Akademik litsey
Open in Telegram
Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 361
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
1 361
#Qabul2026
Akademik litseylarga kirish test sinovlari materiallari (topshiriqlari) umumtaʼlim fanlari dasturlari (5 — 9 sinflar) asosida tuziladi.
Kirish test sinovlari har yili iyul oyida qoida tariqasida, kuniga ikki smenada Agentlik tomonidan test jarayonining ochiqligi va shaffofligi taʼminlangan holda quyidagi shakllarda oʻtkaziladi:
I boʻlim — tanlangan yoʻnalishga mos fanlar majmuasidagi 2 ta fan boʻyicha kirish test sinovlari; II boʻlim — intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash boʻyicha test.Kirish test sinovlarining birinchi smenasi soat 09:00 da, ikkinchi smenasi soat 15:00 da boshlanadi. @litseyhujjat
1 361
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida qaysi darajali bo'lishidan qat'iy nazar (A+, A, B+, B, C+, C) umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
@litseyhujjat
1 361
Savol:
Men ariza ayuborish vaqtida 1 ta (yoki 2 ta) akademik litseyni tanlabman xolos. Hozir bildim 3 tagacha akademik litseyni tanlashim mumkin ekan. Arizamni qanday qilib o'zgartirishim mumkin?
Javob: Ha to'g'ri. Siz ta'lim tili va yo'nalishi bir xil bo'lgan 3 tagacha akademik litseyni tanlab ariza yuborishingiz mumkin. Buning uchun arizangizni tahrirlash orqali qayta yuborasiz. Agar sizda arizangizni tahrirlash imkoniyati yopilgan bo'lsa, o'zingiz avval tanlagan 1-akademik litsey bilan bog'lanib yordam olishingiz mumkin.
Ushbu xabarni akademik litseyga ariza yuborgan do'stlaringizga yuboring.
@litseyhujjat
1 361
Гуруҳ ўқувчиларини 2 тоифага ажратган ҳолда бўлиб ўқитиш масаласида.
Қисқача айтганда, 26 нафар ўқувчини 13 тадан икки кичик гуруҳга ажратиб, уларни "билими юқори" ва "билими паст" тоифалари бўйича ўқитиш масаласи педагогикада баҳсли мавзулардан ҳисобланади.
Илмий тадқиқотлар нима дейди?
Педагогикада бу усул "ability grouping", "tracking" ёки "setting" деб аталади. Тадқиқотлар шуни кўрсатадики: Билими юқори ўқувчилар бир гуруҳда жамланганда улар учун дарс суръатини тезлаштириш, мураккаброқ топшириқлар бериш имкони пайдо бўлади. Аммо билими паст деб ажратилган гуруҳда аксарият ҳолларда ўқув натижалари кутилган даражада ошмайди. Баъзан ҳатто ўзини "кучсиз ўқувчи" деб ҳис қилиш, мотивациянинг пасайиши ва ўз-ўзига ишончнинг камайиши кузатилади. Гуруҳлар ўртасидаги фарқ вақт ўтиши билан янада катталашиши мумкин.Қайси ҳолатда фойдали бўлади? Қуйидаги шартлар бажарилса: Гуруҳлар доимий эмас, даврий қайта шакллантириб турилса. "Кучли" ва "кучсиз" деган тамғалар қўйилмаса. Ҳар бир гуруҳ учун мослаштирилган дастур ва методика бўлса. Пастроқ ўзлаштираётган ўқувчиларга қўшимча ёрдам ва ресурслар берилса. Шунда бундай ажратиш маълум даражада самара бериши мумкин. Замонавий педагогиканинг ёндашуви. Ҳозирги кунда кўплаб мутахассислар аралаш гуруҳларда (mixed-ability groups) ўқитишни афзал кўришади. Чунки:
Кучли ўқувчилар бошқаларга тушунтириш орқали ўз билимларини мустаҳкамлайди. Қийналаётган ўқувчилар кучли тенгдошларидан намуна олади. Синфда соғлом рақобат ва ҳамкорлик муҳити шаклланади.Академик лицей шароитида. Агар мақсад чуқурлаштирилган фанни юқори даражада ўқитиш бўлса, 13 тадан икки кичик гуруҳга бўлишнинг ўзи тўғри қарор ҳисобланади. Лекин гуруҳларни фақат "яхши ўқийдиганлар" ва "паст ўқийдиганлар" деб ажратиш ҳар доим ҳам илмий жиҳатдан энг мақбул ечим эмас. Кўпроқ илмий асосланган ёндашув: гуруҳларни аралаш таркибда шакллантириш; дарс ичида дифференциал топшириқлар бериш; ёки муайян мавзулар бўйича вақтинчалик даражавий гуруҳлар ташкил қилиш ҳисобланади. Шунинг учун "билими юқори" ва "билими паст" деб доимий равишда иккига ажратишни тўлиқ илмий асосланган ва энг яхши усул деб бўлмайди. Бу усулнинг ижобий томонлари бор, аммо унинг салбий таъсирлари ҳам етарлича яхши ўрганилган. Энг самарали модел одатда кичик гуруҳларда, лекин ўқувчиларни қаттиқ тамғаламасдан ва гуруҳлар таркибини вақт-вақти билан қайта кўриб чиқиб ўқитиш ҳисобланади. @litseyhujjat
1 361
⚡️ Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi
🏛 Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan bog‘liq hisoblangan 465 ta lavozimning rasmiy ro‘yxati tasdiqlandi.
