cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Doniyor Tojikhonov

Yaponiyada dasturlash va Yaponiya hayotiga oid maqola va media kontentlar. Doniyor Tojikhonov, Software Engineer Bog’lanish uchun: @kyodaifeedback_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
577
المشتركون
+224 ساعات
+57 أيام
+3030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Salom, do'stlar! Kelasi hafta Nagoyada katta IT ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Biz ham borishga qaror qildik - yangi loyihamiz uchun g'oyalar izlaymiz. Kirish bepul, lekin ro'yxatdan o'tish kerak. Qiziqsangiz, rasmiy saytdan ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin. Sana: 17-19 aprel Manzil: Nagoya, Portmesse Nagoya
إظهار الكل...
👍 7 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talabalik davrimda Nara shahrida joylashgan kichik bir startup kompaniyada internship qilgan edim. Shu kompaniya yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ishga qabul qilishyapti ekan. O‘zbekistondan  ham topshirsangiz bo‘ladi. Yapon tili shart emas lekin bilsangiz foyda. Kompaniya ishlab chiqarishda yordamchi bo‘ladigan kichik robot’lar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Jamoa uncha katta emas, lekin internatsional. Turli xil millatdan ishchilar bor. Kompaniya website orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri apply qilavering.
إظهار الكل...
👍 14🔥 1
SHOGIRD USTOZDAN SO'RADI SH: Dasturlashni o’rganishni qachon boshlash kerak? U: Hozir. SH: Dasturlashni o'rganish uchun matematikani bilishim shartmi? U: Yo'q, shart emas. Lekin, bilsangiz o'zizga foyda. SH: Birinchi bo’lib qaysi dasturlash tilini o’rganay? U: Farqi yo’q. Quyidagi keng tarqalgan tillardan birini tanlang: C++, C#, Go, Python, Java, va JavaScript. Bir tilni yaxshi o’rganib olganingizdan keyin boshqa bir tilni o’rganish ancha osson bo’ladi. SH: Dasturlashni yaxshi o’rganish uchun ingliz tili kerakmi? U: Ha. Mavjud foydali resurslarni ko’pi ingliz tilida. Ertami kechmi o’rganishga majbur bo’lasiz. Agar ingliz tilini ozgina bilsangiz, dasturlashni o’rganishni boshlasangiz bo’ladi. Agar umuman bilmasangiz, birinchi ingliz tilidan boshlashni maslahat beraman. SH: Dasturlashni o'rganmoqchiman. Laptopni qanaqasidan sotib olayin? U: Minimum 8GB RAM, 500GB SSD, Core i5. Agar sharoyitingiz bo'lmasa, ishlatilganidan oling. SH: Yoshim XX da. Dasturlashni o’rgangangani kech emasmi? U: Yo’q. Xohish bo’lsa bo’lgani, yosh muhum emas. Gazni bosavering! SH: Dasturlashni online o’rgangan yaxshimi yoki tutorga borgan yaxshimi? U: Hammaga har xil uslub tugri keladi. Ikkovini ham qilib kurishni maslahat beraman. Qaysinda yaxshiroq o’sish ko’rsangiz o’sha yo’lda o’rganing. SH: Dasturlashni o’rganishga qaysi kitoblarni