en
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

Open in Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 607
Subscribers
-224 hours
+107 days
+1130 days
Posts Archive
Repost from Bahodir Ahmedov
Тошкент–Самарқанд пулли йўлини Хитой компанияси қуради. Бу қарор нимаси билан муҳим? Автомагистрални Хитойнинг China Overseas Engineering Group (COVEC) компанияси қуради. Компаниянинг вазифаси йўлни қуриб, фойдаланишга топширишдан иборат. Кейинги босқичда эса уни бошқариш учун алоҳида оператор танланади. Хитой компаниялари сўнгги йилларда дунёда энг кўп автомобиль йўллари ва транспорт инфратузилмаси объектларини қурган пудратчилардан бири ҳисобланади. Шу жиҳатдан қараганда, бундай йирик лойиҳада халқаро тажрибага эга компаниянинг иштирок этиши ижобий баҳоланади. 👉 @bahodirahmedoff 👈

Р а с м и й   а х б о р о т   Ўзбекистон Республикаси Олий суд Раёсатининг “Фуқаролик ишлари бўйича судларда меҳнат низоларини кўришга ихтисослашган судьялар корпусини шакллантириш ҳақида”ги қарори қабул қилингани хабари берилганди.   Мазкур қарор ижроси доирасида фуқаролик ишлари бўйича пойтахт судлари бўйича меҳнат низоларига ихтисослашган судьялар рўйхати тасдиқланди.    Тошкент шаҳр суди Раёсати қарорига мувофиқ:   Тошкент шаҳар фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъатининг судьялари - Касимов Ихтиёр Уралович, Каюмов Хамиджон Журақулович, Шаропов Жамшид Бурхонович, Хамраева Эльвира Дамировна;    фуқаролик ишлари бўйича  Мирзо Улуғбек туманлараро суди судьялари - Рахматов Аброр Алиевич, Бобораимова Мавлуда Мирзакаримовна; фуқаролик ишлари бўйича Миробод туманлараро суди судьялари - Хажиев Мақсуд Илхомович, Ҳайитова Адиба Ғофуровна;   фуқаролик ишлари бўйича Учтепа туманлараро суди судьялари -  Гадоев Бекзод Ишқобилович, Ўтанбоева Лола Умирзоқовна;   фуқаролик ишлари бўйича Шайхонтоҳур туманлараро суди судьялари - Мамаюсупов Жасурбек Баходирович, Мамараимова Гулрух Махмудовна; фуқаролик ишлари бўйича Яккасарой туманлараро суди судьялари - Солиева Зиёдахон Комилжоновна, Кенжаева Нигора Эсанбоевна  жорий йилнинг 1 август санасидан бошлаб, меҳнат низоларини кўришга ихтисослашган судьялар сифатида фаолиятини давом эттиради. Сайт I Telegram I Facebook

⚖️ XODIMLAR ISH TASHLASHGA HAQLIMI? 2026-yil 12-sentabrdan boshlab xodimlarning ish tashlash huquqini amalga oshirish tartibi qonunchilikda aniq belgilanadi. 📌 Ish tashlash nima? Ish tashlash - xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mehnat majburiyatlarini vaqtincha, ixtiyoriy va jamoaviy ravishda to‘liq yoki qisman bajarishni to‘xtatishidir. ❗️ Ish tashlash darhol boshlanmaydi. Mehnat jamoasi quyidagi hollarda ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin: ➖ jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartibida hal qilishning imkoni bo‘lmasa; ➖ ish beruvchi nizoni yarashtirish tartib-taomillarida ishtirok etishdan bosh tortsa; ➖ ish beruvchi erishilgan kelishuvni bajarmasa. ✅ Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi. Hech kim xodimni ish tashlashda qatnashishga yoki qatnashmaslikka majbur qilishi mumkin emas. 📄 Ish tashlash to‘g‘risidagi qaror haqida ish beruvchi belgilangan tartibda yozma ravishda xabardor qilinishi lozim. ⚠️ Qonunchilikda ayrim soha va tashkilotlarda ish tashlashga nisbatan cheklovlar ham nazarda tutiladi. Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1150-son Qonuni. 📢 Huquqingizni biling va uni faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshiring! 💬@sanatsiya

