en
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Open in Telegram

Show more
Uzbekistan5 978The category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Channel slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 647 subscribers, ranking in the Other category and 5 978 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 647 subscribers.

According to the latest data from 01 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 015 over the last 30 days and by -55 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 4.02%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 1.40% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 551 views. Within the first day, a publication typically gains 192 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

Channel description not provided.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 02 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

13 647
Subscribers
-5524 hours
-6587 days
-1 01530 days
Posts Archive
❤️❤️❤️-ishtirokchi Tengim boshqa dedi yor, Topdim desam tengimni. Marg’ilonlik bir dildor, Tortib oldi yorimni. Kulgu ketmay ko’zimdan, Oqar bo’ldi ko’zyoshim. Ko’z – ko’z qilib baxtini, Yoqar bo’ldi kundoshim. Nima bo’ldi bek yigit, Bekangizga qarash yo’q? Kumushdan ming o’rgulib, Zaynabdan xol sorash yo’q. Taqdir derdim, shum taqdir, Ko’nglim ko’nsa – kuymasdim. Begim, sizni men axir, Kumushdan kam suymasdim. Qolsam – dardim bir dunyo, Ketsam - bir uy ko’chim bor. Kumushoyni keltirgan, Aravada o’chim bor. Muhammad Yusuf Nurmatova Dildora https://t.me/Oak_jurnallari1/6523

❤️❤️❤️-ishtirokchi Mening ertagimsan 🤎 Mening shodligimsan bolaligimsan Mening gʻussam oʻzing, mening armonim Seni osmonimga olib ketaman Yerda bizga kun yoʻq, kun yoʻqdir, jonim! Xato qildimmikan men erta kelib, Yo sen adashgani kelib keyinmi? Goho kimliging ham boʻlmaydi bilib, Inim deymi seni, sevgilim deymi? Muhammad Yusuf Uzoqboyeva Aziza Buxoro viloyati Osiyo xalqaro universiteti https://t.me/Oak_jurnallari1/6522

❤️❤️❤️-ishtirokchi Burchak-burchakda jim tortishar burun, Bilmam qanday oʻy-u xayol ichida. Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida... Ular she'r yozmasin hech menga oʻxshab Mendan nafi koʻproq tegar elimga. Shoh asar boʻlsa ham tupursim oʻsha- Bolamni yigʻlatib yozgan she'rimga! Muhammad Yusuf "Uzr" she'ri Gʻofurova Zarinaxon Qoʻqon davlat universiteti 1-bosqich talabasi https://t.me/Oak_jurnallari1/6521

❤️❤️❤️-ishtirokchi Iqror O, ota makonim. Onajon o‘lkam, O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men — Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat — Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan ko‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayram — bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. Muhammad Yusuf Maftuna Jumaqo’ziyeva https://t.me/Oak_jurnallari1/6520

❤️❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga kun yo‘q, Tomiringga qo‘shib olishar uzib. Bobur yo‘q, Cho‘lpon yo‘q, Majnun yo‘q, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig‘lab borar, soddagina qiz, Yig‘lar kitob bilan yuzini to‘sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Uydan mozorgacha yuz odimcha yo‘l, Aylanib kelamiz yurtlarni kezib. Kimga ko‘ngil berib, kimga esa qo‘l... Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Tirikka mehr yo‘q, marhumga qahr, Nima topding, aka, tuproqqa tushib? Uzala tushgancha bo‘zlaydi qabr, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Qizg‘aldoq bosh egib turar bag‘ri qon, Shoir yuragidan chiqqanmi o‘sib? «Nega yig‘lamaysan, ahli Turkiston?» Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf Axrorjonova Muxlisa https://t.me/Oak_jurnallari1/6519

❤️❤️❤️-ishtirokchi Mamasharipova SHahloxon. JAYRON Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Oyog'ingga qo'yib yotay bosh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?.. Yurak qoning to'kilgan so'qmoq, Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq. Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?.. Zor yig'lading buncha ham hayhot, Menda ham bir sendagi sayyod... Ey beozor, ey mo'min jonzot, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?.. Bu dunyoning nokaslari bor, Ezgulikni ko'rolmaydilar. Meni ham qon qildilar ular, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?.. Labim bilan yarang silayman, Senga dardi shifo tilayman, Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?. https://t.me/Oak_jurnallari1/6518

❤️❤️❤️-ishtirokchi AJAB DUNYO Ikki buyuk shoir, ikki musofir – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni o’ylatmasmi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur… Buni tasodifmi atayin, ayting, Qitmir qismat o’yni deyinmi yo bir? Ko’rib qo’y, Turkiston, ikki shoh bayting – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Jafo etganga ham jabr etmadik, Gadoni siyladik goho, xudo bir. Daholarimiz qadriga yetmadik – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Yer yonar jahannam afg’onda yal-yal, Kulrang ko’rpa yanglig’ bulut yonodur. Yonar ne tiklagan bo’lsa bir mahal – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon, Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir. Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Uchrashishmagandi ular hayotda, Yoturlar yonma-yon ikki lahatda. Nima deysiz endi, hayot-hayot-d Shahzoda Zayniddinova https://t.me/Oak_jurnallari1/6517