maslahat berasiz? U: Boshida kitobdan o’rganishni maslahat bermayman. Boshida online resurslardan foydalanib o’rganing. Keyinroq biror bir mavzu bo’yicha chuqur tushuntirilgan maxsus kitoblarni o’qisangiz bo’ladi. SH: Dasturlashni o’rgansam, 1 yilda qancha oylikga chiqolaman? U: Aniq aytolmayman. Pulni emas bilim va tajribani quving. Keyin, pulni o’zi sizi topib oladi. SH: Dasturlash uchun qaysi Operatsion Sistema yaxshi? Linux, Windows, yoki macOS? U: Tabingizga qarab. SH: Websayt yaratsangiz, websaytingizda ishlatilgan trafikdan (megabaytdan) pul topasimi? U: Yo'q. Traffikga ishlatgan hamma puliz internet/telefon providerizga ketadi. Xalixam tushinmadizmi? Hop. Tasavur qilaylik websayt bu bozordagi bir do'kon. Shu do'kondan non sotib olsangiz, bozorga borgani ishlatgan taxi puliz do'konchiga ketmaydi-ku. Websaytlar xam huddi shunday. SH: Frontend yaxshimi yoki Backend yaxshimi? Kimga ko’proq pul to’lashadi? U: Ikkovi ham yaxshi. Frontend ko’proq visual ish: Backenddan kelgan informatsiyani to’gri/chiroyli ko’rsatish va userdan informatsiyani to’gri yeg’ib Backendga jo’natish. Hali ham qaror qabul qila olmaydigan bo’lsangiz, tangadan foydalaning. Agar biri yoqmasa, keyin boshqasiga o’tib ketaverasiz. Yo’q, o’rganganlaringiz behudaga ketmaydi. Qancha oylik olishingiz ko’proq tajribangizga bog’liq. SH: Mobile developer bo’lmoqchiman, Android yaxshimi yoki iOS yaxshimi? U: Ikkovi ham birdek yaxshi. Agar tanla olmayotgan bo’lsangiz, tangadan foydalaning. Biri yoqmasa, keyin boshqasiga o’tsangiz bo’ladi. Yo’q, o’rganganlaringiz behudaga ketmaydi. SH: Javani bilsangiz, JavaScriptni o’rganish onson bo’ladimi? U: Yo’q, ular umuman boshqa-boshqa narsalar. SH: Web framework o’rganmoqchiman? React o’rganaymi yoki Angular? Vue.js-chi? U: Sizga yoqqan birini o’rganing. Keyincha yoqmasa, boshqasini o’rgansez bo’ladi. SH: Google qilish to'g'ri yo'lmi? Har safar google qilishga o'rganib qolmaymizmi? U: Ha, to'g'ri yo'l. Aslida ham shunday bo'lishi kerak: har safar google qilishga o'rganishingiz kerak. Credit: Vohid Karimov (Software Engineer, Google)
إظهار الكل...
👍 16🔥 4 3👏 1
Iyun oyidan boshlab Yaponiya hukumati mamlakatda narx-navolar oshib borayotgani sabab aholiga yordam berish uchun soliqlarni qisman kamaytirishni boshladi. Ushbu yangi dasturga ko‘ra, har bir soliq to‘lovchidan 30 000 yen daromad solig‘idan, 10 000 yen esa rezident solig‘idan kamaytiriladi. Agar soliq to‘lovchining qaramog‘ida oilasi bo‘lsa, unda ushbu miqdor har bir oila a’zosi uchun qo‘llaniladi. (Yillik daromadi yiliga 20 million yendan oshiq soliq to‘lovchilar bundan mustasno.) Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, aytaylik bir oila bitta farzandi bilan 3 kishi bo‘lib yashaydi. Bunday vaziyatda oilada soliq to‘lovchining daromad solig‘idan 90 000 yenga (30 000 x 3 = 90 000), rezident solig‘ingizdan esa 30 000 yenga (10 000 x 3) kamaytiriladi. Daromad solig‘i qanday tartibda kamaytiriladi? Yuqoridagi oila misolida ko‘rib chiqsak. Misol uchun yuqoridagi oilaning soliq to‘lovchisining oyligidan har oy 20 000 yen daromad solig‘i ushlanib qolinadi. Ushbu dasturga ko‘ra endi bu soliq to‘lovchida 90 000 yen daromad solig‘i uchun va 30 000 yen rezident solig‘i uchun chegirmasi bor.Ushbu chegirmaga ko‘ra endi Iyun, Iyul, Avgust va Sentyabr oylari uchun oylik maoshidan daromad solig‘i ushlanib qolinmaydi. Oktyabr oyi uchun esa faqatgina 10 000 yen daromad solig‘i to‘laydi. Noyabr va Dekabr uchun xar dolimdagidek yana 20 000 yendan daromad solig‘i to‘lashni boshlaydi. Agar umumiy Iyun oyidan Dekabr oyigacha bo‘lgan daromad solig‘i chegirmadan kam bo‘lsa-chi? Bunday holatda, yilning oxirigacha soliq to‘lamaydi va qolgan miqdor soliq to‘lovchiga naqd pul ko‘rinishida qaytarib beriladi. Rezident solig‘i qanday tartibda kamaytiriladi? Yaponiyada rezident solig‘i bir yil oldingi yillik daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. 2024 yil uchun rezident solig‘i, sizning 2023-yildagi daromadingizdan kelib chiqib hisoblanadi. Shu sabab universitetni yangi bitirgan talabalar yangi ish boshlashganida rezident solig‘i to‘lamaydilar. Chunki 1-yil oldin ular talaba bo‘lganlar va katta daromad qilmagan bo‘ladilar. Ha men ham bu yil rezident solig‘i to‘lamayapman.) Endi mavzuga qaytsak. Rezident solig‘i 1-yil oldingi daromadingizdan kelib chiqib hisoblangandan so‘ng, Iyul oyidan boshlab kelasi yilning May oyigacha oyma-oy to‘lanib boriladi. Misol uchun aytaylik yuqoridagi oilaning soliq to‘lovchisining rezident solig‘i umumiy 140 000 yen chiqdi. Endi chegirmadagi 30 000 yen kamaytirilib, 110 000 yen to‘lashi lozim bo‘ladi va Iyul oyidan kelasi yilning May oyigacha har oy 10 000 yendan to‘lanib boriladi. Menimcha oramizda Yaponiyada talaba bo‘lib yurganlar ko‘p bo‘lsa kerak. Tabiiyki ular daromad va rezident solig‘i to‘lamaydilar (qonun buzib ko‘p ishlaganlar bundan mustasno). Ularga qanday yengillik bo‘ladi? Yangilikda yozilishicha ular 70 000 yendan yordam puli oladilar. P.s men 70 000 yen yordam pulini qanday va qachondan olishni bilmayman.Yashaydigan joyingizdagi hokimiyatdan so‘rab ko‘ring.
إظهار الكل...
👍 10👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmdagi xatda shunday yozilgan:
Iyun oyi uchun ijara haqqi 1¥ (≈81 so‘m) ortiqcha to‘langan. Shu sabab keyingi oy uchun to‘lovda 1¥ kamroq to‘lashingizni so‘raymiz.
Iyun oyi uchun uy ijarasiga 1¥ ko‘p to‘laganim uchun shunday xat kelibdi. Eng qizig‘i buni menga jo‘natish uchun 63¥ xarajat qilishgan.
إظهار الكل...
