Akademik litsey
Open in Telegram
Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 371
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
1 371
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
2-mavzu: Mening oilam - Vatanimning bir bo‘lagi mavzusida muhokama.1-kontent: O'zbek kelayotir 2-kontent: Amir Temur @litseyhujjat
1 371
❗️O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari oshirilishi haqida batafsil ma’lumot
Prezidentning PF-115-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖ budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi;
❓OTT huzuridagi akademik litsey pedagoglari maoshi qancha?
2026-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy tarif stavkalari quyidagicha belgilandi:
➖ Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m;
➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m;
➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m;
➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m;
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m.
ℹ️ Ustama: Akademik litseylar o‘qituvchilariga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun 20 foiz ustama to‘lanadi.
❓Qachondan hisoblanadi?
Yangi stavkalar rasman 2026-yil 1-sentabrdan boshlab hisob-kitob qilinadi.
@litseyhujjat
1 371
Maktabda ko‘p narsa sinf rahbari tomonidan eslatib turilgan bo‘lishi mumkin, akademik litseyda esa o‘quvchidan mustaqillik, tashabbuskorlik va shaxsiy mas’uliyat talab etiladi.
📚 AKADEMIK LITSEY O‘QUVChISI — MUSTAQIL O‘QUVCHI
Maktabdan akademik litseyga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga tavsiyalar
Akademik litsey — maktabning davomi, ammo o‘qish va ta’limga munosabat nuqtai nazaridan yangi bosqich.
Bu yerda o‘quvchidan har bir ishni guruh rahbari yoki o‘qituvchi eslatib turishini kutish emas, balki o‘z o‘qishi uchun shaxsan mas’ul bo‘lish talab etiladi.
1. «Menga aytishlari kerak» emas, «Men bilishim kerak»
Guruh rahbari:
❌ har kuni vazifani eslatib turishi;
❌ har bir tadbir va tanlov haqida alohida chaqirib aytishi;
❌ qaysi xonaga borishni doimo ko‘rsatib berishi;
❌ qaysi kitobni o‘qish kerakligini har safar tayyorlab berishi;
❌ har bir ishni qadamma-qadam nazorat qilishi shart emas.
O‘quvchining o‘zi axborotni izlashi, tushunishi va qaror qabul qilishi kerak.
2. Darsda berilgan bilim bilan cheklanib qolmang
Akademik litsey o‘quvchisi:
📖 darslikdan tashqari qo‘shimcha adabiyot o‘qiydi;
🔎 tushunmagan mavzusini mustaqil izlaydi;
💻 elektron ta’lim resurslaridan foydalanadi;
📝 konspekt va shaxsiy qaydlar yuritadi;
❓ o‘zida savollar shakllantiradi;
🧠 javobni tayyor holda kutish o‘rniga uni topishga harakat qiladi.
«O‘qituvchi aytmadi» — mustaqil o‘qish uchun bahona emas.
3. Vaqtingizni o‘zingiz rejalashtiring
Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy kunlik va haftalik rejasiga ega bo‘lishi kerak.
Masalan:
1–2 soat — uy vazifalari;
30–60 daqiqa — qo‘shimcha o‘qish;
30 daqiqa — chet tili;
haftasiga bir necha marta — fan bo‘yicha test va masalalar;
bo‘sh vaqt — sport, dam olish va shaxsiy qiziqishlar.
Guruh rahbari sizga har kuni «Bugun nima qilishing kerak?» deb aytib turmasligi kerak.
4. Tanlov va olimpiadalarni o‘zingiz izlang
Akademik litseyda:
🏆 fan olimpiadalari;
🧩 intellektual tanlovlar;
📚 kitobxonlik musobaqalari;
🔬 ilmiy loyihalar;
🌐 xalqaro va respublika tanlovlari
kabi imkoniyatlar mavjud.
«Meni tanlashmadi» deb kutib o‘tirmang.
Qaysi tanlov borligini biling, talablarini o‘rganing va o‘zingiz ishtirok etish istagini bildiring.
