AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 781 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 522,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 383 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 781 名订阅者。
根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 647,过去 24 小时变化为 -232,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.65%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.41% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 549 次浏览,首日通常累积 9 727 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 781
订阅者
-23224 小时
-2 2777 天
-3 64730 天
帖子存档
52 667
⚡️ M5 chipli MacBook Pro oldingi modellarga qaraganda 3,5 marta tezroq ishlaydi:
— Bazaviy versiyasida 16 GB operativ xotira va 4 TB gacha SSD mavjud.
— M5 Pro grafikani 1,6x gacha tezlashtiradi va professional ish uchun barcha portlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Liquid Retina XDR displeylari HDR formatida 1600 nitgacha yorqinlashadi, 12MP old kamera va oltita dinamik mavjud.
Narxi 1599 dollardan boshlanadi. Ikki xil rangda mavjud: kumush va kosmik qora.
📟 DigiTech
52 667
52 667
⚡️«Suyuq shisha» YouTube'ga ham yetib bordi — Google o’zining veb sayti va ilovasi dizaynini o’zgartirdi.
Pleyer interfeysi shaffof bo’ldi, tugmalar esa yanada yumaloq shaklga o’zgartirildi.
Google yoz boshidan buyon yangi video pleyer dizaynini sinovdan o’tkazayotgandi. Haqiqatan ham foydali xususiyatlardan biri: endi videolar oxirida chiqadigan o’sha zerikarli tavsiyalarni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
📟 DigiTech
52 667
+3
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi barcha Mercedes-Benz elektromobillari uchun qo’llanilishi mumkin.
Mashina zaryadi uzoqroq yetishi uchun o’rnatilgan quyosh paneli va SI yordamchi mavjud. Ichki saloni Art Deco uslubida ishlangan va boshqaruv panelida hech qanday raqamli ekranlar mavjud emas.
Avtomobil ommaviy ishlab chiqarishgacha yetib boradimi yoki yo’q hali aniq emas.
📟 DigiTech
52 667
🚘 Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini ochadi — ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkonini beradi. Shunga o’xshash tunnellar Las-Vegasda 2021-yildan beri ishlaydi.
Dubai Loop uzunligi 17 kilometr bo’lib, 11 ta stansiyani o’z ichiga oladi va undan soatiga 20 000 kishi o’ta oladi. Tunnelning birinchi qismi 2026-yilning ikkinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha hukumatning shahar ko’chalaridagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi.
📟 DigiTech
52 667
☀️ Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni tasdiqladi.
Olimlar 2001-yildan buyon 4 million o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo’lishicha, magnit bo’ronlari yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar orasida, ayniqsa, bahor va kuzda o‘lim darajasining oshishiga olib kelgan.
📟 DigiTech
52 667
👨💻 Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman to’xtatdi — bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi.
Kompaniya Windows 10 foydalanuvchilariga Windows 11'ga yangilashni tavsiya qilmoqda va agar ularning shaxsiy kompyuteri uni qo’llab-quvvatlamasa, yangisini sotib olishni maslahat bermoqda. AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlashni yana bir yilga uzaytirish uchun pullik variant ham mavjud — uning narxi 30 dollar.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Insayder Mark Gurman'ning xabar berishicha, Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinchi gadjetlar bo’ladi.
Taqdim etilishi mumkin bo’lgan qurilmalar: yangilangan MacBook Pro va iPad Pro. Ular bilan birga Vision Pro'ning yangi versiyasi ham chiqariladi.
Katta ehtimol bilan, taqdimot bo’lmaydi. Qurilmalar shunchaki kompaniya veb-saytida paydo bo’ladi.
📟 DigiTech
52 667
+2
🥔 Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik bilmagan.
Kompaniya o'z logotipiga quyosh nuri va har bir ta'mning o'ramiga butun kartoshka tasvirini, shuningdek, «Haqiqiy kartoshkadan tayyorlangan» yozuvini qo’shadi — so'rovlar natijalariga ko’ra, iste'molchilarning 42 foizi buni bilishmagan.
