ar
Feedback
Startup Ambassadors | Samarkand

Startup Ambassadors | Samarkand

الذهاب إلى القناة على Telegram

Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Bog'lanish: @Saidkarimniyazov

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
327
المشتركون
-124 ساعات
-27 أيام
-2330 أيام
أرشيف المشاركات
🚀 "From Zero" dasturining navbatdagi eksklyuziv mentorship sessiyasiga taklif qilamiz! 🎙 Bekzod Muxtorov — Yoshlar Ventures
🚀 "From Zero" dasturining navbatdagi eksklyuziv mentorship sessiyasiga taklif qilamiz! 🎙 Bekzod Muxtorov — Yoshlar Ventures’da Project Manager. 📌 Mavzu: How to Talk to Investors Ushbu sessiyada siz: • Investorlar bilan qanday to‘g‘ri muloqot qilish; • G‘oya va loyihani investorga qanday taqdim etish; • Investor bilan suhbatda nimalarga e’tibor berish; • Ishonchli va samarali pitch qilish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz. 📅 31.07.2026 ⏰ 16:00 📍 Onlayn (Debocha) 🔗 Google Meet havolasi : https://meet.google.com/xrb-gjty-fcz Barchangizni kutamiz! 🚀 Startup Ambassadors | Samarkand

Repost from UzCombinator
Suhbat bosqichiga kim o'tganini bilish payti keldi 👀 🎉 Necha kunlardan beri intiqlik bilan kutilgan suhbat bosqich natijala
Suhbat bosqichiga kim o'tganini bilish payti keldi 👀 🎉 Necha kunlardan beri intiqlik bilan kutilgan suhbat bosqich natijalari nihoyat tayyor! 📌 Natijalarni qanday bilish mumkin? • uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • profilingizga login va parol orqali kiring • va o'z natijangizni bilib oling! 🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang! 🔥 Bu faqat boshlanishi, startapingiz ustida ishlashda davom eting! Ha aytgancha, natijangizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang :) ⚡️ @uzcombinator

photo content

Repost from UzCombinator
🎉 UzCombinator hamkorlar safi yana kengaydi! Bu safar dasturchilar uchun juda muhim yangilik — dunyoning yetakchi developmen
🎉 UzCombinator hamkorlar safi yana kengaydi! Bu safar dasturchilar uchun juda muhim yangilik — dunyoning yetakchi development tool'lari ishlab chiqaruvchisi JetBrains ham rasmiy hamkorimizga aylandi. JetBrains bu IntelliJ IDEA, PyCharm, WebStorm kabi millionlab dasturchilar foydalanadigan professional IDE'lar yaratuvchisi. 🎁 2-mavsumda ishtirok etadigan startaplarimiz 6 oy davomida barcha JetBrains vositalaridan mutlaqo bepul foydalanadi. Shundan so'ng, 50% chegirma asosida foydalanish imkoniyati davom etadi. Bu jamoangizdagi har bir dasturchiga professional darajadagi ish muhitini ta'minlash imkonini beradi. UzCombinator startaplarga eng yaxshi vositalarni taqdim etishda davom etadi. ⚡️ @uzcombinator

Repost from UzCombinator
🔥 Vanihoyat! Barcha Kutgan Kun Keldi! 🥳 Uzoq kutilgan va hayajonli jarayondan so‘ng, UzCombinator 2-mavsum "Suhbat" natijal
🔥 Vanihoyat! Barcha Kutgan Kun Keldi! 🥳 Uzoq kutilgan va hayajonli jarayondan so‘ng, UzCombinator 2-mavsum "Suhbat" natijalari e’lon qilinadigan sana va vaqt aniq bo‘ldi! 🚀 📅 Sana: 29-iyul ⏰ Vaqt: 20:00 📌 Natijani qanday bilish mumkin? • uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • Profilingizga kiring • O'z natijangizni bilib oling! 🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang! Eng zo'r reaksiyalarni sahifamizda ulashamiz! Barchaga omad tilaymiz! ⚡️ ⚡️ @uzcombinator