🏠 IPOTEKADAGI UYGA “PROPISKA”: YANGI TARTIB BOR, AMALIYOTDA ESA MUAMMO SAQLANMOQDA Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-son Farmoniga ko‘ra, ipoteka krediti asosida sotib olingan uyga fuqarolarni: uy egasining arizasi; garovga oluvchi bankning roziligi asosida yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shuningdek, Farmon bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 12-bandida mazkur tartibni qonunchilikda aniq mustahkamlash vazifasi belgilangan. Unga muvofiq, O‘RQ-1074-son Qonunga ipotekadagi uyga mulkdorning arizasi va bank roziligi asosida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlar bo‘yicha qonun loyihasi 2026-yil may oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim edi. Mas’ul ijrochilar: 🔹 Ichki ishlar vazirligi; 🔹 Adliya vazirligi; 🔹 Markaziy bank. Biroq my.gov.uz portali orqali bugun olingan javobda ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq mavjudligi O‘RQ-1074-son Qonunning 22-moddasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun qo‘llanmoqda. ⚖️ Huquqiy muammo nimada? “Yo‘l xaritasi”dagi topshiriqning o‘zi Qonunni avtomatik ravishda o‘zgartirmaydi. Buning uchun tegishli qonunga o'zgartirish kiritish lozim hamda elektron davlat xizmatlari tizimi yangi tartibga moslashtirilishi zarur. PF-29-son Farmonda ipotekadagi uyga bank roziligi asosida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati belgilangan. Ammo mazkur tartib Qonunga va my.gov.uz tizimiga to‘liq joriy etilmagani sababli, fuqarolar amalda hanuz rad javobiga duch kelmoqda.

Repost from YURISTKADR
Нотўғри иш тутяпсиз! Кеча телефон орқали давлат ташкилотида ишлайдиган бир синглимиз мурожаат қилиб қолди. У ўтган жума куни ишга 5 соат кечикиб келибди. Ишхонадаги кадрлар хизмати ходимлари ва бошқалар бу бўйича акт тузишибдида, ундан ёзма тушунтириш хати сўрашибди. Кечга томон унга ҳолатни “прогул” деб баҳолашганини маълум қилишибди. Хуллас, уни “статья” билан ишдан бўшатишмоқчи экан. Муҳим жойига қаранг, ўша синглимиз ўз тушунтириш хатида фарзанди борадиган мактабгача таълим ташкилоти, яъни болалар боғчаси аномал иссиқ туфайли ёпилгани сабабли, 3,5 ёшли боласини ёлғиз ташлаб кетолмаганини ёзиб кўрсатибди. Бироқ, иш берувчи томони бу сабабни узрли деб қабул қилмабди. Аниқ биламан, ўша ташкилотнинг кадрлар хизмати ходимлари мени кузатади. Уларга айтар гапим, агарда, ходим билдирган сабаб ҳақиқатдан ҳам тасдиқланадиган бўлса, бу суд томонидан узрли сабаб деб баҳоланиши аниқ. Бундай вазиятда ходимни ишдан бўшатиш ғайриқонуний бўлади ва суд ходимни тиклайди. Маслаҳатим, шошяпсиз ва нотўғри иш тутяпсиз, ходимнинг узрли сабабини қабул қилинг ва ҳозирги бўшатишни тўхтатинг. Акс ҳолда, биз унинг ишини олишга ва сиз билан судлашишга мажбур бўламиз. Бу иш навбатдаги текин хизматларимиздан бири бўлади. Ҳозирги вазиятда ишнинг натижасига ишончимиз жуда юқори. 👉@yuristkadr

