en
Feedback
Akademik litsey

Akademik litsey

Open in Telegram

Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 361
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi.
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida.
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom.
@litseyhujjat

Savol: Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari qachon e'lon qilinadi?
Javob: Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng (joriy yilda 25-iyul kuni to‘liq yakunlanadi) besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Natijalar akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga ilib qoʻyiladi. @litseyhujjat

Faqatgina o‘z bilimingizga ishoning.
Shundagina hammasi Siz orzu qilgandek bo‘ladi.
@litseyhujjat

24-25 iyul kunlari o‘tkaziladigan akademik litseylarga kirish test sinovlarida barcha abituriyentlarga omad yor bo‘lsin! @lit
24-25 iyul kunlari o‘tkaziladigan akademik litseylarga kirish test sinovlarida barcha abituriyentlarga omad yor bo‘lsin! @litseyhujjat

DIQQAT ESLATMA!!! Ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga ruxsatnomada ko'rsatilgan vaqtdan kechikmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi
+2
DIQQAT ESLATMA!!! Ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga ruxsatnomada ko'rsatilgan vaqtdan kechikmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning asli (ID karta YOKI tug'ilganlik haqida guvohnoma) va test sinovida ishtirok etish uchun qog'ozga chop etilgan ruxsatnoma bilan yetib boring. ❌❌❌Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasi yoki rasmi bilan test sinovida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 🖊Ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi. 🤵🏻O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Test topshirish manzilingiz geolokatsiyasini ruxsatnomangizning pastki qismidagi shtrix kodni skaner qilish orqali bilishingiz mumkin. @litseyhujjat

#Imtihon Quyidagi hollarda abituriyent kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga aso
#Imtihon Quyidagi hollarda abituriyent kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi: ❌kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan kirish test sinovlari davomida foydalansa; ❌test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, ularga yordam bersa yoki ulardan yordam so‘rasa; ❌kirish test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa; ❌test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa; ❌kirish test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa. @litseyhujjat

Вы можете узнать геолокацию места сдачи теста, отсканировав штрихкод в нижней части вашего разрешения. @litseyhujjat
Вы можете узнать геолокацию места сдачи теста, отсканировав штрихкод в нижней части вашего разрешения. @litseyhujjat

Test topshirish manzilingiz geolokatsiyasini ruxsatnomangizning pastki qismidagi shtrix kodni skaner qilish orqali bilishingi
Test topshirish manzilingiz geolokatsiyasini ruxsatnomangizning pastki qismidagi shtrix kodni skaner qilish orqali bilishingiz mumkin. @litseyhujjat

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga! Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. ❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. @litseyhujjat

14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) 2026-2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Akademik litseylarga kirish test sinovlari davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari yakunlach o'tkaziladi.
Ruxsatnomalarni yuklab olish mumkinligi va test sinovlari sanasi to‘g‘risida rasmiy axborotlar e'lon qilinsa, albatta kanalimiz orqali sizlarga yetkazamiz. @litseyhujjat

❗️Akademik litseylarga qabul yakunlandi: 49 129 ta ariza kelib tushdi Joriy yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar davom etgan
+1
❗️Akademik litseylarga qabul yakunlandi: 49 129 ta ariza kelib tushdi Joriy yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar davom etgan akademik litseylarga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu qabul mavsumida respublika bo‘yicha jami 49 ming 129 ta ariza kelib tushdi va ro‘yxatga olindi. 📝 Hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali qabul qilingan barcha talabgorlar uchun shaxsiy kabinetda “Ariza qayd varaqasi” avtomatik ravishda shakllantirildi. 📋 Ushbu qayd varaqasi faqat ma’lumot uchun bo‘lib, kirish imtihonlarida ishtirok etish huquqini bermaydi. ℹ️ Hoziroq my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring, ma’lumotlaringizni tekshiring va “Ariza qayd varaqasi”ni yuklab oling. @litseyhujjat

O‘tgan yili ☝️
Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va ruxsatnomalar 2025-yilning 19-iyul kuni e'lon qilinib, 2025-yilning 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududlarida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazilgan edi.
Joriy yilda ruxsatnomalarni yuklab olish va test sinovlari sanasi to‘g‘risida rasmiy axborotlar e'lon qilinsa, albatta ijtimoiy tarmoqlar orqali sizlarga yetkazamiz.
@litseyhujjat

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid statistik ma'lumotlar
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. ✅ Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. ✅ Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. ✅ Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. ✅ Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga; ✅ 10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi. ✅ Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. ✅ Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. ✅ Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi. ✅ Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi. ©️ Bilim va malakani baholash agentligi @litseyhujjat

DIQQAT‼️ Bugun akademik litseylarga qabulning oxirgi kuni. 🗓 Akademik litseylarga umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat topshirish jarayonlari bugun yakunlanadi. Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati – 1️⃣0️⃣ -iyul (bugun ham). ⚠️ Maʼlumot uchun:  Akademik litseylarga 2026/2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. litseyhujjat

