga yaqin, yaqinni senga uzoq qilib ko‘rsatadi».Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
“Ilmiy muhitda ijtimoiy solidarnost: ko‘rinmas, lekin muhim omil”.
Bugungi kunda jamiyatni kuzatar ekanmiz, ayrim ijtimoiy jarayonlar ochiq muammo sifatida emas, balki sezilmaydigan holatda namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. Shunday hodisalardan biri — ijtimoiy solidarnost masalasidir. Ayniqsa ilmiy muhitda bu masala ba’zan yetarlicha muhokama qilinmaydi, ammo u ilmiy jamoaning ichki muhitiga bevosita ta’sir qiladigan omillardan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy solidarnost odatda birdamlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik orqali namoyon bo‘ladi. Ilmiy doirada esa bu tushuncha biroz boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: fikr almashish madaniyati, bir-birining ilmiy ishiga hurmat bilan qarash, tajriba ulashish va umumiy ilmiy muhitni rivojlantirishga intilish orqali shakllanadi. Ilm-fan individual izlanishlarga asoslangan bo‘lsa ham, uning haqiqiy rivoji ko‘pincha hamkorlik muhitida yuz beradi. Bugungi ilmiy muhitga nazar tashlasak, yana bir jihat e’tiborni tortadi. Yosh tadqiqotchilar soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi faol ilmiy hamkorlik har doim ham yetarli darajada rivojlanayotgani sezilmaydi. Seminarlar, konferensiyalar va ilmiy loyihalar mavjud, biroq ularning barchasi ham doimiy ilmiy muloqot va hamkorlik madaniyatiga aylanib ulgurmagan. Natijada yosh tadqiqotchilar ko‘pincha alohida-alohida izlanish olib boradi, ilmiy fikr almashish esa ba’zan epizodik holatda qolib ketadi. Bu holatni keskin muammo sifatida talqin qilish shart emas. Uni ko‘proq ilmiy muhitning tabiiy rivojlanish bosqichlaridan biri sifatida ko‘rish mumkin. Biroq aynan shu jarayonda ijtimoiy solidarnostning roli muhim bo‘ladi. Chunki ilmiy hamjamiyatda ochiq muloqot, hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kuchaygan sari ilmiy g‘oyalar ham tezroq shakllanadi va rivojlanadi. Tarix ham shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab yirik ilmiy yutuqlar individual izlanishdan tashqari, muayyan ilmiy maktablar va hamkorlik muhitida vujudga kelgan. Shuning uchun ham ilmiy jamoalarda ijtimoiy solidarnost faqat axloqiy tamoyil emas, balki ilmiy rivojlanishning muhim shartlaridan biri sifatida qaraladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy solidarnostni ilmiy muhitdagi yashirin, ammo muhim ijtimoiy kapital sifatida baholash mumkin. U ko‘pincha katta shiorlar yoki rasmiy chaqiriqlar orqali emas, balki oddiy ilmiy munosabatlar — ochiq muloqot, hamkorlik va o‘zaro hurmat orqali shakllanadi. Aynan shu omillar ilmiy muhitning barqarorligi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
⚡️ O‘zbekistonda qaysi xorijiy akkreditatsiya tashkilotlari tan olinadi?
Bugungi kunda oliy ta’lim sifatini baholashda xalqaro akkreditatsiya masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan mamlakatimizda tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritib boriladi. Mazkur reyestrga kiritilgan tashkilotlar ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini baholash, xalqaro mezonlarga muvofiqligini aniqlash hamda ularning nufuzini oshirishda muhim o‘rin tutadi.📊 Ayni infografikada agentlik reyestridan o‘rin olgan akkreditatsiya tashkilotlari bilan tanishishingiz mumkin. Akkreditatsiya — bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki ta’lim sifati, ishonchlilik va xalqaro tan olinuvchanlik mezonidir. Kanalga ulanish: @azizxon_axmedov
#reyting #nizom
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizom
Mazkur nizom oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yagona mezonlar asosida baholash, ularning o‘rni va natijadorligini aniqlash hamda ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Nizomda reyting yuritish tartibi, ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari belgilab beriladi.