Repost from Yoshlar Ventures
🤔 Investorlardan sarmoya jalb qilish uchun faqatgina zo'r g'oya yetarlimi?
❌ Ko'pchilik startap asoschilari o'z loyihalarini "bozorimiz juda katta", "kuchli texnologiyamiz bor" yoki "foydalanuvchilarimiz ko'p" deb maqtashga e'tibor qaratishadi. Ammo, bu investorlarni unchalik qiziqtirmaydi. Siz qanchalik baland parvoz qilmang, investorlar doim uchta asosiy savolni berishadi: "Birinchi 100 ta mijozingiz qayerda?", "Nega mijoz aynan sizni tanlaydi?" va "Ular sizga yana qaytib kelyaptimi?".
👇Sizningcha, investor uchun eng muhimi nima: g'oya, trekshen yoki jamoa? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! ⚡ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz

Repost from UzCombinator
🚀 UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari uchun yana bir maxsus mehmon! Bu safar UzCombinator 2-mavsum startaperlari Janubiy K
🚀 UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari uchun yana bir maxsus mehmon! Bu safar UzCombinator 2-mavsum startaperlari Janubiy Koreyaning eng tajribali HR va tashkiliy rivojlanish mutaxassislaridan biri bilan uchrashadi 🇰🇷 👤 Sunghyun Hwang 33 yildan ortiq vaqt davomida global miqyosda HR va korporativ rivojlanish (Organizational Development) sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis. U Google, Yahoo, Kakao Corp va shunga o'xshash yirik xalqaro kompaniyalarda uzoq yillar davomida yuqori rahbar lavozimlarida ishlagan. Hozirda u Gachon University (Gachon Cocone School)da professor sifatida talabalarga dars beradi, shuningdek turli kompaniyalarda maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Yillar davomida u dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalarida jamoalar va liderlarni rivojlantirish bo'yicha ulkan tajriba orttirgan. Endi esa shu tajribalarini 19-avgust kuni UzCombinator 2-mavsum ishtrokchilari bilan bo'lishadi! ⚡️ @uzcombinator

Repost from Debocha
​⚡️ Investitsiyasiz o‘sish yetarlimi? ​Startapchilarga doim bitta savolni beraman: “Bootstrap usulida topayotgan daromadingiz keyingi o‘sishga yetadimi yoki yo‘q?” ​Agar javobingiz “Yo‘q, tezroq kengayish uchun investitsiya kerak” bo‘lsa, demak bu video aynan siz uchun. ​👉 Batafsil: Debocha @debochadur ⚡️

Repost from Alisher Sadullaev

Repost from Yoshlar Ventures
🔥 Yoshlar Ventures sahifalarida yangi rubrika! 🚀 Ko'plab iqtidorli yoshlarimizda MVP bosqichdagi startaplar bor, biroq ular
🔥 Yoshlar Ventures sahifalarida yangi rubrika! 🚀 Ko'plab iqtidorli yoshlarimizda MVP bosqichdagi startaplar bor, biroq ularni ommaga tanitish va ilk auditoriyani yig'ish doim ham oson kechmaydi. ✅ Yoshlar Ventures sizga bu borada yordam beradi! Ijtimoiy tarmoqlarimizda yangi yo'nalishni ishga tushirmoqchimiz: Startapingizning MVP prototipi bo'lsa, o'z loyihangizni kameraga 1 daqiqa ichida "pitch" qilib berishingiz mumkin. 📈 Biz esa startaplarni saralab olib, ularni o'zimizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiramiz. Bu loyihangizni butun O'zbekistonga tanitish va o'zingizning birinchi mijozlaringiz yoki investorlaringizni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyati! Ariza to'ldirish ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz

🚀 Startup'ni birga quramiz. Sizning g'oyangiz, taklifingiz yoki tanqidingiz biz uchun muhim. Anonim yozishingiz mumkin. 👇 https://t.me/anonaskbot?start=ug1r1qs⁠�

