en
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

Open in Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 607
Subscribers
-224 hours
+107 days
+1130 days
Posts Archive
📌 Kreditorlar yig‘ilishida lozim darajada xabardor etish nima? Kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida kreditor, vakolatli organ va yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxslar oldindan xabardor qilinishi shart. ✅ Xabar quyidagi muddatlarda yuboriladi: pochta orqali — yig‘ilish sanasidan kamida 2 hafta oldin; boshqa usulda — xabar yig‘ilish sanasidan kamida 5 kun oldin olinishi ta’minlangan holda. Agar shaxsni alohida xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoki bunday imkoniyat bo‘lmasa, yig‘ilish haqidagi xabar belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasida e’lon qilinadi. Bunday holat ham qonun bo‘yicha lozim darajada xabardor etish deb hisoblanadi. ⚖️ Demak, kreditorlar yig‘ilishidagi qarorlarning qonuniyligi avvalo ishtirokchilarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri xabardor qilinganiga bog‘liq.

Repost from YURISTKADR
Шуни тушуниш қийинми?   Шогирдимиз Мухаммадбилол Носиров муҳим ишга қўл урди, юрист сифатида у тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишларга ихтисослашмоқда. Шу мақсадда, телеграмда “sanatsiya” номи билан алоҳида саҳифа очиб, соҳа бўйича ўз фикрларини бериб бермоқда.   Эътиборли томони, Мухаммадбилол тўловга қобилиятсизлик ҳақидаги суд ишларини ҳам кузатиб боради. Айтишича, яқинда бир вилоятдаги иқтисодий суд ишида қарши томондаги юридик шахс номидан адвокатлик лицензиясига эга бўлмаган фуқаро ишончнома асосида қатнашибди. “Ҳа, нима қилибди, юридик шахснинг ходими ишончнома асосида иштирок этиши мумкинку”, дейишингиз мумкин. Гап шундада.  Ўша вакил юридик шахсга расман ходим эканлигига аниқлик киритиш чоғида, у бунга доир ҳужжатларни тақдим эта олмаган. Ходим эканлигини исботлаб беролмаган хуллас.   Ваҳоланки, ИПКнинг 61-моддаси 4-қисмида агар қонунда бевосита назарда тутилмаган бўлса, юридик шахслар номидан уларнинг ишлари юзасидан ушбу юридик шахсларнинг ходимлари вакил бўла олиши мумкин. Ходим деганда эса, МКнинг 19-моддасига асосан иш берувчи билан меҳнат шартномаси тузган жисмоний шахслар ходим бўлиши мумкин. ИПКнинг 62-моддасига асосан шартнома бўйича ишончномадан ташқари вакил мақомини тасдиқловчи ҳужжатни ҳам тақдим этиши керак.   Ташкилот билан, юридик шахс билан меҳнат шартномаси тузмаган шахс ходим бўлолмайди ва ташкилот номидан судда вакил бўлиб қатнаша олмайди. Бунда ходим эканини тасдиқловчи ҳужжатни ҳам кўрсатиши керакми ёки йўқми?   Наҳотки, шуни тушуниш қийин бўлса? 👉@yuristkadr

📌 Ichki nazorat xodimlarining vakolatlari kengaymoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida endilikda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari yanada muhim o‘rin egallaydi. Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ushbu tuzilmalar faqat tavsiya beruvchi bo‘g‘in emas, balki korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularni baholash, tekshiruvlar tashkil etish hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar taqdim etish vakolatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ichki nazorat xodimlari zarur axborot va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, hujjatlarni so‘rash, tashkilot obyektlariga to‘sqinliksiz kirish, korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Eng muhim jihati shundaki, birinchi rahbarlar faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, tegishli ma’lumotlar yuqori turuvchi komplayens xizmati bilan kelishilgan holda bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi mumkin. Bu esa davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi nazorat endi yanada mustaqil, tizimli va ta’sirchan bo‘lishini anglatadi. 📎 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1155-son Qonuni. https://telegra.ph/Ichki-nazorat-xodimlarining-vakolatlari-kuchaymoqda-06-24 💬@sanatsiya

