cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Doniyor Tojikhonov

Yaponiyada dasturlash va Yaponiya hayotiga oid maqola va media kontentlar. Doniyor Tojikhonov, Software Engineer Bog’lanish uchun: @kyodaifeedback_bot

Show more
Advertising posts
552
Subscribers
-324 hours
No data7 days
-930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bu haftadan bizda OJT (on job training) dasturi boshlandi. Barcha yangi qabul qilinganlar o‘zlari ishlaydigan bo‘limga qarab turli xil yo‘nalishlarda o‘qishni davom ettiradilar. Bizning kompaniyaning asosiy biznesi kichik va o‘rta hajmdagi turli xil ishlab chiqarish korxonalariga dasturlar ishlab chiqib sotishdan iborat. Kompaniyaning asosiy daromad manbai bo‘lgan loyihasi bu Ishlab chiqarishni boshqarish uchun dasturiy ta’minot. Aniqroq qilib aytganda PMS (Production Management System ) dasturi. Yapon tilida 生産管理システム deb ataladi. PMS dasturining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni rejalashtirish, inventarizatsiyani boshqarish, sifat nazorati va resurslarni taqsimlashga qaratilgan. Bizning PMS dasturining boshqa shunga o‘xshash dasturlardan asosiy farqi, bizdagi dastur schyot-fakturalar, debitorlik qarzlari, to‘lovlar, xaridlar, kreditorlik qarzlari va xarajatlar kabi sotishni boshqarish funksiyalarini ham o‘z ichiga olganligida. Bundan tashqari sotib olayotgan kompaniyaning talab va takliflaridan kelib chiqib dasturimizni ularga moslashtirib ham beramiz. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsam, aytaylik bir shirinlik ishlab chiqaradigan korxona bor. Unda turli xil shirinliklar ishlab chiqariladi. Korxona shirinlik ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan turli xil ingrediyent va xom-ashyolarni boshqa korxonalardan sotib oladi va ortiqchasini omborxonada saqlaydi. Endi tasavvur qiling shu shirinlik ishlab chiqaradigan korxonaga turli xil mahsulotlari uchun turli xil miqdorda buyurtma tushdi. Buyurtma mahsulotlari bir biridan farq qilgani kabi, ularning tayyorlanishiga kerak bo‘ladigan ingrediyentlar ham har xil. Qaysidir mahsulot omborxonada bor, qaysidir mahsulot buyurtmaning bir qismiga yetadi va yana qaysilarini sotib olish kerak. Ishlab chiqarish hajmi va buyurtma soni kattalashgani sari ishlab chiqarish va omborxona nazorati ham qiyinlashib boradi. PMS dasturlar shunday vaziyatlarda katta yordam beradi. Bunday dasturlarni ishlab chiqarish korxonalariga integratsiya qilgandan so‘ng, siz dasturga qaysi mahsulotdan qancha miqdorda va qachongacha ishlab chiqarishingiz kerakligini kiritsangiz, dastur sizga ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotga qancha mahsulot ketadi, qanchasi hozir omborxonada bor va yana qanchasini sotib olish kerak, qachon va qanchadan ishlab chiqarilsa belgilangan kunga tayyor bo‘ladi kabi hisob-kitoblarni qilib beradi. Bundan tashqari bizning PMS dastur nafaqat shirinliklarni tayyorlash, balki ularni sotishda ham yordam beradi. U schyot-fakturalarni jo‘natish, kimning hali ham qarzi borligini kuzatish, ingrediyentlarni xarid qilishni boshqarish va to‘lovlar to‘lanishiga ishonch hosil qilish kabi ishlarni ham bajaradi. Yuqorida aytib o‘tilgan qulayliklardan tashqari boshqa ko‘plab qo‘shimcha qulayliklari haqida yozish mumkin lekin afsuski Telegramda hammasi haqida yozishga imkoniyat yo‘q. Hozirda kompaniya yangi turdagi shunday PMS dastur ishlab chiqish jarayonida. Eski loyihamizga qaraganda ancha yaxshiroq va qulayroq qilish reja qilingan. Yaqin kunlarda shu loyiha bo‘yicha katta yig‘ilish bo‘lishi kutilyapti. Unda bundan keyingi rejalar va loyiha taqdiri hal qilinadi. Yangi loyiha resurslar va dasturchilar kamligi sabab birinchi reja qilingandan butunlay o‘zgarib ketish ehtimoli ham yo‘q emas. Men shu loyiha ustida ishlayotgan jamoaga biriktirildim. Frontend yoki backend yo’nalishida ishlashim OJT’dan so‘ng hal bo‘lar ekan. OJT qancha muddat davom etishini ham bilmayman. Ko‘plab yangi texnologiyalarni o‘rganishim kerak ekan. Boshlanishiga Java dasturlash tili va Spring Boot framework’ni o‘rganish uchun 3 hafta vaqt berildi. Avval C va JavaScript dasturlash tillarini o‘rganganim uchun Java’ni o‘rganishda unchalik qiyinchilik bo‘lmayapti. Hozircha har kuni kunlik majlislarga qatnashib, Udemy’da Java o‘rganish bilan kunim o‘tyapti. Shunaqa gaplar…
Show all...