Tarkibi ham o’zgaradi: makkajo’xori yog'i zaytun yoki avokado yog'iga almashtiriladi, AQSh'da esa qo’shimchasiga, sun'iy qo’shimchalar va rang beruvchilardan voz kechishadi.
📟 DigiTech
52 667
+3
👨💻 Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi.
O’rnatilgan sovutgich sichqoncha korpusi haroratini 10,3°C gacha pasaytiradi, qishda esa 20°C gacha isitish imkoniyati ham mavjud. Star Flash Cool and Warm Gaming Mouse shuningdek, bir zaryadda 100 soat ishlaydi va RGB yoritish mavjud.
Xitoyda narxi — 62 dollardan.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Xitoy hukumati The New York Times jurnalistlariga Tibet platosidagi quyosh elektr stansiyasiga kirishga ruxsat berdi. Bu dunyo bo’yicha eng balandda joylashgan yashil energiya obyektlari tarmog'idir.
Talatan quyosh parki dengiz sathidan deyarli uch kilometr balandlikda joylashgan 420 kvadrat kilometr maydonga o’rnatilgan panellarni o’z ichiga oladi.
Bu hammasi emas: 2028-yilgacha panellar maydonini ikki baravarga katallashtirishadi, 2030-yilga borib esa energiya ishlab chiqarish hajmi 5 baravarga oshadi. Hozirda ushbu quyosh panellari 17 GVt energiya ishlab chiqaradi — bu Chikagodagi barcha uylarni quvvatlantirish uchun yetarli.
Shuningdek, u Xitoy SI modellarini o’rgatish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar markazlarini ham quvvatlaydi.
📟 DigiTech
52 667
+3
⚡️Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman o'zgartirdi. Rasmlarda uning to’liq ismi ko’rsatilgan.
Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko’p so‘zlarni qanday sig'dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g'alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so’ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta'minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o’zgartirdi.
Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi.
📟 DigiTech
52 667
📲 Telegram'ga Liquid Glass dizayni qo’shildi — messenjer bir qator yangi funksiyalar bilan katta yangilanishni chiqardi:
– iPhone'lar uchun iOS 26 dizaynidagi «suyuq shisha» qo’shildi;
– Guruh qo’ng'iroqlari paytida endi xabarlar yozish va reaksiyalar bosish mumkin;
– Endi sovg’ani (gift) profil foniga qo’yish mumkin;
– Sovg’alar (gift) bo’limi interfeysi soddalashtirildi va jo’natuvchining ismini yashirish mumkin bo’ldi;
– Endi istalgan kontaktga tug'ilgan kun haqida eslatma qo’shish mumkin.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Nanozarrachalarga asoslangan yangi saraton vaksinasi sinovlari muvaffaqiyatli o’tdi: u 88% hollarda sichqonlarni saratonning ko’p shakllaridan himoya qildi.
Preparat tanani zararli o’simtalarga qarshi kurashishga va hatto metastazlardan himoya qilishga o’rgatadi. Sinov jarayonida sichqonlar saraton kasalligiga uzoq muddatli immunitetga ega bo’lishdi.
Endi olimlar preparatni yanada yaxshilab, odamlarda sinab ko’rishga tayyorlanishmoqda.
📟 DigiTech
52 667
🎥 «G’alati narsalar» serialining beshinchi fasli har biri 90-120 daqiqadan davom etadigan va har birining byudjeti 60 million dollargacha bo’lgan sakkizta to’liq metrajli filmlardir.
• Ijodkorlar mavsumni «bittada sakkizta blokbasterlar» deb atashmoqda — bunaqasi hali televideniyada bo’lmagan. • Syujet yo’qolgan Veknani qidirishga qaratilgan bo’ladi. • Har bir epizod byudjeti 60 million dollargacha boradi — solishtirish uchun eng mashhur seriallardan biri «Taxtlar o’yini»ning har bir epizod uchun byudjeti faqat 15 million dollarni tashkil qilgan.Popkornlarni tayyorlang, premyera — 27 noyabrda. 📟 DigiTech
52 667
🤖 Figure startapi o’zining yangilangan 03 robot yordamchilarini namoyish etdi.