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📌 Mehnat sohasida lokal hujjatlar nima uchun kerak? ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Ko'pchilik mehnat muno
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📌 Mehnat sohasida lokal hujjatlar nima uchun kerak? ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Ko'pchilik mehnat munosabatlari faqat mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi, deb o'ylaydi. Aslida esa tashkilotda ish jarayonini to'g'ri yo'lga qo'yish, xodimlar huquqlarini ta'minlash, ish beruvchining majburiyatlarini aniq belgilash va ichki tartibni shakllantirish uchun bir qator ichki hujjatlar bo'lishi lozim. Bunday hujjatlar amaliyotda lokal hujjatlar deb yuritiladi. 💡 Lokal hujjatlar — bu tashkilotning ichki faoliyatini, xodimlar bilan bog'liq mehnat munosabatlarini, ish vaqti, dam olish vaqti, ta'til, mehnatga haq to'lash, moddiy javobgarlik, mehnat muhofazasi hamda boshqa muhim masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatlardir. Oddiy qilib aytganda, lokal hujjatlar tashkilotda quyidagi savollarga javob beradi: ▸ "Ish qanday tartibda yuritiladi?" ▸ "Xodimning huquqi qanday ta'minlanadi?" ▸ "Ish beruvchi qanday majburiyatlarni bajaradi?" ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📄 Mehnat sohasida eng ko'p uchraydigan lokal hujjatlar: ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🔹 Tashkilot hujjatlari 1. Tashkilot ustavi 2. Tashkilot to'g'risidagi nizom 3. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi 4. Shtat jadvali 5. Tarkibiy bo'linmalar to'g'risidagi nizomlar 🔹 Kelishuv va shartnomalar 6. Jamoa kelishuvi 7. Jamoa shartnomasi 🔹 Xodimlar bilan bog'liq hujjatlar 8. Xodimlarning lavozim yo'riqnomalari 9. Lavozimlar va kasblar bo'yicha tarif-malaka ma'lumotnomalari 10. Mehnat ta'tili jadvali 11. Ichki mehnat tartibi qoidalari 12. Xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi nizom 13. Xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to'g'risidagi nizom 14. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish to'g'risidagi nizom 🔹 Ish vaqti va smenalar 15. Kundalik ish smenasini tashkil etish to'g'risidagi nizom 16. Ish vaqtini jamlab hisobga olish tartibi qo'llaniladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro'yxati 🔹 Ta'tillar ro'yxati 17. Noqulay mehnat sharoitida ishlaganlik uchun qo'shimcha ta'til beriladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro'yxati 18. Alohida tusdagi, o'ta zararli va o'ta og'ir mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun qo'shimcha ta'til beriladigan ishlar ro'yxati 19. Korxonadagi ish staji uchun qo'shimcha ta'til beriladigan lavozimlar va kasblar ro'yxati 20. Qo'shimcha ta'til beriladigan rahbar va mutaxassis xodimlar lavozimlari ro'yxati 21. Og'ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitidagi ishlar uchun qo'shimcha ta'til beriladigan ishlar ro'yxati 🔹 Moliya va javobgarlik 22. Mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish to'g'risidagi nizom 23. Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlarni qoplash me'yorlari 24. To'liq moddiy javobgarlik shartnomasi tuziladigan xodimlar toifalari ro'yxati 🔹 Mehnat muhofazasi va nizolar 25. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha bitim 26. Mehnat sharoiti noqulay bo'lgan ishlar ro'yxati va ularda ish vaqti davomiyligi 27. Mehnat nizolari komissiyasi to'g'risidagi nizom 28. Xizmat va tijorat siri to'g'risidagi nizom ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ✅ Bu hujjatlar nima uchun muhim? ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 1️⃣ Tashkilotda ichki tartib-intizomni ta'minlaydi 2️⃣ Xodim va ish beruvchi o'rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi 3️ Mehnat nizolari yuzaga kelganda, har bir tarafning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab beradi 4️⃣ Tekshiruvlar davomida tashkilot faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilayotganini tasdiqlashga xizmat qiladi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 💬 @sanatsiya