Repost from Yoshlar Ventures
🇬🇧 Cambridge universitetida startap ekotizimi bo‘yicha tajriba almashildi ⚡️ Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov Cam
🇬🇧 Cambridge universitetida startap ekotizimi bo‘yicha tajriba almashildi ⚡️ Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov Cambridge Judge Business School Entrepreneurship Centre ijrochi direktori Ann Davidson bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Buyuk Britaniyada startaplar qanday qo‘llab-quvvatlanayotgani, universitetlarning innovatsion ekotizimdagi o‘rni, akseleratsiya dasturlari va ilk bosqichdagi loyihalar uchun mo‘ljallangan Ignite dasturi haqida fikr almashildi.
🚀 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonda startap asoschilari uchun xalqaro tajribalarni tatbiq etish, hamkorlik yo‘nalishlari va ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslar yuzasidan ham muloqot qilindi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Repost from The Tech
🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ning yangi muallifi bilan tanishing — Yoshlar Ventures bosh direktori Abdulaziz Yakubov. O‘zining ilk maqolasida u tez o‘zgarayotgan dunyoda startap ekotizimi qanday rivojlanayotgani va nima uchun yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakka kiritilgan investitsiya ekanini so‘zlab beradi. Batafsil: https://the-tech.kz/ozbekistonda-startap-madaniyati-ekotizimga-hozircha-nimalar-yetishmaydi/ @thetechkz

Repost from Yoshlar Ventures
🤔 Startapdagi eng katta xato darhol mukammallikka intilishmi?
❌ Ko‘pchilik startap asoschilari darhol yuzlab funksiyalarga ega, zo'r dizaynli loyiha yaratishga katta xarajat qilishadi va ko'p hollarda oxir-oqibat bankrotlikka uchraydi. Buning asosiy sababi ular MVP (Minimum Viable Product) strategiyasini chetlab o'tishadi.
✅ Muvaffaqiyatli va yashovchan startap qurish uchun g'oyangizni eng kam xarajat bilan bozorda sinab ko'rishingiz shart. Mukammallik ortidan quvib vaqt yo‘qotmang! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Repost from Yoshlar Ventures

Repost from Yoshlar Ventures
🚀 "Yoshlar Ventures marrasi"ga qo‘shiling! 📖 Yoshlar Ventures va Mutolaa hamkorligida "Venchur Zehniyati" kitobi asosida ma
🚀 "Yoshlar Ventures marrasi"ga qo‘shiling! 📖 Yoshlar Ventures va Mutolaa hamkorligida "Venchur Zehniyati" kitobi asosida maxsus kitobxonlik marrasi start olmoqda. Marra davomida siz: 📖 Har kuni belgilangan kitob qismini o‘qiysiz; 📝 Yakunda test orqali bilimingizni sinaysiz; 🏆 Yuqori natija ko‘rsatib, qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. 🎁 Mukofotlar: • 1–20-o‘rinlar - 1 yillik Mutolaa Premium obunasi uchun promokod. • 1-o‘rin - Yoshlar Ventures jamg‘armasidan maxsus sovg‘alar. • 2-o‘rin - Yoshlar Ventures portfeli. • 3-o‘rin - Yoshlar Ventures futbolkasi va kepkasi. 📅 Marra davri: 25-iyul – 15-avgust ⏰ Test: 16-avgust, soat 20:00 📚 Kunlik o‘qish: atigi 32 daqiqa. Agar startaplar, investitsiya va venchur dunyosini chuqurroq o‘rganishni istasangiz, bu marrani o'tkazib yubormang! 🔗 Batafsil ma'lumot va ishtirok etish: https://mutolaa.com/davra/post/408691 ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

