en
Feedback
E-note

E-note

Open in Telegram

Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
475
Subscribers
+124 hours
+17 days
+5430 days
Posts Archive
Qur’oni Karim haqida asosiy ma’lumotlar. Sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi.

Oilamiz baxt-saodatga to’lsin degan kishi turmush o’rtogini yomonlamaydi. O’ziga yaqin insonlar davrasida oila haqida gap ketarkan, “Eh, nima deysan endi, meni erim/ayolim bunday, bunday” demaydi. So’ralgan paytda, faqat fazilatini aytadi. Ortiqcha maqtamaydi, chunki oila ko’z-ko’z qilinmaydi. Ibrat uchun yoki biror so’z aytishga majbur bo’lsa, yaxshilikni aytadi. Aslo va aslo, undagi kamchilik haqida so’zlamaydi. Er o’zi haqida ayolidan boshqa odam bilmagan bir ma’lumotni ko’chadan eshitsa, nima bo’ladi? Ayoliga ishonadimi keyin? Aslida oiladagi har bir gap uy ichida qolishi kerak. O’z onasiga, yaqin dugonasiga, hatto qaynonasiga ham aytmaydi. “Biz yaxshimiz, Alhamdulillah” - shu javob kifoya. Bir kun er-xotin o’zini isloh qiladi va unutadi, boshqa bilganlar unutishmaydi. Zulm bo’lgan holatlar istisno. Bu paytda qanday yo’l tutish “Farog’at qasri” kursida o’rgatilgan. Inson emotsiyada ko’p gap aytishi mumkin, imkoniyat bor ekan deb aytaversa, o’ziga zarar bo’ladi.

Uy ishlari yoki farzandlar bilan band bo’lsa ham, “iye shuncha sharoitim borku” deb o’qishadida )

Ayollarga yaxshilik qilishni istasangiz, shu narsalarni sovg’a qiling: - sifatli quloqchin - Mutolaa premiumga obuna - tajvid kursi - qiziqqan kitoblari - dars qilishga qulay parta, stul, daftar va ruchkalar. Shu usulda rag’batlantiring: - o’qigan kitobi ma’nosini aytib bersa; - eshitgan podkasti haqida so’zlab bersa; - Qur’ondan yodlagan surasini o’qisa; - bir kursni yakunlab, sertifikatni ko’rsatsa -> ma’lum sovg’a/pul miqdori. Boshida rag’batga qiziqishadi, keyin ilmning o’ziga. Vaqtlari mazmunli o’tsa, stressga tushmay qo’yishadi Allohning izni bilan.

Bir kishi aytdi: shu yil 100 ta kitob o’qib tugataman. O’qishni boshladi. Avvalgi oylarda alohida vaqt ajratib, mehr bilan o’qidi. Keyin chalg’idi, vaqti yetmay qoldi. Bora-bora va’dasida turish uchun, kichkina hajmli kitoblarga e’tibor qaratdi. Unga kitob qiziq emas edi, tugagani qiziq edi. Chunki o’zi yoqtirgan kitoblari katta bo’lgani sabab o’qimayotgan edi. Yil oxirida 100 ta kitob yakunlandi. Lekin u hech narsani his qilmadi. Natija haqida o’ylayversak, jarayondan zavqlanmay qo’yamiz. Hayotimiz esa jarayonlardan iborat. U kishi uchun yillik emas, kunlik maqsad qo’yish to’g’ri edi. Yiliga x ta emas, kuniga x bet. Natija o’z-o’zidan kelardi shunda.

Ne’matning yo’g’iga chidashdan ko’ra, boriga shukur qilish qiyinroqdir.

Nega Alloh meni sinaydi? Hadis va Hayot: 20-juz. Anbiyolar qissasi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Nega Alloh meni sinaydi? Hadis va Hayot: 20-juz. Anbiyolar qissasi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

Uydagi gapni ko’chaga olib chiqmaslik, oilani mustahkam qo’rg’on bilib, sirini maxfiy tutish bilan, qanoatli bo’lish va doim shukur qilish bilan almashtirib bo’lmas ostona bo’lamiz, ayollar.

