en
Feedback
Akademik litsey

Akademik litsey

Open in Telegram

Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 361
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
Akademik litseyni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi. Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 34-mavzu: Mening oilam Esda tuting, insonning eng katta kuchi uni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlari borligidadir. Oilangizni qadrlang. 1-kontent: Oila – muqaddas qadriyat 2-kontent: Abdulla Qodiriy avlodlari zanjiri 3-kontent: Margʻilondagi Mirzakarim qutidor hovlisidamiz 4-kontent: Tarixda iz qoldirgan juftliklar 5-kontent: Ikki buyuk sulola tutashgan oila @litseyhujjat

9-mayda dam olish kunlari qanday bo’ladi? Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli, 11-may, dushanba kuni haftada 5 kun ishlovchilar uchun dam olish kuni bo‘ladi. ✅✅ 9-may, shanba — barcha uchun dam olish kuni; ✅✅ 10-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅❌ 11-may, dushanba — 5 kunliklarga 9-maydan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga ish kuni. ℹ️ Asos: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 33-mavzu: Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash Bu dunyoni endi miltiq ushlagan askar emas, balki kashfiyot qilgan olim, kuchli diplomat va kreativ fikrlaydigan yoshlar boshqaradi. Diplomatiya – bu urushda g‘alaba qozonish emas, balki urushni boshlamaslik san’atidir. 1-kontent: Bu xotira va qadrlash tuygʻusi 2-kontent: Elomon Otajonovni xotirlab... 3-kontent: Gʻalaba bogʻiga sochilgan maktublar 4-kontent: “Urush va tinchlik” – Shodmonqul Salom 5-kontent: “Urush va tinchlik” kutubxonasi @litseyhujjat

#Qonunchilik_yangiliklari ❗Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
#Qonunchilik_yangiliklari
❗Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i (2026-yil 10-mart, 100-son) bilan “Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5). Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing: 📝 Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz 🚪Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha avtomatik ravishda maksimal ball beriladi. ➡️Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar 💬Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun shikoyat qilish tartibi takomillashtirildi: 📆 Baho e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ariza berish mumkin. 👥 Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat 5 kishi kiritiladi. 📢 Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. ➡️ Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega. 🔄Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat 🔍Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani 3 yil davomida topshira olmasa, unga eksternat tartibida imtihon topshirish huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat namunasidagi shahodatnoma taqdim etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢 Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga! Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar ushbu spetsifikatsiyalardan kelib chiqib, attestatsiyaning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 32-mavzu: Innovatsion fikrlash Innovatsion fikrlash tafakkurning yuragi, intellekt dvigatelidir. Yangicha o‘ylash, g‘oya yaratish va g‘oyani amaliyotga tatbiq etish yetuk, zamonaviy va intellektual insonning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. 1-kontent: Innovatsiya – bizning kelajagimiz! 2-kontent: Uch mashhur innovator hikoyasi 3-kontent: “Juda koʻp xato qilganman” – Otabek Suvonov 4-kontent: Nukusdagi yoshlar texnoparki @litseyhujjat

🎓 Akademik litseyda o‘qiysizmi? Unda EMIS platformasi aynan siz uchun! ⏱️ Dars jadvalini qidirib vaqt yo‘qotmaysiz; 📊 Davomatingizni real vaqtda kuzatasiz; 📱 Baholaringizni doimiy kuzatib borasiz; ✅Fanlardan topshiriqlarni tizim orqali olasiz; 🔔 Muhim yangiliklar va e’lonlardan ham birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lasiz; 📈 O‘qish jarayoningiz ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lasiz. ✨Barchasi bitta tizimda — qulay va tez. EMIS bilan o‘qishni osonlashtiring! ⬇️ Google Play yoki App Store'dan yuklab oling. Android | iOS @litseyhujjat

“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси тасдиқланди 2026 йил 20 апрелдаги ПФ–66-сон Фармон билан ёшларни қўллаб-қувватлашга қаратилган янги стратегия тасдиқланди. Унда ёшлар учун таълим, иш, тадбиркорлик ва 14 фоизда ипотека кредитлари ажратиш имкониятлари белгиланган. @litseyhujjat