📱⚖️ TELEGRAM YOZISHMALARI SUDDA DALIL BO‘LADIMI? Bugungi kunda qarz, oldi-sotdi, xizmat ko‘rsatish va boshqa kelishuvlarning ko‘pi Telegram orqali amalga oshirilmoqda. Nizo kelib chiqsa, yozishmalar sudda raqamli dalil sifatida taqdim etilishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, elektron fayllar, audio va videoyozuvlar, internetda saqlanayotgan ma’lumotlar hamda boshqa elektron axborotlar raqamli dalil hisoblanadi. 📌 Lekin oddiy skrinshotning o‘zi har doim yetarli emas. Sud yozishmaning: ✅ kimlar o‘rtasida bo‘lganini; ✅ qachon yuborilganini; ✅ mazmuni o‘zgartirilmaganini; ✅ nizoga qanday aloqasi borligini; ✅ asl elektron ma’lumot mavjudligini tekshiradi. Raqamli dalilning nusxasi faqat uning yaxlitligi va asl nusxaga aynan mosligi saqlangan taqdirda qabul qilinadi. Qog‘ozga chiqarilgan skrinshot esa o‘z-o‘zidan yozma dalil hisoblanmaydi, notarius tasdiqlagan holatlar bundan mustasno. ⚠️ Shuning uchun muhim yozishmalarni o‘chirib yubormang, tahrirlamang yoki faqat kesilgan skrinshot shaklida saqlamang. Telefon, akkaunt va yozishmaning asl elektron ko‘rinishini saqlash sudda uning haqiqiyligini tekshirish imkonini beradi. ❗️ Anonim, kelib chiqishi noma’lum yoki qonunni buzgan holda olingan ma’lumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi. Har bir taraf esa o‘z talabi va e’tiroziga asos bo‘lgan holatlarni isbotlashi shart. 🔎 Xulosa: Telegram yozishmasi sudda dalil bo‘lishi mumkin. Ammo uning mavjudligi emas, balki haqiqiyligi, yaxlitligi va nizoga aloqadorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 💬@sanatsiya

🏆 Ispaniya — jahon chempioni! Ammo Argentina ko‘rsatgan matonat, kurash va qahramonlikni ham unutmaslik kerak. Futbolda g‘olib bitta bo‘ladi, lekin chin yurakdan kurashgan jamoa ham hurmatga loyiq.

⚖️📑 NOTARIUS QANDAY HOLLARDA IJRO XATI YOZADI? Notarius qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xati yozadi. 🔹 Ijro xati faqat quyidagi hollarda yozilishi mumkin: ✅ taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchi oldidagi qarzdorligini yoki boshqa majburiyatini shubhasiz belgilasa; ✅ talab qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa; ✅ qarzni so‘zsiz undirishga asos bo‘ladigan hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hujjatlar ro‘yxatiga kirsa. 📌 Ijro xatida undirib oluvchi va qarzdorning ma’lumotlari, undiriladigan pul summasi yoki talab qilib olinadigan mol-mulk, penya, foizlar, davlat boji yoki tarif summalari, undiruv muddati, sana va reyestr raqami ko‘rsatiladi. ⏳ Ijro xati, qonunchilikda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, yozilgan kundan boshlab uch yil davomida majburiy ijroga taqdim etilishi mumkin. ❗️ Demak, notarius har qanday qarzdorlik bo‘yicha ijro xati yozmaydi. Buning uchun qarzdorlik tegishli hujjatlar bilan shubhasiz belgilangan va uni so‘zsiz undirish uchun qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjud bo‘lishi kerak. 💬@sanatsiya

Repost from Bahodir Ahmedov
Хитойликлар Ўзбекистон ерларини сотиб ололмайди Ижтимоий тармоқларда «хитойликларга ер сотиляпти», «катта ҳудудлар бериб юбориляпти» деган гаплар тез-тез учрайди. Лекин ҳуқуқшунос Шерзод Пирматовнинг таҳлилига кўра, Ўзбекистон қонунчилиги бундай имкониятни назарда тутмайди. Ер кодексининг 17-моддасига асосан, чет эл фуқаролари, хорижий компаниялар ва чет эл инвестицияси иштирокидаги корхоналар, жумладан хитойлик инвесторлар ҳам ер участкасидан фақат ижара ҳуқуқи асосида фойдаланиши мумкин. Яъни завод ёки бошқа йирик лойиҳа учун ер ажратилиши унинг инвестор мулкига ўтганини англатмайди. Ижара ҳуқуқи эса ерни сотиш, ҳадя қилиш ёки бошқа шахсга мулк сифатида ўтказиш ҳуқуқини бермайди. Ҳозирги шароитда инвестицияни жалб қилиш ҳам, ер муносабатларини қонун асосида тартибга солиш ҳам бир вақтнинг ўзида амал қилиши мумкин. Шунинг учун «инвесторга ер ажратилди» деган хабарни «ер сотилди» деган хулоса билан алмаштирмаслик керак. 👉 @bahodirahmedoff 👈