Ismoil alayhissalomning onalari vafot etganlaridan so‘ng, Ibrohim alayhissalom ilgari qoldirib ketgan oilasidan xabar olish uchun, Ismoil alayhissalom uylanganlaridan keyin ularning huzurlariga keldilar. Ammo Ismoil alayhissalomni uyda topmadilar. Shunda Ismoil alayhissalomning ayollaridan: — Ering qayerda? — deb so‘radilar. U: — Rizq izlab ketgan, — deb javob berdi. So‘ng Ibrohim alayhissalom ularning turmushi va yashash ahvoli haqida so‘radilar. Ayol: — Biz qiyinchilikda yashayapmiz. Ahvolimiz og‘ir, kambag‘allikdamiz, — deb shikoyat qildi. Shunda Ibrohim alayhissalom dedilar: — Ering qaytib kelgach, unga mendan salom ayt va uyining ostonasini almashtirsin, deb ayt. Ismoil alayhissalom qaytib kelganlarida, go‘yo biror narsa bo‘lganini sezib: — Senga biror kishi keldimi? — deb so‘radilar. Ayollari: — Ha, bir keksa kishi keldi. Siz haqingizda va yashashimiz haqida so‘radi. Men unga qiyinchilik va kambag‘allikda yashayotganimizni aytdim. U sizga salom aytishimni va uyingizning ostonasini almashtirishingizni aytishimni vasiyat qildi, — dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: — U mening otam edi. U kishi menga sendan ajrashishni buyurdilar. Sen oilangga qaytgin, — dedilar. Shundan so‘ng Ismoil alayhissalom u ayoldan ajrashdilar va Jurhum qabilasidan boshqa bir ayolga uylandilar. Oradan yana bir muddat o‘tgach, Ibrohim alayhissalom yana keldilar. Bu safar ham Ismoil alayhissalom uyda yo‘q edilar. U zot Ismoil alayhissalomning yangi ayollaridan ahvol so‘radilar. Ayol: — Alhamdulillah, biz yaxshimiz, farovon yashayapmiz, — dedi va Allohga hamd aytdi. Ibrohim alayhissalom: — Nima yeysizlar? — deb so‘radilar. U: — Go‘sht, — dedi. — Nima ichasizlar? — Suv. Shunda Ibrohim alayhissalom duo qildilar: — Ey Alloh, ularning go‘shti va suviga baraka ato etgin! So‘ng aytdilar: — Ering qaytib kelgach, unga mendan salom ayt va uyining ostonasini mahkam ushlasin (o‘zgartirmasin), deb ayt. Ismoil alayhissalom qaytib kelganlarida ayollari bu xabarni yetkazdi. Shunda Ismoil alayhissalom dedilar: — U mening otam edi. Sen esa uyimning ostonasisan. U kishi seni o‘zim bilan saqlab qolishimni buyurdilar. Sahih al-Buxoriy, 3364-hadis

To’lib-toshib oqadigan buloqqa suv daryodan quyilgani kabi, ustozlarimizga ilm ustozlaridan keladi.

“Bizni qutqargani hech kim kelmaydi” Bek Olimjon - Hech kim kitobni o’rnimga o’qimaydi. - Hech kim vaqtli turib vazifalarimni qilib bermaydi. - Hech kim kayfiyatimni yaxshilab bermaydi. - Hech kim kursimni ko’rib, o’rnimga yangi bilim olmaydi. - Hech kim isloh bo’lishim uchun o’rnimga harakat qilib bera olmaydi. E’tibor bering, barchasi rivojlanish yo’lidagi ishlar. Ularni sizning o’rningizga boshqa odam bajara olmaydi. Istasa ham, bajara olmaydi. Uning bajargani o’ziga foyda bo’ladi, sizga emas. Turib, vaqtni reja qilib, harakatni boshlash uchun fursat kutayotgan bo’lsangiz - hozir. Ertaga boshlayman emas, erta kelishi kafolatlanmagan. Eslang, necha yildan beri tajvid boshlamoqchisiz? Necha yildan beri IELTS olmoqchisiz? Necha yildan beri Pomodoro texnikasini odatga aylantirmoqchisiz? Har kuni kichik-kichik qadam bilan davomiy bo’lish muhim. 3 kun zo’r qilib, keyin tashlab qo’yish yechim emas. Bir kunda bitta so’z yodlasangiz ham hisob, qoldirmasangiz kifoya. Har kuni + kam-kam = katta natija. Duo va to’g’ri niyatni unutmang.

Kitobdan iqtibos keltirganda muallif va kitob nomini keltirish - ilmga hurmat belgisi. Bir kanaldan postni iqtibos qilib keltirishning ham odobi bor.

