Mehriddin_Nuriddinov
رفتن به کانال در Telegram
Tizimli biznes qurish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo'yicha tajribadan kelib chiqqan xulosa va biznesda o'qiganlarim bo'yicha instrumentlarni berib boraman. Konsultatsiya uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 143
مشترکین
-224 ساعت
-227 روز
-2030 روز
آرشیو پست ها
1 142
Kelajak elementlari hozir mavjud.
Shunchaki buni oldindan koʻra bilish kerak xolos.
Hali hech kimda yoʻq elementlarni joyida qoʻllashni boshlashingiz bilan kamida 2-3 x oʻsishni boshlaysiz.
1 142
Tegram kanalimga kun ora yangi obunachilar qo’shiladi.
Ushbu kanal kimlar uchun: tadbirkor, biznesga qiziqishi bor bo‘lgan insonlar, tashkilotlarda rahbar lavozimida ishlaydigan, xodimlar, marketing va sotuvni tizimli ravishda o‘rganishga ishtiyoqi bor bo‘lgan insonlar uchun to‘g‘ri keladi.
Berilayotgan instrumentlar deyarli hamma sohaga va tadbirorlarga mos keladi!
Mehriddin Nuriddinov o‘zi kim!
Ta’lim, biznesni tizimlashtirish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo‘yicha tushunchaga ega tadbirkor.
Faoliyatim davomida bir nechta kompaniyaga asos solganman. Bular orasida eng katta loyiha bu Oqsaroy consulting bo‘lib, asosan o‘quvchi yoshlarni chet elda ta’lim olishlariga yordam beruvchi konsalting kompaniyasidir.
Faoliyatim davomida biznesni tizimli tashkil qilish, 15-20 tagacha jamoani tizimli boshqarib kuchli jamoa qurish, marketing orqali mijoz jalb qilish va sotuv bo‘limini tizimli tashkil qilish kabi instrumentlarni biznesda joriy qilib asoschi ishtirokisiz ham biznesni ishlashigacha bo‘lgan yo‘lni tashkil qildik.
Man shu sohada ishlagan tajribamizni va to‘plagan bilimlarimizni endi tadbirkorlarga ulashmoqchiman.
Berilayotgan bilimlarni siz amalda qo‘llab natija olsangiz biz albatta xursand bo‘lamiz.
Kanalimizga xush kelibsiz!
1 142
Marja va natsenkani farqini bilmaganlar uchun yuqoridagi videoda shaxsan Alisher Isayevdan tushuntirish. Faqat sizlar uchun eksklyuziv 😉
1 142
Agar biznesda mana shu xatolarni qilmaganimda hozirda kamida 500 ming $ kapitalim boʻlar edi.1. Bir paytni oʻzida 2 ta biznes bilan shugʻullanganim. 100 soʻmdan 200 soʻm pul topaman deganman. Aslida bu yerda fokus boʻlinadi, oʻsha 100 soʻmni ham topolmaysiz. Tavsiyam qayerdan koʻproq pul topsangiz oʻsha yerga koʻproq mehr bering. 2. Oʻzbeklarda shunaqa qarash bor, hamma narsa meniki boʻlishi kerak deb oʻylaydi. Masalan, yer sotib olmoqchi boʻladi 100-200 ming $ ga, yoki zavod qurmoqchi boʻladi million $ ga. Aslida velosiped ixtiro qilish shart emas, bor velosipedni uchirib haydash kerak xolos. Ya'ni zavodni CTM qiling, bino qurmang, yer sotib olmang arendaga oling joyni. 3. Bilmagan sohaga kirib 100 ming$ lab pulizni anniq yoʻqotasiz. Sababi chetdan qaraganda hamma ish oson koʻrinadi. Yechim bilmagan ishga kirib oʻtirmang, anniq bankrot boʻlasiz. Mana shu 3 ta tavsiyaga amal qilsangiz pulingiz maqsadsiz sarflamaysiz. Sizga yozgan bilimlar manfaat keltiryaptimi? 🔥 ni bosing, bundanam zoʻrlari bilan ulashaman.
