ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 114 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 378,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 326

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 114 名订阅者。

根据 10 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 2 433,过去 24 小时变化为 4 792,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.84%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.09% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 212 次浏览,首日通常累积 9 472 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 118

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 11 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

55 114
订阅者
+4 79224 小时
+3 6317
+2 43330
帖子存档
+4
⚡️Xitoydagi ushbu internat-maktab «World Architecture Festival» nufuzli tanloviga ko’ra 2023-yilning eng yaxshi binosi deb topildi. Kampus mamlakat sharqidagi Nimbo shahrida joylashgan bo’lib, mahalliy Approach Design arxitektura studiyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Hududda 30 ta o’quv xonasi, yotoqxona, futbol maydoni, basketbol va tennis kortlari, tomda esa aylanma yo’lli bog’ mavjud. 📟 DigiTech

📷 Har yili o’tkaziladigan «Shimol yog’dusi fotografi 2023» tanlovining g’oliblari e’lon qilindi. Yaqinda Capture the Atlas k
+3
📷 Har yili o’tkaziladigan «Shimol yog’dusi fotografi 2023» tanlovining g’oliblari e’lon qilindi. Yaqinda Capture the Atlas kompaniyasi har yili o’tkaziladigan 2023 yilgi «Shimol yog’dusi fotografi» tanlovi g’oliblarini e’lon qildi, ularning orasida juda ajoyib suratlar mavjud. Qolgan suratlarni izohlar bo’limiga yukladik. 📟 DigiTech

Yaqinda bo’lib o’tgan Google taqdimotida, boshlovchi Gemini sun’iy intellektidan rasmni vektor formatga aylantirib berishini so’radi — natijani videoda ko’rishingiz mumkin :) Qizig’i shundaki, video hali ham Google'ning rasmiy YouTube kanalida turibdi. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar o’zi tiklanadigan betonni o’ylab topishdi Drexel Universiteti Muhandislik Kolleji tadqiqotchilari, o’z yoriqlarini
⚡️Olimlar o’zi tiklanadigan betonni o’ylab topishdi Drexel Universiteti Muhandislik Kolleji tadqiqotchilari, o’z yoriqlarini tiklay oladigan beton konstruksiyalarni yaratishga umid qilib, betonning chidamliligini oshirishning yangi usulini o’ylab topishdi. Har xil qorishmalar orqali mustahkamlash avvaldan mavjud. Ammo Drexel tadqiqotchilari jamoasi mustahkamlovchi tolalarni jonli to’qimalar tizimiga aylantirib, bu usulni keyingi bosqichga olib chiqishmoqda, bu betonni «davolovchi» bakteriyalarni zararni tiklash uchun yoriqlarga yo’naltiradi. Tadqiqotchilarning xabar berishicha, beton konstruktsiyaga o’rnatilgan biotolali to’r uning chidamliligini oshirishi, yoriqlar kattalashishini oldini olishi va o’zini tiklashga yordam berishi mumkin. Beton konstruktsiyalar atrof-muhitga qarab atigi 50 yil ichida buzilishi mumkin. Yangi binolarni qurish va rekonstruktsiya qilishga talab ortib borayotganini hisobga olgan holda, beton dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan qurilish materialidir. 📟 DigiTech

🗣️ Ovozni klonlay oladigan bepul HierSpeech++ neyrotarmog’i chiqdi Ishlatish uchun "Prompt" maydonida klonlash kerak bo’lgan ovozni yuklaysiz va "Input Text" da ovoz berilishi kerak bo’lgan matnni kiritasiz. Hozircha faqat bitta kamchiligi bor — u faqat ingliz tilida ishlaydi, ammo ishlab chiquvchilar tez orada ko’p tillarni qo’llab-quvvatlaydigan modelni chiqarishga va’da berishmoqda. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎿 AQSh'dagi startap boshqarish juda oson bo’lgan kichik chang’ini ishlab chiqdi Snowfeet PRO chang’isini har qanday poyabzalga qotirish mumkin. Uzun chang’idan farqli o’laroq buni boshqarish juda oson, tezlashish va tormozlash ham ancha qulay. Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 189 dollar. 📟 DigiTech

