E-note
Open in Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
475
Subscribers
-124 hours
-47 days
+4430 days
Posts Archive
475
Sun'iy ozuqada katta bo'lgan bolalar ona sutida katta bo'lgan bolalarga nisbatan ko'proq kasalliklarga uchraydi
475
Baxt nimadan iborat?
Orzu-havasdanmi, boylikdanmi yoki xursandchilikdan?
Shukur qila olish, kichik narsadan quvonish emasmi baxt
Bugungi kunidan baxtli bo’lish esa qoida edi. Unutdik yana, unutdim yana.
475
O’ylaganimiz haqiqat bo’lavermaydi.
Shubhaga o’rin qoldirayotgan odamlar esa holatlarini o’nglasinlar.
475
Ojizmiz. Hissiyotlarni boshqara olmas darajada.
Muammo qachon va qayerdan kelib chiqadi o’zi?
Allohdan uzoqlashganda. “Man”, “o’zim” jumlalari ko’p qaytarilganda.
Yoki boshqa banda Allohdan ustun qo’yilganda.
475
Xatokormiz, gunohlarimiz ko’p, isyon qilamiz. Biroq hech kim qolmagan paytda ham Alloh biz bilan. Jon tomirimizdan ham yaqini U.
Shu oddiy haqiqatni unutamiz.
475
Alloh bandasiga zulm qilmaydi. Sinov bersa, unga yarasha sabr beradi.
Aslida sinov deb o’ylaganimiz ham - biz uchun xayrli. Biz bilmaymiz, xolos.
475
Falastin keysida bitta qonuniyat bor: ular boshidan kechirayotgan dardlarining o’xshashi yo’q
475
Ilk marta ona bo’lgan ayolni qo’llab-quvvatlash, yordam berish muhim. O’zini ruhan tiklab olishi va ko’nikishi uchun.
U ham birinchi marta farzandli bo’lishi. U ham qayerda xato qilayotganini bilmaydi. Ayblamang, urishmang, tushuning va qo’lingizdan kelsa yordam bering.
Hech qaysi ona bolasiga yomonlik tilamaydi.
475
Onalik bu mas’uliyat. Katta mas’uliyat, masshtabi keng.
Onasiz - doim xavotirda bo’lasiz, to’g’ri qilyapmanmi, bolaga zarar yetmaydimi. Bu metod to’g’rimi yoki unisi, qanday yaxshiroq parvarish qilsam bo’ladi
Onasiz - miyangiz 24/7 bolangiz haqida o’ylash bilan band. Uxlayapti, boshi qiyshayib qolmadimi. O’ynab yotibdi, zerikmadimi, qorni ochmadimi, ekranga qarab qolmadimi. Emizyapsiz, to’g’ri ovqatlanyaptimi, havo ketib qolmadimi, ko’p yutvormadimi. Ko’chaga olib chiqdiz, sovuq emasmi, isib ketmadimi, ustiga yopish kerakmi, yig’lab qolmasmikan.
Onasiz - o’zingizni tarbiyalaysiz. Chunki farzand sizda ko’rganini takrorlaydi.
Onasiz - o’zingizni ayblaysiz. Bir kecha uxlamasam nima bo’libdi, bolalik yillari tezda o’tib ketadiku…
Onasiz - doim xavotirdasiz.
Onasiz - doim hayajondasiz.
Shu yo’lda 2 oy davomida manga yordam bergan narsa - onalik ilmi va Allohga tavakkal qilish.
475
Yaxshi ota-ona har doim hamma narsani zo’r qiladigan ota-ona emas.
Yaxshi ota-ona noto’g’ri qilgan ishini tushunib yetganida tuzatib qo’yadigan va tan oladigan ota-ona.
475
Ekranning bola rivojlanishida zararlari
Man faqat ko’z nuri va diqqat yetishmovchiligida deb o’ylar edim. Undan tashqari ham zararlari bor ekan.
475
Emotsional intellekt muhimligini farzandli bo’lgach ko’proq tushundim.
Alloh tavfiq bersin, yo’limizni oson va xayrli qilsin.
475
Kunimiz o’tadi. Nolisak ham, shukr qilsak ham. Vaqt to’xtab qolmaydi.
Vaziyat o’zgarmaydi. Unga nisbatan munosabat o’zgaradi. Munosabatimiz kayfiyatimiz va duch kelingan vaziyatning natijasiga ta’sir qiladi.
Vaziyat: Bola baqirib yig’layapti.
Munosabat 1: Uff, yana yig’layapti. (Asabiylik, nolish)
Munosabat 2: Ha, yig’layapti. Demak unga nimadir noqulay bo’lyapti. (Real qarash, qabul qilish va tushunishga harakat qilish)
1-da - > vaziyat + mani asabiyligim = 2x stress
2-da - > vaziyat + uni qabul qilib, yechim qidirish = yaxshilashga harakat
Vaziyatni o’zgartirolmayman, munosabatni esa ha.
475
Issiqning bolaga ta’siri
Ma’lumot o’rnida, bola uchun uydagi ideal havo harorati 16-20 gradus. Konditsioner esa zararli emas, to’g’ridan to’g’ri yo’naltirilmasa bo’ldi.
Bolani organizmi hali shakllanmagan, uni issiqroq kiyintirish, adyolga o’rash va uyini issiq saqlash degan gap isbotini topmagan.
