Startup Ambassadors
前往频道在 Telegram
🇺🇿 Respublika bo‘ylab 208 nafar ambassadorlar tarmog‘i "Yoshlar ishlari agentligi" va "Yoshlar Ventures" loyihasi
显示更多1 560
订阅者
-224 小时
-257 天
-9430 天
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+26
在4个频道中
八月 '26
+24
在1个频道中
Get PRO
七月 '26
+95
在8个频道中
Get PRO
六月 '26
+67
在8个频道中
Get PRO
五月 '26
+64
在14个频道中
Get PRO
四月 '26
+297
在40个频道中
Get PRO
三月 '26
+252
在19个频道中
Get PRO
二月 '26
+1 318
在144个频道中
Get PRO
一月 '26
+395
在8个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 18 九月 | +2 | |||
| 17 九月 | +2 | |||
| 16 九月 | 0 | |||
| 15 九月 | +1 | |||
| 14 九月 | 0 | |||
| 13 九月 | +2 | |||
| 12 九月 | +1 | |||
| 11 九月 | +1 | |||
| 10 九月 | +1 | |||
| 09 九月 | +1 | |||
| 08 九月 | +2 | |||
| 07 九月 | +1 | |||
| 06 九月 | +2 | |||
| 05 九月 | +7 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | 0 | |||
| 02 九月 | +2 | |||
| 01 九月 | +1 |
频道帖子
Repost from Mutolaa
😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!
• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.
🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!
✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.Mutolaa ilovasini yuklab oling
| 2 | AgroTech Demo Day - agro startaplar uchun katta imkoniyat!
🚜 O’zbekiston qishloq xo’jaligi katta bozor va katta imkoniyatlar maskani. Aqlli issiqxonalardan tortib, suvni tejash texnologiyalari, hosildorlikni oshirish yechimlari va agro mahsulotlarni eksport qilishgacha - bu sohada g’oyalar real biznesga aylanmoqda.
⚡️ “Yoshlar Ventures” jamg’armasi tashkil etayotgan AgroTech Demo Dayda tanlab olingan jamoalar o’z startaplarini bevosita investorlar va mehmonlar oldida taqdim etadi. Bu esa g’oyangizni haqiqiy investitsiyaga aylantirish uchun noyob imkoniyat!
🗓 Sana: 17-sentabr
🕐 Vaqt: 14:00 - 16:00
📍 Manzil: Yoshlar ishlari agentligi ofisi
⚠️ Joylar soni cheklangan. Oldindan ro’yxatdan o’tishni unutmang!
📎 Ro’yxatdan o’tish uchun havola
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz! | 150 |
| 3 | Tayinlov
Valiyev Muhammadjon Dilshod oʻgʻli — Iqtisodiyot fakulteti Start-up Ambassadorlari lideri etib tayinlandi.
Muhammadjon innovatsion g‘oyalar, yoshlar tadbirkorligi hamda startap ekotizimini rivojlantirish borasida o‘zining faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. U tengdoshlarini birlashtirish va yangi loyihalarni ilgari surishda yuksak salohiyatga ega.
Ayni vaqtda u Iqtisodiyot fakultetining 2-kurs 212-guruh talabasi sifatida tahsil olmoqda.
⚡️ Jamoamiz nomidan Muhammadjonni ushbu mas’uliyatli tayinlov bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga yangi lavozimda ulkan zafarlar, kuch-gʻayrat va fakultet yoshlarini yanada jipslashtirish hamda hududiy loyihalarni yangi bosqichga olib chiqishda muvaffaqiyatlar tilaymiz. | 264 |
| 4 | Tayinlov
Ismoilov Olimjon Salimovich — Yoshlar Ventures'ning Jizzax Pedagogika Texnikumi Startup Ambassadorlari lideri etib tayinlandi.
O. Ismoilov innovatsion g‘oyalar, kompyuter grafikasi, dizayn va yoshlar o‘rtasida startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zining faolligini ko‘rsatib kelayotgan tashabbuskor iqtidor egalaridan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda u texnikumning 2-kurs “Kompyuter grafikasi va dizayn operatorligi” yo‘nalishi talabasi bo‘lib, yangi bosqichda talaba-yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, dizayn va IT sohasidagi tashabbuslarni birlashtirish hamda texnikumda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga mas’ul etib belgilandi.
