en
Feedback
Mehriddin_Nuriddinov

Mehriddin_Nuriddinov

Open in Telegram

Tizimli biznes qurish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo'yicha tajribadan kelib chiqqan xulosa va biznesda o'qiganlarim bo'yicha instrumentlarni berib boraman. Konsultatsiya uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 150
Subscribers
-124 hours
-77 days
+3530 days
Posts Archive
photo content

Marja va natsenkani farqini bilmaganlar uchun yuqoridagi videoda shaxsan Alisher Isayevdan tushuntirish. Faqat sizlar uchun eksklyuziv 😉

Video message00:55

Video message01:00

Video message01:00

Video message01:00

Video message01:00

Video message01:00

Agar biznesda mana shu xatolarni qilmaganimda hozirda kamida 500 ming $ kapitalim boʻlar edi.
1. Bir paytni oʻzida 2 ta biznes bilan shugʻullanganim. 100 soʻmdan 200 soʻm pul topaman deganman. Aslida bu yerda fokus boʻlinadi, oʻsha 100 soʻmni ham topolmaysiz. Tavsiyam qayerdan koʻproq pul topsangiz oʻsha yerga koʻproq mehr bering. 2. Oʻzbeklarda shunaqa qarash bor, hamma narsa meniki boʻlishi kerak deb oʻylaydi. Masalan, yer sotib olmoqchi boʻladi 100-200 ming $ ga, yoki zavod qurmoqchi boʻladi million $ ga. Aslida velosiped ixtiro qilish shart emas, bor velosipedni uchirib haydash kerak xolos. Ya'ni zavodni CTM qiling, bino qurmang, yer sotib olmang arendaga oling joyni. 3. Bilmagan sohaga kirib 100 ming$ lab pulizni anniq yoʻqotasiz. Sababi chetdan qaraganda hamma ish oson koʻrinadi. Yechim bilmagan ishga kirib oʻtirmang, anniq bankrot boʻlasiz. Mana shu 3 ta tavsiyaga amal qilsangiz pulingiz maqsadsiz sarflamaysiz. Sizga yozgan bilimlar manfaat keltiryaptimi? 🔥 ni bosing, bundanam zoʻrlari bilan ulashaman.

Biznes qilishdagi xato fikrlar: 1. Pulsiz biznes boshlab boʻlmaydi 2. Arendada turib emas, alohida biznes uchun joy sotib olishim kerak deb oʻylash. 3. Birdaniga ikkita biznes qilaman. 4. Kredit olib biznes qilish mumkin. Ishimni rivojlantirib olib keyin kreditni yopaman deb oʻylash. 5. Zavod quraman 6. Mahallada kichik doʻkon ochaman. 8. Qarindoshlarni ishga olib ularga arzonroq oylik berib ishlataman.
Biznesda mana shu fikrlar bilan oʻylab yurib zoʻr biznes qilaman desangiz adashasiz. Bunday firklash bilan muvaffaqiyatli biznes qilib boʻlmaydi.

O'zbekistondagi eng qimmat narsa nima bilasizmi? Pul emas, moshina, uy ham emas. BILMASLIK. Bilmaslik orqasidan biznes kasodga uchraydi. 1. Biznesda hammasi oʻzimniki boʻlishi kerak deb butun boshli katta joyni sotib olishga harakat qilasiz, bu lekin samarasiz ekanligini bilmaysiz. 2. Reklamaga juda koʻp pul sarflaysiz, lekin sotuv yoʻq. Chunki sotuv qadamlarini toʻgʻri qoʻyishni bilmaysiz. 3. Hozir yoyma bozorda narsalarimni terib qoʻysam sotuvim uchadi deb yondashuv qilish kerak emas, toʻgʻri qadamlarni bilish kerak. Birdan bir yechim: BILIM OLISH! Demak, avvalo bilamiz, oʻrganamiz keyin amalda qoʻllaymiz.

Video message01:00

Video message01:00

Video message01:00

Zamonaviy Marketing Hoji akalarga yuborib qoʻying!
+1
Zamonaviy Marketing Hoji akalarga yuborib qoʻying!

Oramizda qarindoshini ishga olganlar bormi? Ishga olib baraka topdingizmi? Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi?
agar ikkinchisi bo'lsa, Yechim sifatida shuni aytamanki, avvalo korxonangizda ishga olish tartibiga asosan unga hech qanday yengillik bermasdan ishga oling. sinovdan o'tsa ishda qoladi, sinovdan o'tmasa boshqa ish topadi. ikkinchi o'rinda, qarindoshizga begona insonni rahbar qilib qo'ying va tushuntiring rahbaring nima deb aytsa ish yuzasidan shuni bajarasan deb. 1-tavsiya.

2-tavsiya. Agar do'koningiz savdosi yurishmayotgan boʻlsa siz bitta narsaga e'tibor berishingiz kerak. Sizda agar ham oziq-ovqat do'koni, ham kiyim kechak do'koni va yana boshqa bir nechta do'konlariz boʻlsa demak siz muammolar bilan shug'ullanyapsiz, savdoni oshirish bilan emas. Bu yerda fokus ikkiga bo'linyapti. Ikkalasidan ham 100 so'mdan 200 so'm foyda qilaman deb yuribsiz, aslida fokusingiz boʻlingani hisobiga siz 50 soʻmdan foyda qilyapsiz. Insonlar tushunishmaydiki, fokus bo'linishi orqasidan siz biznesni muammolarini vaqtida yecha olmay qolasiz. Yechim: ISHINGIZNI FAQAT BITTA NUQTAGA QARATING. shuni oʻzi sizga 200 emas 250 soʻm foyda olib keladi. Sizga aslida nima farqi bor bitta ish qilib 250 soʻm foyda toping, oʻzingiz qiynab ikkita ish qilib zarariga ishlagandan koʻra.

Oramizda qarindoshini ishga olganlar bormi? Ishga olib baraka topdingizmi? Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi? Izohlarda yozing, bir nechta tayyor instrumentlar bilan boʻlishaman!

Siz ham biznesingizga QARINDOSHLARINGIZNI ishga olganmisiz? Ishga olib baraka topdingizmi? Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi? Izohlarda yozing! Kimda afsuslanish boʻlsa bir nechta instrumentlar bilan boʻlishaman.

O'ylab qarasam, ba'zi insonlarga biz ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilish ilmini ham o'rgatishimiz kerak ekan.
O'ylab qarasam, ba'zi insonlarga biz ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilish ilmini ham o'rgatishimiz kerak ekan.