E-note
Open in Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
475
Subscribers
+124 hours
+17 days
+5430 days
Posts Archive
475
+2
Farzandimiz uchun kitoblarni Amerikadan buyurtma qilamiz odatda. Amazondan biz istagan sifatdagi kitoblarni topish oson.
O’zbek tilida ham 0-3 yoshli bolalar uchun kitoblar nashr qilish boshlanibdi. Rasmdagi kitob turi - pop-up book deyiladi. Hozircha sifati ingliz kitoblaridan ancha past, biroq shu sohaga qadam qo’yilganidan xursand bo’ldim.
475
Repost from YAQIN
Onalik vazifasining o‘zi qanchalik mashaqqatli ekanini o‘ylab ba’zan xayolimdan shunday fikrlar o‘tadi. Agar ayolni ta’minlab turgan eri bo‘lsa, u erining xulqi va muomalasi chidasa bo‘ladigan darajada bo‘lsa o‘sha erni mahkam tutaversin va bu ne’matning shukrini ado qilsin. Chunki o‘z uyida , o‘z qo‘rg‘onida qolishi, ko‘chaga chiqib non topishga majbur bo‘lmay yashashi va o‘zini bola tarbiyasiga bag‘ishlashi, muslimalik or-nomusini saqlab, ibodatlarini vaqtida bajarishi hamma narsadan ustun ekan.
Biz bir paytning o‘zida bir qancha vazifalarni zimmamizga yuklab o‘zimizga zulm qildik. O‘rtachada u vazifalar ham o‘lda jo‘lda qolib ketmoqda, hechkim rozi ham emas, avvalo o‘zimizda qoniqmaslik va norozilik bor.
Hozir ayollardan husnda foto model darajasi, aqlda Saroymulkxonim, jismoniy quvvatda atletika chempioni, mehnatda temirxotinlik, mohir oshpazlik va hokazo bir biriga zid keluvchi ko‘plab talablar kutiladiki ularni egallash amri mahol. Ayolning eng asosiy vazifasi go‘yo unutilgandek. Axir u avvalo Allohning mukarram bandasi emasmidi? Uning zimmasida Robbisi yuklagan vazifalar qayoqda qoldi? Ayol avvalo rafiqa va ona emasmidi? U nomahramlarga yoqish uchun o‘zini har ko‘yga soluvchi, o‘zgalar orzusi uchun yashovchi bir predmet xolosmi? Ayol bu dunyoga erkak bilan teng bo‘laman deb musobaqalashish uchun kelganmi? Bir domla aytganidek, feministlar ayollarni erkak bilan teng qilaman deb yuz yildan beri kurashadi. Ammo natijada ayollar na erkakka tenglashdi, va na ularning ayolligi qoldi.
Alloh Taolo Qur’oni Karimda moʻmina ayollarga " o‘z uylarida o‘rnashsinlar" deb marhamat qilgan. Mana shu oyatning o‘zini tafakkur va tadabbur qiladigan bo‘lsak olam-olam ma’nolar kelib chiqadi. Islom ayolning zimmasiga onalik va rafiqalik mas’uliyatini yuklab, uni pul topish va oila boqish yukidan ozod qilgani qanchalar hikmatli ekanini tushunamiz. Zotan, ayol ko‘chaga chiqib ola xurjunni bo‘yniga osishi natijasida nimalar bo‘layotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.
Alloh ahvolimizni isloh qilsin, barchamizga tavfiq va hidoyat bersin.
https://t.me/YaqinOzbek
475
Bolaning o’zi emas, qilgan ishlari muhokama qilinishi mumkin. 5 baho olgan bola aqlli emas, 2 baho olgan bola aqlsiz emas. U doimo bir xil. Uning aqli bahosiga qarab o’zgarib qolmaydi. Bahosi pastmi, demak ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishda qiynalgan. Ota-ona sifatida beradigan yordamimiz - unga yordam berish, qo’llab-quvvatlash, o’ziga ishonchini oshirish.
Umrbo’yi kimyodan past baho olgan bola aqlsiz bo’lmaydi. Balki u dizaynerlikka qiziqar, undan yaxshi tikuvchi chiqar, arxitektor chiqar. Qobiliyatini topa olmaganimiz - biz ota-onalarning aybimiz.