Robotlar «teri»si taktil yoqimli matodan ishlangan, barmoqlari ham teginishni sezadi, kameralar esa endi hatto bosh va kaftlarning orqa qismiga ham o’rnatilgan. Harakat tezligi ikki barobarga oshdi, simsiz zaryadlash mavjud (batareya zaryadi taxminan 5 soatga yetadi).
Ushbu robotlardan har yili 12-25 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirishgan, lekin narxini hali aytishmadi.
Aytgancha, BMW o’z zavodiga shunday robot ishchilarni yollagan.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g’alaba qozondi. Chatbotlar unga kamida 73 000 dollar tejab qolishga yordam berishdi.
Linn Uayt treyler parkida ijara to’lovini kechiktirgan. Garchi Los-Anjeles qonunlari bo’yicha 12 oylik imtiyozli davrga ruxsat bor bo’lsa-da, mahalliy advokat ishni yutqazgan.
Shundan so’ng Linn apellyatsiya berishga qaror qildi va maslahat uchun neyron tarmoqlarga murojaat qildi. U barcha hujjatlarni ChatGPT'ga yukladi va bot ishni qayta ko’rib chiqish uchun protsessual xatolarni aniqlashga yordam berdi. Qo’shimchasiga Perplexity Pro'ni ham ulab, himoyasini mustahkamlash uchun zarur qonunlarni o’rgandi.
Oxir-oqibat, sud uning tarafini oldi. Linn 55 000 dollar jarima va 18 000 dollar qarzdorlik to’lovidan ozod etilib, ko’chish to’g’risidagi bildirishnomani bekor qilishga muvaffaq bo’ldi.
📟 DigiTech
52 667
🏠 Germaniyaning DQTower kompaniyasi oson tashish mumkin bo’lgan mikro minorali uylarni qurmoqda.
Uch qavatli kapsula alyuminiy qoplamali po’latdan yasalgan karkasga ega bo’lib, o’lchamlari 4 x 4,2 x 8,6 m, ichida esa umumiy maydoni 39 m² bo’lgan: oshxona, ikkita hammom va ikkita yotoq xonasi mavjud.
Tayyor ta'mir, mebel va yetkazib berish bilan narxi — 150 000 yevrodan bishlanadi.
📟 DigiTech
52 667
⚡️O’zbekistonda 2141 nafar mansabdor shaxs sun’iy intellektga almashtiriladi — farmon allaqachon Prezident tomonidan imzolangan.
Farmon 1-noyabrdan kuchga kiradi va ishdan bo‘shatishlar bir vaqtning o’zida bir nechta vazirliklarga to’g’ri keladi. Ularning 1863 tasi byudjet shtat birliklari, 278 tasi esa byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lgan shtat lavozimlaridir.
Eng katta qisqartirishlar Soliq qo’mitasiga to’g’ri kelmoqda (486 ta o’rin), Suv xo’jaligi vazirligida (224 ta o’rin), Qishloq xo’jaligi vazirligida (200 ta o’rin), Bandlik vazirligida (163 ta o’rin) qisqartiriladi.
📟 DigiTech
52 667
+2
⚡️AQSh olimlari Alyaskada taxminan 40 ming yil avval muzlagan qadimiy hayotni uyg’otishdi.
Ular 106 metr uzunlikdagi tadqiqot tunnelidagi muzlik davri mamontlarining qoldiqlari bo‘lgan qoyadan mikrob namunalarini yig‘ishdi. Laboratoriyada bakteriyalar asta-sekin 12 ° C ga qadar isitildi va qo’shimchasiga deyteriy bilan «nasoslandi». Natijada ular hayotga qaytishdi, o’sishni va koloniyalarni shakllantirishni boshlashdi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, bu bakteriyalar «katta ehtimol» odamlarga yuqmaydi, lekin ularni baribir yopiq kameralarda saqlashmoqda. Ular ustidagi keyingi tajribalar esa hatto yangi dorilarni yaratishga ham yordam berishi mumkin.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
