Doniyor Tojikhonov | Blog
前往频道在 Telegram
Yaponiyada dasturlash va Yaponiya hayotiga oid maqola va media kontentlar.
显示更多500
订阅者
+124 小时
+17 天
-730 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+2
在0个频道中
八月 '260
在0个频道中
Get PRO
七月 '26
+4
在1个频道中
Get PRO
六月 '26
+8
在0个频道中
Get PRO
五月 '26
+6
在0个频道中
Get PRO
四月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+2
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+6
在1个频道中
Get PRO
十二月 '25
+8
在0个频道中
Get PRO
十一月 '25
+11
在2个频道中
Get PRO
十月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
九月 '25
+9
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+2
在0个频道中
Get PRO
六月 '25
+11
在2个频道中
Get PRO
五月 '25
+8
在1个频道中
Get PRO
四月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
三月 '25
+20
在1个频道中
Get PRO
二月 '25
+16
在3个频道中
Get PRO
一月 '25
+23
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+31
在1个频道中
Get PRO
十一月 '24
+180
在8个频道中
Get PRO
十月 '24
+80
在2个频道中
Get PRO
九月 '24
+79
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+27
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+35
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+36
在0个频道中
Get PRO
五月 '24
+21
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+14
在0个频道中
Get PRO
三月 '24
+42
在1个频道中
Get PRO
二月 '24
+37
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+104
在1个频道中
Get PRO
十二月 '23
+52
在1个频道中
Get PRO
十一月 '23
+43
在0个频道中
Get PRO
十月 '23
+527
在2个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 10 九月 | 0 | |||
| 09 九月 | +1 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | 0 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | 0 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | 0 | |||
| 02 九月 | +1 | |||
| 01 九月 | 0 |
频道帖子
| 2 | Nega yapon yuz yil yashar-u
O’zbek buncha yoshga bormaydi?
Chunki yapon bizdek qorong'u
Sahar turib oshga bormaydi.
Motamida u obro' uchun
Elni chorlab ziyofat qurmas.
Bayramida bel bog’lab uch kun
Shamdek qotib ko’chada turmas.
Garchi bizdan yuz bor farovon,
Garchi bizdan yuz karra to'qdir.
To’y xarjida yuzta boy yapon
Bir kambag’al o’zbekcha yo’qdir.
Bu so’zimni yaponga aytsam
Dedi battar qisib ko’zini:
Yapon bundoq yasholmas hech ham,
Harakiri qilar o’zini.
Erkin Vohidov | 258 |
| 3 | Oxirgi 1 yil, asosiy ishimdan tashqari bo'sh vaqtimda DSA (Data Structures and Algorithms) bilan shug'ullanishga harakat qildim.
Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha kodni AI generate qilib beryapti. Qarorni esa dasturchilar qabul qilyapti. Kompaniyalar uchun siz kodni qanday yozganingiz emas, balki kod uchun javobgarlik ololasizmi, yo'qmi shu muhim bo'lib qoldi.
Barcha kod AI tomonidan generatsiya qilinayotgan bu vaqtda, fundamental bilimlardan uzoqlashish, ko'p narsalarni yuzaki tushunib ketish kuchayib bormoqda. Ayni shu vaqtda eng yaxshi investitsiya — fundamental bilimlarni mustahkamlash deb o'ylayman. Fundamental bilimlar orasida ham, sizni har tomonlama fikrlashga, mantiqni rivojlantirishga, muammoni chuqur tushunib, uni mayda qismlarga bo'lib yechishga undaydigan narsa — bu aynan DSA bilan shug'ullanish.
260+ masala men uchun ham katta natija emas, shunchaki shu jarayonning tashqi ko'rinishi, holos. | 253 |
| 4 | Hozirgi zamonda eng katta ustunlik iqtidorda emas. Eng katta ustunlik — chalg‘imasdan uzoq vaqt bir ish ustida ishlay olishda.