5. O‘qituvchidan yordam so‘rash — to‘g‘ri, lekin...
Muammoni o‘qituvchiga tayyor holda tashlab qo‘yish emas, avvalo o‘zingiz yechim izlab ko‘ring.
❌ «Ustoz, buni qilib bering».
Yaxshiroq yondashuv:
✅ «Ustoz, men shu usulda yechib ko‘rdim, lekin mana shu joyida qiynaldim. Qaysi tomondan davom etsam bo‘ladi?»
Bu — mustaqil fikrlash belgisi.
6. Ota-ona hamma ishni farzandi o‘rniga bajarmasligi kerak
Ota-onalarga alohida tavsiya:
Farzandingiz uchun ishni qilib berish emas, ishni qanday mustaqil bajarishni o‘rgatish muhim.
Masalan:
❌ «Ustozga o‘zim yozib qo‘yaman».
❌ «Guruh rahbaridan o‘zim so‘rayman».
❌ «Vazifasini o‘zim tekshirib qo‘yaman».
❌ «Qaysi tanlov borligini o‘zim topib beraman».
O‘rniga:
✅ «O‘zing so‘rab ko‘r».
✅ «O‘zing ma’lumotini top».
✅ «Avvalo o‘zing yechib ko‘r».
✅ «Rejangni o‘zing tuz».
✅ «Nima uchun bunday qaror qilganingni tushuntir».
7. O‘zingizga har kuni 5 ta savol bering
Kun oxirida:
1. Bugun nimani o‘rgandim?
2. Nimani tushunmadim?
3. Tushunmagan narsamni qaerdan izlayman?
4. Ertaga nima qilishim kerak?
5. O‘z maqsadim uchun bugun qanday qadam qo‘ydim?
Shu odatning o‘zi o‘quvchini asta-sekin mustaqil ta’lim oluvchiga aylantiradi.
🎯 O‘quvchi yodda tutsin:
Maktabda sizni ko‘proq boshqarishadi.
Akademik litseyda esa o‘zingizni boshqarishni o‘rganasiz.
Guruh rahbari — siz uchun hamma ishni bajaradigan shaxs emas.
O‘qituvchi — tayyor javob beruvchi emas.
Ota-ona — har bir muammoni siz o‘rningizga hal qiluvchi emas.
Siz — o‘z ta’limingiz uchun mas’ul shaxssiz.
Akademik litseyda yaxshi natijaga erishishning muhim formulasi:
Maqsad → Reja → Mustaqil izlanish → Amaliyot → Xato → Tahlil → Yana harakat → Natija.
1 371
⚡️Ertaga 2-sentyabr sanasidan akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanadi.
@litseyhujjat
1 371
Akademik litseyning 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich o‘quvchilari va ularning ota-onalariga birinchi o‘qish kuni oldidan beriladigan tavsiyalar.
Hurmatli o‘quvchilar!
Akademik litseydagi dastlabki kunlaringiz yangi muhit, yangi ustozlar va yangi do‘stlar bilan tanishish davri hisoblanadi. O‘qishni muvaffaqiyatli boshlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
⏰ Darsga kechikmang. Litseyga belgilangan vaqtdan 10–15 daqiqa oldin kelishga odatlaning.
📖 Dars jadvali va auditoriyalarni oldindan bilib oling.
🎒 Dars uchun zarur kitob, daftar va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘ying.
👨🏫 O‘qituvchilar va litsey xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo‘ling.
🤝 Guruhdoshlaringiz bilan xushmuomala va do‘stona munosabat o‘rnating.
🚫 Janjal, haqorat, masxara qilish va bullingga yo‘l qo‘ymang.
📱 Mobil telefondan foydalanishda litseyning ichki tartib-qoidalariga rioya qiling.
🥤 Ertalab nonushta qilib, o‘zingiz bilan yetarli miqdorda suv olib keling.
🩺 Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, bu haqda darhol guruh rahbari yoki tibbiy xodimga xabar bering.
🚶 Litsey hududi, zinapoya va yo‘laklarda xavfsizlik qoidalariga amal qiling.