Hech qachon bolaga dangasa, tartibsiz, ochofat, aqlsiz kabi so’zlarni ishlatmaslik kerak. U o’zi yoqtirgan ishni ishtiyoq bilan bajaryapti. Bosim bo’lmagan joyda, o’zini tartibli tutyapti. “Oxirigacha yemasang, stoldan turmaysan” degan so’zlar bo’lmaganida, ishtahasini nazorat qila olar edi. E’tibor bering, muammo bolada emas, unga qilayotgan munosabatimizda
Shoxdagi 2 ta olma chirigan bo’lsa, butun daraxt kesib tashlanmaydi.
Farzandimiz biz istagan ideallik qoidalariga mos tushishga majbur emas. Erkinlik bering, kuzating, yordam bering. Majburlamang, baqirmang, yordam bering. Otasi va onasi uni sababsiz yaxshi ko’rishini his qilib yashasin.
475
Bolalar va yolg’on
7 yoshdan oldin aytilgan noto’g’ri gaplar yolg’on hisoblanmaydi. Bu davr farzandimiz haqiqiy hayotni orzular va hayollaridan ajrata olmaydi. Tushida osmonga uchgan bo’lsa, “men o’sha kuni osmonda buni-buni ko’rdim” desa, “iye, odam osmonga uchmaydiku, nega yolg’on gapirasan” deb urishilmaydi. 7 yoshgacha bola uchun uning tushi ham real sodir bo’lgandek tuyiladi.
7 yoshdan keyin bola 3 sababga ko’ra yolg’on gapiradi:
1. Yolg’on gapirishadi, chunki qo’rqishadi.
- Oyijon, o’yinchog’imni sindirib qo’ydim
- Necha marta aytganman ko’zingga qarab o’yna deb, ehtiyot qilsang bo’lmaydimi…
Keyingi safar ota-onasining jahli chiqadigan ish qilganda, aytmaslikni yoki yolg’on gapirishni afzal ko’radi.
2. Yolg’on gapirishadi, chunki taqlid qilishadi.
- Seni lo’lilarga berib yuboraman. Doktor kelib ukol qiladi. Bo’ldi, endi sening onang emasman.
- Yo’q o’g’lim 8 yosh emas, yaqinda 7 ga to’ldi. Biz zoparkka bepul kiramiz.
Zopark xodimi ishonar balki. Lekin farzand hammasini bilib turibdi, unga yolg’on gapirib o’rnak bo’lmaslik kerak. Farzandni “kel, buni beraman” deb chaqirsa, rostan shu narsani berish kerak. Bermasa yolg’onchi bo’ladi. Hadis bor, izlanib ko’ring.
3. Yolg’on gapirishadi, obro’larini himoya qilishni istashadi.
- Oyi, 3 baho oldim.
- Ee, sharmanda, umuman o’qimaysan. Faqat ko’chaga chiqib o’ynashni bilasan.
- Oyi, 5 baho oldim.
- Aqlli bolam o’zimni, mana senga shokolad.
Shu kabi reaksiyani ko’rgan bola, o’z qadr-qimmatini yuqori tutish uchun ham yolg’on gapiradi.
Demak, rost so’zlashni o’rgatish uchun:
1. Qo’rqitmaslik kerak.
2. O’zimiz har doim rost gapirishimiz kerak.
3. Bolaning ishiga qarab, shaxsiyatini malomat qilmaslik kerak.
475
Soat 00:00. Kun issiq, havo aylanishi uchun deraza ochiq. Tashqaridan paq-paq salyut ovozlari. Katta odamni ham qo’rqitadi bu ovoz, bolalarchi, qariyalarchi, yurak kasalligi bilan og’rigan odamlarchi…
Restorandan keyin uyda to’y davom etadi. Kechasi “kelibdi-kelibdi”, raqsga tushgan ovozlar, baland musiqalar.
Ko’chaga kolyaska bilan chiqamiz. Svetoforda qizil yonmasdan o’tib olish chellenji turadi. Vaqt kam qo’yilgani haqida aytmayapman. Yo’llar notekis, piyoda yo’lakdan trassaga chiqish uchun inson qadam bosishi kifoya, kolyaskani esa ko’tarib tushish kerak. Yo’l oxirida yana ko’tarib piyoda yo’lagiga olib chiqish kerak.
