Startup Ambassadors | Samarkand
前往频道在 Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
显示更多未指定国家未指定类别
329
订阅者
无数据24 小时
-77 天
-1630 天
帖子存档
🚀 Startup'ni birga quramiz.
Sizning g'oyangiz, taklifingiz yoki tanqidingiz biz uchun muhim.
Anonim yozishingiz mumkin. 👇
https://t.me/anonaskbot?start=ug1r1qs�
Repost from Yoshlar Ventures
🇬🇧 Cambridge universitetida startap ekotizimi bo‘yicha tajriba almashildi
⚡️ Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov Cambridge Judge Business School Entrepreneurship Centre ijrochi direktori Ann Davidson bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Buyuk Britaniyada startaplar qanday qo‘llab-quvvatlanayotgani, universitetlarning innovatsion ekotizimdagi o‘rni, akseleratsiya dasturlari va ilk bosqichdagi loyihalar uchun mo‘ljallangan Ignite dasturi haqida fikr almashildi.🚀 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonda startap asoschilari uchun xalqaro tajribalarni tatbiq etish, hamkorlik yo‘nalishlari va ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslar yuzasidan ham muloqot qilindi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from The Tech
🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi?
The Tech’ning yangi muallifi bilan tanishing — Yoshlar Ventures bosh direktori Abdulaziz Yakubov. O‘zining ilk maqolasida u tez o‘zgarayotgan dunyoda startap ekotizimi qanday rivojlanayotgani va nima uchun yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakka kiritilgan investitsiya ekanini so‘zlab beradi.
Batafsil: https://the-tech.kz/ozbekistonda-startap-madaniyati-ekotizimga-hozircha-nimalar-yetishmaydi/
@thetechkz
Repost from Yoshlar Ventures
🤔 Startapdagi eng katta xato darhol mukammallikka intilishmi?
❌ Ko‘pchilik startap asoschilari darhol yuzlab funksiyalarga ega, zo'r dizaynli loyiha yaratishga katta xarajat qilishadi va ko'p hollarda oxir-oqibat bankrotlikka uchraydi. Buning asosiy sababi ular MVP (Minimum Viable Product) strategiyasini chetlab o'tishadi.✅ Muvaffaqiyatli va yashovchan startap qurish uchun g'oyangizni eng kam xarajat bilan bozorda sinab ko'rishingiz shart. Mukammallik ortidan quvib vaqt yo‘qotmang! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures
🚀 "Yoshlar Ventures marrasi"ga qo‘shiling!
📖 Yoshlar Ventures va Mutolaa hamkorligida "Venchur Zehniyati" kitobi asosida maxsus kitobxonlik marrasi start olmoqda.
Marra davomida siz:
📖 Har kuni belgilangan kitob qismini o‘qiysiz;
📝 Yakunda test orqali bilimingizni sinaysiz;
🏆 Yuqori natija ko‘rsatib, qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
🎁 Mukofotlar:
• 1–20-o‘rinlar - 1 yillik Mutolaa Premium obunasi uchun promokod.
• 1-o‘rin - Yoshlar Ventures jamg‘armasidan maxsus sovg‘alar.
• 2-o‘rin - Yoshlar Ventures portfeli.
• 3-o‘rin - Yoshlar Ventures futbolkasi va kepkasi.
📅 Marra davri: 25-iyul – 15-avgust
⏰ Test: 16-avgust, soat 20:00
📚 Kunlik o‘qish: atigi 32 daqiqa.
Agar startaplar, investitsiya va venchur dunyosini chuqurroq o‘rganishni istasangiz, bu marrani o'tkazib yubormang!
🔗 Batafsil ma'lumot va ishtirok etish: https://mutolaa.com/davra/post/408691
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
#SEPnotes
"The Innovator's Dilemma" kitobidagi qiziq paradokslardan biri:
"WHY BIG COMPANIES IGNORE BIG OPPORTUNITIES"
1997-yilda Jeff Bezos Amazon'ni ommaga chiqarmoqchi bo'lganida, kompaniyaning yillik daromadi atigi 148 million dollar edi.
O'sha paytda Walmart'ning yillik daromadi 100 milliard dollardan oshgan edi. Tasavvur qiling: Walmart rahbarlari uchun 148 million dollarlik kompaniya qanchalik jiddiy tahdid bo'lib ko'ringan bo'lishi mumkin? Katta ehtimol bilan jiddiy tahdid sifatida ko'rinmagan.