❤️❤️❤️-ishtirokchi Менсиз ҳам кунларинг ўтмоқда, эркам, Қайга қўл узатсанг етмоқда, эркам, Юришларинг қайси маликадан кам, Фақат қийин бўлди шўрлик юракка... Менинг ҳам ҳажрингда ёнганим ёлғон, Яшарман ўзимча, саройда султон. Гўёки йўқ мендан бахтли бир инсон, Зўрлик бўлса бўлди зўрлик юракка. Энди кўришиб ҳам кўришмасмиз биз, Гўё мен ёт йигит, сен бегона қиз, На қўллар титрамас, на қизармас юз, Эвоҳ, бу қандайин хўрлик юракка! Қошинг ўсма ўпсин, кўзингни сурма, Буни тақдир дерлар, ёр, лабни бурма, Эслама, эслатиб тушимга кирма, Жонимни ришталаб минг бир бўлакка. Гарчи бўлмасам ҳам у кун тўйингда, Ёнингда ёру мен бўлдим ўйингда, Aлпомиш ўғиллар ўстир уйингда, Муҳаммадинг қурбон шу бир тилакка! ✍ Муҳаммад Юсуф Sanjar Murtozo https://t.me/Oak_jurnallari1/6516

❤️❤️❤️-ishtirokchi Kumush Marg'ilonda Kumushni kordim, Ko'zida yosh to'lib turibdi. Sochlarini maydalab o'rib Otabekni izlab yuribdi. Qilicheva Iroda https://t.me/Oak_jurnallari1/6515

❤️❤️❤️-ishtirokchi МЕН БИТТАДУРМАН Санам, сочингдан ҳам шайдоларинг кўп, Ҳуснинг ошиқлари - адоларинг кўп. Ниманг кўп, кўйингда гадоларинг кўп, Аммо мен биттаман, мен биттадурман. Бек йигит бир сенинг пойингда хорман, Гарчи дийдорингга муштоқу зорман, Мен беун севарман, мен жим севарман, Қиёматгача шул сукутдадурман. Дейдилар: муҳаббат билмас масофа, Айрилиқни писанд қилмас масофа. Келурсан ўзинг деб бир кун инсофа - Гоҳи Тошкент, гоҳи Ургутдадурман. Тилинг билмасам ҳам тушунгандайман, Сен билан гоҳи дўст тутингандайман. Гоҳи бу дўстликдан ўкингандайман, Минг бир хаёл ичра минг биттадурман. Суймоқ - бу гулханда куймоқ азали, Мен шаҳар эркаси, сен тоғ гўзали.  Эслаб юр ёдингга тушган маҳали - Шайдоларинг кўпу, мен биттадурман!.. ATMU talabasi Norbòtayeva Marjona https://t.me/Oak_jurnallari1/6514

🚫❤️❤️❤️-ishtirokchi OʼZBEK Sen paxta terarding yetti bukilib, Paykalingda eding ey onajonim. Ozbekmisiz, deya galati kulib, Mendan sorab qoldi bir tannoz xonim. Tannozlar bilan ne ishim bor, Yorab, Ammo tushundim bu ishorasiga. Qarshimda turardi u ermaktalab, Malika boqqandek fuqarosiga... Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan, Hammasi ozicha qiladi talqin. Tillolar topilgan emish uyingdan, Oltinga komilib qolibsan, xalqim. Sen nega orimga bormaysan yozda, Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?! So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan, Ursa yig'lamaysan, demak - o'g'risan! Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni. O'g'rilik qilmasang, ayt axir o'zing, Qanday boqayapsan shuncha bolangni. Xonim nigohidan uqqanlarim bu, Ko'nglimdan kechganin bilib turadi. Yasama yuzida yasama qayg'u, O'zbekmisan, deya kulib turadi. Bir boplay dedimu tilimni tiydim, Mayli, odam qurib shunga so'z deymi. O'zbekni yer tanir, Osmon taniydi. Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni! Muhammad Yusuf qalamidan Mirkomilova Mohinur Mirmuhsin qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6513

❤️❤️❤️-ishtirokchi Qizgaldogim, qirdan bolak koshonang yoq, Kokil yoysang, yerdan bolak toshoynang yoq. Oksib-oksib turganingda ozim borib, Peshonangdan opay desam, peshonang yoq. Qadring bilgan, darding bilgan ayt, kiming bor? Kelib-ketar bahor senga bevafo yor. Gozalsanki, sanga bari gullar agyor, Oh ursang, bir ohing tinglar ostonang yoq. Sollanasan kelinchakday boshing egib, Jayron otgan soqmoqlarga yoshing tokib. Qizil yuzing qon dilimga turar tegib, Meningdek sen garibning ham parvonang yo`q. Muallif:Muhammad Yusuf Joldasbaeva SH https://t.me/Oak_jurnallari1/6512