Eng katta raqobat iqtidor uchun emas, e'tibor uchun, fokus uchun ketmoqda. | 453 |
| 5 | Bugungi kundagi eng achinarli holatlardan biri shuki, uxlashdan oldingi oxirgi ishimiz ham, ertalab ko‘zimizni ochishimiz bilan qiladigan birinchi ishimiz ham telefonni qo‘limizga olib, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish bo‘lib qolgan.
Bir o‘ylab ko‘ring, kunimizni o‘z hayotimiz bilan emas, boshqalarning hayotini tomosha qilish bilan boshlayapmiz. Kechqurun esa miyamizni dam oldirish o‘rniga cheksiz videolar va postlar orasida vaqtimizni o'tkazyapmiz.
Eng achinarlisi, buni ko‘pchiligimiz odatiy hol deb qabul qilib bo‘lganmiz.
Bir paytlar ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning bir qismi edi. Endi esa hayotimiz ijtimoiy tarmoqlarning bir qismiga aylanib qolgandek. | 524 |
| 6 | Hozirgi ishlayotgan kompaniyamga mendan oldin birorta ham o'zbek kelmagan ekan. Hamkasblarim orasida turli xil davlatlardan kelganlar bor. Tabiiyki, ko'pchiligi O'zbekiston haqida deyarli hech narsa bilmaydi. Imkon topsa, qiziqib har xil savollar berishadi.
Sportga qiziqadiganlari ham ko'p. Tokio Olimpiadasida bokschilarimizning natijalaridan keyin O'zbekistonga bo'lgan qarashlari ancha o'zgarganini sezgandim.
Futbol bo'yicha Jahon chempionatiga chiqqanimizni eshitishganda ham "Qoyil, zo'r natija!" deb tabriklashgandi.
Bugun esa oxirgi o'yinda ham yutqazdik. Ishdagi yapon do'stim menga xabar yozibdi. "Xafa bo'lma. Sizlar juda yaxshi qatnashdinglar. Yaponiya ham birinchi marta Jahon chempionatiga chiqqanida birorta ham ochko ololmay qaytgan. Keyingi safar yanada kuchliroq bo'lasizlar", deb yozibdi.
Qiziqib qarasam, rostdan ham Yaponiya 1998-yilda ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan ekan. O'shanda uchala o'yinda ham yutqazib qaytishgan ekan.
Bugun ko'pchilik bir dumalab futbol "eksperti" bo'lib olib, faqat tanqid qilish bilan band. Aslida esa, ularning ko‘pi o‘z sohasida hatto o‘rtacha natijaga ham erishmagan.
Hech narsa birdaniga bo'lmaydi. Muhimi — o'sish bor. Menimcha, natija qanday bo'lishidan qat'i nazar, qo'llab-quvvatlash kerak. | 530 |
| 7 | Fast food — soxta oziqlanish.
Qorningiz to‘yadi, lekin tanangiz kerakli foydani olmaydi.
Giyohvand moddalar — soxta baxt.
Bir lahzalik kayfiyat beradi, ammo ortidan og‘ir oqibatlar keladi.
Chekish — soxta xotirjamlik.
Stress kamaygandek tuyuladi, aslida esa muammo o‘z joyida qoladi.
Ijtimoiy tarmoqlar — soxta munosabat.
Minglab obunachilar bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy suhbat va mehrning o‘rnini bosa olmaydi.
Haqiqiy salomatlikni fast fooddan, baxtni giyohvandlikdan, xotirjamlikni chekishdan, munosabatni esa ekran ortidan izlamang.
Soxtalik ortidan quvib, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. | 436 |
| 8 | Qiziq bir internship ga ko'zim tushib qoldi. Dasturchilarga aloqasi yo'qku lekin kimlargadur foydali bo'lar deb o'yladim.
Nagasakida joylashgan "ONE DEJIMA" nomli logistikaga aloqador kompaniyada amaliyot imkoni ochilibdi.
Hozirda Yaponiyada yoki Yaponiyadan tashqarida bakalavr yoki magistratura bosqichida tahsil olayotganlar topshirsa bo'lishar ekan. Logistika sohasiga qiziqganlar uchun yaxshi imkoniyat deb o'ylayman.