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Xotira_muqaddas 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi 🇺🇿 O‘zbeki
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Xotira_muqaddas 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–139-son qarori e’lon qilindi. 🔥 Qaror bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi. 📋 Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkaziladi hamda ular madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishdan iborat bo‘ladi. 👨‍👧‍👧 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. 🏢 Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining o‘z xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishi ta’minlanadi. 🟥Toshkent shahrida 2026-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi tashkil qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 31-mavzu: Milliy o‘zlik Milliy o‘zlik – bu faqat o‘tmish emas, bu sizning bugungi tanlovingiz. Siz qanday gapirasiz, nimani tanlaysiz, nimaga ergashasiz – mana shu narsalar sizning kim bo‘lib yetishishingizni belgilaydi. 1-kontent: Milliy oʻzlik – bizning ildizimiz! 2-kontent: Ahmadali Asqarov – Oʻzbekiston tarixiga oid muhim topilmalar haqida 3-kontent: Toshkentdagi Zarqaynar mahallasida boʻlganmisiz? 4-kontent: Oʻzbek kinosi va toʻy 5-kontent: Tariximizda koʻproq qaysi ismlar urfda boʻlgan? @litseyhujjat

Педагогларга айрим давлат хизматларини кўрсатишда 50 фоиз чегирма берилади!
Вазирлар Маҳкамаси қарори (175-сон, 16.04.2026 й.) билан Ҳукуматнинг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. 💸 Киритилган қўшимчаларга кўра, таълим ташкилотида меҳнат шартномаси асосида таълим ва тарбия соҳасида касбий фаолиятни амалга оширувчи педагог шахслар учун қуйидаги давлат хизматлари нархи хизматлар умумий қийматининг 50 фоизини ташкил қилиши белгиланди: 🔹 кўчмас мулк объектларининг давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари; 🔹 муҳандислик-коммуникация тармоқларига уланиш бўйича давлат хизматлари; 🔹 умумтаълим фанларини билиш даражасини аниқлаш ва сертификат бериш бўйича давлат хизматлари; 🔹 тракторчи-машинист гувоҳномасини олиш учун имтиҳон топширишга рухсат бериш бйўича давлат хизматлари; 🔹 расмий ҳужжатларга апостиль қўйиш бўйича давлат хизматлари ва бошқалар. 📝 Шунингдек, киритилган қўшимчаларга кўра, ихтисослаштирилган мактаблар ва мактаб-интернатлар директор ва директор ўринбосарлари 5 йилда 1 маротаба ишдан ажралган ҳолда, Маданият вазирлиги томонидан ташкил қилинадиган менежерлик ўқув курсларида ўқитилиши белгиланди. ⏭️ Бундан ташқари, ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатлардаги ўқувчиларни ўқишдан четлаштириш, бошқа йўналишга ўтказиш ва ўқувчилар ўқишини кўчириш тартиби белгиланди. @litseyhujjat

Ўрта махсус ва касбий таълим ташкилотларининг миллий рейтингини юритиш ва рағбатлантириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Таълим сифатини таъминлаш миллий агентлиги директорининг буйруғи, 15.04.2026 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3816 @litseyhujjat

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING BUYRUG'I.
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida.
@litseyhujjat

❗️Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi hamda milliy reytingdagi Top 50 texnikumlar 1.2 mlrd so‘mgacha rag‘batlantirilishi mumkin Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3816, 15.04.2026-y.). 🏛 Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi. ✅ Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: ➖ vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar; ➖ ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar; ➖ umummilliy so‘rovnoma natijalari. 💰 Har yili 10-oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi. 📝 Bunda, har yili 30-mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi. 💸 Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi: ▪️ 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ▪️ 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish. @litseyhujjat

🏅 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi g‘olib
+1
🏅 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi g‘oliblari 🗓 Mazkur 42 ta jamoa 26-aprel kuni Toshkent shahrida musobaqaning respublika bosqichi g‘olibligi uchun kurash olib boradi. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 30-mavzu: Kitobxonlik Kimdir kitob o‘qishni shunchaki xobbi deb o‘ylaydi. Aslida esa bu – o‘z ustida ishlash, o‘zini tarbiyalash jarayonidir. Bugun kitob o‘qimagan odam ertaga boshqalarning fikri bilan yashaydi. 1-kontent: Kitobxonlar – davlatimiz e’tiborida! 2-kontent: Bahodir Karimov: “Kitob oʻqilmagan kun – yashalmagan umr” 3-kontent: Siz ularni taniysiz... 4-kontent: Yurtimizdagi eng tarixiy va eng yirik kutubxonadamiz @litseyhujjat

#Mustaqillik35 #Uzb35
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан "О подготовке и проведении широкого празднования 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан" @litseyhujjat