slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
Uzbekistan5 978الفئة غير محددة
📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
تُعد قناة slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 13 647 مشتركاً، محتلاً المرتبة في فئة اخرى والمرتبة 5 978 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 13 647 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 01 أغسطس, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 015، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -55، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 4.02%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 1.40% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 551 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 192 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 6.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
وصف القناة غير متوفر.
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 02 أغسطس, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة اخرى.
13 647
المشتركون
-5524 ساعات
-6587 أيام
-1 01530 أيام
أرشيف المشاركات
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Tengim boshqa dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg’ilonlik bir dildor,
Tortib oldi yorimni.
Kulgu ketmay ko’zimdan,
Oqar bo’ldi ko’zyoshim.
Ko’z – ko’z qilib baxtini,
Yoqar bo’ldi kundoshim.
Nima bo’ldi bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgulib,
Zaynabdan xol sorash yo’q.
Taqdir derdim, shum taqdir,
Ko’nglim ko’nsa – kuymasdim.
Begim, sizni men axir,
Kumushdan kam suymasdim.
Qolsam – dardim bir dunyo,
Ketsam - bir uy ko’chim bor.
Kumushoyni keltirgan,
Aravada o’chim bor.
Muhammad Yusuf
Nurmatova Dildora
https://t.me/Oak_jurnallari1/6523
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Mening ertagimsan 🤎
Mening shodligimsan bolaligimsan
Mening gʻussam oʻzing, mening armonim
Seni osmonimga olib ketaman
Yerda bizga kun yoʻq, kun yoʻqdir, jonim!
Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashgani kelib keyinmi?
Goho kimliging ham boʻlmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?
Muhammad Yusuf
Uzoqboyeva Aziza
Buxoro viloyati
Osiyo xalqaro universiteti
https://t.me/Oak_jurnallari1/6522
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam qanday oʻy-u xayol ichida.
Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida...
Ular she'r yozmasin hech menga oʻxshab
Mendan nafi koʻproq tegar elimga.
Shoh asar boʻlsa ham tupursim oʻsha-
Bolamni yigʻlatib yozgan she'rimga!
Muhammad Yusuf "Uzr" she'ri
Gʻofurova Zarinaxon Qoʻqon davlat universiteti 1-bosqich talabasi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6521
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Iqror
O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan ko‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
Muhammad Yusuf
Maftuna Jumaqo’ziyeva
https://t.me/Oak_jurnallari1/6520
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga kun yo‘q, Tomiringga qo‘shib olishar uzib. Bobur yo‘q, Cho‘lpon yo‘q, Majnun yo‘q, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig‘lab borar, soddagina qiz, Yig‘lar kitob bilan yuzini to‘sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Uydan mozorgacha yuz odimcha yo‘l, Aylanib kelamiz yurtlarni kezib. Kimga ko‘ngil berib, kimga esa qo‘l... Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Tirikka mehr yo‘q, marhumga qahr, Nima topding, aka, tuproqqa tushib? Uzala tushgancha bo‘zlaydi qabr, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Qizg‘aldoq bosh egib turar bag‘ri qon, Shoir yuragidan chiqqanmi o‘sib? «Nega yig‘lamaysan, ahli Turkiston?» Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf
Axrorjonova Muxlisa
https://t.me/Oak_jurnallari1/6519
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Mamasharipova SHahloxon.
JAYRON
Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Yurak qoning to'kilgan so'qmoq,
Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Zor yig'lading buncha ham hayhot,
Menda ham bir sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo'min jonzot,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko'rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6518
❤️❤️❤️-ishtirokchi
AJAB DUNYO
Ikki buyuk shoir, ikki musofir –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o’ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur…
Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat o’yni deyinmi yo bir?
Ko’rib qo’y, Turkiston, ikki shoh bayting –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Jafo etganga ham jabr etmadik,
Gadoni siyladik goho, xudo bir.
Daholarimiz qadriga yetmadik –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Yer yonar jahannam afg’onda yal-yal,
Kulrang ko’rpa yanglig’ bulut yonodur.
Yonar ne tiklagan bo’lsa bir mahal –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir.
Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Uchrashishmagandi ular hayotda,
Yoturlar yonma-yon ikki lahatda.
Nima deysiz endi, hayot-hayot-d
Shahzoda Zayniddinova
https://t.me/Oak_jurnallari1/6517
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Менсиз ҳам кунларинг ўтмоқда, эркам,
Қайга қўл узатсанг етмоқда, эркам,
Юришларинг қайси маликадан кам,
Фақат қийин бўлди шўрлик юракка...
