slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
前往频道在 Telegram
显示更多
乌兹别克斯坦5 978未指定类别
📈 Telegram 频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 的分析概览
频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 647 名订阅者,在 其他 类别中位列第 ,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 978 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 647 名订阅者。
根据 01 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 015,过去 24 小时变化为 -55,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 4.02%。内容发布后 24 小时内通常能获得 1.40% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 551 次浏览,首日通常累积 192 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。
📝 描述与内容策略
尚未提供频道描述。
凭借高频更新(最新数据采集于 02 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
13 647
订阅者
-5524 小时
-6587 天
-1 01530 天
帖子存档
❤️❤️-ishtirokchi
Biz baxtli bo‘lamiz📃
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Shularga qo‘shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin gunohim ne deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
✍Muhammad Yusuf
Hoshimjonova Durdonaxon Maxmutjonovna
https://t.me/Oak_jurnallari1/6460
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
Bir qo'lda belanchak,
Bir qo'lda Qur'on.
Bir yelkada ketmon,
Birida iymon.
Barchaga barobar
Bir oftobsimon,
Yashnasin olam deb
Yashaydi o'zbek!
Uzaqova Xolisxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6459
❤️❤️-ishtirokchi
"Alloh go'zal" Muhammad Yusuf.
Orazi gul, husni hilol,
Alloh goʼzal, Alloh goʼzal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh goʼzal, Alloh goʼzal…
Arsh arkida sulton ozi,
Beaybu benuqson ozi.
Poyiga chok, ul Zuljalol,
Alloh goʼzal, Alloh go`zal…
Hamroyeva Nasiba
https://t.me/Oak_jurnallari1/6458
❤️❤️-ishtirokchi
Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q
Yuragingiz buncha qon bo‘ldi,
Ko‘zingizga dunyo tor bo‘ldi.
Gullagan bog‘ xazon bo‘ldi,
Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q.
Sog‘inch nima — u bir ertak,
Dardlaringiz kimga ham kerak.
Uryaptimi besamar yurak?
Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q.
Yo‘lingizga termulmas hech kim,
Xobingizga kirmas hech kim.
Yig‘lasangiz yupatmas hech kim,
Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q.
Kechalari bedor bo‘lmangiz,
Eshik qarab intizor bo‘lmangiz.
Bunchalar ham xokisor bo‘lmangiz,
Sizni hech kim sog‘ingani yo‘q.
O‘zingizni aldamang begam,
Yoningizda yo‘qdir bir hamdam.
Garchi shunday bo‘lsa-da, odam
O‘zingizni sog‘inib yashang!
Muhammad Yusuf✍🏻
Andaqulov Ozodbek
https://t.me/Oak_jurnallari1/6457
❤️❤️-ishtirokchi
YANGI YIL KECHASI...
Koʻngil mayus tortdi yilning soʻnggida,
Bilmam nimang bilan sehrlading qor.
Bugun kuppa kunduz koʻzim oʻngida,
Yana bir yoshimni oʻgʻirlading qor.
Qoʻrqinchli qasrimga oʻtaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi.
Bahorim yetgudek qoʻlim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor azizim, gʻalat bayram bu
Kulib kuzatsammi, yigʻlab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi...
Muhammad Yusuf
Xolmoʻminova Manzura
https://t.me/Oak_jurnallari1/6456
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
Men sizni oʻylayman shomu saxarda
Ona sogʻinsam ham bora olmayman
Tunlari charogʻon shundayshaxarda
Hech kimga konglimni yora olmayman
Egamqulova Durdona
https://t.me/Oak_jurnallari1/6455
❤️❤️-ishtirokchi
Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep .Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb,
Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..
Abulqosimova Yulduz
https://t.me/Oak_jurnallari1/6454
❤️❤️-ishtirokchi
Onaizor
Konglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bolsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yiglasa chin dildan ham
– Onam yiglar, onam yiglar, onam u…
Sigmay qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bolsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yiglar, onam yig`lar, onam u…
(Muhammad Yusuf)
Sulaymonova Madina
https://t.me/Oak_jurnallari1/6453
❤️❤️-ishtirokchi
Biz baxtli bo‘lamiz
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Shularga qo‘shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin gunohim ne deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
Uzing ayt senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan.
Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil,yayra jonim o‘rtanma g'amga.
G'iybatlarga chida tuhmatga chida,
Sen bittasan axir yorug' olamda.
Men esa oshig'ing sening eng g'arib,
Tundan suz qarz olib tongga tutguvchi.
Seni yoningda ham seni axtarib,
Seni yoningda ham seni kutguvchi.
Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda,
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar seni qalbingda,
Ijaraga turgan qizlar men uchun.
Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.
Muhammad Yusuf
(Shermamatova Mushtariy)
https://t.me/Oak_jurnallari1/6452
❤️❤️-ishtirokchi
Lolaqizgʻaldoq
Shavkat Rahmon xotirasiga
Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyim tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq –
Lola, lolajonim
Lolaqizgʻaldoq!