🔥 Yong‘in va boshqa favqulodda holatlarda evakuatsiya qoidalariga qat’iy rioya qiling.
🎯 Eng muhimi — o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying va har kuni bilim olishga harakat qiling.
Ҳурматли ота-оналар!
Фарзандингизнинг академик лицейдаги биринчи кунлари унинг кейинги таълим жараёнига мослашувида муҳим аҳамиятга эга. Шу сабабли:
🌅 Фарзандингизни эрталаб вақтида уйғотиб, нонушта қилиб лицейга кузатинг.
⏰ Биринчи кунларда унинг лицейга кечикмасдан келишини назорат қилинг.
🎒 Керакли ўқув қуроллари ва ҳужжатларини кечқурундан тайёрлаб қўйишга ўргатинг.
❤️ Фарзандингизга «Қийналсанг, биз сенга ёрдам берамиз» деган ишончни беринг.
❗️ Биринчи кунларда уни бошқа ўқувчилар билан солиштирманг ва ортиқча талаб билан босим қилманг.
🗣 Ҳар куни фарзандингиз билан лицейдаги куни ҳақида самимий суҳбатлашиб туринг.
👨🏫 Фарзандингизда муаммо пайдо бўлса, аввало гуруҳ раҳбари билан ҳамкорлик қилинг.
📵 Телефондан фойдаланиш, уйқу ва дам олиш вақтини тартибга солишга ёрдам беринг.
📚 Фарзандингизнинг мустақил равишда дарс тайёрлаш одатини шакллантиринг.
🥗 Соғлом овқатланиш, етарли уйқу ва кун тартибига эътибор беринг.
🧠 Фарзандингизда кучли хавотир, қўрқув ёки янги муҳитга мослашишда қийинчилик сезилса, гуруҳ раҳбари ва психолог билан маслаҳатлашинг.
🤝 Лицейнинг педагогик жамоаси билан доимий ҳамкорликда бўлинг.
Фарзандларингизга янги ўқув йилида улкан зафарлар тилаймиз! 📚🎓🌟
1 371
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
1-mavzu: Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!1-kontent: Navbat bizniki! 2-kontent: Islom sivilizatsiyasi markazi @litseyhujjat
1 371
⚡️Rasman: Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olinadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli:
🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi:
29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram;🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: @litseyhujjat
30-avgust
– (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram.
1 371
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1 371
⚡️Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi).
🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1 371
#DIQQAT
1 sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar oshiriladi.
O‘zbekistonda 2026 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
Shu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilanadi.
@litseyhujjat
1 371
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
@litseyhujjat
1 371
📚 Akademik litseyga tayyormisiz?
Yangi oʻquv yili yaqinlashmoqda, bu esa bilimlar dunyosiga shoʻngʻish vaqti kelganini anglatadi. Akademik litsey dasturi ancha jiddiy va koʻp mehnat talab qiladi, shuning uchun tayyorgarlik ham shunga yarasha boʻlishi kerak.
🎒 Katta va mustahkam sumka: Barcha qalin darsliklar va o'quv qurollaringiz sig'adigan, yelkaga og'irlik tushirmaydigan qulay ryukzak tanlang.
📖 Ko'p varoqli daftarlar: Ma'ruzalar va konspektlar uchun 96 varoqli sifatli daftarlar — bu litseyda eng kerakli narsa. Barcha fanlar uchun alohida daftaringiz boʻlsin.
🖊 Sifatli kantselyariya: Yaxshi yozadigan ruchkalar, rangli markerlar va oʻchirgʻichlar oʻqish jarayonini osonlashtiradi.
Oʻqishni professional darajada boshlang! 💡
@litseyhujjat
1 371
‼️MANDAT CHIQDI
#abituriyent
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
1 371
Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli:
🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi:
29-avgust – (shanba) dam olish kuni;
30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni;
31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni;
1-sentabr – (seshanba) bayram;
🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi:
30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni;
31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni;
1-sentabr – (seshanba) bayram.
@litseyhujjat
1 371
🔄 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi
❇️ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.
❎ Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.
❗️Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.
@litseyhujjat