Ammo Clayton Christensenning fikricha, aynan shu yerdan ko'plab yirik kompaniyalarning muammosi boshlanadi. Katta kompaniyalar ko'pincha yangi imkoniyatlarni ko'rmay qolmaydi. Ular shunchaki juda kichik ko'rinadi.
40 million dollarlik kompaniya 20% o'sish uchun 8 million dollarlik yangi biznes topsa kifoya. Ammo 4 milliard dollarlik kompaniya xuddi shu sur'atda o'sishi uchun 800 million dollarlik yangi daromad manbai kerak bo'ladi.
Shuning uchun yirik kompaniyalar kichik bozorlarga e'tibor bermasligi ko'pincha mantiqiy qaror bo'ladi.
Muammo shundaki, ertangi gigantlar deyarli har doim bugungi kichik bozorlar ichidan chiqadi.
Amazon kitob sotishdan boshlagan.
Facebook faqat Harvard talabalari uchun yaratilgan.
Airbnb esa bir necha kishiga havo matraslarini ijaraga berishdan boshlangan.
Katta kompaniyalar "bu bozor hali juda kichik" deb kutayotgan paytda, startaplar o'sha bozorda tajriba to'playdi, mijozlarni tushunadi va ustunlik yig'adi.
Bozor nihoyat katta bo'lganda esa, o'yin allaqachon boshlangan bo'ladi.
Ko'pincha eng katta imkoniyatlar boshida ahamiyatsiz ko'rinadi.
From @stanford_kundaligi
Repost from UzCombinator
+8
🚨 UzCombinator 2-mavsum sarhisobi!
Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik 👀
💻Jami 3.583 kishi ariza topshirdi. Bu 1-mavsumga qaraganda 2.46 barobar ko'p.
Matematikani his qilib ko'ring: bir o'ringa 119,4 kishi to'g'ri keladi. Ya'ni qabul qilinish ehtimolligi atigi 0,84%⚡️
UzCombinatorga qabul qilinish Harvardga kirishdan qiyinroq bo'lib ketdimi deyman a? 😅
📌 Bundan tashqari bizda yana quyidagi qiziqarli statistikalar mavjud:
• Eng faol yosh toifasi — 18-21 yosh (38,4%) • 10 ta xalqaro davlatdan ham 45 ta asoschilar ariza topshirdi • Startaplarning 41% allaqachon MVP bosqichida • Eng ko'p yo'nalish — AI (21%) va Edtech (20%) • Mahsulot turi bo'yicha yetakchi — SaaS (22%) va Mobile App (21%)Va eng qizig'i ariza topshirganlar orasida 202 ta startapning o'z firmasi bor, 42 ta startap esa allaqachon investitsiya yoki commitment olgan 🔥 🚀 Bu shunchaki raqamlar emas. Bu O'zbekistonda startaplar qanchaki rivojlanayotganining isboti! Natijalar qachon chiqadi degan savolga esa tez orada javob beramiz :) Hozircha kanalni kuzatishda davom eting! ⚡️ @uzcombinator
Repost from Yoshlar Ventures
Startapingiz investitsiyaga loyiqmi?
🏳️ Ko‘plab startaplar g‘oya bilan keladi, ammo investorlar g‘oyadan ko‘ra muammo, bozor va aniq raqamlarga e’tibor beradi. Venchur fondni ishontirish uchun mahsulotingiz qanday muammoni hal qilishi va nima uchun aynan sizga investitsiya kiritilishi kerakligini asoslab bera olishingiz zarur.🤩 Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov ushbu videoda investorlar nimalarga e’tibor berishi va investitsiya jalb qilish uchun nimalarga tayyor bo‘lish kerakligi haqida muhim tavsiyalar bilan bo‘lishadilar. Batafsil videoda tomosha qiling! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures
AdRide startapi Yoshlar Ventures'dan $30.000 investitsiya jalb qildi
🚕 AdRide - shahar mobilitetiga integratsiyalashgan AdTech platformasi bo‘lib, harakat jarayonidagi e'tiborni monetizatsiya qiladi. Platforma brendlarga auditoriya bilan eng yuqori diqqat nuqtasida bog‘lanish, reklama kampaniyalarini real vaqt rejimida o‘lchash va ularni data-driven yondashuv asosida optimallashtirish imkonini beradi.📹 Videoda AdRide qanday muammoni hal qilayotgani va startap haqida batafsil bilib olishingiz mumkin. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures
🚀 "Yoshlar Ventures marrasi"ga qo‘shiling!