👍 23😁 13🤣 8🔥 2
Bu haftadan bizda OJT (on job training) dasturi boshlandi. Barcha yangi qabul qilinganlar o‘zlari ishlaydigan bo‘limga qarab turli xil yo‘nalishlarda o‘qishni davom ettiradilar. Bizning kompaniyaning asosiy biznesi kichik va o‘rta hajmdagi turli xil ishlab chiqarish korxonalariga dasturlar ishlab chiqib sotishdan iborat. Kompaniyaning asosiy daromad manbai bo‘lgan loyihasi bu Ishlab chiqarishni boshqarish uchun dasturiy ta’minot. Aniqroq qilib aytganda PMS (Production Management System ) dasturi. Yapon tilida 生産管理システム deb ataladi. PMS dasturining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni rejalashtirish, inventarizatsiyani boshqarish, sifat nazorati va resurslarni taqsimlashga qaratilgan. Bizning PMS dasturining boshqa shunga o‘xshash dasturlardan asosiy farqi, bizdagi dastur schyot-fakturalar, debitorlik qarzlari, to‘lovlar, xaridlar, kreditorlik qarzlari va xarajatlar kabi sotishni boshqarish funksiyalarini ham o‘z ichiga olganligida. Bundan tashqari sotib olayotgan kompaniyaning talab va takliflaridan kelib chiqib dasturimizni ularga moslashtirib ham beramiz. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsam, aytaylik bir shirinlik ishlab chiqaradigan korxona bor. Unda turli xil shirinliklar ishlab chiqariladi. Korxona shirinlik ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan turli xil ingrediyent va xom-ashyolarni boshqa korxonalardan sotib oladi va ortiqchasini omborxonada saqlaydi. Endi tasavvur qiling shu shirinlik ishlab chiqaradigan korxonaga turli xil mahsulotlari uchun turli xil miqdorda buyurtma tushdi. Buyurtma mahsulotlari bir biridan farq qilgani kabi, ularning tayyorlanishiga kerak bo‘ladigan ingrediyentlar ham har xil. Qaysidir mahsulot omborxonada bor, qaysidir mahsulot buyurtmaning bir qismiga yetadi va yana qaysilarini sotib olish kerak. Ishlab chiqarish hajmi va buyurtma soni kattalashgani sari ishlab chiqarish va omborxona nazorati ham qiyinlashib boradi. PMS dasturlar shunday vaziyatlarda katta yordam beradi. Bunday dasturlarni ishlab chiqarish korxonalariga integratsiya qilgandan so‘ng, siz dasturga qaysi mahsulotdan qancha miqdorda va qachongacha ishlab chiqarishingiz kerakligini kiritsangiz, dastur sizga ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotga qancha mahsulot ketadi, qanchasi hozir omborxonada bor va yana qanchasini sotib olish kerak, qachon va qanchadan ishlab chiqarilsa belgilangan kunga tayyor bo‘ladi kabi hisob-kitoblarni qilib beradi. Bundan tashqari bizning PMS dastur nafaqat shirinliklarni tayyorlash, balki ularni sotishda ham yordam beradi. U schyot-fakturalarni jo‘natish, kimning hali ham qarzi borligini kuzatish, ingrediyentlarni xarid qilishni boshqarish va to‘lovlar to‘lanishiga ishonch hosil qilish kabi ishlarni ham bajaradi. Yuqorida aytib o‘tilgan qulayliklardan tashqari boshqa ko‘plab qo‘shimcha qulayliklari haqida yozish mumkin lekin afsuski Telegramda hammasi haqida yozishga imkoniyat yo‘q. Hozirda kompaniya yangi turdagi shunday PMS dastur ishlab chiqish jarayonida. Eski loyihamizga qaraganda ancha yaxshiroq va qulayroq qilish reja qilingan. Yaqin kunlarda shu loyiha bo‘yicha katta yig‘ilish bo‘lishi kutilyapti. Unda bundan keyingi rejalar va loyiha taqdiri hal qilinadi. Yangi loyiha resurslar va dasturchilar kamligi sabab birinchi reja qilingandan butunlay o‘zgarib ketish ehtimoli ham yo‘q emas. Men shu loyiha ustida ishlayotgan jamoaga biriktirildim. Frontend yoki backend yo’nalishida ishlashim OJT’dan so‘ng hal bo‘lar ekan. OJT qancha muddat davom etishini ham bilmayman. Ko‘plab yangi texnologiyalarni o‘rganishim kerak ekan. Boshlanishiga Java dasturlash tili va Spring Boot framework’ni o‘rganish uchun 3 hafta vaqt berildi. Avval C va JavaScript dasturlash tillarini o‘rganganim uchun Java’ni o‘rganishda unchalik qiyinchilik bo‘lmayapti. Hozircha har kuni kunlik majlislarga qatnashib, Udemy’da Java o‘rganish bilan kunim o‘tyapti. Shunaqa gaplar…
إظهار الكل...