1 142
Biznes qilishdagi xato fikrlar:
1. Pulsiz biznes boshlab boʻlmaydi
2. Arendada turib emas, alohida biznes uchun joy sotib olishim kerak deb oʻylash.
3. Birdaniga ikkita biznes qilaman.
4. Kredit olib biznes qilish mumkin. Ishimni rivojlantirib olib keyin kreditni yopaman deb oʻylash.
5. Zavod quraman
6. Mahallada kichik doʻkon ochaman.
8. Qarindoshlarni ishga olib ularga arzonroq oylik berib ishlataman.
Biznesda mana shu fikrlar bilan oʻylab yurib zoʻr biznes qilaman desangiz adashasiz. Bunday firklash bilan muvaffaqiyatli biznes qilib boʻlmaydi.
1 142
O'zbekistondagi eng qimmat narsa nima bilasizmi?
Pul emas, moshina, uy ham emas.
BILMASLIK.
Bilmaslik orqasidan biznes kasodga uchraydi.
1. Biznesda hammasi oʻzimniki boʻlishi kerak deb butun boshli katta joyni sotib olishga harakat qilasiz, bu lekin samarasiz ekanligini bilmaysiz.
2. Reklamaga juda koʻp pul sarflaysiz, lekin sotuv yoʻq. Chunki sotuv qadamlarini toʻgʻri qoʻyishni bilmaysiz.
3. Hozir yoyma bozorda narsalarimni terib qoʻysam sotuvim uchadi deb yondashuv qilish kerak emas, toʻgʻri qadamlarni bilish kerak.
Birdan bir yechim: BILIM OLISH!
Demak, avvalo bilamiz, oʻrganamiz keyin amalda qoʻllaymiz.
1 142
Oramizda qarindoshini ishga olganlar bormi? Ishga olib baraka topdingizmi? Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi?agar ikkinchisi bo'lsa, Yechim sifatida shuni aytamanki, avvalo korxonangizda ishga olish tartibiga asosan unga hech qanday yengillik bermasdan ishga oling. sinovdan o'tsa ishda qoladi, sinovdan o'tmasa boshqa ish topadi. ikkinchi o'rinda, qarindoshizga begona insonni rahbar qilib qo'ying va tushuntiring rahbaring nima deb aytsa ish yuzasidan shuni bajarasan deb. 1-tavsiya.
1 142
2-tavsiya.
Agar do'koningiz savdosi yurishmayotgan boʻlsa siz bitta narsaga e'tibor berishingiz kerak. Sizda agar ham oziq-ovqat do'koni, ham kiyim kechak do'koni va yana boshqa bir nechta do'konlariz boʻlsa demak siz muammolar bilan shug'ullanyapsiz, savdoni oshirish bilan emas. Bu yerda fokus ikkiga bo'linyapti.
Ikkalasidan ham 100 so'mdan 200 so'm foyda qilaman deb yuribsiz, aslida fokusingiz boʻlingani hisobiga siz 50 soʻmdan foyda qilyapsiz. Insonlar tushunishmaydiki, fokus bo'linishi orqasidan siz biznesni muammolarini vaqtida yecha olmay qolasiz.
Yechim: ISHINGIZNI FAQAT BITTA NUQTAGA QARATING. shuni oʻzi sizga 200 emas 250 soʻm foyda olib keladi. Sizga aslida nima farqi bor bitta ish qilib 250 soʻm foyda toping, oʻzingiz qiynab ikkita ish qilib zarariga ishlagandan koʻra.
1 142
Oramizda qarindoshini ishga olganlar bormi?
Ishga olib baraka topdingizmi?
Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi?
Izohlarda yozing, bir nechta tayyor instrumentlar bilan boʻlishaman!