Topshirib ko'ravering, xech narsa yutqazmaysiz.
Batafsil: https://hrmos.co/pages/onedejima/jobs/0000132 | 582 |
| 9 | Shingaku Navi Bot yangilandi!
Endi bot orqali universitetlarni ham qidirishingiz mumkin.
📚 900+ ta universitet ma'lumotlari qo'shildi. | 462 |
| 10 | Yaponiyadagilar uchun kichik bir telegram bot yozdik — @shingaku_navi_bot
Asosan kollejlarni qidirish uchun, hozircha shu ishlayapti.
Universitetlar ham tez orada qo'shiladi.
Sinab ko'ring, kamchilik yoki takliflar bo'lsa @ask_doniyor_bot ga yozing. | 1 431 |
| 11 | Hayotda eng katta yolg'on nima bilasizmi?
"Endi kech" degan gap.
Kimdir 30 da boshlagan. Kimdir 40 da hamma narsasini tashlab, noldan boshlagan. Kimdir 50 da birinchi marta o'z biznesini ochgan. Barchasi atrofidagilardan "endi nima qilasan?" degan savol eshitgan. Baribir boshlagan.
Sizda ham ichingizda "menga endi kech, vaqt o'tib ketdi" degan ovoz bormi?
O'sha ovoz yolg'on.
Muammo vaqtda emas — qaror qilmaslikda. Chunki to'g'ri vaqt deb kutaveradigan odam umrining oxirigacha kutaveradi.
Boshlash uchun ideal sharoit bo'lmaydi. Hech qachon.
Boshlamaslik — bu ham bir tanlov. Faqat eng achinarli tanlov.
Yoshingiz emas, qaroringiz muhim. | 574 |
| 12 | Bugungi avlodda miya ko‘pincha charchagani uchun emas, balki odat bo‘lib qolgani uchun dam olishni xohlayapti nazarimda. | 520 |
| 13 | Uzoq vaqt Yaponiyada yashab, dasturlash sohasida ishlab kelish jarayonida bir “Tech Paradox”ni kuzatyapman.
Masalan, Shinkansen (tez yurar poyezd) chiptasini onlayn olishga harakat qilsangiz, interfeys sizni 2005-yillarga qaytarib yuborgandek bo‘ladi. Dizayn eski, tugmalar joylashuvi g‘alati, ba’zi joylarda qaysi bosqichda ekaningizni ham tushunmay qolasiz.
Lekin Shinkansenning o‘ziga chiqsangiz — umuman boshqa manzara. Muhandislik darajasi hayratlantiradi.
Nega ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri bo‘lgan davlat, dasturiy ta’minotda bunday qiynaladi?
Shaxsiy kuzatuvim bo‘yicha, bu sohada mutaxassislar yetishmaydi. Ayniqsa tajribali dasturchilar kam. Chet eldan malakali mutaxassislarni jalb qilish ham oson emas — til to‘sig‘i bor. Ko‘p kompaniyalarda ish jarayoni asosan yapon tilida olib boriladi. Bu esa tashqaridan keladigan mutaxassislar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Yana bir masala — maoshlar. Yevropa bilan solishtirganda, ko‘p hollarda raqobat darajasi pastroq. Natijada kuchli mutaxassislar uchun Yaponiya har doim ham jozibador tanlov bo‘lib ko‘rinmaydi.
Lekin xursand bo'ladigan tarafi ham bor. Vaziyat asta-sekin o‘zgarib boryapti. Startup ekotizimi kuchaymoqda, xalqaro kompaniyalar xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilyapti, masofadan ishlash tizimi kengaymoqda.
Va ochig‘i, shu jarayonni ichidan kuzatish juda qiziq bo'lyapti. | 299 |
| 14 | 1848-yilda minglab odamlar Kaliforniyaga oltin izlab kelishgan. Chunki o‘sha paytda u yerda oltin topilgani haqida xabar tezda tarqalgan edi. Odamlar boyib ketish umidida uzoq yo‘lga chiqishgan.
