Startup Ambassadors | Samarkand
前往频道在 Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
显示更多未指定国家未指定类别
329
订阅者
无数据24 小时
-37 天
-1630 天
帖子存档
Repost from Startup Ambassadors
Startup Ambassadorsda ilk mehmon speakerdan onlayn workshop.
🎙 Azizbek Qurbonov — “The Art of the Pitch” muallifi
Mavzu: Asoschilarni topadigan radar yaratish
📅 31-yanvar | Shanba
⏰ 15:00
📍 Onlayn
Ushbu sessiyada siz to‘g‘ri jamoa va asoschilarni aniqlash bo‘yicha muhim yondashuvlar bilan tanishasiz. Barchangizni kutamiz!
⚡️ Startup haqida oddiy fikr!
🔴Ko‘pincha hamma narsa g‘oyadan boshlangandek tuyuladi. Aslida esa hammasi muammoga e’tibor berishdan boshlanadi. Odamlarni tinglash, ularning fikrini so‘rash, va shundan keyingina yechim izlash — mana shu startup fikrlashining asosi.
📌G‘oyani o‘zgartirish mumkin. Ammo to‘g‘ri tushunilgan muammo — muvaffaqiyatning yarmi.✍️ Agar startuplar haqida ko‘proq bilishni istasangiz, bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! ✈️Telegram | 🌐Instagram
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
“StartUp Ambassadors” loyihasi boshlandi!
🚀Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Ventures tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Startup Ambassadors” O‘zbekistonning turli hududlarida yoshlar uchun startap klublarini ochish hamda startap ekotizimini kengaytirishni maqsad qilgan.
Bu loyihada yoshlar startap g‘oyalar ustida ishlaydi, hamfikrlar topadi va ushbu ekotizimga birinchi qadamlarini qo‘yishadi.
Hozirda 14 ta hududda startup klublar tashkil etildi:
- Toshkent shahri
- Toshkent viloyati
- Samarqand viloyati
- Buxoro viloyati
- Farg‘ona viloyati
- Andijon viloyati
- Namangan viloyati
- Qashqadaryo viloyati
- Surxondaryo viloyati
- Jizzax viloyati
- Sirdaryo viloyati
- Xorazm viloyati
- Navoiy viloyati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘z hududingizdagi “StartUp Ambassadors” klubiga qo‘shiling va yangi tajriba, networking, imkoniyatlar sari ilk qadamni tashlang!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Samarqand Startup Ambassadorlari 🚀
Bu rasm — Samarqandda startup ekotizimi bilan shug‘ullanayotgan jamoani ifodalaydi.
Bu jamoa yoshlar bilan ishlaydi va g‘oyalarni nazariyada emas, real jarayonda sinab ko‘rishga yordam beradi.🧩
Startup Ambassadorlar startupni murakkab atamalar bilan emas, amaliy misollar orqali tushuntiradi.
Ular hududdagi muammolarni imkoniyat sifatida ko‘rib, g‘oya va founderlar bilan ishlaydi.🔍
Samarqandda ambassadorlar: — yoshlar orasida startup fikrlashni rivojlantiradi🧠 — real muammolar ustida ishlaydi⚙️ — istiqbolli g‘oyalar va founderlarni aniqlaydi🌱 — ularni Yoshlar Ventures ekotizimi bilan bog‘laydi🌉Bu ish hujjatlarda emas, jarayonda qilinadi. Rejalar gapda emas, amalda sinaladi.🎯 Bu yerda tayyor yo‘llar yo‘q. Izlanish bor. Sinov bor. Xato bor. Va doimiy harakat! 🔁 Telegram | Instagram
“Start Up ambassadorlar” haqida to’liq video
Ushbu videoda siz:
Loyihaning maqsadi, yozgi oromgohda bo’lib o’tgan tadbirlar, shu vaqtgacha qilingan ishlar haqida batafsil bilib olasiz!
https://www.instagram.com/reel/DUDs5jMjM79/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
+3
🎉🚀 STARTUP HARAKATI SAMARQANDDA BOSHLANDI! 🚀🎉
Bugun Urgut tumanida maktab miqyosidagi ilk STARTUP CLUB o‘z faoliyatini rasman boshladi.
Bu oddiy uchrashuv emas — Samarqand yoshlarini startap ekotizimiga olib kiradigan muhim qadam bo‘ldi.👥 Uchrashuvda 30 dan ortiq o‘quvchi qatnashib, startaplarga katta qiziqish bildirdi.
