en
Feedback
E-note

E-note

Open in Telegram

Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
474
Subscribers
-124 hours
-27 days
+4930 days
Posts Archive
Inson miyasining o’ng yarimshari tuyg’ular uchun, chap yarimshari aql va mantiq uchun javobgar. Qizig’i, 3 yoshgacha bolaning chap miyasi qattiq uyquda bo’ladi. 7 yoshgacha esa rivojlanadi, shunda ham o’ng miya ustunlik qiladi. Bolalar qorni ochganda 3 kun ovqat yemagandek yig’lasa, o’yinchog’ini olsangiz xarxasha qilsa, yonidan jilsangiz qattiq baqirsa, qo’rqmaslik kerak. Shunchaki o’ng miya “hoy, men shu yerdaman, ishlayapman” deyotgan bo’ladi. Bolaning his-tuyg’ulari - uning butun dunyosi. Undan aql bilan ish ko’rishni kutmaslik kerak, chunki aqlga javobgar miya hali ishlamayapti. Ukasi o’yinchog’ini sindirib qo’ydi, bola baqirib yig’layapti. Nima qilish kerak? Bitta o’yinchoqku, yana shuncha o’yinchog’ing bor. Katta bola ham yig’laydimi - bu noto’g’ri usul. Uning tuyg’usini hurmat qilmayapsiz, endi bola sizga ishonmaydi. Sizdan uzoqlashadi va hissiy bog’liqlikni boshqa qurmaydi. Seni tushunyapman, o’yinchog’ing singaniga jahling chiqdi va yig’layapsan. Xafa bo’lganingni his qilyapman deyish va uni quchoqlash, yupatish. Bolaga bu hissiyotni yashab o’tishga yordam berish. U xafa bo’lish qanday ekanini ham his qilishi kerak. Bola yig’laganda birdan boshqa tomonga chalg’itish to’g’ri emas. “Voy, ana qara divanda nima bor ekan?” deb ovutmaysiz. Biroz yig’laydi, “yaxshimisiz bolam, keling endi singan o’yinchog’ingizni yig’ib olamiz. Endi kitobni o’qisak bo’ladi” Baqirmaydigan bolalar, Xadicha Kubro Tongar

30 kun sabr qilasiz, Ramazon o’tib ketadi. 5 kun sabr qilasiz, Haj amallari ham o’tib ketadi. Ammo bola tarbiyasiga juda bir uzoq vaqt sabr kerak bo’ladi. Sabri yo’q odam bola tarbiyasi bilan shug’ullana olmaydi. “Farzand tarbiyasi” darslaridan - Abdulloh domla

Kuzatganim bo’yicha, jamiyatda ayollar tomonidan yo’l qo’yiladigan bir kamchilik bor. Oilada ayolning ham, erkakning ham o’z chegaralari bor. Chegarani bosish yoki olib tashlashga urinish oiladagi muvozanatni buzadi. “Farog’at qasri” kursida Ikrom Sharif ustoz ayollarga maslahat beryaptilar: “Er ota-onasiga, aka-opasiga nimadir olib berishi - uning chegarasi. Siz (ayollarga qarata) turmushga chiqishdan oldin otangizning aytganini qilgansiz, endi eringizga bo’ysunasiz. Erning mas’uliyatlari ko’proq: u onasi uchun farzand, opasi uchun uka, ukasi uchun aka, do’stlari uchun birodar. Masalan, uy olamiz deb pul yig’dingiz. Eringiz bir kuni pulni akasiga berdi. O’sha paytda siz uyda janjal qilishingiz noto’g’ri. Chunki bu eringizning tasarrufidagi mulk, uni qanday boshqarish uning haqqi. Chegarani bosmaslik kerak” Ayol erining moliyaviy ishlariga aralashmasligi kerak deb hisoblayman. Ayniqsa oila a’zolariga qilinayotgan yaxshilik uchun aslo va aslo jahl qilmaslik kerak. Aksincha, siylai rahm qilishga rag’batlantirish kerak. Shunda uning ajridan ayol ham nasibador bo’ladi.