Yo’lda yurib ketamiz, burun achishadi. Yonimizdan chekib o’tib ketishadi. Sigaret tutuni chekkan odamga nisbatan atrofdagi odamlarga yomon ta’sir qiladi. Biz yuzimizni o’ngga, chapga qaratib, nafas olmaslikka harakat qilamiz. Yosh bolachi, qayerga qarasin?
Yana kechasi 00:00. Shar, sham, tortlar, baqirgan ovozlar. Boshlanadi: Xeppi bo’zdey tu yu aaaa. Bola yaqinda uxlagan, uyg’onadi.
Bolalar maydonchasiga tushamiz. Bir aka telefonda gaplashib, chekyaptilar. Skameykada yigit-qiz o’zlari bilan ovora. Bir opa qaynonalarini yomonlayaptilar, baland ovozda, xushlanmagan so’zlar bilan. Sekin ortga qaytamiz.
Yo’ldan o’tishda zebra chizig’ida bir haydovchi to’xtaydi. Undan keyingi polosadagi haydovchi to’xtamaydi. Yuguriiib o’tib olish kerak. Kolyaska bilan qanday yugurish mumkin?
Qonun, jazo bilan to’g’rilab bo’lmasa kerak. Insonlar ularda jamiyatning ham haqqi borligini tushunishsa, to’g’rilanar balki. Tug’ilgan kun va to’ylarni esa kunduzi ham o’tkazsa bo’ladi. 12 da tabriklash qarg’ishdan boshqa nimadir olib kelarmikan.
475
Repost from E-note
Oila bu qo’rg’on. Qo’rg’onga eshik, deraza, tom xavfdan saqlash uchun qo’yiladi. Oilaning ham eshik, derazasi yopiq turishi kerakki, undan oilaviy sirlar tashqariga chiqmasin.
Bu eshik, derazalar uchinchi shaxs aralashuvi bilan ochiladi. Er va xotin orasidagi o’zaro gaplarni qiz onasiga aytsa, keyin xolasi bilan muhokama qilsa, dugonasiga yetkazib tursa, mana shu orqali uchinchi shaxs oila sirlaridan xabardor bo’ladi.
Keyin maxfiylik qolmaydi, aytilgan gaplar yana boshqa davralarda muhokama qilinadi. Kimdir eshitib, mazax qiladi, kimdir xasad qiladi. Muammoni shuncha odam biladi, biroq hal qilib bera olmaydi.
2-3 kun o’tib er va xotin yarashadi, oradagi gap-so’zni unutadi. Lekin yuqorida aytilgan odamlar unutishmaydi, ulardagi yomon taassurot o’zgarmaydi. Keyin munosabatlarga sovuqchilik tushadi. O’zlari istamay, fitna qilishlari ham mumkin. Shunday qilib oila qo’rg’oni darz ketishiga uchinchi shaxsni aralashtirganimiz sabab bo’ladi.
Ko’pincha biz aytmasakda, bizdan so’rashadi, aytishimizni talab qilishadi, ba’zan bosim ham bo’ladi. Shu paytda qat’iyat bilan hammasi joyida, ahvolim yaxshi deb javob bera olish kerak. O’zim orzu qilgan hayotda yashayapman, keliningiz/kuyovingiz baraka topsinlar deya olish kerak.
Birovning oilasiga qiziqib, undagi muammoni tinglamoqchi bo’lganlar, niyatlariga qarasinlar. Niyatlari yordam berishmi, eshitib muhokama qilishmi? Ikkinchisi bo’lsa, bu yo’ldan qaytgan yaxshi. Yordam berish bo’lsa, oila a’zolari o’zlari yordam so’rab murojaat qilishlarini kutish kerak. Demak ikki holatda ham so’ralmasa aralashmaslik kerak ekan.
Aksariyat holatda, maishiy ishlar ham muhokama qilinadi. Bugun qanday ovqat qilingani, kim bilan qayerga borilgani, kim kimga nima degani, xolodilnikda qaysi masalliq tugab qolgani va hkz. Bu kabi gaplar behuda gap hisoblanadi. Behuda gap so’zlovchiga ham, tinglovchiga ham foyda keltirmaydi. Behuda gaplar aytilgandan aytilmagani afzal bo’ladi. Chunki uning o’rniga tilni zikr bilan band qilish imkoni bor edi.
