E-note
Open in Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
474
Subscribers
-124 hours
-27 days
+4930 days
Posts Archive
474
Yuqoridagi fikrlar manbasi: https://parallelmuhit.uz/prinsip
Fikrlarni vazmin holatda to’g’ri bildira olish doim foyda beradi. Muhim qoida - emotsiyaga berilmaslik va yolg’on gapirmaslik.
474
Qizlar, ayollar, murojaatim sizlarga. Bir ishni hamma qilgani uchungina qilmaylik.
“Make up ayolning o’ziga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi” deyishdi ular. Bo’yanmay ko’chaga chiqish uyat bo’ldi.
“Jamiyatda ayol erkak bilan teng” deyishdi ular. Erkaklar bilan tengma-teng gap talashdik, erkaklar bilan bir xil bosimda mehnat qildik.
“Uyida o’tirgan ayol qoloq” deyishdi ular. Kuni bo’yi ko’chadamiz mana, uyimiz zulmatga aylandi.
“Ering villa, gelik, cartier va iphone olib bersin. Qadringni bil” deyishdi ular. Oilada na hurmat qoldi, na bir himmat.
“Tegsang uyi, moshinasi bor yigitga tegasan” deyishdi ular. Faqat uyi va mashinasiga qiziqib, bir umrlik juftimizni tanladik.
Aslida, bu buyruqlarni unutgan edik: “… johiliyat davridagidek ziynatlanib ko’chaga chiqmanglar” (33:33) “Erkaklar ayollar ustida rahbardirlar” (4:34) “Uyda viqor bilan o’tirsinlar” (33:33) “Ular (ayollar) sizlar uchun libosdir, sizlar ham ular uchun libossiz” (2:187)Propaganda qurboni bo’ldik shuncha payt. Instagramda hamma baxtli hayotda yashayapdi deb o’yladik. Hammada bori bizniyam baxtli qiladi deb ishondik. Holatimizga qarang. Bizga nima bo’ldi? Dardimiz - dunyo matohlari bo’ldiyu, qadrimiz ham qolmadi. Nima qilay unda? deyishi mumkin oramizdan kimdir. Kitob o’qishni boshlash kerak. Uyimizda boridan boshlasak, biri ikkinchisiga ulanib ketadi. Ayol ilmli bo’lsa, jamiyat ilmli bo’ladi. Ayol o’zini isloh qilsa, oilasi ham isloh bo’ladi.
474
Saodat asri VII asrga to’g’ri keladi. Bu davr haqida o’qiganimda, qalbimda iliqlik paydo bo’ladi. Xuddi voqealar kecha bo’lgandek. Sahobalar orasidagi suhbatlar, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda o’tirishlari, u zotlar yurgan ko’chalar - tanishdek tuyiladi. Haligacha izlari ketmagandek go’yo.
Lekin tarixning boshqa davrlari haqida o’qisam, ular ancha oldin sodir bo’lgan deb o’ylayman. Amir Temur tarixiy afsonadek gavdalanadi, qachondir yurtimizda Shayboniylar davlati hukm surgan. Hatto jahon urushlari ham anchaaa avval bo’lgandek.
Rossiyaga borganda, o’lkada bir necha hokimiyatlar almashgani yoki urushlar bo’lgani haqida eslamagandim. Madinada yurganda, tasavvurimda qadam bosgan joyim avval tuproq yer bo’lgani va ayni shu joyda sahobalar roziyallohu anhumning farzandlari o’ynab yurgani yodimga kelardi. Ravzadagi hislar esa alohida mavzu…
Fanda bu hodisaning nomi qanday ataladi, bilmadim. Qisqa tariflash kerak bo’lsa, shunday der edim:
Suyganimiz qancha uzoq bo’lsa, shuncha qalbga yaqin.
474
Kun benamoz, o’yin-kulgu, uyqu, videoo’yin va telefon bilan o’tishi - jarlikning tubida ekanimizni bildiradi
474
Umar ibn Xattob haybatli, salobatli, sirli viqorli kishi bo’lganlar. Ularning haybatidan kibor sahobalar ham haybatlanishar edi. Umar ibn Xattobni ko’chada ko’rishsa, boshqa yo’lga burilib ketishar edi haybati bosganidan.
Kunlarning birida, Umar ibn Xattob ko’chada ketar ekanlar, bir to’p bolalar xalifani ko’rib qochib ketishdi. Faqat bitta bola qochmasdan turdi. Xalifa bu bolaning jur’ati va jasoratiga hayron qolib, so’radi:
- Nega sen boshqalar kabi qochmading?
- Ey Amirul Mo’miniyn, sizning zulmingizdan qo’rqish uchun men zolim emasman. Sizning jazoingizdan qo’rqish uchun gunoh qilganim yo’q. Yo’l keng, ikkimiz ham sig’amiz.
- Kimning bolasisan?
- Zubayr ibn Avvomning.
Katta kishilar yonida tura olmaydigan Umar ibn Xattobga qilingan bu muomalani biz tarbiyasizlik deb hisoblaymiz. Aslida mana shu tarbiya.
Bu jur’atli bo’lish, besabab qo’rqmaslik, o’z so’zini ayta olish.
474
- Er ayolining xizmatini qilish va unga sabr qilish bilan Allohga yaqinlashadi. Ayol erining xizmatini qilish va unga sabr qilish bilan Allohga yaqinlashadi.