⚽️🔥 ISPANIYA — ARGENTINA: KUTILAYOTGAN MUHIM FINAL 🌍 Shaxsiy fikrimcha, ushbu uchrashuvda faqat yakuniy hisob emas, balki ikki kuchli terma jamoaning mazmunli va qiziqarli futbol namoyish etishi ham muhim. 🇪🇸 Ispaniya jamoaviy o‘yin, texnika va to‘p nazoratiga tayansa, 🇦🇷 Argentina tajriba, kurashuvchanlik hamda hujumdagi faolligi bilan ajralib turadi. ⚔️ Shu sababli final keskin kurashlar, chiroyli vaziyatlar va kutilmagan burilishlarga boy o‘tishi mumkin. ⭐️ Uchrashuvning yana bir muhim jihati — futbol tarixining eng buyuk yulduzlaridan biri Lionel Messi uchun bu Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi yirik o‘yinlardan biri bo‘lishi mumkin. 🕰 Shu bois mazkur final nafaqat natijasi, balki tarixiy ahamiyati bilan ham futbol muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. 🏆 Eng muhimi, maydonda munosib, qiziqarli va esda qolarli futbol namoyish etilsin. ⚽️ G‘olibni esa faqat maydondagi o‘yin belgilaydi.

⚖️ Manfaatdor shaxslar kimlar hisoblanadi? To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida qarzdor bilan yaqin huquqiy, mulkiy yoki qarindoshlik aloqasiga ega shaxslar manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi. 🏢 Qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa: 🔹 unga nisbatan bosh yoki tobe yuridik shaxslar; 🔹 qarzdorning rahbari, kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolari; 🔹 bosh buxgalter; 🔹 mazkur shaxslar bilan mehnat shartnomasi ish qo‘zg‘atilishidan oldingi bir yil ichida bekor qilingan bo‘lsa ham; 🔹 yuridik shaxsning muassislari, ishtirokchilari yoki mol-mulk egasi. 👤 Qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa: 🔸 eri yoki xotini; 🔸 ota-onasi, farzandlari, bobo-buvisi va nabiralari; 🔸 aka-uka va opa-singillari; 🔸 ularning farzandlari; 🔸 eri yoki xotinining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari. 📌 Sud boshqaruvchisi va kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ham ayni mezonlar asosida aniqlanadi. ❗️ Manfaatdorlikni aniqlash bitimlarning xolisligini baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va kreditorlar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.

📋 KREDITORLAR TALABLARI REYESTRI ⚖️ Kreditorlar talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi. 💰 Barcha talablar reyestrda milliy valyutada hisobga olinadi. Chet el valyutasidagi talablar, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi kunidagi Markaziy bank rasmiy kursi bo‘yicha qayta hisoblanadi. 📝 Kreditor arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi shart: 🔹 kreditorning nomi yoki JSHSHIRi; 🔹 manzili va aloqa ma’lumotlari; 🔹 bank rekvizitlari; 🔹 talab miqdori va asosi. 🔄 Kreditor haqidagi ma’lumotlar yoki talab miqdori o‘zgarsa, sud boshqaruvchisi bir hafta ichida xabardor qilinishi kerak. 📄 Kreditor talabiga ko‘ra, sud boshqaruvchisi besh ish kuni ichida talab miqdori, tarkibi va navbati haqida reyestrdan ko‘chirma beradi. 🏛 Reyestrni tuzish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi. 💬@sanatsiya

