Akademik litsey
Open in Telegram
Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 371
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
1 366
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish.
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari bundan mustasno) akademik litseylarga suhbat natijasiga koʻra qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻqishga akademik litsey tomonidan qabul qilinadi.
@litseyhujjat
1 366
Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish.
Imtihonlarning yakuniy natijalari qaydnomasida oʻqishga qabul qilingan, lekin oʻz xohishiga koʻra oʻqish istagini bildirmagan oʻquvchilar oʻrniga kirish test sinovlaridan yetarli ball toʻplay olmagan, oʻqishga tavsiya etilmagan oʻquvchilar hisobidan oʻqitish tili va toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul parametrlarida belgilangan oʻrinlar toʻldirilishi mumkin.
Taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha qabul parametrlarining toʻliq bajarilishi, shakllanmagan guruhlarning qayta taqsimlanishi tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarning taklifiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar toʻgʻrisida akademik litsey direktorining tegishli buyrugʻi yakuniy natijalar eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida rasmiylashtiriladi.
Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarni umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi oʻquvchilar safidan chiqarish uchun akademik litsey tomonidan oʻquvchi tahsil olgan umumiy oʻrta taʼlim maktabiga maʼlumotnoma yuboriladi.
Imtihonlar yakuniy natijalariga koʻra akademik litseylarga oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlar oʻzlari oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqishni davom ettiradi.
@litseyhujjat
1 366
Давлат таълим муассасалари, нодавлат таълим ташкилотлари ва хорижий давлатлар таълим ташкилотлари филиалларининг хавфсизлигини таъминлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида Ҳукумат қарори қабул қилинди.
@litseyhujjat
1 366
🎓 Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga tavsiyalar
Hurmatli o‘quvchilar!
Sizni akademik litseyimizga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Akademik litseyda tahsil olish katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigidir.Quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim ahamiyatga ega. 📌 1. ID-karta oling 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar imkon qadar tezroq ID-karta rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi. Bu: - milliy va xalqaro sertifikat imtihonlarida ro‘yxatdan o‘tish; - oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish; - turli tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun zarur hisoblanadi. 📌 2. Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlaning - o‘qishni birinchi kundan boshlab maqsadli tashkil qiling. Quyidagi sertifikatlarni olishga intiling: - chet tillari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar (CEFR, IELTS, TOEFL va boshqalar); - kimyo, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikatlar. Sertifikatlar oliy ta’limga kirishda muhim ustunlik beradi. 📌 3. Dars qoldirmang Akademik litseyda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bir kunlik darsni qoldirish ham mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Darslarga o‘z vaqtida keling. Sababsiz dars qoldirmang. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajaring. 📌 4. Maktabda o‘tilgan mavzularni takrorlang 9-sinfda o‘rganilgan: matematika; ona tili va adabiyot; tarix; biologiya; kimyo; fizika; geografiya; xorijiy til va boshqa fanlar bo‘yicha asosiy mavzularni takrorlab chiqing. Bu yangi o‘quv yiliga moslashishni ancha osonlashtiradi. 📌 5. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering Yuqori natijalarga erishish uchun sog‘lom bo‘lish juda muhim. - kuniga kamida 7–8 soat uxlang; - sog‘lom ovqatlaning; - sport bilan muntazam shug‘ullaning; - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling; - kasallik alomatlari bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 📌 6. Akademik litseydagi yuqori yuklamaga tayyor bo‘ling Akademik litseyda o‘quv yuklamasi umumta’lim maktabiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun: - kun tartibini tuzing; - har kuni mustaqil tayyorgarlik ko‘ring; - vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring; - qiyinchilik tug‘ilganda ustozlardan maslahat so‘rashdan tortinmang. 📌 7. Ichki tartib-qoidalarga rioya qiling - Akademik litsey Ustaviga amal qiling. - Pedagoglar va tengdoshlaringizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling. - Dars jarayonida mobil telefon va boshqa chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmang. - Litsey mulkini asrang. 📌 8. Kitob mutolaasini odat qiling Har kuni kamida 20–30 daqiqa kitob o‘qishga odatlaning. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tafakkur, nutq madaniyati va dunyoqarashingizni rivojlantiradi. 📌 9. To‘garak va tanlovlarda faol ishtirok eting fan to‘garaklari; "Zakovat" intellektual o‘yinlari; sport musobaqalari; fan olimpiadalari; turli ko‘rik-tanlovlar sizning bilim va qobiliyatingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📌 10. Raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaning Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan faqat zarur maqsadlarda foydalaning. O‘qishga xalaqit beradigan ortiqcha vaqt sarflashdan saqlaning. 📌 11. Yaxshi do‘stlar orttiring Sizni ilmga, kitobxonlikka va ezgu ishlarga undaydigan tengdoshlar bilan do‘st bo‘ling. Yaxshi muhit muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. 📌 12. Katta maqsadlar qo‘ying Akademik litsey — oliy ta’lim sari muhim bosqich. Bugundan boshlab: qaysi kasbni egallashni istashingizni aniqlang; tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha chuqur tayyorgarlik ko‘ring; har kuni o‘zingizni rivojlantirishga intiling. Aziz o‘quvchilar!
Akademik litseydagi har bir kuningiz bilim, izlanish va yangi yutuqlar sari qo‘yilgan qadam bo‘lsin. Intizom, mehnatsevarlik va qat’iyat sizni ulkan marralarga olib chiqadi.Sizga mustahkam sog‘liq, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟 @litseyhujjat
1 366
🎓 Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga tavsiyalar
Hurmatli o‘quvchilar!