❤️❤️-ishtirokchi O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Niyozaliyeva Nilufarxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6511

❤️❤️-ishtirokchi ИНСОН Юлдузларни ютиб юборди бу тун, Ютдию унутиб юборди бу тун. Шундай тунда агар йиғлагинг келса, Сен одам экансан, одам экансан. Чақалоқ туғилди — сочи қоп-қора, Кўзини очмасдан жилмайди, қара. Шундай кунда агар куйлагинг келса, Сен одам экансан, одам экансан. Muhammad Yusuf Safarov Farrux https://t.me/Oak_jurnallari1/6510

❤️❤️-ishtirokchi Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa, Shularga qushilib yig'lasharmidik. Biz bahtli bulamiz hudo hohlasa, Hudo hohlamasa uchrasharmidik. Rayhon hidlaringni yullarimga sep, Kut meni har oqshom kukka oy chiqqan. Faqat yig'lamagin gunohim ne deb, Aybing onang seni chiroyli tuqqan. Menga bir tabassum hadya et ey yor, Nur tomsin lablaring sohillaridan. Uzing ayt senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan. Iymanib yashama hayol pinjida, Yoyil,yayra jonim urtanma g'amga. G'iybatlarga chida tuhmatga chida, Sen bittasan ahir yorug' olamda. Men esa oshig'ing sening eng g'ar, Tundan suz qarz olib tonga tutquvchi. Seni yoningda ham seni ahtarib, Seni yoningda ham seni kutguvchi. Ista tiz chukaman hozir oldingda, Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun. Barcha farishtalar seni qalbingda, Ijaraga turgan qizlar men uchun. Biz bahtli bulamiz hudo hohlasa, Hudo hohlamasa uchrasharmidik. 🎙️Ummatova Ruxshonaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6509

❤️❤️-ishtirokchi 📕 Yurak bilan suhbat Sohib dilim, nega kunda yig‘layverasan, Nega yig‘lab hiq-hiq, yuragingni tig‘layverasan? - Kunda shu hol, do‘sti halol, hayronman men ham, O‘pkam to‘lib ketar bir kun yig‘lamay qo‘ysam. - Xavotirdamisan, onaizoringdanmi, Yo do‘stingdan kuyganmisan, yo yoringdanmi? - Onam o‘lgan... Bu ikkisi jumboq men uchun, Ikkovi ham menga ko‘rsatar kuchin. Shunday damlar yig‘lamasdan yozolmayman she’r, Senga nima, to‘xtab yurib, urib turaver. - Sohib dilim, mayliga-yu, ko‘p yig‘laysan-da, Qarab tursam hech bir yayrab sen kulmaysan-da?! - Men shunaqa yig‘loqroqman, hamma biladi, Faqat... o‘lsam yig‘lamayman, uyat bo‘ladi. Abdusalomova Shahnoza. https://t.me/Oak_jurnallari1/6508

🚫❤️❤️-ishtirokchi " Yolg'onchilar" Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko'zlarimda yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg'onchilar, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman. Bag'ri-dilim kuydiradi yolg'onlari, Yonlariga chorlar mohi tobonlari. Bo'lsam agar men bitta qurbonlari, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.💐 "Muhammad Yusuf" ToshDOʻTAU talabasi Eshquvvatova Iroda https://t.me/Oak_jurnallari1/6507

❤️❤️-ishtirokchi Men O'zbekning bolasiman Men O'zbekning bolasiman. O'zbek bo'lib tug'ilganman. Ona yurtning quchog'ida, Baxtga to lib ulg'ayganman. Muhammad Yusuf®️ Hasanov Abdurasul https://t.me/Oak_jurnallari1/6506

👍👍👍👍 ➕ Sovrinlarni kattalashtirish bizdan - harakat esa sizdan. 📌 Bor kuchingizni ishga solish vaqti keldi. Katta marralarni MYBEE bilan zabt eting. 👍 Reaksiya 1 bal 💌 Commentariya 1 bal ⭐️ Yulduzcha 10 ball Bitta odamni yozgan commentariyasi bitta hisoblanadi https://t.me/Oak_jurnallari1

❤️❤️-ishtirokchi YURTIM ADO BO'LMAS ARMONLARING BOR... 🌊 Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor, Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor, O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim, Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor. Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar, Oy botgan yoqlarga termulib shomlar. Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mardi maydonlaring bor... Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor. Osmonlaringda ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor. Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni, Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar — Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor... Qurboning bo‘layin, ey onajonim, Sening faryodlaring - mening fig‘onim, O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim, Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor. Muhammad Yusuf Sipatayeva Fariza https://t.me/Oak_jurnallari1/6504