💡 Uchrashuv davomida:
— startup va oddiy biznes o‘rtasidagi farqlar
— g‘oyani real loyihaga aylantirish bosqichlari
— startup jarayonida uchraydigan xatolar
— yoshlar uchun amaliy tavsiyalar
muhokama qilindi.
🎤 Ishtirokchilar savollariga javob oldi, g‘oyalarini taqdim etdi va muhokamalarda qatnashdi.
Bu uchrashuv ko‘pchilik uchun startup yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi.
✅ Ishtirokchilar Urgut Startup Club’ning rasmiy a’zolari hisoblanadi.
Oldinda workshoplar, problem hunt’lar, pitch sessiyalar va amaliy loyihalar bor.
🚀 Harakatdan to‘xtamang. Kelajak bugundan boshlanadi.
❓ Keyingi Startup Club qayerda bo‘lishini xohlaysiz?
👇 Izohlarda yozib qoldiring!
Telegram | Instagram
🚀 Startup nima va u nega muhim?
Startup — bu shunchaki biznes emas. Bu muammo + g‘oya + yechim. Startup muammoni ko‘ra oladi va uni yangicha, tezkor hamda keng ko‘lamda hal qilishni maqsad qiladi. Kichik jamoa, katta fikr va tez o‘sish — startupning asosiy belgisi. Startup - bu shunchaki biznes ema, bu - orzularni sinovdan o‘tkazish, yangi yo‘l yaratish va kelajakka iz qoldirish. Bu — qo‘rqmasdan boshlash, xatodan saboq olish va yana davom etish jasorati. Bugungi dunyoda startup nega muhim? Chunki ish o‘rinlarini aynan startuplar yaratadi, innovatsiyani olib keladi va jamiyatni oldinga siljitadi. Kecha oddiy g‘oya bo‘lgan loyihalar bugun millionlab odamlar hayotini o‘zgartirmoqda. Startup — bu yoshlar uchun imkoniyat: tajriba, o‘sish va erkin fikrlash maktabi. Agar sen muammo ko‘rib jim turmasang, balki “buni qanday yaxshiroq qilish mumkin?” deb o‘ylasang — startup aynan sen uchun 🔥 💡 Bugun sen qaysi muammoni hal qilmoqchisan? Balki keyingi katta g‘oya aynan sendan boshlanar.Telegram | Instagram
Startup Ambassadorlar kim va ular nimalar qiladi? 🚀
Startup Ambassador — bu o‘z hududida startup ekotizimini qurishga mas’ul shaxs 🤝
Bu rol Yoshlar Ventures va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlab olingan
ambassadorlar orqali amalga oshiriladi.
Uning asosiy vazifasi:
• yoshlar orasida startup fikrlashni shakllantirish 🧠
• real muammolarni aniqlash va muhokamaga chiqarish 🔍
• istiqbolli g‘oyalar va founderlarni topish 🌱
• ularni Yoshlar Ventures ekotizimi bilan bog‘lash 🌉
Startup Ambassador:
✔️ lokal startup community quradi
✔️ tadbirlar, workshoplar va uchrashuvlar tashkil qiladi 🛠
✔️ startup nima ekanini sodda va amaliy tarzda tushuntiradi
✔️ g‘oyalarni bozor va mijoz orqali tekshirishga yordam beradi 📊
Bu rol faqat bilim berish bilan cheklanmaydi.
Bu shunchaki unvon emas — bu harakat va mas’uliyat.
Startup Ambassador — bu:
jarayonni boshlovchi ▶️
odamlarni birlashtiruvchi 👥
va natijaga olib boruvchi ko‘prik 🌍
Samarqandda biz aynan shu mas’uliyatni oldik. 🚀
Telegram | Instagram
Assalomu alaykum 👋
Samarkand Startup Communityga xush kelibsiz!
Ushbu community Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ochiq hamjamiyatdir.
🎯 Maqsadimiz:
• startup fikrlashni shakllantirish
• real muammolar ustida ishlash
• Yoshlar Ventures ekotizimi bilan bog‘lash
🚀 Bu yerda siz:
• workshoplar va meetuplarda qatnashasiz
• real tajriba olasiz
• startup muhitiga kirib borasiz
• o‘z loyihangizni rivojlantirish yo‘lini o‘rganasiz
“Sen yarat, biz qanot beramiz!”
— Yoshlar Ventures yondashuvi
“Davlat startupga qanot bersa, millat kelajak yaratadi.”
— Alisher Sadullayev
Telegram | Instagram