⚡️ Jamoamiz Ismoilov Olimjon Salimovichni mazkur mas’uliyatli va sharafli vazifa bilan samimiy tabriklaydi! Uning salohiyati texnikumda startap hamjamiyatini va yoshlar innovatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz.
✈️ Telagram 📷 Instagram 🌐 LinkedIn | 281 |
| 5 | Tayinlov
Ergashov Abdullo Ramazon o‘g‘li — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexaniizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) Startup Ambassadori etib tayinlandi.
A.Ergashov innovatsion g‘oyalar, startap ekotizimini rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishlarida o‘zining faolligini ko‘rsatib kelayotgan iste’dodli hamda shijoatli yoshlardan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda u oliygoh talabasi sifatida tahsil olib, yoshlar orasida qator ijobiy va innovatsion tashabbuslarda samarali qatnashib kelmoqda.
⚡️ Yoshlar Ventures hamda Startup Ambassadors jamoasi Abdullo Ergashovni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaydi! Uning g‘ayrati va intilishi universitetda startap hamjamiyatini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz.
✈️ Telagram 📷 Instagram 🌐 LinkedIn | 50 |
| 6 | Debochada 2 445 kishi startap qurishni o'rganyapti
Bu raqamni ko'rib o'zimiz ham quvondik. Debocha yaxshi sur'atda o'sib bormoqda.
📈 Hali tanish bo'lmaganlar uchun aytamiz. Debocha tajribali founderlarning bepul videodarslari jamlangan platforma. G'oyani tekshirishdan tortib ilk mahsulotni yaratish, birinchi mijozni topish va startapni o'stirishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni shu yerda bepul o'rganish mumkin.
🤝 Endi yana bir xushxabar bor. Debocha VoiceLab bilan hamkorlikni boshladi.
🎙 VoiceLab - matnni tabiiy ovozga aylantiruvchi, nutqni tanuvchi, ovozlashtirish va ovozli agentlar yaratuvchi AI platformasidir.
Hamkorlik sharti oddiy. Har oy Debocha reytingida TOP 5 ga kirgan ishtirokchilar VoiceLab'ning Starter obunasini bepul qo'lga kiritadi.
Starter obunasida sizni quyidagilar kutadi.
• Oyiga 60 000 kredit;
• Yuqori sifatli AI ovozlar va kengaytirilgan imkoniyatlar;
• Reklama, video hamda mahsulot uchun tezkor ovozlashtirish.
Demak, reytingda yuqoriga intilish uchun yana bitta sabab paydo bo'ldi. O'rganing, faol bo'ling, TOP 5 uchun kurashing. Balki keyingi oy Starter aynan sizniki bo'lar 😉
@debochadur | 290 |
| 7 | Tayinlov
Mambetov Yahyo Ismoil o‘g‘li — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Startup ambassadori etib tayinlandi.
Y.Mambetov innovatsion g‘oyalar, startap ekotizimini rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishlarida o‘zining faolligini ko‘rsatib kelayotgan tashabbuskor mutaxassislardan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda u akademiyaning Ilmiy ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi menejeri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda hamda akademiyadagi Yoshlar ishlari vakili bilan yaqin hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga mas'ul etib belgilandi.
👏 Jamoa Mambetov Yahyo Ismoil o‘g‘lini mazkur mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaydi! Uning salohiyati akademiyada startap hamjamiyatini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz. | 425 |
| 8 | 🎓 Talabalik davridayoq daromad topishni xohlaysizmi?
Ish qidirasiz - tajriba so‘rashadi. Yangi kasb o‘rganmoqchisiz - nimadan boshlashni bilmaysiz.
Aslida esa bugun telefon yoki kompyuter orqali SMM va AI kabi zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rganib, masofadan ishlash mumkin. 💻
SMM AI Savodxon kursida:
• SMM va Targeting
• Vizual dizayn
• AI orqali rasm va video yaratish
• Kontent tayyorlashni o‘rganasiz.
🏆 Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kontent markazi va AloqaBank tomonidan tashkil etilgan “SMM AI Savodxon” kursida bepul, online o‘rganing hamda kurs yakunida sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ling!