🧳 Ro‘yxatdan professor, dotsent, katta oʻqituvchi, kichik oʻqituvchi, metodist, tarbiyachi, yoʻriqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar o‘rin olgan.
Pedagog xodim atamasiga umumiy ta’rif berish bilan birga, pedagogik faoliyatga oid lavozimlar ro‘yxatini alohida tasdiqlash huquqiy noaniqliklarning oldini oladi. Chunki aynan shu ro‘yxat kimlar pedagog hisoblanishi, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, pedagogik stajni belgilab beradi. Aks holda, turli tashkilotlar mazkur tushunchani turlicha talqin qilishi natijasida amaliyotda muammolar yuzaga kelishi mumkin.@litseyhujjat
1 361
#Qabul2026 #AkademikLitsey
✴️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi💬 10-iyundan 2026/2027 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
📝 Abituriyentlar tizimda ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tadilar. ➡️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yuklanganda (PDF, JPEG); ✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. *Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” orqali olish mumkin. *Eslatma: 📂 Qabul kvotasi bu yerda👈 🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 361
❗️Akademik litseylarning iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
Adliya vazirligi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur o‘zgartirishga ko‘ra, akademik litseylarning quyidagi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi:
➖ xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar g‘oliblari (1, 2 va 3-o‘rin sohiblari);
➖ oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi va (yoki) umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan kamida 2 ta sertifikatga ega bo‘lganlar;
➖ aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan o‘quvchilar.
ℹ️ Moddiy rag‘batlantirish har oyda bir o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda oylik stipendiya hamda bir yilda bir o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) olti barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan moddiy yordam ko‘rinishida amalga oshiriladi.
@litseyhujjat
1 361
❗️Qabul ochildi
#abituriyent
Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
@litseyhujjat
1 361
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING QARORI
@litseyhujjat
1 361
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
@litseyhujjat
1 361
❗️10-iyundan akademik litseylarga qabul boshlanadi
10-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🔹 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
➖ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
➖ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
@litseyhujjat
1 361
⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida. Unga ko‘ra, 69 ta akademik litseyga jami 14 898 ta kvota ajratildi. ☑️Shundan: ➡️o‘zbek tili — 12 116 ta; ➡️rus tili — 2 340 ta; ↪️qoraqalpoq tili — 442 ta; Hujjatlar 10-iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Eslatma: Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈 #Qabul2026 #AkademikLitsey
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 361
#Qabul2026 #Kvota #AkademikLitsey #IxtisoslashtirilganMaktablar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi burug‘i imzolandi.
Unga ko‘ra, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
Shuningdek, akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida joriy yil 1-iyundan 7–9 nafar a’zodan iborat tarkibda Maslahat kengashlari tashkil etiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 361
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
@litseyhujjat
1 361
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida Farmoni eʼlon qilindiFarmonga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 27-may Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, Qurbon hayitning birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni sifatida eʼlon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoni bilan quyidagilar: 🔹 ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun 2026-yilning 28-may – payshanba, 29-may – juma kunlari; 🔹 olti kunlik ishlaydigan xodimlar uchun 30-may – shanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi. @litseyhujjat
1 361
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
35-mavzu: Mening portfoliom
Hayotda eng katta boylik – bu insonning bilimi, tajribasi va ma’naviy kamolotidir. Portfolio esa ana shu boyliklarni jamlab, sizning shaxs sifatida qanday rivojlanayotganingizni ko‘rsatib turadigan muhim vositadir.
1-kontent: Har bir yoshning oʻz yoʻli bor
2-kontent: Alpomish Mahmudov: “Portfolioni shakllantirishga oid 3 tavsiya”
3-kontent: “Tabassum” inklyuziv ustaxonasidamiz
4-kontent: Xorijda oʻqish boʻyicha eng koʻp beriladigan savollarga Gulnoza Ismoilovadan javoblar
5-kontent: Dunyodagi va Oʻzbekistondagi top universitetlar bilan tanishing
@litseyhujjat
1 361
❗️O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi
✅ 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
ℹ️ Asos: 2025-yil 24-dekabrda qabul qilingan PF-257-sonli Prezident farmoni.
@litseyhujjat
1 361
✴️Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi📣 Test sinovlari test.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. ⏳ Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — soat 08:30 2️⃣-smena — soat 10:30 3️⃣-smena — soat 12:30 4️⃣-smena — soat 14:30 5️⃣-smena — soat 16:30 boshlanadi. 📥 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur: 🟢pasport yoki ID-karta; 🟢pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi). 💠Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin. ❗Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi. ⛳Test sinovlari oʻtkaziladigan joy 👉🏻 manzillari. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 361
⚡️Pedagoglarning farzandlariga kontrakt summasi uchun 30 foiz chegirma berilishi mumkin
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etish to’g’risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo’yildi.
Loyihaga ovoz berish 👉 https://regulation.adliya.uz/project/9610/29509?contentLang=uz
@litseyhujjat
1 361
📣 Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga!
❗Kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litsey pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinovlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.♻️ Mazkur spetsifikatsiyalar bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglar: ✔️test topshiriqlari yo‘nalishi bilan tanishish, ✔️baholash mezonlarini o‘rganish, ✔️mavzular kesimida puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. 📝Ushbu hujjatlar attestatsiya jarayoniga yanada aniq va ishonchli tayyorlanishda muhim manba vazifasini bajaradi. 📎Spetsifikatsiyalar bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://gov.uz/oz/edu/news/view/162289 #attestatsiya #spetsifikatsiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
