Laziz Qayumov
Open in Telegram
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
287
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+330 days
Number of Posts
Posts in the last 30 days
Data loading in progress...
Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by
Data loading in progress...
Publication analysis
Posts | Views dynamics | |||||
🇺🇿 O’zbekistonda yoshlar uchun yo’lga qo’yiladigan yangi loyiha va tanlovlar:
➖ “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovi — aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifi taqdirlanadi;
➖ “Qanot” loyihasi — ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsad qilingan;
➖ “Tashabbuslar ofisi” — yoshlarning har bir g‘oyasi loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlanadi. Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi;
➖ “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi — AT sohasidagi iqtidorli talabalar rag’batlantiriladi;
➖ “Muhandis qizlar” stipendiyasi — muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli qizlar taqdirlanadi;
➖ “Mening birinchi kompyuterim” dasturi — ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi;
➖ “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasi — har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi;
➖ “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi — yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi. Yuqori ball to‘plagan o‘g‘il-qizlarimizga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplanadi;
➖ “TOP-100” dasturi — “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi;
➖ “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi — “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram | 1 247 | 16 | 6 | 12 | Loading... | |
⚡️ 30-iyun — Yoshlar kuni muborak, aziz yoshlar!
Yangi O‘zbekistonning buguni va ertangi kuni, xalqimizning eng katta ishonchi va tayanchi — bu sizsiz!
Aziz yigit-qizlar! Bilim olishdan, izlanishdan, o‘z ustingizda ishlashdan va ezgu maqsadlaringiz sari dadil intilishdan aslo to‘xtamang. Sizlarning g‘ayratingiz, tashabbuskorligingiz va yutuqlaringiz yurtimiz taraqqiyotining muhim omilidir.
Sizlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilayman.
👏 Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
#Yoshlar #30iyun
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram | 670 | 4 | 0 | 10 | Loading... | |
⭐️Yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!
🇺🇿 Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qaroriga muvofiq, yurtimizning bir guruh faol va tashabbuskor yoshlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar safida navoiyliklar ham bor.
✅ «Kelajak bunyodkori» medali bilan:
▪️ Istamtoshev Sulaymon Dovudovich – Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi.
✅ «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan:
▪️ Istamov Hayot Yo‘lchiyevich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
▪️ Salimjonov Xazrat Akramjon o‘g‘li – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati Navoiy mashinasozlik zavodi muhandis-texnologi.
💐 Mukofot sohiblarini yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram | 527 | 11 | 0 | 14 | Loading... | |
🇺🇿 Tinch yurtga bayramlar yarashadi!
⚡️30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy shahrida O‘zbekiston estrada yulduzlari ishtirokida yoshlar uchun katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
🎶 Konsertda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, Ozoda Nursaidova hamda Bahrom Nazarov ishtirok etib, muxlislarga unutilmas kayfiyat ulashadi.
📅 Sana: 30-iyun, soat 19:00
📍 Manzil: Navoiy shahri, "Yoshlar xiyoboni"
✔️Yoshlar bayramini birgalikda, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlaylik!
Barchangizni gala-konsertga taklif etamiz!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram | 2 991 | 26 | 0 | 16 | Loading... | |
⚡️ Navbahorda yoshlar bayrami!
🇺🇿 Kuni kecha Navbahor tumani Markaziy o‘yingohida o‘tkazilgan festival hudud yoshlari uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.
✔️ “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostidagi ushbu yoshlar oqshomida o‘zining iqtidori, bilimi va yangi tashabbuslari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan eng faol yoshlarimiz munosib taqdirlandi.
🚀 Katta harakat viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida izchil davom etmoqda!
✅Instagram ✅Facebook ✅Telegram | 1 511 | 5 | 0 | 38 | Loading... |
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 