📌 Bank tugatilganda omonatchilar reyestrini kim shakllantiradi? Bank suddan tashqari tartibda tugatilayotgan bo‘lsa, omonatchilar va kafolatlash obyektlari reyestrini shakllantirish hamda uni Omonatlarni kafolatlash agentligiga taqdim etish majburiyati tugatuvchi zimmasiga yuklanadi. ⚖️ Biroq bankni bankrot deb topish va sud tartibida tugatish to‘g‘risida ish yuritish boshlangan paytdan e’tiboran avvalgi tugatuvchining majburiy tugatishga doir vakolatlari tugaydi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikda sud boshqaruvchisining: ➡️ omonatchilar reyestrini shakllantirish; ➡️ uni aniqlashtirish va yangilash; ➡️ Agentlikka belgilangan muddatda taqdim etish majburiyati alohida va bevosita norma bilan aniq belgilab qo‘yilmagan. ❗️ Natijada, tugatish jarayoni sud tartibiga o‘tkazilgandan keyin reyestrni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha huquqiy noaniqlik yuzaga keladi. ✅ Shu sababli qonunchilikda sud boshqaruvchisining omonatchilar reyestri bilan bog‘liq vakolat va majburiyatlarini, uni taqdim etish muddatlarini hamda noto‘liq yoki ishonchsiz ma’lumotlar uchun javobgarligini aniq belgilash zarur. 💬@sanatsiya

📌 Bank tugatuvchisi va sud boshqaruvchisi bir xil subyektmi? Yo‘q. Ular turli tartibda tayinlanadigan va alohida huquqiy maqomga ega subyektlardir. 🔹 Tugatuvchi — bankni suddan tashqari tartibda tugatish uchun Markaziy bank tomonidan tayinlanadi. 🔹 Sud boshqaruvchisi — bankni bankrot deb topish va sud tartibida tugatish jarayonida sud tomonidan tayinlanadi. ⚖️ 1070-son Qonunning 62-moddasiga ko‘ra, bankni bankrot deb topish va tugatishga doir sud ish yurituvi boshlangan paytdan Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatuvchining vakolatlari hamda Markaziy bankning suddan tashqari tugatishga doir vakolatlari tugaydi. Shundan so‘ng bankni tugatish bilan bog‘liq vazifalar sud boshqaruvchisi tomonidan “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonunning maxsus normalari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi. 📍 1070-son Qonunning 69-moddasiga muvofiq, Markaziy bank bankni suddan tashqari tartibda tugatish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi. 💬@sanatsiya

⚖️ ER-XOTIN MOL-MULKI HISOBIDAN QARZDORLIKNI UNDIRISH ASOSLARI Qonun mazmuniga ko‘ra, er yoki xotindan birining shaxsiy majburiyati bo‘yicha qarzdorlikni undirish, avvalo, faqat o‘sha qarzdor shaxsning shaxsiy mol-mulkiga qaratiladi. Ya’ni erning shaxsiy qarzi bo‘lsa — undirish birinchi navbatda erning mol-mulkidan, xotinning shaxsiy qarzi bo‘lsa — xotinning mol-mulkidan amalga oshiriladi. 📌 Agar qarzdor shaxsning shaxsiy mol-mulki yetarli bo‘lmasa, kreditor qarzdor er yoki xotinning er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushini ajratib berishni va shu ulush hisobidan qarzdorlikni undirishni talab qilishga haqli. 💡 Umumiy mol-mulkka undirish qachon qaratiladi? Agar sud er yoki xotin olgan majburiyat bo‘yicha olingan mablag‘lar, ashyolar yoki boshqa mol-mulk oila ehtiyojlari uchun ishlatilganini aniqlasa, undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu yerda asosiy mezon — qarz kim tomonidan olingani emas, balki ushbu majburiyat natijasida olingan naf oila manfaatlariga xizmat qilgan yoki qilmaganidir. ❗️ Muhim farq: Er yoki xotindan birining qarzi avtomatik ravishda ikkinchi turmush o‘rtog‘ining ham qarzi hisoblanmaydi. Buning uchun qarz yoki majburiyat oila ehtiyoji uchun ishlatilgani sud tomonidan aniqlanishi kerak. ⚠️ Agar umumiy mol-mulk yetarli bo‘lmasa, er-xotin umumiy majburiyatlar bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar. 🚨 Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulk bo‘yicha: Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ulardan biri tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga orttirilgani yoki ko‘paytirilgani sud hukmi bilan aniqlansa, undirish ushbu umumiy mol-mulkka yoki uning tegishli qismiga qaratilishi mumkin. 💬@sanatsiya