📖 Yoshlar Ventures va Mutolaa hamkorligida "Venchur Zehniyati" kitobi asosida maxsus kitobxonlik marrasi start olmoqda.
Marra davomida siz:
📖 Har kuni belgilangan kitob qismini o‘qiysiz;
📝 Yakunda test orqali bilimingizni sinaysiz;
🏆 Yuqori natija ko‘rsatib, qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
🎁 Mukofotlar:
• 1–20-o‘rinlar - 1 yillik Mutolaa Premium obunasi uchun promokod.
• 1-o‘rin - Yoshlar Ventures jamg‘armasidan maxsus sovg‘alar.
• 2-o‘rin - Yoshlar Ventures portfeli.
• 3-o‘rin - Yoshlar Ventures futbolkasi va kepkasi.
📅 Marra davri: 25-iyul – 15-avgust
⏰ Test: 16-avgust, soat 20:00
📚 Kunlik o‘qish: atigi 32 daqiqa.
Agar startaplar, investitsiya va venchur dunyosini chuqurroq o‘rganishni istasangiz, bu marrani o'tkazib yubormang!
🔗 Batafsil ma'lumot va ishtirok etish: https://mutolaa.com/davra/post/408691
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Bekzodbek Turgunov | Blog
Customer development haqida bir kuzatuv
Online meetingda clientlar odatda "yaxshi, qulay, ishlayapti" deb javob berishadi. Aynan shu clientlar bilan offline uchrashganimizda esa 10 dan ortiq real insight olib qaytamiz — muammolar, workflow'dagi to'siqlar, hech qachon aytilmagan detallar.
Numeo AI da PM + engineer rolida ishlayotganimiz haqida oldin yozgandim. Shu davrda olgan xulosalarimni video qilib tayyorladim: cust dev nima beradi va nega bu rol biznes uchun aynan foydali.
Bekzodbek Turgunov
MVP yaratishning asosiy maqsadi — mahsulot g'oyasini eng kam resurs va vaqt bilan haqiqiy foydalanuvchilarda sinab ko'rish hamda ularning fikr-mulohazalarini olish. Yaʼni bozor talabini tekshirish va foydalanuvchi feedbackini yig'ish.
🤔 Hali hech kim javob bermadi...
Balki birinchi bo'lib to'g'ri javobni siz yozarsiz? 👀
Javobingizni izohlarda qoldiring. ⬇️
🧠 Startup Quiz #1
Startup dunyosida MVP yaratishning asosiy maqsadi nima?
🚀 Startup tilida gaplasha olasizmi?
Bugun buni birgalikda sinab ko'ramiz.
Startup Quiz boshlanmoqda! 🧠
💬 Javoblar izohlarda.
⏳ Birinchi savol — birozdan so'ng.
🚀 Yangi kurs: Startup Rakurs platformada!
Startup qurishda muvaffaqiyat faqat g'oyaga emas, balki to'g'ri bilim va yondashuvga ham bog'liq.
Debocha platformasiga "Startup Rakurs" eksklyuziv kursi joylandi. Ushbu kurs orqali siz:
🔹 Mentorlikning startup rivojlanishidagi o'rni
🔹 Kaizen – doimiy takomillashtirish falsafasi
🔹 Customer Development (CustDev) orqali mijozni o'rganish
🔹 Kuchli Pitch tayyorlash sirlari
🔹 Startup tadqiqotlari va bozor tahlili
🔹 Startup muvaffaqiyatining asosiy omillari
kabi eng muhim mavzularni o'rganasiz.
🏅 Muhim: Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga beriladigan sertifikatning reytingdagi qiymati odatiy kurslarga qaraganda yuqoriroq.
Agar startup qurish, mahsulotingizni rivojlantirish va investorlar oldida ishonch bilan taqdim etishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, bu kursni albatta o'ting.
Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyat poydevori. 🚀
Startup Ambassadors | Samarkand
Samarqandda startup ekotizimini birgalikda rivojlantiramiz
Repost from Alisher Sadullaev
Startuplar uchun imkoniyat @uzcombinator yangi mavsumni boshladi.
Birinchi mavsumda loyihalar $1 mln atrofida sarmoya jalb qila olishgan edi.
Hoziroq ro’yxatdan o’ting: @uzcombinator