Bugun qizimiz 10 oylik bo’ldilar. Shu vaqt davomida bola parvarishi bo’yicha nimalarni o’rgandik, bo’lishamiz:
1. Tummy time tug’ilganidan boshlab qilish mumkin. 2. Skin-to-skin contact 3 yoshgacha bolaning xotirjamligi, xavfsizligi uchun kerak. 3. So’rg’ichdan boshlang’ich 6 oyda foydalanish mumkin. 4. Tug’ilganidan boshlab, black-white contrast card ko’rsatish mumkin. 5. 4 oylikda uyqu regressiyasi bo’ladi. Shu vaqtda rejim va rutinani kiritish kerak. 6. Bolaga o’tirishga, emaklashga, yurishga yordam berilmaydi. 7. 6 oygacha suv ichish qat’iyan mumkin emas. 8. BLW metodi prikorm boshlashda yaxshi usul. Anchagina sabr talab qiladi :) 9. Tugilganidan konditsioner mumkin. 10. Isib ketish sovuq qotishdan xavfli. 11. Bir bola ikkinchisi bilan taqqoslanmaydi, ular individual rivojlanadi. 12. Turli kitoblarni qiziqtirib o’qib berish kerak. 13. Shapka va paypoq doim kiydirilmaydi.
❗️Har bir atama alohida katta mavzu. Sun’iy intellekt yordamida o’rganib chiqishingiz mumkin. Bola parvarishi bo’yicha 2 ta manbani tavsiya qilaman: 1. Doktor Ziyod - “Bolani sog’lom parvarish qilish” kursi 2. Komarovskiy - 365 tavsiya Bola tarbiyasi bo’yicha o’rganganimiz:
1. Allohga ko’p duo qilish kerak. 2. Farzandni tarbiya qilish uchun ota-ona o’zini tarbiya qilishi kerak. 3. Ahli ilm va fazilatli kishilardan duo olish kerak. 4. Bolani mustaqil fikrlashga o’rgatish kerak. O’zi taqiq qo’yilmasa, shaxsiy fikrga ega bo’ladi. 5. Farzand Allohniki. Uni hifzida asrashni Allohdan so’rab, hadeb vahima qilmaslik kerak.
Bola tarbiyasini o’rganish bo’yicha manba tavsiyalari:
1. Husayn Buxoriy - “Ayol madrasadir” 2. Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti - “Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2 ta qism 3. Yaqin telegram kanali 4. Alohida mavzu - “Farzand tarbiyasi” 2 ta qism
Ona bo’lib anglaganlarim:
1. Farzandga ideal ona emas, xotirjam ona kerak. 2. Farzand omonat qilib berilgan, uning tarbiyasi ota-onasi uchun farz. 3. Millat rivojiga foydam tegmayapti deb o’ylaymiz. Solih-soliha farzandlarni tarbiyalash asli foyda. Bu ulkan xizmat. 4. Ayolning karyerasi uning oilasida turmush o’rtog’i va farzandlari oldida bo’lar ekan. 5. Kunlik kichik bo’lsada o’rganilgan ma’lumot depressiyaning oldini oladi. 6. Ba’zan ona charchaydi, ozgina sabr qilinsa, vaziyat yaxshilanadi. 7. Hammasiga birday ulgura olmaslik tabiiy, prioritet bo’yicha harakatlanish kerak. Prioritetda oilaviy xotirjamlik avvalgi o’rinda, maishiy ishlar keyingi o’rinda bo’lishi kerak.
Kitob, podkast, videolarning nomlari va atamalar to’liq yozilgan. Ularni google yoki sun’iy intellekt orqali topish mumkin. Onalik - sharaf, mas’uliyat, xizmat va ajr demak.

Nasihat qilish uchun 3 ta narsa kerak: 1. Ilm - nimani o’rgataman, qanday o’rgataman 2. Hikmat - kerakli gapni kerakli vaqtda kerakli shaklda aytish. • kerakli vaqt - yolg’iz qolganda • kerakli shakl - avval maqtov, keyin ayblar, keyin yechimlar 3. Hilm - muloyimlik, yumshoqlik bilan gapirish.