⚖️ BANKROTLIK ISHLARIDA MUHIM ASOS: 55-MODDA To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunning 55-moddasi sud qarzdorni har doim ham bankrot deb topishi shart emasligini belgilaydi. 📌 Sud qarzdorni bankrot deb topishni rad etishi mumkin, agar: 🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmasa; 🔹 sud qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning talablari qanoatlantirilsa; 🔹 soxta to‘lovga qobiliyatsizlik holati aniqlansa; 🔹 qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lsa. 💡 Eng muhim jihat: Agar qarzdorda kreditorlar talablarini qoplash uchun yetarli miqdorda likvid mol-mulk mavjud bo‘lsa, sud qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra ishni ko‘rishni keyinga qoldirishi mumkin. ⏳ Bunda sud qarzdorga kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun muddat beradi. ❗️ Ushbu muddat 30 kundan oshmasligi kerak. 💬@sanatsiya

Repost from YURISTKADR
Табиатга етказилган зарарни қонунбузардан эмас, жабрдийдадан ундирилиши ғалати эмасми? Иқтисодий судда экология бўйича катта ишимиз кетяпти. Ҳимоямдаги кластер ташкилотидан гўёки табиатга зарар етказилган деб миллиардлаб сумма ундириш ҳақидаги иш бу. Масала, бугунги кунда долзарб бўлган ғалла ҳосилидан кейин даладаги сомон ёқилиши натижасида, тупроқ унумдорлигига етказилган зарарни ундириш масаласи. Зарарни аниқлаш ва ҳисоблаш бўйича аниқ тартиб бор: Адлиядан 1647-сон билан давлат рўйҳатидан ўтказилган Низом. Биринчи инстанция суди зарарни ҳимоямдаги кластердан ундириш ҳақида қарор чиқарган. Ҳозирги кассацияда бизнинг позициямиз жуда оддий: Эшматдан ундирилиши керак бўлган зарар Тошматдан ундирилмоқда. Яъни, Тошмат емаган сомсасига пул тўламоқда. 1647-сонли Низомнинг 7 ва 8-бандларига кўра, тупроқ унумдорлигига етказилган зарар сомонни ёқиб юборган ва айнан шу қонунбузарликни содир этган юридик ва жисмоний шахслардан ундирилиши кўрсатилган. Бизнинг вазиятда ҳимоямиздаги кластер ташкилоти ёки ушбу ташкилотга алоқадор бирорта ходимнинг сомон ёққанлик ҳолати аниқланмаган. Тузилган ҳужжатларда ва далолатномаларда сомон ёқилганлиги, бироқ ким томонидан ёқиб юборилганлиги кўрсатилмаган. Ундан ҳам қизиғи, кластер ташкилоти ғалла йиғим-теримидан кейин бўшаган ер майдонларини иккиламчи фаолият учун, қонуний тартибда пудратчи-ижарачиларга бериб юборган. Сомон ёқиш ҳолатлари ер майдонлари пудратчи-ижарачиларга топширилганидан кейинги даврда юз берган. Яна такрорлайман, 1647-сонли Низомда ҳаммаси аниқ белгиланган, табиатга етказилган зарар суммалари сомонни ёққан қонунбузарлардан ундирилиши тўғридан-тўғри кўрсатилган. Сомон ёқилишидан аслида ердан фойдаланувчи ва ижарачи сифатида ҳимоямиздаги кластернинг ўзи зарар кўрган. Яъни, ҳақиқий жабрдийда кластер аслида. Чунки, сомон ёқилиши оқибатида ҳосилдорлик кескин камаяр экан, бу энг аввало, кластернинг даромадига салбий таъсир қилади. Шу сабабли, Низомнинг 7-бандига кўра, тупроқ унумдорлигига етказилган зарарнинг бир қисми сомонни ёққан қонунбузарлардан ҳимоямдаги кластерга ундирилиши керак. Аслида шундай бўлиши керак. Лекин, негадир бу масалада тескари амалиёт ишлаяпти. Нега шундай, тушунарсиз... 👉@yuristkadr