#SEPnotes "The Innovator's Dilemma" kitobidagi qiziq paradokslardan biri: "WHY BIG COMPANIES IGNORE BIG OPPORTUNITIES" 1997-yilda Jeff Bezos Amazon'ni ommaga chiqarmoqchi bo'lganida, kompaniyaning yillik daromadi atigi 148 million dollar edi. O'sha paytda Walmart'ning yillik daromadi 100 milliard dollardan oshgan edi. Tasavvur qiling: Walmart rahbarlari uchun 148 million dollarlik kompaniya qanchalik jiddiy tahdid bo'lib ko'ringan bo'lishi mumkin? Katta ehtimol bilan jiddiy tahdid sifatida ko'rinmagan. Ammo Clayton Christensenning fikricha, aynan shu yerdan ko'plab yirik kompaniyalarning muammosi boshlanadi. Katta kompaniyalar ko'pincha yangi imkoniyatlarni ko'rmay qolmaydi. Ular shunchaki juda kichik ko'rinadi. 40 million dollarlik kompaniya 20% o'sish uchun 8 million dollarlik yangi biznes topsa kifoya. Ammo 4 milliard dollarlik kompaniya xuddi shu sur'atda o'sishi uchun 800 million dollarlik yangi daromad manbai kerak bo'ladi. Shuning uchun yirik kompaniyalar kichik bozorlarga e'tibor bermasligi ko'pincha mantiqiy qaror bo'ladi. Muammo shundaki, ertangi gigantlar deyarli har doim bugungi kichik bozorlar ichidan chiqadi. Amazon kitob sotishdan boshlagan. Facebook faqat Harvard talabalari uchun yaratilgan. Airbnb esa bir necha kishiga havo matraslarini ijaraga berishdan boshlangan. Katta kompaniyalar "bu bozor hali juda kichik" deb kutayotgan paytda, startaplar o'sha bozorda tajriba to'playdi, mijozlarni tushunadi va ustunlik yig'adi. Bozor nihoyat katta bo'lganda esa, o'yin allaqachon boshlangan bo'ladi. Ko'pincha eng katta imkoniyatlar boshida ahamiyatsiz ko'rinadi. From @stanford_kundaligi

Repost from UzCombinator
🚨 UzCombinator 2-mavsum sarhisobi! Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik 👀 💻Jami 3.583 ki
+8
🚨 UzCombinator 2-mavsum sarhisobi! Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik 👀 💻Jami 3.583 kishi ariza topshirdi. Bu 1-mavsumga qaraganda 2.46 barobar ko'p. Matematikani his qilib ko'ring: bir o'ringa 119,4 kishi to'g'ri keladi. Ya'ni qabul qilinish ehtimolligi atigi 0,84%⚡️ UzCombinatorga qabul qilinish Harvardga kirishdan qiyinroq bo'lib ketdimi deyman a? 😅 📌 Bundan tashqari bizda yana quyidagi qiziqarli statistikalar mavjud:
• Eng faol yosh toifasi — 18-21 yosh (38,4%) • 10 ta xalqaro davlatdan ham 45 ta asoschilar ariza topshirdi • Startaplarning 41% allaqachon MVP bosqichida • Eng ko'p yo'nalish — AI (21%) va Edtech (20%) • Mahsulot turi bo'yicha yetakchi — SaaS (22%) va Mobile App (21%)
Va eng qizig'i ariza topshirganlar orasida 202 ta startapning o'z firmasi bor, 42 ta startap esa allaqachon investitsiya yoki commitment olgan 🔥 🚀 Bu shunchaki raqamlar emas. Bu O'zbekistonda startaplar qanchaki rivojlanayotganining isboti! Natijalar qachon chiqadi degan savolga esa tez orada javob beramiz :) Hozircha kanalni kuzatishda davom eting! ⚡️ @uzcombinator

Repost from Yoshlar Ventures
Startapingiz investitsiyaga loyiqmi?
🏳️ Ko‘plab startaplar g‘oya bilan keladi, ammo investorlar g‘oyadan ko‘ra muammo, bozor va aniq raqamlarga e’tibor beradi. Venchur fondni ishontirish uchun mahsulotingiz qanday muammoni hal qilishi va nima uchun aynan sizga investitsiya kiritilishi kerakligini asoslab bera olishingiz zarur.
🤩 Yoshlar Ventures rahbari Abdulaziz Yakubov ushbu videoda investorlar nimalarga e’tibor berishi va investitsiya jalb qilish uchun nimalarga tayyor bo‘lish kerakligi haqida muhim tavsiyalar bilan bo‘lishadilar. Batafsil videoda tomosha qiling! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!