📌 Jamoa shartnomasi nima? Jamoa shartnomasi — bu tashkilotda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjatdir. Ushbu shartnoma orqali xodimlarning mehnat sharoitlari, ijtimoiy kafolatlari, qo‘shimcha imtiyozlari, ish vaqti, dam olish va boshqa mehnatga oid masalalar belgilanishi mumkin. ✅ Jamoa shartnomasi kimlar o‘rtasida tuziladi? Jamoa shartnomasi: — xodimlar nomidan ularning vakillari; — ish beruvchi nomidan esa ish beruvchining o‘zi yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan tuziladi. Ya’ni, bu hujjat bir tomonlama emas, balki xodimlar va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida shakllanadi. ✅ Qayerda tuzilishi mumkin? Jamoa shartnomasi: — butun tashkilot bo‘yicha; — tashkilotning alohida bo‘linmasi bo‘yicha ham tuzilishi mumkin. Agar shartnoma alohida bo‘linma bo‘yicha tuzilsa, ish beruvchi ushbu bo‘linma rahbariga yoki boshqa shaxsga zarur vakolat beradi. Xodimlar manfaatlarini esa mazkur bo‘linma xodimlarining vakillari ifodalaydi. 📄 Muhim jihat: Jamoa shartnomasi albatta yozma shaklda tuziladi. Chunki u xodimlar va ish beruvchi uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan mehnatga oid huquqiy hujjat hisoblanadi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibi Iqtisodiy protsessual kodeksining 203-2-moddasiga muvofiq, da’vo bahosi belgilangan miqdordan oshmagan hollarda ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladi. Xususan, da’vo bahosi: yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan; yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmasa, mazkur toifadagi da’vo arizalari soddalashtirilgan tartibda ko‘rilishi lozim. Amaldagi hisob-kitoblarga ko‘ra: BHMning 150 baravari — 61,8 mln so‘m; BHMning 100 baravari — 41,2 mln so‘mni tashkil etadi.

📌 ESLATMA Har qanday foydali ma’lumot — avvalo jamiyat manfaati, aholining xabardorligi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun xizmat qilishi kerak. Afsuski, ayrim hollarda foydali axborot ham noto‘g‘ri talqin qilinib, keraksiz bahs-munozara, kinoya yoki noo‘rin fikrlarga sabab bo‘lib qolmoqda. Aslida esa har bir ma’lumotga mas’uliyat bilan yondashish, uni to‘g‘ri anglash va boshqalarga xolis yetkazish — barchamizning madaniyatimiz hamda farosatimizga bog‘liq. Foydali axborotni qadrlash, undan oqilona foydalanish va jamiyatda sog‘lom fikr muhitini saqlash muhim. 🤝 Jamiyatimizda ezgu niyatli, mas’uliyatli va farosatli insonlar ko‘payib, foydali ma’lumotni noto‘g‘ri yo‘nalishga buradigan holatlar kamayib borishini tilaymiz.

📋 2026-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentyabrdan ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga muvofiq, aholi daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish maqsadida pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi. 🗓 2026-yil 1-iyuldan boshlab pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Shunga ko‘ra: 🟢 yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so‘m; 🟢 nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so‘m; 🟢 3 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun bolalar nafaqasi — 386 000 so‘m; 🟢 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun bolalar nafaqasi — 295 000 so‘m; 🟢 ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha to‘lov — 177 000 so‘m; 🟢 uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha to‘lov — 118 000 so‘m; 🟢 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 so‘m; 🟢 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 504 000 so‘m etib belgilanadi. 🗓 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Shuningdek: 😎 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m; 😎 bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m etib belgilanadi. 📌 Farmon ilovasiga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan ayrim pensiya va nafaqalar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 🏙 urush nogironlari va urush qatnashchilari uchun pensiyaning eng kam miqdori — 4 775 000 so‘m; 🏙 bevosita parvarishga yoki o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslarga nafaqa — 878 000 so‘m; 🏙 boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 878 000 so‘m, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha — 290 000 so‘m; 🏙 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga nafaqa — 878 000 so‘m. ✅ Eslatma: ish haqi yoki tarif stavkalari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘langan xodimlar 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ish haqini oshirilgan miqdor — 1 360 000 so‘mdan kelib chiqqan holda hisoblangan stavkalar asosida olishadi.