Reklamada aytilmaydigan layfxak :) 📟 DigiTech

⚡️OpenAI'ning Q-Star sun’iy intellekt modeli haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo’ldi OpenAI'ning yangi mahsuloti, maxfiyligi
⚡️OpenAI'ning Q-Star sun’iy intellekt modeli haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo’ldi OpenAI'ning yangi mahsuloti, maxfiyligiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Mutaxassislarning fikricha, Q-star deb nomlangan loyiha sun’iy intellekt sohasida katta burilish bo’ladi. Q-star Q Learning uslubida o’qitiladi, ya’ni bu unga jazo va mukofotlar orqali o’z harakatlarining to’g’riligini tushunish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neyron tarmoqqa uning o’ziga xos harakati to’g’ri yoki xatoligini anglashga yordam beradi. Shuningdek, u bir nechta mavjud yechimlardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan qidiruv algoritmi bo’lgan A-star Search yordamida ham o’qitiladi. Algoritm muammoni hal qilishning eng qisqa yo’lini topish qobiliyati bilan mashhur. Q-star loyihasi haqida hozircha juda kam ma’lumotlar mavjud, u insoniyat uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Biroq boshqa tomondan, uning qobiliyatlari taraqqiyotda katta rivojlanishga ham olib kelishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Maskning parvozlarini kuzatib borgan kollej talabasi Forbes jurnalining «30 Under 30» ro’yxatiga kirdi. Jek texnologik
⚡️Ilon Maskning parvozlarini kuzatib borgan kollej talabasi Forbes jurnalining «30 Under 30» ro’yxatiga kirdi. Jek texnologik tadbirkor sifatida tan olingan. U boy va mashhurlarning shaxsiy samolyotlarini kuzatib boruvchi botlarni yaratdi. Barcha ma’lumotlarni jurnalistlarga beradi. Mask uni 5000 dollarga sotib olmoqchi bo’ldi, lekin bu ish bermagach, Jekning X (Twitter) akkauntlarini blokladi va maxfiylik siyosatini o’zgartirdi. 📟 DigiTech

🛰️ Xitoyliklar Yerning noyob suratlarini olishga muvaffaq bo’lishdi. Xususiy kompaniya sun’iy yo‘ldoshga 360 graduslik kameralarni biriktirib, uni 500 km balandlikka jo’natdi. Suratga olish uskunalari havo haroratining o’zgarishi, radiatsiya, uchish vaqtida yuzaga keladigan kuchli zarba va tebranishlar uchun chidamli qilindi. Shunday yo’l bilan yulduzlar va Somon yo’lini ham suratga olish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI GPT-6 va GPT-7 savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi Dunyoga mashhur OpenAI korporatsiyasi o’z 6
⚡️OpenAI GPT-6 va GPT-7 savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi Dunyoga mashhur OpenAI korporatsiyasi o’z 6 va 7-avlod GPT modellari uchun savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazishni boshladi. Ta’kidlash joizki, kompaniya endigina GPT-4 Turbo'ni joriy qilishni boshlagan. Savdo belgisiga arizalar Xitoyda topshirildi. Korporatsiya xizmatlari hozircha Xitoyda mavjud emasligiga qaramay, kompaniya birinchi navbatda yangi xizmatlarini aynan shu mamlakatda joriy qilishni rejalashtirmoqda. Taxminan bir yil oldin OpenAI o’zining innovatsion mahsuloti - ChatGPT chatbotini taqdim etdi, u butun dunyo bo’ylab mashhurlikka erishdi. O’tgan oy korporatsiya bosh direktori Sem Altman, kompaniya GPT-5 ustida ishlayotganini aytgan edi. 📟 DigiTech

📦 Agar AliExpress'dan buyurtmangiz uzoq vaqtdan buyon kelmayotgan bo'lsa, ehtimol u hozir Xitoydagi omborxonada makkor konveyer bilan kurashayotgan bo’lishi mumkin :) 📟 DigiTech

🥽 Parvoz simulyatori Germaniyaning ICAROS kompaniyasi antiqa simulyator qurilmalarni ishlab chiqaradi, ularga VR ko’zoynakni ulashingiz va virtual dunyoda parvoz qilishingiz mumkin. Uning narxi 3220 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Rockstar Games afsonaviy GTA IV ni ishlab chiqish uchun 100 million dollar sarflagan, o’yin ularga 2 milliard dollar daroma
⚡️Rockstar Games afsonaviy GTA IV ni ishlab chiqish uchun 100 million dollar sarflagan, o’yin ularga 2 milliard dollar daromad keltirdi. O’n yil oldin chiqarilgan GTA V kompaniyaga 265 million dollarga tushgan va 7,7 milliard dollar daromad keltirgan. Mish-mishlarga ko’ra, GTA VI ni ishlab chiqishga 2 milliard dollardan ortiq pul sarflangan. O’yinning bu qismi avvalgilariga qaraganda qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini esa vaqt ko’rsatadi. Sizni fikringiz qanday, GTA VI kompaniyaga qancha daromad keltirishi mumkin? 📟 DigiTech