Boshlanishi Allohni rozi qilmagan ishning oxiri sizni ham rozi qilmaydi.

Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozi. Yoshligimdan ko’p eshitgandim bu maqolni. Nega tosh-tarozi bo’ladi, ideal bo’lsa yaxshimasmi deb o’ylardim. Bu inshoda yaxshi tushuntirilgan ekan: https://parallelmuhit.uz/qadoq

Haq talashib tartib o’rnatish mumkin, lekin savob olib bo’lmaydi. Oilaviy munosabatda bu mening majburiyatim deb yondashilsa, dunyoda muhabbat-u oxiratda savob olinadi. Ikrom Sharif ustoz, “Farog’at qasri”

“Farzandli bo’lgach, rivojlanishdan to’xtab qoldim.“ Onalar tomonidan shu gapni ko’p eshitdim. Ayol farzandi bilan uyda o’tirishi, tozalash, pishirish bilan band bo’lishi rost. Biroq bu rivojlanmaslik belgisimi? Rivojlanish deganda o’qish va ishlashni tushunamiz odatda. Universitetga boramiz, ishga kelamiz, suhbatlarda qatnashamiz, fikr almashadigan do’stlarimiz bo’ladi. Mana shu biz istayotgan rivojlanish. Onalik davrida tabiiyki bu ishlarni qilish qiyin. Go’zal opam, singlim! Sizni tushunaman, ona bo’lish mashaqqatli. Lekin ishoning, ona bo’lib, siz ortda qolmayapsiz. Hali gapirishni bilmaydigan jajji odamchaning ehtiyojlarini tushunish, unga go’zal tarbiya berish, birinchi ustozi bo’lish - bu rivojlanish emasmi? Sizning salohiyatingiz endi diplom, tashakkurnoma yoki lavozimingiz oshishi bilan o’lchanmaydi. Televizor ko’rmagan, sog’lom taomlangan, Allohni tanigan farzandingiz - sizning yutug’ingiz. Universitetda vazifani yaxshi bajarib, auditoriyada professordan maqtov eshitar edingiz. Farzand tarbiyasi uchun hech kimdan maqtov kutmaysiz, chunki farzandni Alloh taolo omonat qilib bergan, mukofoti ham Uning huzuridan bo’ladi. Siz uyda o’tirishingiz zamondan orqada qolganingizni bildirmaydi. Farzandingizga to’siq, uyingizga qafas deb qaramang. Onlayn bilim olishga harakat qiling: kurslar, podkastlar, audio kitoblar. Masalan, qizimni uxlatayotib, Parallel muhit insholarini o’qiyman, ish qilar ekanman kitob/podkast eshitaman. Tushunishga harakat qiling, hayotingiz avvalgidek bo’lmaydi. Chunki endi farzandingiz bor, farzand tarbiyasi esa ota-ona uchun farzi ayn. Farzandingiz asabiy, jahli chiqqan onani emas, sokin va hozirgi holatiga rozi onani ko’rishi kerak. Sizning ichki holatingiz farzandingiz harakatida aks etadi. Siz muslima ayolsiz, onasiz. Bu buyuk sharaf va mas’uliyat. Buni his qiling va o’zingizni solishtirmang. Dugonangiz chet elda o’qiyotganiga havas qilarsiz balki, bu uning taqdiri. Siz esa onalikni go’zal tarzda uddalashingiz kerak. Uy - qo’rg’on, oila - saodat maskani, farzand - ko’z quvonchingiz bo’lsin.

Uchrashuvda munosiblik muhabbatdan afzal. Muhabbat munosiblikni paydo qilmaydi. Munosiblik muhabbatni paydo qilishi mumkin. Munosibini tanlang. Munosibi sizga ma’qul kelmadimi, o’zingizni rivojlantiring. Ikrom Sharif ustoz, “Farog’at qasri” Munosiblik nimaga qarab o’lchanishini bilish uchun kursda o’qing.

