Laziz Qayumov
Open in Telegram
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
285
Subscribers
-124 hours
No data7 days
+130 days
Posts Archive
+9
🇺🇿 Navoiyda mega-ekranlar qarshisida 20 mingga yaqin muxlis jam bo‘ldi!
Bugun Navoiy viloyati ahli O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini ulkan hayajon va yuksak ko‘tarinkilik bilan kuzatib bordi. Bu shunchaki futbol emas, butun viloyatni birlashtirgan tarixiy lahzalarga aylandi!
⚽️Viloyat bo‘ylab tashkil etilgan markaziy tomosha maydonlarida qariyb 20 ming nafar futbol ishqibozlari bir tan, bir jon bo‘lib terma jamoamizni qo‘llab-quvvatladi.
⚽️ Yigitlarga keyingi o‘yinlarda zafarlar yor bo‘lsin!
⚽️Olgʻa, Oʻzbekiston! 🇺🇿
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
Navoiylik yoshlar “Tashabbuslar marafoni”da birlashdi
⚡️ “Yoshlar oyligi” doirasida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan yirik loyiha — “Tashabbuslar marafoni” Navoiy viloyatida yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
📹 Marafoning yorqin lahzalarini ushbu video rolikda tomosha qiling.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
🇺🇿 Hurmatli Jamshid Baxtiyorovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
📑Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e’tirofga sazovordir.
🟢Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va yoshlar kamoloti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!
💐 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Viloyat yoshlari nomidan L.Qayumov
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
🇺🇿1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
✔️Bugun yurtimizda bolalarning har tomonlama kamol topishi, sifatli ta’lim olishi hamda o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zamonaviy bog‘chalar, maktablar, ijod va sport markazlari, innovatsion ta’lim loyihalari ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
⚫️Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha bolajonlarni chin qalbimdan muborakbod etaman. Ularning qalbida mehr-oqibat, ezgulik, ilm-fanga qiziqish va Vatanga sadoqat tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lishini tilayman.
⚫️Farzandlarimizning beg‘ubor kulgusi, yutuq va muvaffaqiyatlari yurtimiz taraqqiyotining eng katta ilhom manbayi bo‘lib qolaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
#1iyun #BolalarBayrami
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
“Ortga qaytmas islohotlar” — To‘dako‘l xalqaro shaxmat maktabi
✅ Oʻzbekiston 24 telekanali “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l xalqaro shaxmat maktabi faoliyati yoritildi.
♟ Zamonaviy sharoitlarga ega ushbu maskanda yosh va iqtidorli shaxmatchilarning tajriba oshirishi, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etishi hamda musobaqalar tashkil etilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganligi yoshlarning intellektual salohiyati va strategik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
+5
🇺🇿 Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov navoiylik innovator yoshlar aka-uka Ozodbek va Davlatbek Qudratovlar bilan uchrashdi
🟢Uchrashuvda “Kelajak uchun” dasturi doirasida loyiha tashabbuskorlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion g‘oyalar, startap loyihalar va istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.
🟢Uchrashuvdan so‘ng yosh innovatorlar “GIDRO STANKO SERVIS” zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxonada amalga oshirilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟢Kelgusida yosh innovatorlarning zavod mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlik qilib, amaliy tajriba almashishi hamda o‘z loyihalarini yanada takomillashtirish yo‘nalishida birgalikda ish olib borishi rejalashtirildi.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
Hurmatli yurtdoshlar va aziz yoshlar!
🌙Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
🌙Sizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!
Qutlug‘ ayyom barchangizga muborak bo‘lsin!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda Navoiy davlat universitetining 1-bosqich talabasi Iroda Ergashevaning kontrakt to‘lovini qoplash bo‘yicha qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Unga kontrakt to‘lovi to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, universitet rektori tomonidan talaba qizga qo‘shimcha moddiy yordam ham ko‘rsatiladi.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
🇺🇿 Qiziltepalik yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tumandagi “Uzilishkent” MFY binosida yoshlar bilan uchrashdik.
📑 Uchrashuvda tuman yoshlari tomonidan ishga joylashish, IT yo‘nalishidagi kurslarda tahsil olish, hududda sport to‘garaklarini tashkil etish uchun zarur sport anjomlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✔️Murojaatlarning aksariyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etildi. Muddat talab qiladiganlari esa nazoratga olindi.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
🇺🇿 Bugun “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev Yoshlar markazida yangidan tashkil etilgan o‘quv markazlari faoliyati, turli yo‘nalishdagi to‘garaklar hamda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