🚀 Yangi mavsumga qabul ochiq!
👉 Kursga qo‘shilish uchun havolani bosing.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 389 |
| 9 | ⚡️ Irrigatsiya universiteti talabalari "Yoshlar Venture"da!
Bugun Startap elchilari boshchiligida Irrigatsiya universitetining 1- va 2-kurs talabalari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida yoshlarga agentlik faoliyati, Yoshlar Ventures imkoniyatlari hamda Uz Combinator dasturi orqali startaplarni rivojlantirish haqida to'laqonli ma'lumot berildi.
📸 Bugungi qiziqarli jarayondan yorqin lahzalar bilan fotolavhalarda tanishing!
✈️ Telegram 📷 Instagram 📱 Linkedin | 350 |
| 10 | 🚀 Yoshlar uchun BEPUL startup kurslari!
Startap g‘oyangiz bor, ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Yoshlar Ventures tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Debocha loyihasi yoshlar uchun bepul startup kurslarini taqdim etadi.
💡
Kurslarda startup g‘oyasi, biznes model, MVP, marketing va investorlar uchun pitch tayyorlash kabi muhim yo‘nalishlarni o‘rganasiz.🔥 Eng muhimi — kurslar BEPUL!
Agar sizda g‘oya bo‘lsa, uni startapga aylantirish vaqti keldi.
🔥 Debocha’ni LinkedIn’da kuzatib boring va yangi imkoniyatlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🖥http://linkedin.com/company/debocha | 245 |
| 11 | 🔥 YANGI TREND
Musiqa yaratishda moslashuvchanlik trendga chiqmoqda!
🔍 Google o'zining Lyria 3.5 modelini Gemini, Google AI Studio va boshqa ko'plab vositalarga integratsiya qildi. Foydalanuvchilar oddiy so'rovlar va shablonlar orqali shaxsiy qo'shiqlar hamda jingllarni bir necha daqiqada tayyorlamoqda. | 338 |
| 12 | 🚀 Startup Ambassador bo‘lishni xohlaysizmi?
Qanday qilib Startup Ambassador bo‘lish, nimalar qilish kerakligi va dastur sizga qanday imkoniyatlar berishi haqida maxsus video tayyorladik.
🎥 Videoni albatta ko‘rib chiqing - balki keyingi Startup Ambassador aynan sizdir!
https://www.instagram.com/reel/DdBJgkaNiU6/?utm_source=ig_web_copy_link&stkn=MzRlODBiNWFlZA==
Debocha.yoshlarventures.uz | 265 |
| 13 | 🖥 NVIDIA HUGGING FACE'NI SOTIB OLDI
AI olamidagi eng yirik kelishuvlardan biri rasman amalga oshdi.
🔵Xarid narxi: $12,930,300,000.
🔵Maqsad: Ochiq manbali (open source) AI modellarini rivojlantirish va standartga aylantirish.
🔵Kompaniya va'dasi: Hugging Face mustaqil, ochiq va barcha turdagi apparat va qurilmalar uchun neytral qoladi.
Ochiq AI ekotizimi endi ulkan resurs va texnik quvvatga ega bo'ldi.
Ochiq kodli AI kelajagiga ishonasizmi? Izohlarda fikringizni qoldiring! 👇 | 365 |
| 14 | 🤖 OPENAI’DAN YANGI GPT-6 ASTRA MODELI
OpenAI o‘zining yangi GPT-6 Astra modelini taqdim etdi. U murakkab topshiriqlarni mustaqil bajaruvchi agent sifatida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Natijalar va imkoniyatlar:
• ARC-AGI-3 mantiqiy testida 98% natija.
• ExploitBench kiberxavfsizlik testida 100% ko‘rsatkich.
• Kodlash, oliy matematika, fan va CAD sohalarida keskin o‘sish.
• Uzun harakatlar zanjirini avtonom bajarish qobiliyati.
Muvaffaqiyat ortidan xavfsizlik cheklovlari ham kuchaytirildi.
Tizim birinchi bo‘lib Daybreak Access tashkilotlariga, keyingi kunlarda esa Plus, Pro va Enterprise foydalanuvchilariga beriladi.
