en
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Open in Telegram

Show more
Uzbekistan5 978The category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Channel slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 647 subscribers, ranking in the Other category and 5 978 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 647 subscribers.

According to the latest data from 01 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 015 over the last 30 days and by -55 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 4.02%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 1.40% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 551 views. Within the first day, a publication typically gains 192 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

Channel description not provided.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 02 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

13 647
Subscribers
-5524 hours
-6587 days
-1 01530 days
Posts Archive
❤️❤️-ishtirokchi Biz baxtli bo‘lamiz📃 Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa, Shularga qo‘shilib yig'lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa, Xudo xohlamasa uchrasharmidik. Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig'lamagin gunohim ne deb, Aybing onang seni chiroyli tuqqan. ✍Muhammad Yusuf Hoshimjonova Durdonaxon Maxmutjonovna https://t.me/Oak_jurnallari1/6460

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf Bir qo'lda belanchak, Bir qo'lda Qur'on. Bir yelkada ketmon, Birida iymon. Barchaga barobar Bir oftobsimon, Yashnasin olam deb Yashaydi o'zbek! Uzaqova Xolisxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6459

❤️❤️-ishtirokchi "Alloh go'zal" Muhammad Yusuf. Orazi gul, husni hilol, Alloh goʼzal, Alloh goʼzal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh goʼzal, Alloh goʼzal… Arsh arkida sulton ozi, Beaybu benuqson ozi. Poyiga chok, ul Zuljalol, Alloh goʼzal, Alloh go`zal… Hamroyeva Nasiba https://t.me/Oak_jurnallari1/6458

❤️❤️-ishtirokchi Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q Yuragingiz buncha qon bo‘ldi, Ko‘zingizga dunyo tor bo‘ldi. Gullagan bog‘ xazon bo‘ldi, Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q. Sog‘inch nima — u bir ertak, Dardlaringiz kimga ham kerak. Uryaptimi besamar yurak? Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q. Yo‘lingizga termulmas hech kim, Xobingizga kirmas hech kim. Yig‘lasangiz yupatmas hech kim, Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q. Kechalari bedor bo‘lmangiz, Eshik qarab intizor bo‘lmangiz. Bunchalar ham xokisor bo‘lmangiz, Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q. O‘zingizni aldamang begam, Yoningizda yo‘qdir bir hamdam. Garchi shunday bo‘lsa-da, odam O‘zingizni sog‘inib yashang! Muhammad Yusuf✍🏻 Andaqulov Ozodbek https://t.me/Oak_jurnallari1/6457

❤️❤️-ishtirokchi YANGI YIL KECHASI... Koʻngil mayus tortdi yilning soʻnggida, Bilmam nimang bilan sehrlading qor. Bugun kuppa kunduz koʻzim oʻngida, Yana bir yoshimni oʻgʻirlading qor. Qoʻrqinchli qasrimga oʻtaymi endi, Kechagi yoshligim ertakmi endi. Bahorim yetgudek qoʻlim uzatsam, Yetolmay dilimni ne deb yupatsam. Laylakqor azizim, gʻalat bayram bu Kulib kuzatsammi, yigʻlab kuzatsam... Dardim jim ichimga yutsammi endi, Kechagi yoshligim ertakmi endi... Muhammad Yusuf Xolmoʻminova Manzura https://t.me/Oak_jurnallari1/6456

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf Men sizni oʻylayman shomu saxarda Ona sogʻinsam ham bora olmayman Tunlari charogʻon shundayshaxarda Hech kimga konglimni yora olmayman Egamqulova Durdona https://t.me/Oak_jurnallari1/6455

❤️❤️-ishtirokchi Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik... Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep .Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb, Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!.. Abulqosimova Yulduz https://t.me/Oak_jurnallari1/6454

❤️❤️-ishtirokchi Onaizor Konglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bolsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yiglasa chin dildan ham – Onam yiglar, onam yiglar, onam u… Sigmay qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bolsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yiglar, onam yig`lar, onam u… (Muhammad Yusuf) Sulaymonova Madina https://t.me/Oak_jurnallari1/6453

❤️❤️-ishtirokchi Biz baxtli bo‘lamiz Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa, Shularga qo‘shilib yig'lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa, Xudo xohlamasa uchrasharmidik. Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig'lamagin gunohim ne deb, Aybing onang seni chiroyli tuqqan. Menga bir tabassum hadya et ey yor, Nur tomsin lablaring sohillaridan. Uzing ayt senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan. Iymanib yashama xayol pinjida, Yoyil,yayra jonim o‘rtanma g'amga. G'iybatlarga chida tuhmatga chida, Sen bittasan axir yorug' olamda. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan suz qarz olib tongga tutguvchi. Seni yoningda ham seni axtarib, Seni yoningda ham seni kutguvchi. Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda, Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun. Barcha farishtalar seni qalbingda, Ijaraga turgan qizlar men uchun. Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa, Xudo xohlamasa uchrasharmidik. Muhammad Yusuf (Shermamatova Mushtariy) https://t.me/Oak_jurnallari1/6452