- Musulmon odam Allohning hukmini qoim qilishlik bilan o’z uyini Jannatning bir bo’lagi qila oladi. Har qancha faqirlik bo’lmasin, oilada ota bolasiga, er ayoliga, bola ota-onasiga muomalada Allohdan qo’rqar ekan, bu uy saodatli bo’ladi.
- Dunyoda musulmonlarning boshiga kelayotgan musibatlarni daf qilish qo’limizdan keladimi? Bizning qo’limizda hech narsa yo’q, faqat oilamiz va farzandlarimiz bor. Oilamizni isloh qilish, farzandlarimizni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek tarbiya qilish - zolimlarga qarshi kurash uchun qilgan eng katta ishimiz.
“Farzand tarbiyasi” darslaridan
474
Ayol kishi ishlaydigan bo’lsa, oyligini faqat o’zi uchun sarflashga haqqi bor. Agar istasa, maoshini oilaning xarajatlari uchun ishlatib, savob olishi ham mumkin.
“Er-xotinga nasihat”
Hasson Shamsiy Posho
474
- Farzandni tarbiyalash eng avval o’zimizni isloh qilish va munosib juft tanlash bilan bo’ladi.
- Darsda erkaklarga maslahat berildi: farzandingizni yaxshi tarbiyalash uchun ayolingizni tarbiya qiling.
- Jur’atli farzand qanday tarbiyalanadi? Kichikligida uni kichkina demaslik bilan, fikrini doim eshitishlik bilan, unga katta odamga qilingan muomalani qilish bilan, uni mustaqil bo’lishiga sharoit qilish bilan.
- O’zi bola nega jur’atli bo’lishi kerak? Jur’atli bo’lsa, o’z so’zini ayta oladi, qo’rqmaydi, qarorida qat’iy tura oladi, o’ziga ishonadi.
“Farzand tarbiyasi” darslaridan
474
- Farzand tarbiyasi musulmon ota-ona uchun farzi ayn ekan. Namoz, ro’za, zakot kabi bajarishimiz lozim bo’lgan, bajarmasak gunohkor bo’ladigan farz.
- Inson vafot etar ekan, dunyoda o’zidan qoldirishi mumkin bo’lgan eng yaxshi meros - solih farzand. Tirikligida to’g’ri tarbiyagan bo’lsa, o’lganidan keyin ham farzandi orqali savob yetib turadi.
- Nok daraxti meva berishi uchun 4-6 yil kerak bo’lar ekan. Shu vaqtda mevasidan umid qilib, parvarish qilamiz, suv quyamiz va kutamiz. Farzand tarbiyasi ham xuddi shunday. Doimiy o’rgatish natijasi uzoq yillardan keyin ko’rinishi mumkin. Noumid bo’lmay, yaxshi niyat va duo bilan tarbiya qilishda davom etish kerak ekan.
“Farzand tarbiyasi” darslaridan
474
Abdulloh domlaning “Farzand tarbiyasi” darslarini eshitishni boshladik. 55 ta darsdan iborat.
Shu kanalda o’rganganlarimni yozib boraman.
Darslarni shu botdan yuklab olish mumkin: @ilmnuriBot
474
“Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Farzandlaringizga 3 ta narsani o’rgating:
- Payg’ambarini yaxshi ko’rishni
- Payg’ambarning oilasini yaxshi ko’rishni
- Qur’on tilovatini.”
Qanday o’rgatamiz?
Odam nimani tanigan bo’lsa, shuni yaxshi ko’radi. Demak avval tanitishimiz kerak.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlari haqida, ularning bir vaziyatga qanday munosabat qilganlari, yosh bolalarga muomala qilishlari haqida aytib berish. Bolaning oldida Qur’on tilovat qilish. Oilaviy taom ustida sahobalar haqida suhbatlashish.
474
Ijtimoiy tarmoqda chalg’ish oson.
Aktiv foydalanuvchi (bloger, influenser) - doim kontent chiqarish, trendni kuzatish, hayotini (chiroyliroq) ko’rsatish, auditoriyani o’ziga jalb qilish, reklamada qilinmagan ishni qildim deb ko’rsatish.
Kuzatuvchi - bir blogerni ikkinchisiga taqqoslash, ular qilayotgan ishni to’g’ri deb hisoblash, ular aytgan fikrni to’g’ri deb hisoblash, hayotida qo’llash, ko’rsatilgan go’zal hayotga o’z hayotini solishtirish, yetarlicha ideal bo’la olmayotgani uchun siqilish.
Yaxshi niyatda manfaat ulashayotganlar yo’qmi? Bor, ular kam. 90/10 chiqar balki.
Filtri o’ta kuchli odam foyda topa oladi. Chalg’imaslik uchun o’zini, ko’zini, nafsini boshqara olgan odam foyda topa oladi. O’ylayman, bunday ko’nikmasi bor odam foydani tinchgina kitobdan ola qoladi.
Yaxshilab fikrlash kerak, ijtimoiy tarmoqda chalg’ishimiz uchun nima kerak bo’lsa, hammasi bor. Foydasidan zarari ko’pligini bildik, chiqib ketish uchun bir necha “delete” tugmalari yetadi.
474
So’zlar. Og’izdan chiqquncha bizga qaram, og’izdan chiqdimi - biz ularga qaram.
Jim turmaslik uchungina gapirish to’g’ri tanlov emas. Foyda keltirish uchun gapiriladi.
Ba’zida sukut foyda keltiradi.