Ammo ularning aksariyati oltindan deyarli foyda ko‘rmagan. Eng ko‘p boyiganlar oltin qaziganlar emas, balki oltin qazish uchun zarur bo‘lgan anjom va uskunalarni sotganlar bo‘lgan. Masalan, Levi Strauss — bugun hammaga tanish bo‘lgan Levi’s jinsi shimlari brendining asoschisi.
So‘nggi paytlarda Yaponiyada ham shunga o‘xshash holatni ko‘ryapman. O'qish maqsadida kelishyapti va o'qishni tashlab qo'yishyapti.
Bu ishlar "vaqtincha" deb vaqtingizni bekor sarflamang. Umr qisqa. Butun umr qiladigan ishlar qilishni boshlang — “vaqtincha” ishlarga vaqt qolmasin.
Hamma qilayotgan ishlarni qilib, hech kim erishmagan natija kutmang. | 1 947 |
| 15 | Biz haqimizda ekan… | 508 |
| 16 | Qayta-qayta kelishga arziydigan shahar — Nara | 422 |
| 17 | Avvallari ta’lim olish hammaga ham nasib qilmagan. Turli xil sabablarga ko‘ra hamma ham sifatli ta’lim ololmas edi. Hozir esa buning aksi — bepul va sifatli ta’lim olish imkoniyati bor, lekin ko‘pincha odamlarning xohishi yoki vaqti yetishmaydi.
YouTube’da Stanford Universitetining iOS Development (SwiftUI) bo‘yicha kursiga ko‘zim tushib qoldi. Ilgari bunday universitetning bunday kurslarini faqat orzu qilish mumkin edi, hozir esa ularni mutlaqo bepul o‘rganish mumkin.
Ko‘p narsa kerak emas: internet, kompyuter, diqqat va kuniga biroz vaqt bo‘lsa kifoya.
Ajoyib davrlarda yashayapmiz. | 608 |
| 18 | O‘zimizni aldashga usta bo‘lib qolganmiz.
- “Dushanbadan boshlayman”
- “Yangi yildan.”
- “1-yanvardan aniq.”
Xech qanday kun ham, sana ham, hafta ham hech narsani o‘zgartirmaydi.
Dushanba yoki yangi oyning boshi sizni intizomli qilib qo‘ymaydi.
Mukammal reja shart emas.
Motivatsiya kelishini kutish ham foydasiz.
Bitta kichkina odatni bugun boshlash yetarli, 5–10 daqiqa bo‘lsa ham.
Kutish hayotni o‘zgartirmaydi.
Harakat o‘zgartiradi.
Agar baribir nimagadir bog‘lash kerak bo‘lsa —
bugun 2026-yilning 1-kuni. | 571 |
| 19 | Kobe Suma Seaworld | 501 |
| 20 | Yaqinda O‘zbekistondagi yo‘llarda ishlayotgan kuzatuv kameralariga oid maqolaga ko‘zim tushib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu tizim bir muddat internetga ochiq holda qolib ketgan.
Bu holat texnologiyaning o‘zi haqida emas, balki unga qanday munosabatda bo‘layotganimiz haqida ko‘proq gapirayotgandek. Chunki gap real hayot, real odamlar va ularning kundalik harakati haqida ketayapti. Menimcha, bizdagi katta kamchilik — “shaxsiy ma’lumot” degan tushunchaga yetarlicha jiddiy qaralmayotganida. Yoki ehtimol, kimlardir vaqti-vaqti bilan kirib turishi uchun atayin ochiq qoldirilgandir — buni aniq aytish qiyin.
Nima bo‘lganda ham, texnologiya faqat qulaylik emas, balki mas’uliyat ham. Bunday tizimlar ko‘payib borayotgan bir paytda, ularning faqat ishlashi emas, balki xavfsizligi ham ta’minlanishi kerak. Tizim xavfsizligi oxirida qo‘shiladigan narsa emas, u boshidan o‘ylanishi kerak. | 696 |