❤️❤️-ishtirokchi Lolaqizgʻaldoq Shavkat Rahmon xotirasiga Mendan nima qolar: Ikki misra she'r, Ikki sandiq kitob, Bir uyim tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni oʻylayman Oʻzimdan koʻproq – Lola, lolajonim Lolaqizgʻaldoq! Men ketsam yomondan Yiroq boʻl, ohu, Chunki sen chiroyli, Koʻrkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi boʻlar-u, Yomon odam yaxshi Boʻlmas hech qachon... Yaxshi chegarada Turgandek ogoh, Lola,lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Muhammad Yusuf Shermetova Shaxloxon Hamidjon qizi Rasmiy kanalimiz: @Oak_jurnallari1 https://t.me/Oak_jurnallari1/6451

❤️❤️-ishtirokchi Rafiqamga Gulim, seni gulday asray olmadim, Suyib, siylolmagan sultoning bo‘ldim. Mehringni mehrimla oqlay olmadim, Netay sen yaxshi, men yomoning bo‘ldim... Dorga osgil meni, doringga shukur, Boringga shukurlar, boringga shukur. Muhabbat ko‘shkida sen kimu men kim, Seni goh o‘ksitib ne topdi dilim. Yuzingdan o‘paymi endi entikib, Ko‘zingdan o‘paymi, aziz sevgilim... Sensiz qayda qalbga halovat-huzur, Boringga shukurlar, boringga shukur. Muhammad Yusuf she'ri Maxmarasulova Shahina https://t.me/Oak_jurnallari1/6450

Commentariya- bitta akkauntdan yozilgan millionta comment ham 1 ta hisoblanadi. Muhimi halol va sifatli boʻlsin. Nakrutka sezsam chetlataman

Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi Baholash mezonlari: ⭐️- 10 ball ❤️ - 1 ball Commentariya - 1 ball

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusufning "Onajon" she'ri Topganim gul bo‘ldi, quchganim tikan, Sizsiz o‘tgan kunim pushaymon ekan. Dunyoda onasi bor odamlar hech, Qarib qolmas ekan, qolmas ekanman... 🧑‍🎓🧑‍🎓Murodov Shaxriyor https://t.me/Oak_jurnallari1/6447

❤️❤️-ishtirokchi 💖 “Sevgi” 💖 Sevdim seni — yuragim jim yig‘ladi, Ko‘zlarimda aytilmagan ming savol. Sen bor joyda bahor gullab turadi, Sensiz esa yuragimda kuz, xazon... Sevgi — bu jim, so‘zsiz aytilgan dard, Ko‘zda yosh-u, labda kulgu bo‘ladi. U bir kelib, butun qalbni egallar, Va umrga o‘chmas iz bo‘lib qoladi... Yusufova Nargizaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6446

❤️❤️-ishtirokchi O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm, Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keldi. Muhammad Yusuf sheri Davlatova Zebanda https://t.me/Oak_jurnallari1/6445

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf Mendan nima qolar. Ikki misra she'r Ikki sandiq kitob, bir uyim tuproq. Odamlar ortimdan nima desa der. Men seni o'ylayman o'zimdan ko'proq Lola, lolajonim, lola qizg'aldoq. Salomova Rahima Fayzulla qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6444

❤️❤️-ishtirokchi Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek! Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on, Bir yelkada ketmon, birida iymon. Barchaga barobar oftobsimon, Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek! Bobolari qaysi yigitlardan kam, Momolari xushro'y yuzdan oshsa ham. Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam, To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek! Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor. Beshik to'la jajji islomlari bor, Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek! Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Yomon she'r yozsang ham, betingdan o'pib, Kam bo'lma bolam, deb yashaydi O'zbek! Muhammad Yusuf (Mavlonova Durdona) https://t.me/Oak_jurnallari1/6443

❤️❤️-ishtirokchi OYDAN TUSHGANMI AYOLLAR Maqtasak yuzlarin oy deymiz Ko'zlarin yulduzga tenglaymiz O'xshashin osmondan izlaymiz Yo oydan tushganmi ayollar O't tushib gohida bu jonga Dil berdik nozanin janonga O'ylaymiz termulib osmonga Yo oydan tushganmi ayollar Gullar ham ochilar ayol deb Hidlari sochilar ayol deb Erkaklar osilar ayol deb Yo oydan tushganmi ayollar Ayollar qoshida goho biz Sevgidan so'raymiz cho'kib tiz Bizlar-ku erkaklar yerlikmiz Yo oydan tushganmi ayollar Sodikova Muslima https://t.me/Oak_jurnallari1/6442

❤️❤️-ishtirokchi Yaxshilik Yerga bitta urug‘ qadasang agar, U senga o‘n bitta hosil beradi. Bu dunyoda faqat yaxshi odamlar, Bir-birin qadriga yetib yuradi. G‘animat kunlarning qadriga yeting, Yaxshi odamlarni e’zozlab o'ting. Toxirov Avazbek Otabek o‘g‘li https://t.me/Oak_jurnallari1/6441