🤖 Keyingi haftadan boshlab Grok chatboti AQSh'dagi X Premium+ foydalanuvchilari uchun mavjud bo’ladi. Asosiy raqobatchisi Ch
🤖 Keyingi haftadan boshlab Grok chatboti AQSh'dagi X Premium+ foydalanuvchilari uchun mavjud bo’ladi. Asosiy raqobatchisi ChatGPT dan farqli o’laroq, Grok qat’iy axloqiy cheklovlarga ega emas va istehzoli javoblar berishga qodir. Masalan, «4+5 javobi nima?» degan savolga sun’iy intellekt to’g’ri javob beradi va uni «Bu hatto odamlar uchun ham juda oddiy vazifa» iborasi bilan to’ldiradi. 📟 DigiTech

🥊 Round 1, Fight!: AQSh'da Nadya ismli robot-bokschini yasashdi Aslida u odamlar uchun xavfli bo’lgan joylarda ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan, ammo sinovlar jarayonida u boks bo’yicha ham yaxshi sherik ekanligi ma’lum bo’ldi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklardan eng epik halokatga bardoshlik (crash test) testi. Hongqi HS5 avtomobilini hayolga kelishi mumkin bo’lgan barcha ekstremal sinovlardan o’tkazishdi: unga olovli to’pni tashlashdi, devorlarni teshishdi, portlatishdi va boshqa mashinaning tomiga uloqtirishdi! Bularning barchasi nima uchun degan savolga bizda ham javob yo’q, o’zimizga ham qiziq:) 📟 DigiTech

👓 Meizu'dan Cyberpunk uslubidagi yangi mahsulot - MYVU to’ldirilgan reallik ko’zoynaklari. Ular oddiy ko’zoynakdek ko’rinadi
+2
👓 Meizu'dan Cyberpunk uslubidagi yangi mahsulot - MYVU to’ldirilgan reallik ko’zoynaklari. Ular oddiy ko’zoynakdek ko’rinadi va ovoz yoki barmoqdagi uzuk bilan boshqariladi. Bazaviy model tasvirni faqat yashil rangda ko’rsatadi, top versiyada esa rangli tasvir ko’rsatiladi: bundan tashqari, u premium darajadagi magniyli qotishma korpusiga ega. Bazaviy versiyasi 350 dollar, top versiyasi esa 1400 dollar. Uzuk alohida 55 dollardan sotiladi. 📟 DigiTech

🤩 Qiymati bir necha million boʻlgan kursga bepul ega boʻlishni istaysizmi? 🎁 1000 ga yaqin insonlarga zamonaviy sohalarni masofadan turib oʻrgatib kelayotgan “Najot Ta’lim” onlayn platformasi sizga mana shu imkoniyatni taqdim etadi. ✅ Agar siz platformamizdagi SMM, videomontaj, dasturlash va dizayn kurslaridan birini xarid qilsangiz, yana bir kurs uchun 100% lik imtiyozga ega boʻlasiz. 💸 Tajriba va amaliyotga asoslangan bilimlarni erkin vaqt va grafik asosida soha professionallaridan 4-8 oy ichida oʻrganib, daromadga chiqish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! ⏳ Imtiyoz vaqti cheklangan, hoziroq roʻyxatdan oʻting! 🔗 Roʻyxatdan oʻtish 📞 78 888-6-888 Reklama

⚡️AQSh'da elektromobillarni simsiz zaryadlovchi birinchi yo’l ishga tushirildi Michigan shtatining Detroyt shahrida elektr tr
⚡️AQSh'da elektromobillarni simsiz zaryadlovchi birinchi yo’l ishga tushirildi Michigan shtatining Detroyt shahrida elektr transport vositalarini simsiz quvvatlaydigan birinchi umumiy foydalanishdagi yo’l ishga tushirildi. U davlat organlari tomonidan Electreon kompaniyasi bilan birgalikda loyihalashtirilgan va foydalanishga topshirilgan. Yo’l Electreon kompaniyasining qabul qilgichlari bilan jihozlangan elektromobillarni quvvatlantira oladi. U elektromobil harakatlanayotganda to’g’ridan-to’g’ri batareyaga energiya uzatadi. Albatta, uning zaryadlash tezligi an’anaviy stantsiyalarga qaraganda ancha past, yo’lning uzunligi ham hozircha faqat 400 metrni tashkil etadi. Biroq keyingi yildan boshlab bunday yo’llar tarmog’ini butun Michigan shtati bo’ylab kengaytirish rejalashtirilgan. Zo’r g’oya o’ylashibdi, yo’lda yuraverasiz, mashina zaryadlanaveradi. 📟 DigiTech