Inson kattaroq maqsadda kunlik vazifalari bilan band bo’lsa, behuda gapga vaqti qolmaydi.
Oilada zulm bo’lsa, yoshi katta oqil kishidan yordam so’raladi. Muhim qoida esa, bu insonning maqsadi oilani yarashtirish bo’lishi va shunga yetadigan ilm-tajribasi bo’lishi kerak bo’ladi. Aynan qaysi holatlarda yordam so’rash kerakligini Ikrom Sharif ustoz “Farog’at qasri”da tushuntirganlar.
Muammo deb o’ylaganimiz ko’p holatlar vaqt o’tishi bilan hal bo’ladi. Ularni ko’rsatmaslik kerak. Oila qo’rg’oni mustahkam bo’lishi asosan ayolga bog’liq. Ayollar fokusni o’z vazifalariga qaratsa, muvozanat ham buzilmaydi.
475
Repost from E-note
Itoat - surishtirmay, muhokama qilmay bo’ysunish degani. Ayollar erlariga itoat qilishlari kerak.
Bugungi kunda ayollar orasida turmush o’rtog’iga itoat qilish kamayib boryapti. “Man yaxshiroq bilaman” deymizda. “Man aytganimdek bo’lishi kerak” deymiz.
Ishoning, biz yaxshiroq bilmaymiz, uzoqni ham ko’ra olmaymiz. Erkaklar ayollar ustidan rahbar, rahbarlik qilishlariga qo’yib berish kerak. Har joyda bizning aytganimiz bo’lishi foyda bermaydi. Vazifamiz “xo’p bo’ladi” deyish.
Aqlli ayol ko’p narsani biladi va bilganini gapiradi. Dono ayol ko’p narsani biladi va so’ralganida gapiradi. Bizdan donolik kutiladi, aqllilik emas.
Ba’zida sukut qilish kerak, xo’p deyish kerak, siz nima desangiz shu deyish kerak. O’zimizga turmush o’rtog’imizdan bir pog’ona pastda ekanimizni eslatish kerak. Siz oilaning boshlig’i emassizki, har ishni boshqarishni istasangiz.
E’tiroz kelishi mumkin: “Axir ular bu ishda bunday yondashib, xato qilishdiku” Tushunish kerak, bu hayotda hamma birinchi bor yashayapti, siz ham, turmush o’rtog’ingiz ham xato qilishingiz tabiiy. Xatolardan tajriba olinadi, keyingi safar shu xato takrorlanmaydi.
Gul olib kelishsa, manga qizili yoqardi desangiz. Bozorlik qilinganda, shuyam kartoshkami, yaxshisini tanlolmadizmi desangiz. Har bir ishga e’tiroz qilsangiz, oilada siz ko’proq biladigandek o’zingizni tutsangiz, bilasizmi nima bo’ladi?
Endi turmush o’rtog’ingiz ishtiyoq bilan qilgisi kelmaydi. “Yaxshiroq bilar ekansan, o’zing qil” degan gapni eshitasiz. “Albatta, yaxshi bilaman” deysizda, vazifangiz bo’lmagan ishlarni qilasiz. Natijada oiladagi muvozanat buziladi. Siz “man zo’rman” deb o’zingizni oila rahbaridek tutasiz. Buyruqlar berishni boshlaysiz…
Xo’p unda nima qilish kerak?
Ayollar o’z vazifasini bajarsa, olam guliston. Uyda o’tirish, itoat qilish, ibodatini joyiga qo’yish, farzandlarini tarbiya qilish, iffatini saqlash, uyini go’zal va tartibli qilish, erini chiroyli kutib olish…
Vazifalarni to’g’ri bajarish uchun ilm olish kerak. Demak, doimiy ilm olish ham ayolning vazifasi.