📌 To‘lovga qobiliyatsizlik ishida ishonchnomaning o‘zi yetarlimi? Xorazmdagi to‘lovga qobiliyatsizlik ishi misolida bir muhim jihat ko‘rindi: ⚖️ Sudda vakil sifatida qatnashish uchun har doim ham faqat ishonchnomaning o‘zi yetarli emas. 📍 IPKning 62-moddasiga ko‘ra, vakilning sudda ish yuritishga doir vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. ❗️Biroq shaxs advokat bo‘lmasa va shartnoma bo‘yicha vakil sifatida qatnashayotgan bo‘lsa, u ishonchnomadan tashqari o‘zining vakil maqomini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni ham sudga taqdim etishi lozim. 🔹 Bunday hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: ▫️ yuridik xizmat ko‘rsatish shartnomasi; ▫️ mehnat shartnomasi yoki ishga qabul qilish buyrug‘i; ▫️ tashkilot nomidan vakillik qilish vakolatini tasdiqlovchi ichki hujjat; ▫️ vakilning aynan shu ish bo‘yicha qatnashish huquqini asoslovchi boshqa hujjatlar. 📌 Oddiy qilib aytganda: “Ishonchnoma bor” degani — vakilning suddagi ishtiroki avtomatik tarzda qonuniy degani emas. Sud vakilning nafaqat ishonchnomasini, balki uning haqiqatan ham kreditor yoki boshqa ishtirokchi nomidan ish yuritishga haqli ekanini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni ham tekshirishi kerak. ⚠️ Ayniqsa, to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarida bu juda muhim. Chunki vakilning harakati: 🔸 kreditorlar yig‘ilishidagi ovoz berishga; 🔸 talablar reyestriga; 🔸 qarzdor taqdiriga; 🔸 sud qarori va keyingi protsessual harakatlarga bevosita ta’sir qilishi mumkin. ✅ Xulosa: Ishonchnoma — muhim hujjat. Lekin ayrim holatlarda uning o‘zi yetarli emas. Vakillik qonuniy bo‘lishi uchun: 1️⃣ vakolat ishonchnomada aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi; 2️⃣ vakil maqomi qo‘shimcha hujjatlar bilan tasdiqlanishi; 3️⃣ sud ushbu hujjatlarni tekshirishi lozim. 📚 Asos: Iqtisodiy protsessual kodeksining 62-moddasi.

⚖️ Asosiy farq nimada? ▫️ oddiy korxona tugatilganda jarayon asosan uning mol-mulki va kreditorlari doirasida kechadi; ▫️ bank tugatilganda esa omonatchilar, mijozlar, to‘lov tizimi va moliyaviy barqarorlik masalasi ham inobatga olinadi; ▫️ bank bo‘yicha qarorlar maxsus tartibda, Markaziy bank vakolatlari doirasida qabul qilinadi; ▫️ ayrim hollarda bankning aktivlari va majburiyatlari boshqa bankka yoki oraliq bankka o‘tkazilishi mumkin; ▫️ zararlar, avvalo, bank aksiyadorlari hisobidan qoplanishi prinsipi qo‘llaniladi. ❗️ Shu bois bankni sanatsiya qilish yoki tugatish — bu faqat bitta tashkilotning faoliyatini yakunlash emas. Bu — omonatchilar huquqlarini, kreditorlar manfaatlarini va moliya tizimidagi ishonchni himoya qilishga qaratilgan alohida huquqiy mexanizmdir. ✅ Demak, banklar bo‘yicha tartib oddiy yuridik shaxslarnikidan farq qiladi. Chunki bank muammosi faqat bankning o‘z muammosi emas — u mijozlar, omonatchilar va butun moliya tizimi uchun ahamiyatli masaladir. Bank tugatilishi mumkin. Lekin omonatchilar huquqi va moliyaviy barqarorlik himoyasiz qolmasligi kerak.