📢 Bugundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash tartibi o‘zgardi Bugungi kundan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) nafaqalarini tayinlashning yangi tartibi amal qiladi. Avvallari ushbu jarayonning asosiy qismi ish beruvchi tomonidan amalga oshirilardi. Endilikda esa davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi asosida nafaqalarni tayinlash va to‘lashning yangi, raqamlashtirilgan mexanizmi joriy etildi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan. Yangi tartibning eng muhim yangiliklari:1. Nafaqa proaktiv tarzda tayinlanadi Endi fuqarodan alohida ariza talab qilinmaydi. Zarur ma'lumotlar axborot tizimlari orqali avtomatik almashiladi va nafaqa proaktiv shaklda tayinlanadi. ✅ 2. To‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroning kartasiga o‘tkaziladi Nafaqa ish beruvchi orqali emas, balki Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan jalb qilingan tijorat banki orqali fuqaroning ijtimoiy yoki bank kartasiga o‘tkaziladi. ✅ 3. Barcha jarayon elektron shaklda amalga oshiriladi Mehnatga layoqatsizlik varaqasi, sug‘urta staji, ish joyi va boshqa zarur ma'lumotlar axborot tizimlari orqali tekshiriladi. Bu inson omilini kamaytirish va hisob-kitoblarni tezlashtirishga xizmat qiladi. ✅ 4. Fuqarolar SMS orqali xabardor qilinadi Nafaqani tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq jarayonlar haqida sug‘urtalangan shaxslarga bepul SMS xabarlari yuboriladi. ✅ 5. Texnik nosozliklar ham inobatga olingan Agar axborot tizimlarida texnik uzilishlar yoki ma'lumot almashinuvida nosozlik yuzaga kelsa, nafaqani tayinlash va to‘lash muddatlari ushbu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar uzaytirilishi mumkin. Yangi tartibning asosiy maqsadi — mehnatga layoqatsizlik va homiladorlik hamda tug‘ish nafaqalarini tayinlash jarayonini raqamlashtirish, fuqarolarning ortiqcha murojaatlarini kamaytirish, inson omilini qisqartirish va to‘lovlarni tezkor hamda shaffof amalga oshirishdan iborat. Mazkur o‘zgarishlar davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini zamonaviy elektron boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi. @litseyhujjat

⚡️Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi 2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi. Natijalar quyidagicha taqsimlandi: ➖ 4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi; ➖ 3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi; ➖ 351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topildi. Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.
📋 Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida): ▪️Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati; ▪️Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati; ▪️Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati; ▪️Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati; ▪️Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati; ▪️Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.
Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. @litseyhujjat

⚡️Rasman: Ertaga qabul jarayonlari yakunlanadi! Ertaga 25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. @litseyhujjat

❗️Xorijiy tillar va umum ta'lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxatini 2026-yil iyul oyidagi o'zgartirishlar bilan keltirilgan. 🗞 Sertifikat olgan va olmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'yamiz! @litseyhujjat

Akademik litsey va texnikumlar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga taqdim etilgan. Qaror bilan:
- Texnikumlarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (Phd), fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash shartlari — direktor oliy taʼlim tashkilotining dekaniga, direktor oʻrinbosari dekan oʻrinbosariga, boʻlim boshligʻi, oʻqituvchi, katta usta va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy taʼlim tashkiloti katta oʻqituvchisi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga; - Akademik litsey direktori va direktor oʻrinbosarlarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori va direktor oʻrinbosarlarining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Shuningdek loyihadan:
- Akademik litsey va texnikumlar oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va boshqa toifadagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari; - Texnikumlar rahbar va boshqa toifadagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari; - Akademik litseylar rahbar va boshqa lavozimdagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari; - Texnikumlar texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa toifadagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari; - Akademik litseylar texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimdagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari; - Akademik litsey va texnikumlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom; - Texnikumlarning Ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom; - Akademik litseylar Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom o'rin egallagan.
🔔 Taklif va fikrlaringiz muhim! Ushbu loyiha bo‘yicha o‘z mulohazalaringizni bildirish orqali ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishingiz mumkin. Muhokama 23.06.2026-yilgacha davom etadi. Loyiha matni 👉🏻 bu yerda @litseyhujjat

#Qabul2026 Akademik litseyga kirish test topshiriqlari kitobi 60 ta savolni oʻz ichiga oladi. Bunda abituriyentlarning tegish
#Qabul2026 Akademik litseyga kirish test topshiriqlari kitobi 60 ta savolni oʻz ichiga oladi. Bunda abituriyentlarning tegishli fanlar boʻyicha bilimlarini aniqlash yuzasidan test topshiriqlari 2 ta umumtaʼlim fanlaridan jami 40 tani, intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash boʻyicha 20 tani tashkil etadi.
Abituriyentlarga test topshiriqlarini bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birgalikda jami 60 ta savolga 120 daqiqa vaqt meʼyori belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilari yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan taʼminlanadi. @litseyhujjat