👍 10 2🔥 2
Sal kam 2 oy davom etgan o‘quv darslari bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, birinchi 2 hafta Yapon biznes madaniyati darslari, qolgan haftalar esa computer science asoslari, algorithms & data structure, database, information security va network kabi darslar bo‘lib o‘tdi. Albatta, har bir mavzuga chuqur kirilmadi. Faqatgina asoslarini o‘rganish bilan cheklandik.  Ikki oy davomida xuddi o‘zimni yana universitetga qaytib qolganday his qildim. Har kuni 8 soatdan dars, har bir kurs tugashiga imtihon topshirdik. Imtihondan yiqilganlar uchun tayyorlanish uchun 1-2 kun vaqt va qayta topshirishga imkoniyat berishdi. Bular yetmaganidek, har kuni dars tugashiga kompaniya ichki tizimida sizga mas’ul bo‘lgan xodimlarga report tayyorlash ham kerak bo‘ldi. Har bir qilingan ish uchun report yozish yaponlar uchun odatiy holat.  Darslar tugagach barchamizni o‘z bo‘limimizga joylashtirishdi. Meni hayron qoldirgan narsa har birimizga 2 tadan mentor tayyorlandi.  Birinchi mentor biz ishlaydigan bo‘limdagi jamoa ichidan tayinlanib, keyingi haftadan boshlanadigan OJT (on job training) dasturi uchun mentorlik qiladi. OJT dasturining asosiy maqsadi ishga kerak bo‘ladigan texnik bilimlarimizni oshirish.  Ikkinchi mentor esa umuman boshqa bo‘limdan tayyorlandi. Ikkinchi mentorning asosiy vazifasi ish davomida bizda yuzaga keladigan xar qanday muammoga yordam berish. Istalgan mavzuda maslahat olib savol so‘rash mumkin. Ikkinchi mentor tayyorlashda asosan fe’l-atvor jihatdan bir biriga juda yaqin odam tanlanibdi.  Kompaniyaga ishga kirish jarayonidagi 5 ta interview’dan biri, faqat bizni fe’l-atvorimizmi o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Cubiks degan personality test bor. Suhbat kunidan 1 kun avval bizga online shu testni jo‘natishgan edi va ertasi kuni test natijasiga qarab turli xil mavzularda suhbat bo‘lgan edi. Bizni kompaniyaga ishga kirishda, har bir ishchi bu jarayondan o‘tgani sabab, barchaning fe’l-atvori haqida kompaniyada ma’lumot bor. Shu ma’lumotlarga asoslanib bizga mentor tayinlashibdi.  Shunday qilib kompaniyadagi birinchi 2 oy shu tarzda o‘tdi. OJT jarayoni bilan yaqindan tanishib bo‘lgach, kompaniyamiz va qanday loyiha ustida ishlayotganimiz haqida ham qisqacha yozib ketaman. Hozircha shular.
إظهار الكل...
👍 22🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Salom do‘stlar! Yaponiyada bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun mo‘ljallangan stipendiyalar jamlangan ro‘yxatni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. O‘qishga topshirish arafasida yurgan do‘stlarimiz uchun juda foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Stipendiyalar turlari va talablari turlicha. Ro‘yxat ingliz tilida va ancha katta. Erinmasdan ko‘rib chiqishingizni maslahat beraman. [Yuklab olish] @doniyor_tojikhonov
إظهار الكل...
👍 17🔥 5🆒 1
Photo unavailableShow in Telegram
If you're offered a seat on a rocket ship, don't ask what seat. This is one of my favorite quote from Sheryl Sandberg. - Take the Opportunity When someone offers you a chance to do something exciting or different, grab it. - Don't Overthink Instead of worrying about details or specifics, focus on the adventure ahead. - Embrace the Unknown Sometimes, the best experiences come from stepping into the unknown and taking risks. - Own the Moment Life is full of opportunities. Don't hesitate to jump on board and see where the journey takes you. Just take the rocketship
إظهار الكل...
👍 15🔥 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Umid yo’q. Siz xohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang: Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir. Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi. E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan. Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos. O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi? Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi. @jakhonrakhmonov
إظهار الكل...
👍 17 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.