Siz agentik AI kelajagiga ishonasizmi? Izohlarda bo‘lishing! 👇 | 341 |
| 15 | "Har bir davlat o'z AI iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlash uchun infratuzilma barpo etishi kerak." — Jensen Huang, Nvidia CEO
💻️ Huang G20 sammitida eng yomon oqibat AI texnologiyalaridan ortda qolish ekanligini eslatdi. Qo'rquv imkoniyatlarni boy berishga sabab bo'lmasligi kerak. | 348 |
| 16 | 🤖 OpenAI GPT-6 Astra modelini rasman taqdim etdi!
Kompaniya ushbu relizni texnologiyadagi "avlodlar sakrashi" deb atamoqda va kelajakda odamlar aynan ushbu model orqali AGI yetib kelganini e’tirof etishlarini ta’kidlamoqda. | 392 |
| 17 | Tayinlov
Muydinov Soloxiddin Shavkat o‘g‘li — Yoshlar Venturesning Namangan viloyati Startup Ambassadorlari hududiy lideri etib tayinlandi.
S.Muydinov zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zining intiluvchanligi va bilimdonligi bilan ajralib turadigan iqtidorli yoshlardan biridir.
Hozirgi kunda u Turan International University talabasi bo‘lish bilan birga, NIS AI markazida mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda hamda hududda innovatsion g‘oyalarni ommalashtirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
👏 Yoshlar Ventures va Startup Ambassadors jamoasi Soloxiddin Muydinovni ushbu yangi mas’uliyatli bosqich bilan samimiy qutlaydi! Uning tajribasi va tashabbuskorligi Namangan viloyatida yoshlar tadbirkorligi hamda startap muhitini yangi cho‘qqilarga olib chiqishiga ishonch bildiramiz. | 526 |
| 18 | 🍂 Kuz - yangi maqsadlar va katta startlar fasli! "Debochada: From Zero" inkubatsiya dasturining sentabr oyi oqimiga qabul ochiq!
Startapingizni ishga tushirishni paysalga solib, qulay vaqt kelishini kutib yurganmidingiz? Aynan hozir harakatni boshlash vaqti. 1 oy ichida gʻoyangizni qogʻozdan real investitsiya jalb qila oladigan loyihaga aylantiring!
🚀 Sentabr kohortasida sizni nimalar kutmoqda?
💻 Debocha platformasida intensiv ta'lim: Startap qurishning barcha sirlarini noldan o'rganasiz.
🤝 Amaliy workshoplar: Yoshlar Ventures jamoasidan har haftalik jonli maslahat va yordam.
🏆 Katta sahnadagi DemoDay: Dastur yakunida venchur fondlar va farishta investorlarga loyihangizni taqdim etish (pitching) imkoniyati.O'z g'oyasiga ega va uni reallikka olib chiqishga tayyor yoshlarni yopiq Telegram guruhimizda kutib qolamiz!
🔗 Ro'yxatdan o'tish va guruhga qo'shilish uchun havola:
https://t.me/+I64pxo6usws3ZmU6
Debocha.yoshlarventures.uz | 243 |
| 19 | 🤖 CHIP DESIGNERLAR BARCHA ESHIKLARNI OCHIQ TUTMOQDA
Google va NVIDIA kabi gigantlar bir vaqtning oʻzida turli chip ishlab chiquvchilar bilan yirik kelishuvlar tuzmoqda. Custom silicon (maxsus chiplar) bozori keskin shakllanmoqda.
🔵Marvell bitimi: 18-avgustda Google Marvell’ga 58.9 millionta aksiya uchun order berdi (potensial $120 mlrd tushum shiftini anglatadi, lekin bu xarid majburiyati emas).
🔵MediaTek investitsiyasi: 13 kun oʻtib, Alphabet va NVIDIA MediaTek’ning $3.9 mlrdlik konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalariga qoʻshildi (NVIDIA $3.5 mlrd ajratdi).
🔵Ekotizim: Marvell ham, MediaTek. ham NVLink Fusion, UALink va UEC texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Kompaniyalar yagona interfeys yoki standartga bogʻlanib qolmasdan, xatarlarni diversifikatsiya qilmoqda. | 338 |
| 20 | 💲 Farovon nafaqaga chiqish xarajatlari turlicha bo‘ladi.
Mamlakat muhim ahamiyatga ega. | 350 |