Менинг ҳам ҳажрингда ёнганим ёлғон,
Яшарман ўзимча, саройда султон.
Гўёки йўқ мендан бахтли бир инсон,
Зўрлик бўлса бўлди зўрлик юракка.
Энди кўришиб ҳам кўришмасмиз биз,
Гўё мен ёт йигит, сен бегона қиз,
На қўллар титрамас, на қизармас юз,
Эвоҳ, бу қандайин хўрлик юракка!
Қошинг ўсма ўпсин, кўзингни сурма,
Буни тақдир дерлар, ёр, лабни бурма,
Эслама, эслатиб тушимга кирма,
Жонимни ришталаб минг бир бўлакка.
Гарчи бўлмасам ҳам у кун тўйингда,
Ёнингда ёру мен бўлдим ўйингда,
Aлпомиш ўғиллар ўстир уйингда,
Муҳаммадинг қурбон шу бир тилакка!
✍ Муҳаммад Юсуф
Sanjar Murtozo
https://t.me/Oak_jurnallari1/6516
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Kumush
Marg'ilonda Kumushni kordim,
Ko'zida yosh to'lib turibdi.
Sochlarini maydalab o'rib
Otabekni izlab yuribdi.
Qilicheva Iroda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6515
❤️❤️❤️-ishtirokchi
МЕН БИТТАДУРМАН
Санам, сочингдан ҳам шайдоларинг кўп,
Ҳуснинг ошиқлари - адоларинг кўп.
Ниманг кўп, кўйингда гадоларинг кўп,
Аммо мен биттаман, мен биттадурман.
Бек йигит бир сенинг пойингда хорман,
Гарчи дийдорингга муштоқу зорман,
Мен беун севарман, мен жим севарман,
Қиёматгача шул сукутдадурман.
Дейдилар: муҳаббат билмас масофа,
Айрилиқни писанд қилмас масофа.
Келурсан ўзинг деб бир кун инсофа -
Гоҳи Тошкент, гоҳи Ургутдадурман.
Тилинг билмасам ҳам тушунгандайман,
Сен билан гоҳи дўст тутингандайман.
Гоҳи бу дўстликдан ўкингандайман,
Минг бир хаёл ичра минг биттадурман.
Суймоқ - бу гулханда куймоқ азали,
Мен шаҳар эркаси, сен тоғ гўзали.
Эслаб юр ёдингга тушган маҳали -
Шайдоларинг кўпу, мен биттадурман!..
ATMU talabasi Norbòtayeva Marjona
https://t.me/Oak_jurnallari1/6514
🚫❤️❤️❤️-ishtirokchi
OʼZBEK
Sen paxta terarding yetti bukilib,
Paykalingda eding ey onajonim.
Ozbekmisiz, deya galati kulib,
Mendan sorab qoldi bir tannoz xonim.
Tannozlar bilan ne ishim bor, Yorab,
Ammo tushundim bu ishorasiga.
Qarshimda turardi u ermaktalab,
Malika boqqandek fuqarosiga... Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan,
Hammasi ozicha qiladi talqin.
Tillolar topilgan emish uyingdan,
Oltinga komilib qolibsan, xalqim.
Sen nega orimga bormaysan yozda,
Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?!
So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan,
Ursa yig'lamaysan, demak - o'g'risan!
Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni.
O'g'rilik qilmasang, ayt axir o'zing,
Qanday boqayapsan shuncha bolangni.
Xonim nigohidan uqqanlarim bu, Ko'nglimdan kechganin bilib turadi.
Yasama yuzida yasama qayg'u, O'zbekmisan, deya kulib turadi.
Bir boplay dedimu tilimni tiydim,
Mayli, odam qurib shunga so'z deymi.
O'zbekni yer tanir, Osmon taniydi. Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni!
Muhammad Yusuf qalamidan
Mirkomilova Mohinur Mirmuhsin qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6513
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Qizgaldogim, qirdan bolak koshonang yoq,
Kokil yoysang, yerdan bolak toshoynang yoq.
Oksib-oksib turganingda ozim borib,
Peshonangdan opay desam, peshonang yoq.
Qadring bilgan, darding bilgan ayt, kiming bor?
Kelib-ketar bahor senga bevafo yor.
Gozalsanki, sanga bari gullar agyor,
Oh ursang, bir ohing tinglar ostonang yoq.