“Shundog’am hamma sanalgan ishlarni qilaman, erim hech mas’uliyatni olmaydi” Avvalo, uning roziligi bilan Jannatga kiradigan juftingizga past nazar bilan qaramang. Qadrini, hurmatini yuksak tuting. Og’rinmasdan xizmat qiling, tabassum bilan murojaat qiling. Xo’p bo’ladi deyishni boshlang, ovoz toningizni pasaytiring. Allohga ko’p duo qiling. Shu ishlarni qiling, InshaAlloh natijasi ko’rinadi.
“Man ham yaxshi rahbarlik qilolaman, nega bo’ysunishim kerak” deyishi mumkin kimdir. Fitratimizda yo’q rahbarlik, oxirida o’zingiz afsus qilasiz. Siz bir oy yuqoridagi maslahatga amal qilib, yashab ko’ring, haqiqiy sakinatni his qilasiz. Rahbarlikka qaytishni istamay qolasiz.
Yozganim barchasini ustozlardan, kitoblardan o’rgangan edim. Oila ilmini o’rganishni ortga surmaslik kerak ekan. Oilani saodatli, baxtli qiladigan xislat - ayolning tabiati ekan.
Yaqinda instagramga kirdim, ko’rdimki ajrimlar soni ortmoqda, ayollar mustaqil bo’lishga intilmoqda. Bu propaganda qurboni bo’lmang.
- Ajrashib, ko’p pul topayotgan ayolni baxtli deb o’ylaysizmi?
- Ha, baxtli ko’rinadi: mashinasi bor, xohlagan payti xohlagan davlatiga sayohat qiladi.
- O’zini baxtli ko’rsatgan odam doim ham baxtli bo’lavermaydi. Mol-mulk baxt indeksi emas. Ayolning baxti - oiladagi sakinatda, turmush o’rtog’ining roziligida. Chindan baxtli inson o’zini ko’z-ko’z qilmaydi.
Jamiyatni isloh qilishning yo’li - ayollar islohida deb hisoblayman. Turmush qurgan ayol eng avval qiladigan islohoti - itoat qilishni boshlashi deb hisoblayman.
475
Orttirilgan karlik baland ovoz natijasida ham bo’ladi. Bolaga baqirmang. Bolaning yonida ham baqirmang.
475
Decibel - ovoz balandligini o’lchaydigan birlik. Sog’lom chaqaloq 0-10 db - barg shitirlashini eshita oladi. 80 db dan yuqori ovozlar esa quloq pardaga shikast yetkazadi. Changyutgich ovozi, baqirish, mashinalar signali 80 db dan yuqori.
Bola sof fitratda tug’iladi. Demak bizning fitratimizda sokin ovozlarni eshitish bor, baland ovozlarga qarshi reaksiya ham bor. Odatiy changyutgich ovozi ham balandlik qilarkan quloq pardasi uchun. Endi to’ydagi musiqa haqida gapirsak…
Muloqotda pastroq ovozdan foydalansak, sog’liqqa ham, munosabatga ham putur yetmaydi. Ovozning balandligi aksariyat holatda zarar keltiradi, ayniqsa ayollarga. Yuqori ovoz pardalarida emas, ma’noli so’zlash kerak ekan.
475
Hayotimiz ssenariysini avvaldan ko’ra olganimizda, boshqa odamlar hayotiga havas qilmasdik.
Xayr bor har ishda, ko’ra olmaymiz.
475
Qizlar, sizning qadringiz yuksak. Islom dini sizni ulug’lagan. Qimmatli sharafingizni Instagramda arzon baholamang.
Kimki sizni ko’rishi kerak bo’lsa hayotda ko’rsin. Shunchalar noyob bo’ling, shunchalar aziz.
475
Chiroyli rasmlar galereyada, qimmatbaho sovg’alar uyda, pullar kartada, emotsiyalar yaqinlar oldida, yutuqlar xotirada saqlangani yaxshi.
Qo’ldagi telefon orqali ularni ommaga ko’rsatish oson. Ha, shunga targ’ib qilinyapti ham.
Ko’rsatildimi, jozibasi qolmaydi. Darz ketadi, putur yetadi. Axir tan oling, ko’rsatganingiz kabi baxtli emassiz. Baxt yashirin bo’ladi.
475
Bilaman deyish ko’p ilmlardan to’sar ekan.
Bir pog’ona pastga tushish, bilmaslikni tan olish, duo va shijoat bilan o’rganishni boshlash yechim bo’lsa kerak.