Kanalga ulanish: @azizxon_axmedov
‼️Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi yengilliklar beriladi:
🔹 o‘qishni qayta tiklash: Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi; 🔹 qo‘shimcha muddat: Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.⁉️Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
➖ Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga o‘z xohishiga ko‘ra onlayn (masofaviy) shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi. ➖ Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan ushbu toifadagi talabalar uchun ko‘paytiriladi. ➖ Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha alohida statistika yuritiladi.Kanalga ulanish: @azizxon_axmedov
“Olim o‘z fikrining advokati emas, haqiqatning tadqiqotchisiga aylanishi kerak”
Ilmning asl vazifasi o‘z fikrini har qanday holatda himoya qilish emas, haqiqatni izlashdir. Chunki ilmiy tafakkur shaxsiy qarashga qattiq yopishib olish bilan emas, dalil va mantiq qarshisida o‘zini ham qayta ko‘ra olish bilan yuksaladi.
Olim uchun eng katta sinov — o‘zi ilgari surgan fikrni emas, haqiqatni ustun qo‘ya bilishdir. Agar u faqat o‘z qarashining advokatiga aylansa, ilm torayadi, xolislik zaiflashadi va tafakkur manfaat soyasida qoladi. Ammo u haqiqatning tadqiqotchisi bo‘lsa, har bir dalilga vijdon bilan yondashadi, har bir xulosani mas’uliyat bilan chiqaradi. Haqiqiy olimning qudrati qat’iy gapirishida emas, balki haqiqat oldida halol turishidadir. Chunki ilm unvon bilan emas, xolislik bilan ulug‘ bo‘ladi.Shu bois ilm yo‘lini tanlagan har bir inson bir narsani unutmasligi kerak: “Ilmiy vijdon shundan boshlanadi: inson o‘z xulosasini emas, haqiqatni saqlab qolishga urinadi.” Kanalga ulanish: @azizxon_axmedov
Bugungi global muhit tez va murakkab o‘zgarishlar bosqichiga kirdi. Mintaqaviy mojarolar, kuch markazlari o‘rtasidagi raqobat va xavfsizlik tushunchasining kengayishi davlatlar oldiga yangi strategik vazifalarni qo‘ymoqda. Endilikda barqarorlik faqat harbiy qudrat bilan emas, balki ilm-fan, texnologiya, samarali institutlar va inson kapitali bilan belgilanmoqda.
Mazkur tezisda geosiyosiy transformatsiya sharoitida milliy barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy omillari ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi hamda rivojlanishning kompleks strategiyasi taklif etiladi.Batafsil: https://telegra.ph/Geosiyosiy-transformatsiya-sharoitida-milliy-barqarorlik-va-rivojlanish-strategiyalari-03-01 Kanalga ulanish: @azizxon_axmedov
#munosabat
“Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar davri: Prezident uchrashuvidagi 32 tashabbus va oliygohlar oldidagi vazifalar”
Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan ochiq va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bandlik, ta’lim sifati, startap ekotizimi, sport hamda ijtimoiy himoya masalalari kompleks tarzda muhokama qilindi. E’tiborli jihati shundaki, ilgari surilgan tashabbuslar tizimli xarakterga ega bo‘lib, yoshlarning hayot siklini — ta’limdan boshlab biznesni yo‘lga qo‘yish va uni kengaytirishgacha — qamrab oladi.
Batafsil: https://telegra.ph/Yoshlar-uchun-yangi-imkoniyatlar-davri-Prezident-uchrashuvidagi-32-tashabbus-va-oliygohlar-oldidagi-vazifalar-02-26
Kanalga ulanish: https://t.me/azizxon_axmedov