Sizni akademik litseyimizga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Akademik litseyda tahsil olish katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigidir.Quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim ahamiyatga ega. 📌 1. ID-karta oling 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar imkon qadar tezroq ID-karta rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi. Bu: - milliy va xalqaro sertifikat imtihonlarida ro‘yxatdan o‘tish; - oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish; - turli tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun zarur hisoblanadi. 📌 2. Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlaning - o‘qishni birinchi kundan boshlab maqsadli tashkil qiling. Quyidagi sertifikatlarni olishga intiling: - chet tillari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar (CEFR, IELTS, TOEFL va boshqalar); - kimyo, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikatlar. Sertifikatlar oliy ta’limga kirishda muhim ustunlik beradi. 📌 3. Dars qoldirmang Akademik litseyda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bir kunlik darsni qoldirish ham mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Darslarga o‘z vaqtida keling. Sababsiz dars qoldirmang. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajaring. 📌 4. Maktabda o‘tilgan mavzularni takrorlang 9-sinfda o‘rganilgan: matematika; ona tili va adabiyot; tarix; biologiya; kimyo; fizika; geografiya; xorijiy til va boshqa fanlar bo‘yicha asosiy mavzularni takrorlab chiqing. Bu yangi o‘quv yiliga moslashishni ancha osonlashtiradi. 📌 5. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering Yuqori natijalarga erishish uchun sog‘lom bo‘lish juda muhim. - kuniga kamida 7–8 soat uxlang; - sog‘lom ovqatlaning; - sport bilan muntazam shug‘ullaning; - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling; - kasallik alomatlari bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 📌 6. Akademik litseydagi yuqori yuklamaga tayyor bo‘ling Akademik litseyda o‘quv yuklamasi umumta’lim maktabiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun: - kun tartibini tuzing; - har kuni mustaqil tayyorgarlik ko‘ring; - vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring; - qiyinchilik tug‘ilganda ustozlardan maslahat so‘rashdan tortinmang. 📌 7. Ichki tartib-qoidalarga rioya qiling - Akademik litsey Ustaviga amal qiling. - Pedagoglar va tengdoshlaringizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling. - Dars jarayonida mobil telefon va boshqa chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmang. - Litsey mulkini asrang. 📌 8. Kitob mutolaasini odat qiling Har kuni kamida 20–30 daqiqa kitob o‘qishga odatlaning. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tafakkur, nutq madaniyati va dunyoqarashingizni rivojlantiradi. 📌 9. To‘garak va tanlovlarda faol ishtirok eting fan to‘garaklari; "Zakovat" intellektual o‘yinlari; sport musobaqalari; fan olimpiadalari; turli ko‘rik-tanlovlar sizning bilim va qobiliyatingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📌 10. Raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaning Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan faqat zarur maqsadlarda foydalaning. O‘qishga xalaqit beradigan ortiqcha vaqt sarflashdan saqlaning. 📌 11. Yaxshi do‘stlar orttiring Sizni ilmga, kitobxonlikka va ezgu ishlarga undaydigan tengdoshlar bilan do‘st bo‘ling. Yaxshi muhit muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. 📌 12. Katta maqsad qo‘ying Akademik litsey — oliy ta’lim sari muhim bosqich. Bugundan boshlab: qaysi kasbni egallashni istashingizni aniqlang; tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha chuqur tayyorgarlik ko‘ring; har kuni o‘zingizni rivojlantirishga intiling. Aziz o‘quvchilar! Akademik litseydagi har bir kuningiz bilim, izlanish va yangi yutuqlar sari qo‘yilgan qadam bo‘lsin. Intizom, mehnatsevarlik va qat’iyat sizni ulkan marralarga olib chiqadi. Sizga mustahkam sog‘liq, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟
1 366
Mandat 2026/2027-o'quv yili. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International Business” akademik litseyiga qabul uchun o'tkazilgan imtihon natijalari.
@litseyhujjat
1 366
Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi.
Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:
➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Agarda bitta yo‘nalish bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy bali teng bo‘lib qolsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.
@litseyhujjat
1 366
#nandat
Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari e'lon qilinmoqda.
✅ Natijangizni my.edu.uz portali orqali shaxsiy kabinetingizdan bilib olishingiz mumkin.@litseyhujjat
1 366
❗️Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra:
🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi.
🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Agentlikning rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi.
@litseyhujjat
1 366
Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari bugun e'lon qilinishi kutilmoqda.
✅ Natijalarni my.edu.uz portali orqali shaxsiy kabinetingizda kuzatib boring.@litseyhujjat
1 366
📢 Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari!
Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalarini sabrsizlik bilan kutayotganingizni juda yaxshi tushunamiz.
🤝 Eng avvalo, xotirjam bo‘ling. Natijalar belgilangan tartibda barcha test sinovlari yakunlangach e'lon qilinadi. Amaldagi tartibga ko‘ra, natijalar odatda test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 5 kun ichida e'lon qilinadi.
Shu vaqt ichida quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
✅ O‘zingizni ortiqcha xavotirga solmang. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz xabarlarga emas, faqat rasmiy manbalarga ishoning. ✅ Natijalarni my.edu.uz portali orqali shaxsiy kabinetingizda kuzatib boring. ✅ Mehnatingizni qadrlang — natija qanday bo‘lishidan qat'i nazar, bu sizning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim tajribadir. ✅ Ota-onangiz va ustozlaringiz bilan birga xotirjamlikni saqlang.🌟 Esda tuting, bitta imtihon insonning kelajagini to‘liq belgilab bermaydi. Muvaffaqiyat doimiy izlanish, mehnat va qat'iyat bilan qo‘lga kiritiladi. Barchangizga omad va yuqori natijalar tilaymiz! @litseyhujjat
1 366
❗️B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi
📄Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandiga yangi norma kiritilishi taklif etilmoqda.
📌Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
📑Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.
Loyiha 2026-yil 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.
@litseyhujjat