🏦 Bankni tugatish oddiy korxonani tugatishdan farq qiladi Oddiy yuridik shaxs tugatilganda asosiy masala — uning mol-mulki, kreditorlari va majburiyatlarini tartib bilan yakunlashdan iborat bo‘ladi. Banklarda esa masala bundan ancha jiddiyroq. Chunki bank — bu oddiy korxona emas. Bankda aholining omonatlari, mijozlarning hisobvaraqlari, to‘lovlar, kreditlar va butun moliya tizimiga ta’sir qiladigan jarayonlar mavjud. Shu sababli banklarni sanatsiya qilish va tugatish alohida qonun bilan tartibga solinadi. 📌 Sanatsiya nima? Sanatsiya — bankda muammo yuzaga kelganda uni darhol tugatib yuborish emas, balki eng muhim bank xizmatlari uzluksiz davom etishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish hamda moliyaviy barqarorlikni saqlashga qaratilgan maxsus jarayondir. Oddiy qilib aytganda: maqsad faqat bankni saqlab qolish emas, balki odamlarning omonatlari, to‘lovlar va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni himoya qilishdir.

⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik ishi qayerda ko‘riladi? To‘lovga qobiliyatsizlik masalasi oddiy kelishmovchilik emas. Bunday ishlar faqat sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 📌 Ish sudda kimning arizasi asosida boshlanadi? Qonunga ko‘ra, sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki organ ariza bergan taqdirda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atiladi. Ya’ni bunday jarayon o‘z-o‘zidan boshlanmaydi. Buning uchun qonunda belgilangan shaxs yoki organ sudga asoslantirilgan ariza bilan murojaat qilishi kerak. 📍 Ish qaysi sudda ko‘riladi? Agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, ish uning davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyidagi sudda ko‘riladi. Agar qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, ish uning yashash joyidagi sudda ko‘riladi. ⚖️ Bunday ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qoidalari asosida, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan o‘ziga xos tartiblarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi. ✅ Demak, to‘lovga qobiliyatsizlikda uchta muhim qoida bor: ▫️ ishni sud ko‘rib chiqadi; ▫️ ish ariza asosida boshlanadi; ▫️ ish qarzdorning ro‘yxatdan o‘tgan yoki yashash joyidagi sudda ko‘riladi. To‘lovga qobiliyatsizlik — bu shunchaki qarz masalasi emas, balki sud tartibida hal qilinadigan alohida huquqiy jarayondir.

⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari nima? Har qanday qarz — hali to‘lovga qobiliyatsizlik degani emas. Qonunga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlikning asosiy belgisi — qarzdorning o‘z pul majburiyatlarini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi, ya’ni ularni to‘lash imkoniyatiga ega emasligidir. 📌 Vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik Agar qarzdor majburiyat yuzaga kelgan kundan boshlab 3 oy ichida qarzini to‘lay olmasa, bu vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik alomati bo‘lishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi korxona yoki unga tenglashtirilgan korxonalar uchun bu muddat 6 oy etib belgilangan. Ya’ni asosiy mezon shuki: qarzdor sudga murojaat qilingan sanada kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yoki soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qodir emas bo‘lishi kerak. 📌 Doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik Bu holatda qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda: qarzdorning qarzlari uning mol-mulkidan ko‘p bo‘lsa, bu doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomati sifatida baholanishi mumkin. ❗️ Muhim eslatma: Ushbu qoidalar soddalashtirilgan tartibdagi ishlar, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi bo‘yicha ishlar ko‘rilganda qo‘llanilmaydi. ✅ Demak, to‘lovga qobiliyatsizlikda uchta savol muhim: ▫️ qarzdor majburiyatni qancha vaqtdan beri bajarmayapti; ▫️ u kreditorlar talablarini qanoatlantirishga qodirmi; ▫️ uning majburiyatlari aktivlaridan oshib ketganmi? Qarz borligi yetarli emas. Muhimi — qarzdor uni to‘lashga haqiqatda qodirmi yoki yo‘qmi.