📌 Ijro hujjati har doim ham darhol MIBga topshirilmaydi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-2-moddasiga ko‘ra, ayrim ijro hujjatlari avval Majburiy ijro byurosiga emas, tegishli tashkilot yoki organga ijro uchun taqdim etiladi. Quyidagi ijro ishlari: 🔹 yuridik shaxsdan pul undirish bo‘yicha ijro hujjati — avval qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankka; 🔹 ishga tiklash haqidagi ijro hujjati — ish beruvchiga; 🔹 ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish bo‘yicha ijro hujjati — tegishli ish beruvchi yoki tashkilotga; 🔹 davlat organi yoki mansabdor shaxs zimmasiga majburiyat yuklatilgan ijro hujjati — tegishli davlat organi yoki mansabdor shaxsga taqdim etiladi. ⏱️ Ushbu moddaning mazmuniga ko‘ra, bunday ijro hujjatlari, agar hujjatda boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 15 kun ichida ijro etilishi kerak. 🏦 Bankka taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul undirish haqidagi ijro hujjati esa keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro qilinishi lozim. ❗️ Agar ijro hujjati belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasa, shundan keyin undiruvchi uni Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etadi. ✅ Xulosa: 8-2-modda ayrim ijro hujjatlari bo‘yicha ijro jarayoni avval MIBdan emas, bank, ish beruvchi yoki tegishli davlat organidan boshlanishini belgilaydi.

Jismoniy shaxslarni ham bankrot deb topish mumkin!!!

⚖️ Sudlarda e’tibordan chetda qolayotgan 1647-sonli Nizom talabi Amaliyotda boshoqli don ekinlari somonini yoqish holatlari bo‘yicha yetkazilgan zarar ko‘pincha bevosita yer foydalanuvchi, ijarachi yoki klaster zimmasiga yuklanmoqda. Lekin bu yerda juda muhim savol bor: Zararni kim yetkazgan? 1647-sonli Nizomning mazmuni va qonuniy talabi shundan iboratki, somon yoqilishi oqibatida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslardan undirilishi kerak. Ya’ni zarar avtomatik ravishda yer foydalanuvchidan undiriladi, degan yondashuv har doim ham to‘g‘ri emas. Afsuski, ayrim sud ishlarida aynan shu jihat yetarlicha baholanmayapti. Sudlar ba’zan yer kimning foydalanishida ekanligiga asosiy e’tibor qaratib, somonni aynan kim yoqqani, zarar yetkazuvchi shaxs kimligi va yer foydalanuvchining aybi isbotlangan yoki isbotlanmaganini yetarlicha tekshirmayapti. Vaholanki, bunday nizolarda quyidagi holatlar aniqlanishi lozim: 1️⃣ Somonni aynan kim yoqqan? 2️⃣ Yer foydalanuvchining aybi bormi? 3️⃣ Zarar yetkazuvchi shaxs aniqlanganmi? 4️⃣ Holat dalolatnoma, foto/video, guvohlar va boshqa dalillar bilan tasdiqlanganmi? 5️⃣ Zarar hisob-kitobi 1647-sonli Nizom tartibida to‘g‘ri amalga oshirilganmi? 6️⃣ Zarar haqiqiy qonunbuzardan undirilmoqdami? 📌 Muhim jihat: Agar somonni uchinchi shaxslar yoqqan bo‘lsa, yer foydalanuvchi esa ushbu harakatni sodir etmagan va uning aybi isbotlanmagan bo‘lsa, zararni faqat yer foydalanuvchidan undirish Nizom mazmuniga ham, qonuniy javobgarlik tamoyillariga ham mos kelmaydi. 1647-sonli Nizomning asosiy talabi — yer foydalanuvchini avtomatik javobgar qilish emas, balki tuproqqa real zarar yetkazgan shaxsni aniqlash va zararni aynan undan undirishdir. ⚖️ “Somonni kim yoqdi va tuproqqa zararni kim yetkazdi?” Aynan shu holat aniqlanmasdan turib, zararni yer foydalanuvchidan undirish 1647-sonli Nizomning mazmuni va qonuniy talabiga zid bo‘lishi mumkin.