Men ketsam yomondan
Yiroq boʻl, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Koʻrkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi boʻlar-u,
Yomon odam yaxshi
Boʻlmas hech qachon...
Yaxshi chegarada
Turgandek ogoh,
Lola,lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Muhammad Yusuf
Shermetova Shaxloxon Hamidjon qizi
Rasmiy kanalimiz: @Oak_jurnallari1
https://t.me/Oak_jurnallari1/6451
❤️❤️-ishtirokchi
Rafiqamga
Gulim, seni gulday asray olmadim,
Suyib, siylolmagan sultoning bo‘ldim.
Mehringni mehrimla oqlay olmadim,
Netay sen yaxshi, men yomoning bo‘ldim...
Dorga osgil meni, doringga shukur,
Boringga shukurlar, boringga shukur.
Muhabbat ko‘shkida sen kimu men kim,
Seni goh o‘ksitib ne topdi dilim.
Yuzingdan o‘paymi endi entikib,
Ko‘zingdan o‘paymi, aziz sevgilim...
Sensiz qayda qalbga halovat-huzur,
Boringga shukurlar, boringga shukur.
Muhammad Yusuf she'ri
Maxmarasulova Shahina
https://t.me/Oak_jurnallari1/6450
Commentariya- bitta akkauntdan yozilgan millionta comment ham 1 ta hisoblanadi. Muhimi halol va sifatli boʻlsin. Nakrutka sezsam chetlataman
Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
Commentariya - 1 ball
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusufning "Onajon" she'ri
Topganim gul bo‘ldi, quchganim tikan,
Sizsiz o‘tgan kunim pushaymon ekan.
Dunyoda onasi bor odamlar hech,
Qarib qolmas ekan, qolmas ekanman...
🧑🎓🧑🎓Murodov Shaxriyor
https://t.me/Oak_jurnallari1/6447
❤️❤️-ishtirokchi
💖 “Sevgi” 💖
Sevdim seni — yuragim jim yig‘ladi,
Ko‘zlarimda aytilmagan ming savol.
Sen bor joyda bahor gullab turadi,
Sensiz esa yuragimda kuz, xazon...
Sevgi — bu jim, so‘zsiz aytilgan dard,
Ko‘zda yosh-u, labda kulgu bo‘ladi.
U bir kelib, butun qalbni egallar,
Va umrga o‘chmas iz bo‘lib qoladi...
Yusufova Nargizaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6446
❤️❤️-ishtirokchi
O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm, Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keldi.
Muhammad Yusuf sheri
Davlatova Zebanda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6445
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
Mendan nima qolar. Ikki misra she'r
Ikki sandiq kitob, bir uyim tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der.
Men seni o'ylayman o'zimdan ko'proq
Lola, lolajonim, lola qizg'aldoq.
Salomova Rahima Fayzulla qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6444
❤️❤️-ishtirokchi
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek! Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on, Bir yelkada ketmon, birida iymon. Barchaga barobar oftobsimon, Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek! Bobolari qaysi yigitlardan kam, Momolari xushro'y yuzdan oshsa ham. Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam, To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek! Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor. Beshik to'la jajji islomlari bor, Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek! Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Yomon she'r yozsang ham, betingdan o'pib, Kam bo'lma bolam, deb yashaydi O'zbek!
Muhammad Yusuf
(Mavlonova Durdona)
https://t.me/Oak_jurnallari1/6443
❤️❤️-ishtirokchi
OYDAN TUSHGANMI
AYOLLAR
Maqtasak yuzlarin oy deymiz
Ko'zlarin yulduzga tenglaymiz
O'xshashin osmondan izlaymiz
Yo oydan tushganmi ayollar
O't tushib gohida bu jonga
Dil berdik nozanin janonga
O'ylaymiz termulib osmonga
Yo oydan tushganmi ayollar
Gullar ham ochilar ayol deb
Hidlari sochilar ayol deb
Erkaklar osilar ayol deb
Yo oydan tushganmi ayollar
Ayollar qoshida goho biz
Sevgidan so'raymiz cho'kib tiz
Bizlar-ku erkaklar yerlikmiz
Yo oydan tushganmi ayollar
Sodikova Muslima
https://t.me/Oak_jurnallari1/6442
❤️❤️-ishtirokchi
Yaxshilik
Yerga bitta urug‘ qadasang agar,
U senga o‘n bitta hosil beradi.
Bu dunyoda faqat yaxshi odamlar,
Bir-birin qadriga yetib yuradi.
G‘animat kunlarning qadriga yeting,
Yaxshi odamlarni e’zozlab o'ting.
Toxirov Avazbek Otabek o‘g‘li
https://t.me/Oak_jurnallari1/6441