Sollanasan kelinchakday boshing egib,
Jayron otgan soqmoqlarga yoshing tokib.
Qizil yuzing qon dilimga turar tegib,
Meningdek sen garibning ham parvonang yo`q.
Muallif:Muhammad Yusuf
Joldasbaeva SH
https://t.me/Oak_jurnallari1/6512
❤️❤️-ishtirokchi
O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa,
bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim,
qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab,
boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Niyozaliyeva Nilufarxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6511
❤️❤️-ishtirokchi
ИНСОН
Юлдузларни ютиб юборди бу тун,
Ютдию унутиб юборди бу тун.
Шундай тунда агар йиғлагинг келса,
Сен одам экансан, одам экансан.
Чақалоқ туғилди — сочи қоп-қора,
Кўзини очмасдан жилмайди, қара.
Шундай кунда агар куйлагинг келса,
Сен одам экансан, одам экансан.
Muhammad Yusuf
Safarov Farrux
https://t.me/Oak_jurnallari1/6510
❤️❤️-ishtirokchi
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa,
Shularga qushilib yig'lasharmidik.
Biz bahtli bulamiz hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
Rayhon hidlaringni yullarimga sep,
Kut meni har oqshom kukka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin gunohim ne deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
Uzing ayt senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan.
Iymanib yashama hayol pinjida,
Yoyil,yayra jonim urtanma g'amga.
G'iybatlarga chida tuhmatga chida,
Sen bittasan ahir yorug' olamda.
Men esa oshig'ing sening eng g'ar,
Tundan suz qarz olib tonga tutquvchi.
Seni yoningda ham seni ahtarib,
Seni yoningda ham seni kutguvchi.
Ista tiz chukaman hozir oldingda,
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar seni qalbingda,
Ijaraga turgan qizlar men uchun.
Biz bahtli bulamiz hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
🎙️Ummatova Ruxshonaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6509
❤️❤️-ishtirokchi
📕 Yurak bilan suhbat
Sohib dilim, nega kunda yig‘layverasan,
Nega yig‘lab hiq-hiq, yuragingni tig‘layverasan?
- Kunda shu hol, do‘sti halol, hayronman men ham,
O‘pkam to‘lib ketar bir kun yig‘lamay qo‘ysam.
- Xavotirdamisan, onaizoringdanmi,
Yo do‘stingdan kuyganmisan, yo yoringdanmi?
- Onam o‘lgan... Bu ikkisi jumboq men uchun,
Ikkovi ham menga ko‘rsatar kuchin.
Shunday damlar yig‘lamasdan yozolmayman she’r,
Senga nima, to‘xtab yurib, urib turaver.
- Sohib dilim, mayliga-yu, ko‘p yig‘laysan-da,
Qarab tursam hech bir yayrab sen kulmaysan-da?!
- Men shunaqa yig‘loqroqman, hamma biladi,
Faqat... o‘lsam yig‘lamayman, uyat bo‘ladi.
Abdusalomova Shahnoza.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6508
🚫❤️❤️-ishtirokchi
" Yolg'onchilar"
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko'zlarimda yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg'onchilar,
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.
Bag'ri-dilim kuydiradi yolg'onlari,
Yonlariga chorlar mohi tobonlari.
Bo'lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.💐
"Muhammad Yusuf"
ToshDOʻTAU talabasi
Eshquvvatova Iroda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6507
❤️❤️-ishtirokchi
Men O'zbekning bolasiman
Men O'zbekning bolasiman.
O'zbek bo'lib tug'ilganman.
Ona yurtning quchog'ida,
Baxtga to lib ulg'ayganman.
Muhammad Yusuf®️
Hasanov Abdurasul
https://t.me/Oak_jurnallari1/6506
👍👍👍👍
➕ Sovrinlarni kattalashtirish bizdan - harakat esa sizdan.
📌 Bor kuchingizni ishga solish vaqti keldi. Katta marralarni MYBEE bilan zabt eting.
👍 Reaksiya 1 bal
💌 Commentariya 1 bal
⭐️ Yulduzcha 10 ball
Bitta odamni yozgan commentariyasi bitta hisoblanadi
https://t.me/Oak_jurnallari1
❤️❤️-ishtirokchi
YURTIM ADO BO'LMAS ARMONLARING BOR... 🌊
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor,
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar —
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo‘layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring - mening fig‘onim,
O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor.
Muhammad Yusuf
Sipatayeva Fariza
https://t.me/Oak_jurnallari1/6504