Ibrohim surasi 37-oyatda Ibrohim alayhissalom Hojar onamiz va Ismoil alayhissalomni quruq, giyohsiz cho’lda qoldirib, qilgan duolari keltiriladi: (duoning bir qismi) “…Bas, odamlarning qalblarini unga talpinadigan qilgin…” Ayollari va farzandlarini qoldirgan joy Baytul Haromning o’rni edi. Duoingiz ijobat bo’ldi, ey Xalilur Rohman. Musulmonlarning qalbi talpinadigan, borsa qaytgisi kelmaydigan, qaytsada qalbi mudom o’sha yerda qoladigan maskan bo’ldi.

“Bu hayotda bir marta yashaymiz”. Bu fikr yaxshilikka ham, yomonlikka ham boshlashi mumkin. ❌mazza qilib dam olay ❌yosh paytim o’ynab olay ❌to’y-hashamni zo’r qilay ❌eng yaxshi uy, mashinam bo’lsin ❌hozir o’yin-kulgu vaqti, ibodat hali qarilikda ❌mahallamda obro’im baland bo’lsin, falonchi degan nomim bo’lsin ✅yaxshi amallarimni ko’paytiraman ✅vaqtim borida, ilm olaman ✅har bir amalimni ibodatga aylantiraman ✅yaqinlarim bilan ko’proq vaqt o’tkazaman ✅har so’zim, har ishimga e’tiborli bo’laman ✅bir marta yashaymiz, oxirat g’amini qilish uchun yagona fursat - hozir. “Hamma qilyaptiku” bahonasi bizni chalg’itmasin. Alloh O’zi buyurgani kabi yashab, yolg’iz O’ziga tavakkul qilgan bandasini zoye qilmaydi.

Yolg’iz qolib, bir muddat yaxshilab o’ylab ko’ring.
Odamlarning hayotida bo’layotgan maishiy muammolarni bilishdan sizga qanday foyda? Birov bugun qayerga borib, nima yeyotganini bilishdan sizga qanday foyda? Miyangiz shovqindan, ko’zlaringiz rang-baranglikdan charchamadimi? Faqat video ko’rib o’tkazgan vaqtingiz uchun qanday javob berasiz? Instagramdan chiqish vaqti kelmadimi? Kitoblarga qaytish vaqti kelmadimi?
Bu xitob faqat kuzatuvchilar uchun. Aktiv kontent joylovchilarga (shaxsiy hayotini rasm, video, ovozda) savollar ko’proq.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyotganlarini eshitdim “Kim ilm talab qilish yo’lida yursa, Alloh unga jannat yo’lini oson qilib qo’yadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo’yadilar. Albatta olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig’for aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o’xshaydi. Albatta, olimlar payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Albatta, payg’ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o’shani olsa, ulug’ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Qalb inson badanidagi bosh a’zodir. Agar u sog’lom bo’lsa, boshqa a’zolar ham sog’ bo’ladi. Agar u buzuq bo’lsa, boshqa a’zolar ham buziladi. Ruhiy tarbiya, 1-juz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Tafsiri Hilol, 1-juz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Tafsiri Hilol, 1-juz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Siz uchun yaxshilik istaydigan, qo’llab-quvvatlaydigan, ilm olishga imkoniyat yaratib bergan, birga rivojlanadigan insonlar - Allohning ne’mati. Alloh menga ota-onamni, turmush o’rtog’im, ularning ota-onalarini ne’mat qilib berganiga har kuni shukr qilaman. Bu hayot tarzi uchun faqat duo qilganman, xayrlisini so’rab.
“Duo qilguvchi banda menga duo qilganda, ijobat qilurman” Baqara, 186.

Mashhur brendlar ba’zan “limited collection”da mahsulot chiqarishadi. Bu kolleksiyaning boshqasidan farqi - cheklangan miqdorida, yuqori sifatida va tanlangan insonlar sotib olishida. Limited collection bo’ling, ayollar. Ijtimoiy tarmoqda o’zingizni ko’rsatmang. Soyangizni ham himoya qiling. Vaqtingizni behuda gap/ish/davraga sarflamang. Kerakli odam sizni kerakli paytda kerakli joydan o’zi topadi. Axloqingiz islohoti bilan band bo’ling. Ilm oling, bahoingiz oshaveradi.