Qarshi tomon sizga ko’z yumishi, kechirishi, yengillik berishi - majburiyatni bajarmaslik uchun sabab emas. Masalan, ayol eriga chiroyli muomala qilishi - majburiyat. Qo’pollik qilganida, eri uni koyimasligi - hammasi joyida degani emas. Chunki Alloh oldida bu ishi uchun javob beradi. Demak, majburiyatlarni doimiy eslash, ikkinchi tomon reaksiyasidan qat’iy nazar ularni bajarish kerak ekan.

Majburiyatlarni bajarish orqali avvalo o’zimizni saqlaymiz. Ikrom Sharif ustoz, “Farog’at qasri” Ota-ona, turmush o’rtoq, farzand, jamiyat va hkz. oldida majburiyatlarimiz bor. Bizning majburiyatimiz = ularning haqqi. Ularning haqqini ado qilish orqali nafaqat ularni rozi qilamiz, balki ayni shu haq bizga majburiyat bo’lgani sabab Allohning g’azabidan o’zimizni saqlaymiz.

Rahbar va xodimning fikrlari turli bo’lishi normal. Jamoa a’zolari rahbarning fikriga qo’shilishi shart ham emas. Lekin itoat qilishi shart. Xodim itoat qilish orqali o’z fikridan voz kechmaydi, balki umumiy foyda uchun o’z foydasidan kechadi. To’g’ri tanlangan/saylangan rahbar kompaniyaga foyda keltiradigan qaror qabul qiladi.

Bola ko’chatga o’xshaydi. Siz ekasiz. Qarasangiz ham o’sadi. Qaramasangiz ham o’sadi. Imom G’azzoliy aytadilar: “Yosh bola ota-onasining qo’lidagi omonat. Uning qalbi pokiza gavhar kabi bo’ladi. Agar u yaxshilikka o’rgatilsa, dunyo va oxiratda saodatga erishadi. Agar yomonlikka o’rgatilsa, xuddi hayvonlar kabi o’z holiga tashlab qo’yilsa, ikki dunyoda shaqovatga yetishadi.” Bizga omonat qilib berilgan farzandimiz saodati -> ota-onasining ham saodati. Chunki farzand tarbiyasi ota-ona uchun farz amal. Farzandiga yaxshilikni o’rgatgani uchun qancha savob olsa, o’z holiga tashlab qo’ygani yoki yomonlik o’rgatgani uchun gunohkor bo’ladi. “Farzand tarbiyasi” darslaridan - Abdulloh domla

Siz o’rgatayotgan chiroyli odob, birodar, qiyomat kunida farzandingiz Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yaqinroq turishiga sabab bo’ladi. Ammo siz qilib berayotgan mol-dunyo qiyomat kunida hisob-kitobni og’ir bo’lishiga olib keladi. “Farzand tarbiyasi” darslaridan - Abdulloh domla

Oriflardan biri aytadi: ”Dunyoda bir jannat bor. Kim unga kirmagan bo’lsa, armonda qolibdi. Unda Alloh bilan birga bo’linsa, bitmas-tuganmas baxt, kesilmas lazzat bor! U oiladir!” “Er-xotinga nasihat” Hasson Shamsiy Posho

2-qism Oilada aynan biz – ayollar sabrliroq, fidokorroq, farosatliroq, donoroq, sarishtaroq bo’lishimiz kerak. Ayolning zakovati = oilaning saodati. Nega faqat biz…? degan savol keladi. Javobi shunday: avval beramiz, keyin olamiz. “Farog’at qasri”da Ikrom Sharif ustoz aytgandilar: Faqat haqlar talab qilingan oilada himmat va muhabbatga o’rin qolmaydi. Alloh roziligi yo’lida, mukofotini O’zidan kutib xizmat qilsak, qadrlanamiz.

Yuqoridagi fikrlar manbasi: https://parallelmuhit.uz/prinsip Fikrlarni vazmin holatda to’g’ri bildira olish doim foyda beradi
Yuqoridagi fikrlar manbasi: https://parallelmuhit.uz/prinsip Fikrlarni vazmin holatda to’g’ri bildira olish doim foyda beradi. Muhim qoida - emotsiyaga berilmaslik va yolg’on gapirmaslik.