en
Feedback
Akademik litsey

Akademik litsey

Open in Telegram

Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 355
Subscribers
-1224 hours
-497 days
-21930 days
Posts Archive
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi: 2-mavzu: Bilim nima uchun kerak? Bilim — bu kuch. U sizni mustaqil qiladi, fikrlaringizni charxlaydi va orzularingiz sari yo‘l ochadi. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi: 1-mavzu: Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Darsda o‘quvchilarda Vataniga bo‘lgan sevgini, milliy g‘ururini va xalqiga sadoqatini shakllantirish muhimdir. Har bir so‘z ularga vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otib, o‘z yurtiga bo‘lgan mas’uliyatni anglatadi. @litseyhujjat

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mehnat
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomalari Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
Fuqaro mehnatga layoqatsizlik varaqasini yoki mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olish imkoniyatiga ega.
Voyaga yetmagan shaxslarga beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ushbu shaxslarga yoki ota-onasi yoxud oilasining boshqa a’zolaridan biriga hamda o‘qish (ish) joyiga beriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomalari pasport yoki ID-karta, tug‘ilganlik guvohnomasi (voyaga yetmagan shaxslar uchun) asosida qisqartirishlarsiz rasmiylashtiriladi.
@litseyhujjat

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomalari Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
Fuqaro mehnatga layoqatsizlik varaqasini yoki mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olish imkoniyatiga ega.
Voyaga yetmagan shaxslarga beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ushbu shaxslarga yoki ota-onasi yoxud oilasining boshqa a’zolaridan biriga hamda o‘qish (ish) joyiga beriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomalari pasport yoki ID-karta, tug‘ilganlik guvohnomasi (voyaga yetmagan shaxslar uchun) asosida qisqartirishlarsiz rasmiylashtiriladi.
@litseyhujjat

“Kelajak soati” rukni ostida har haftada o‘tkaziladigan “Ma’rifat darslari” to'g'risida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-oktabrdagi 01/15-4167-son xati. Oliy ta’lim tashkilotlarida “Ma’rifat darslari” dars jadvaliga kiritilgan holda har haftaning dushanba kuni (kontingentni to‘liq qamrab olish imkoniyati bo‘lmaganda seshanba va chorshanba kunlariga ham ruxsat etiladi) kasbiy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda esa har haftaning faqat dushanba kuni dars jadvaliga kiritgan holda o‘tilishini tashkil etish elgilangan. @litseyhujjat

Aziz ustozlar! Sizlarning sabr-toqatingiz, mehr va bilimlaringiz biz uchun bebaho. Kanalimiz jamoasi barcha ustoz va murabbiy
Aziz ustozlar! Sizlarning sabr-toqatingiz, mehr va bilimlaringiz biz uchun bebaho.
Kanalimiz jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan muborakbod etadi!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. @litseyhujjat

Qonunchilikka ko'ra: Akademik litsey o‘quvchilari quyidagi holatlarda o'qishdan chetlashtirilishi mumkin: a) o‘quv yili davom
Qonunchilikka ko'ra: Akademik litsey o‘quvchilari quyidagi holatlarda o'qishdan chetlashtirilishi mumkin: a) o‘quv yili davomida: - doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda; - sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganda; - salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda; - vafot etganligi sabablari bo‘yicha; b) o‘quv semestri yakunida: - o‘qishi boshqa akademik litseyga ko‘chirilishi munosabati bilan; - o‘quvchining, uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbuslariga ko‘ra o‘z arizasiga muvofiq;
o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan, uzrli sabablarsiz 76 soat va undan ortiq dars mashg‘ulotlarini qoldirgan) yoki akademik litseyning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sabablari bo‘yicha akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiq.
@litseyhujjat

MMTV ning 2025-yil 5-sentabrdagi 02-35-2939-sonli xati @litseyhujjat

#Eʼtirof Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi Bugun, 11-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va mur
#Eʼtirof Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi Bugun, 11-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor. Jumladan:
🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayev Mahmudjon Muhamedovich — Toshkent davlat texnika universiteti Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori; Suvanov Omon — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
🏅 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abdullayev Shavkat Vohidovich — Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori; Kasimov Fayzulla Muhamadovich — Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori; Umaraliyeva Mamuraxon Toshxo‘jayevna — Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.
🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan
Abdushukurov Anvar Kabirovich — O‘zbekiston Milliy universiteti Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori; Sultonova Shahida Yo‘ldoshevna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori; Shamusarov Sharustam Giyazovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori.
🏅 “Shuhrat” medali bilan
Amanov Baxtiyor Xushbakovich — Chirchiq davlat pedagogika universiteti genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri; Nasirova Shaira Narmuradovna — Navoiy davlat universiteti raqamli texnologiyalar kafedrasi professori; Tilayev Alisher Hasanovich — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “International House – Tashkent” akademik litseyi direktori; Hamidov Hayrullo Ismoilovich — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti metallurgiya kafedrasi professori; Yavidov Bahram Yangiboyevich — Nukus davlat pedagogika instituti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+6
Oliy va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim muassasalarida yangi 2025/2026-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida @litseyhujjat

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.
@litseyhujjat

⚡️Yangi o‘quv yili akademik litsey o‘quvchilari uchun 3-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
⚡️Yangi o‘quv yili akademik litsey o‘quvchilari uchun 3-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan boshlanadi.
@litseyhujjat

2025-yil 1-avgustrdan Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va boshqa xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari. @litseyhujjat

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2024) bekor qilinib, uning oʻrniga Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori OʻzMSt 641:2025 (MMK) tasdiqlandi. 💠 MMK Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud va qoʻllanilayotgan mashgʻulotlar nomlarini aks ettiradi va ularni bajariladigan ish turiga qarab koʻnikma darajasi va ixtisosligi boʻyicha klassifikatsiyalaydi. Ushbu milliy standartga Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari roʻyxati III boʻlim sifatida qoʻshildi. MMKdan: 🔸mashgʻulotlar va kasbiy faoliyat turlarini tasniflash; 🔸xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish; 🔸ishchilarning malaka razryadlari diapazoni va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash; 🔸malaka darajalarga qoʻyiladigan talablarni aniqlash uchun foydalaniladi. ✍️ Ushbu milliy standart 2025-yil 18-avgustdan kuchga kiradi. @litseyhujjat

⚡️Ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi Hukumat qarori (498-son, 06.08.2025-y.) bilan ta’lim tashkilotlari tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etilishi belgilandi. Bunda: oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari kamida 3 nafar (oylik ish haqi dekan lavozimiga tenglashtirilgan bo‘lim boshlig‘i va dekan o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi (oylik ish haqi direktor o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan bosh mutaxassis) 1 nafar xodimdan iborat bo‘ladi; bo‘lim (mutaxassis)ga ta’lim tashkilotining kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash bo‘yicha ichki baholashni tashkil etish, ta’lim tashkilotini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlash, ta’lim sifatini doimiy monitoring qilib borish orqali unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’lim tashkiloti rahbariga hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga taqdim etib borish vazifalari yuklatiladi. @litseyhujjat

“O'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Hukumat qarori (498-son, 06.08.2025-y.) @litseyhujjat

Ўқувчиларни академик лицейларга қабул қилиш, уларнинг ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлатиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 05.06.2024 йилдаги 320-сон қарори. @litseyhujjat

Ўрта махсус ва касбий таълим ташкилотлари ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг такомиллаштирилган тизими жорий этилади‼️ @litsey
Ўрта махсус ва касбий таълим ташкилотлари ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг такомиллаштирилган тизими жорий этилади‼️ @litseyhujjat