⚖️ Joriy to‘lovlar nima? To‘lovga qobiliyatsizlik ishi boshlanganidan keyin yuzaga kelgan yangi qarzlar joriy to‘lovlar hisoblanadi. 📌 Ya’ni qarzdorga nisbatan sudda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni boshlanganidan keyin paydo bo‘lgan: ▫️ pul majburiyatlari; ▫️ soliqlar; ▫️ yig‘imlar joriy to‘lovlar sifatida baholanadi. ❗️ Muhim jihati shundaki, joriy to‘lovlar bo‘yicha kreditor talablari kreditorlar talablari reyestriga kiritilmaydi. Nega? Chunki ular avvalgi qarzlardan farq qiladi. Bu majburiyatlar ish yuritish jarayoni boshlanganidan keyin vujudga keladi va alohida tartibda qanoatlantiriladi. ⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida joriy to‘lovlar bo‘yicha talablar Qonunda belgilangan navbat va tartib asosida to‘lanadi. ✅ Demak, kreditor uchun eng muhim savol: Qarz jarayon boshlanishidan oldin yuzaga kelganmi yoki keyinmi? Aynan shu holat talabning reyestrga kiritilishi yoki joriy to‘lov sifatida ko‘rib chiqilishini belgilaydi. To‘lovga qobiliyatsizlikda qarzning miqdori emas, uning qachon yuzaga kelgani ham muhim.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun kimlarga qo‘llaniladi? Har qanday qarzdorlik ham to‘lovga qobiliyatsizlik degani emas. Eng avvalo, ushbu holatga qaysi qonun qo‘llanishi aniqlanishi kerak. 📌 “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun: ▫️ yuridik shaxslarga; ▫️ jismoniy shaxslarga; ▫️ yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni korxona, tadbirkor yoki fuqaro o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmaydigan holatga tushib qolsa, bu munosabatlar mazkur Qonun asosida tartibga solinadi. ❗️ Lekin Qonun barcha tashkilotlarga tatbiq etilmaydi. Masalan, davlat muassasalari va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan bu Qonun qo‘llanilmaydi. Istisno sifatida, matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. ✅ Demak, to‘lovga qobiliyatsizlik masalasida birinchi savol shunday bo‘ladi: Qarzdorga ushbu Qonun tatbiq etiladimi yoki yo‘qmi? Chunki huquqiy jarayon aynan shu javobdan boshlanadi.

⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik: bu shunchaki qarz emas Ko‘pchilik qarzdorlikni darhol “bankrotlik” deb tushunadi. Aslida esa bular bir xil tushuncha emas. 📌 To‘lovga qobiliyatsizlik — bu qarzdorning o‘z majburiyatlarini vaqtida va to‘liq bajara olmaydigan moliyaviy holatga tushib qolishidir. Ya’ni, gap faqat “qarz bor”ligida emas. Muhimi — qarzdor uni to‘lash imkoniyatiga egami yoki yo‘qmi? ❗️ Bu jarayonda quyidagi savollar muhim: ▫️ qarzdor haqiqatan ham to‘lay olmayaptimi; ▫️ kreditor talabi asoslimi; ▫️ qarzdorning mol-mulki yetarlimi; ▫️ korxonani saqlab qolish mumkinmi; ▫️ yoki qarzlar mol-mulk hisobidan qoplanadimi? ⚖️ Qonun bu jarayonni tartib bilan ko‘rib chiqishga xizmat qiladi. Maqsad faqat qarzdorni tugatish emas, balki kreditor va qarzdor manfaatlari o‘rtasida qonuniy muvozanatni ta’minlashdir. 📂 Shartnomalar, hisob-kitoblar, to‘lov hujjatlari va yozishmalar bunday vaziyatlarda juda muhim dalil bo‘ladi. ✅ Shu sababli qarzdorlik yuzaga kelganda muammoni yashirish emas, hujjatlarni tartibga solish va qonuniy yo‘l tutish kerak. Qarz — muammo bo‘lishi mumkin. Lekin tartib, hujjat va qonuniy yondashuv bo‘lsa, yechim ham bo‘ladi.