👍 8 1
Sal kam 2 oy davom etgan o‘quv darslari bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, birinchi 2 hafta Yapon biznes madaniyati darslari, qolgan haftalar esa computer science asoslari, algorithms & data structure, database, information security va network kabi darslar bo‘lib o‘tdi. Albatta, har bir mavzuga chuqur kirilmadi. Faqatgina asoslarini o‘rganish bilan cheklandik.  Ikki oy davomida xuddi o‘zimni yana universitetga qaytib qolganday his qildim. Har kuni 8 soatdan dars, har bir kurs tugashiga imtihon topshirdik. Imtihondan yiqilganlar uchun tayyorlanish uchun 1-2 kun vaqt va qayta topshirishga imkoniyat berishdi. Bular yetmaganidek, har kuni dars tugashiga kompaniya ichki tizimida sizga mas’ul bo‘lgan xodimlarga report tayyorlash ham kerak bo‘ldi. Har bir qilingan ish uchun report yozish yaponlar uchun odatiy holat.  Darslar tugagach barchamizni o‘z bo‘limimizga joylashtirishdi. Meni hayron qoldirgan narsa har birimizga 2 tadan mentor tayyorlandi.  Birinchi mentor biz ishlaydigan bo‘limdagi jamoa ichidan tayinlanib, keyingi haftadan boshlanadigan OJT (on job training) dasturi uchun mentorlik qiladi. OJT dasturining asosiy maqsadi ishga kerak bo‘ladigan texnik bilimlarimizni oshirish.  Ikkinchi mentor esa umuman boshqa bo‘limdan tayyorlandi. Ikkinchi mentorning asosiy vazifasi ish davomida bizda yuzaga keladigan xar qanday muammoga yordam berish. Istalgan mavzuda maslahat olib savol so‘rash mumkin. Ikkinchi mentor tayyorlashda asosan fe’l-atvor jihatdan bir biriga juda yaqin odam tanlanibdi.  Kompaniyaga ishga kirish jarayonidagi 5 ta interview’dan biri, faqat bizni fe’l-atvorimizmi o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Cubiks degan personality test bor. Suhbat kunidan 1 kun avval bizga online shu testni jo‘natishgan edi va ertasi kuni test natijasiga qarab turli xil mavzularda suhbat bo‘lgan edi. Bizni kompaniyaga ishga kirishda, har bir ishchi bu jarayondan o‘tgani sabab, barchaning fe’l-atvori haqida kompaniyada ma’lumot bor. Shu ma’lumotlarga asoslanib bizga mentor tayinlashibdi.  Shunday qilib kompaniyadagi birinchi 2 oy shu tarzda o‘tdi. OJT jarayoni bilan yaqindan tanishib bo‘lgach, kompaniyamiz va qanday loyiha ustida ishlayotganimiz haqida ham qisqacha yozib ketaman. Hozircha shular.
Show all...
👍 22🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Salom do‘stlar! Yaponiyada bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun mo‘ljallangan stipendiyalar jamlangan ro‘yxatni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. O‘qishga topshirish arafasida yurgan do‘stlarimiz uchun juda foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Stipendiyalar turlari va talablari turlicha. Ro‘yxat ingliz tilida va ancha katta. Erinmasdan ko‘rib chiqishingizni maslahat beraman. [Yuklab olish] @doniyor_tojikhonov
Show all...
👍 17🔥 5🆒 1
Photo unavailableShow in Telegram
If you're offered a seat on a rocket ship, don't ask what seat. This is one of my favorite quote from Sheryl Sandberg. - Take the Opportunity When someone offers you a chance to do something exciting or different, grab it. - Don't Overthink Instead of worrying about details or specifics, focus on the adventure ahead. - Embrace the Unknown Sometimes, the best experiences come from stepping into the unknown and taking risks. - Own the Moment Life is full of opportunities. Don't hesitate to jump on board and see where the journey takes you. Just take the rocketship
Show all...
👍 15🔥 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Umid yo’q. Siz xohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang: Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir. Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi. E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan. Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos. O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi? Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 17 2
Repost from Mutolaa
“Qo‘rqma” – 70 nafar o‘zbek talabaning ayanchli tarixi! Mutolaa loyihasi doirasida suratga olingan “Qo‘rqma” filmini hoziroq tomosha qiling. https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ
Show all...
"Qo‘rqma" | Film

"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi bo‘lgan Javlon Jovliyevning ayni nomli asariga asoslanadi. Rejissor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kitob-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.

👍 5
Yapon biznes madaniyati Yapon kompaniyasida ish boshlaganimga ham sal kam bir oy bo‘lay deb qoldi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, birinchi 2 hafta bizlarni yapon biznes madaniyatini o‘rganish uchun trening darslariga yuborishdi. Ushbu darslarga 3 ta kompaniyadan jami 24 ta menga o‘xshagan yangi universitet bitiruvchilari qatnashishdi.  Darslar yapon biznes odob-axloqi, mantiqiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari va taqdimot qilish ko‘nikmalari kabi mavzularni qamrab oldi. Kurs yakunida bizni kichik jamoalarga bo‘lib, turli xil biznes uchrashuvlarini o‘tkazish va ma’lum bir muammo bo‘yicha taqdimot qilish kabi simulyatsiya qilingan haqiqiy holatlarda imtihon qilishdi. Yapon biznes madaniyati haqida umumiy olgan xulosalarim quyidagicha: ▪️Yapon madaniyati biznikidan tubdan farq qiladi. Bolalikdan yaponlarni jamoa hissi bilan yashashga o‘rgatishadi. Jamoa qiziqishlariga bo‘ysunish va jamoa bilan ishlash singdiriladi. Kompaniyada ham ko‘pchilik fikriga qarab qaror qabul qilinadi. Biznes uchrashuvlardan oldin, barcha ishtirokchilar oldindan hamma narsani muhokama qilib kelishib olishadi. Chunki uchrashuv vaqtida o‘z shaxsiy fikrini bildirish mumkin emas. ▪️Yaponlar hamkorlar bilan uchrashuvlarda "yo‘q" so‘zini ishlatishmaydi. Odatda ular diqqat bilan bosh chayqab quloq solishadi. Agarda ularni biron narsa qiziqtirmasa, ular "biz bir o‘ylab ko‘raylik" yoki "bu qiyin masala" kabi jumlalarni ishlatishadi.  ▪️Yaponlarda an’anaviy salomlashish uslubi ta’zim qilish hisoblanadi. Qanchalik pastroq ta’zim qilinsa, shunchalik hurmat yuqori ekanligi bilinadi. Lekin hozirgi vaqtlarda xorijlik hamkorlar bilan qo‘l berib ko‘rishish odati ham shakllangan. Undan tashqari ta’zim qilish uzr so‘rashda ham ishlatiladi. ▪️Yaponiyadagi biznes uchrashuvlar albatta tashrif qog‘ozini almashish bilan boshlanadi. Kompaniya ishchilari doim o‘zlari bilan yetarli miqdorda tashrif qog‘ozi olib yurishlari kerak. Tashrif qog‘ozini olishda ikki qo‘llab, biroz egilgan holatda olish kerak. Tashrif qog‘ozini olgach, uni sumka va cho‘ntakka solib qo‘yish yoki uni yerga tushirib yuborish mumkin emas. Tashrif qog‘oz uchrashuv tugaguncha stol ustida turishi kerak. Tashrif qog‘ozlarini avval katta lavozimdagi rahbar keyin kesa qolgan ishchilar navbat bilan almashishadi. Bir tashrif qog‘oz ustiga ikkinchisini qo‘yish mumkin emas. Chunki yaponlar uchun tashrif qog‘ozi bu ularning yuzi.  Yapon biznes madaniyati haqida uzundan uzun maqolalar yozish mumkin aslida. Lekin Telegram bunday imkoniyat taqdim etmagani sabab, shular bilan kifoyalandim. Bu haftadan bizda IT’ga mo‘ljallangan 8 haftalik trening darslar boshlandi. Bu haqda albatta alohida yana yozaman.  Ushbu postni 2 haftalik kurs davomida menga eng ko‘p ta’sir qilgan va yapon o‘qituvchilari tomonidan qayta qayta aytilgan bir jumla bilan yakunlamoqchiman:   Yer yuzida faqat birgina boylik bor, bu ham bo‘lsa Insonlardir. @doniyor_tojikhonov
Show all...
👍 17🔥 7 1🥰 1
百鬼夜行 - 100 Iblisning Tungi Paradi Har yili Kyotoning “ichijo-dori” ko’chasida, “100 Iblisning Tungi Paradi” deb nomlangan g’alati bir parad bo’lib o’tadi. Unda turli xil qo’rqinchli kastyum kiygan odamlar kechasi parad o’tqazishadi. Kecha ham huddi shunday paradlardan biri bo’ldi. Shu paytgacha xech qiziqmagan ekanman, lekin kecha borib ko’rishga qaror qildim. Tomosha qilish uchun kelgan odamlar soni juda ko’p edi. Bu g’alati paradni o’tqazishga Kyoto aholisining o’ziga yarasha qadim zamonlardan beri kelayotgan afsonasi sabab ekan. Qisqacha aytganda qachonlardir 100 ta iblis shu ko’chalardan yurib o’tgan va shu yerdagi do’konlarga turli talofatlar yetqazgan. Shu shu ularni quvish uchun odamlar har yili shunday parad o’tqazishar ekan.
Show all...
IMG_7540.MP411.87 MB
😁 6👍 5😨 2
Photo unavailableShow in Telegram
Xalqaro talabalar uchun mehnat yarmarkasi 2024-yil 9-may soat 13:00 dan 16:00 gacha Osaka shahrida xalqaro talabalar uchun mehnat yarmarkasi bo’lib o’tadi. Yaponiyada universitet yoki kollejni bitirish arafasida bo’lgan va yapon tilida suhbat qilaoladigan do’stlarimiz bo’lsa, borishni tavsiya qilaman. Turli kompaniyalar bilan to’g’ridan to’g’ri suhbatlashib ko’plab foydali ma’lumotlar olishingiz mumkin. Yarmarkada qatnashish mutlaqo bepul. Ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. P.S Rezyume va dress code shart emas deb yozib qo’ygan bo’lsa ham, qora kastyum (galstuk bilan) va yapon tilida yozilgan rezyume (履歴書) olib borishni maslahat bergan bo’lar edim. (2 xaftalik “Japanese Business Etiquette” darslaridan olingan xulosa. Bu haqida yana batafsil yozaman.)
Show all...
👍 10
Biroz kechroq bo’lsa ham bu yilgi Kyotodagi sakura gullashidan lavhalar.
Show all...
👍 18 10👏 1