AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 667 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 522,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 383 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 667 名订阅者。
根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 647,过去 24 小时变化为 -232,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.65%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.41% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 549 次浏览,首日通常累积 9 727 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 667
订阅者
-23224 小时
-2 2777 天
-3 64730 天
帖子存档
52 667
🧠 Neuralink bemori aqli bilan robot qo’lni qanday boshqarayotganini ko’rsatdi, bu unga ko’p yillardan so’ng birinchi bor obyektlarni mustaqil ravishda olish imkonini berdi.
Nik Rey amyotrofik lateral sklerozdan aziyat chekmoqda, neyrochip esa unga 2025-yil iyul oyida implantatsiya qilingan. Hozirda u mexanik qo’lga shunchalik o’rganib qolganidan, suhbat chog'ida u bilan ishora qila boshladi.
«Ko’p yillar davomida birinchi bor shlyapani o’zim kiydim, mikroto’lqinli pechda bir nechta taomlarni isitdim va ovqatlandim. Muzlatgich va gazlangan suv idishlarini ochishni o’rgandim. Hatto aravachani biroz boshqarishga muvaffaq bo’ldim!» — deydi Nik.Neuralink yordamida fikr kuchidan foydalangan holda kompyuter o’yinlarini o‘ynash ham mumkin, 2026-yilda esa kompaniya ko’rish qobiliyatini tiklovchi chipni sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda. 📟 DigiTech
52 667
🧠 SI inson kabi fikrlashni o'rgandi. Polshaning Pathway startapi modelini tirik miyaning nusxasiga aylantirishdi.
Modelning o’zi neyronlar klasterlarini hosil qilib, fikrlash jarayonida odamlar kabi ular orasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda. Shuningdek, u o’rganilgan ma'lumotlarni shunchaki takrorlamasdan, tahlil qilib, xulosalar chiqarmoqda.
📟 DigiTech
52 667
🌳 Endi daraxtlarga ham pullik obuna bo’lish mumkin — Reddit'ning sobiq bosh direktori shunday startapga asos soldi. Sem Altman uning birinchi investorlaridan biri bo’ldi.
Oyiga 25 dollar evaziga ular Gavayada siz uchun ko’chat ekib, u o’sayotgan vaqtida muntazam ravishda foto-hisobot jo’natib turishadi. Keyin ushbu suratlardan misol uchun, chiroyli taymlaps yig’ish mumkin.
Bu ketishda ishqilib, kislorod uchun ham obunani chiqarishmasa bo’ldi :)
📟 DigiTech
52 667
🚘 Lamborghini kompaniyasi Manifesto superkari konseptini ko’rsatdi.
Old qismida o’tkir burni o’rniga katta bo’shliq mavjud. Mashinaning ostiga ulkan diffuzor o’rnatilgan bo’lib, avtomobil yerga yopishib turgan effektni beradi. 12 ta havo teshiklari V12 ga ishora qilsa-da, dvigatel unga sig’maydi. Ko’rinishidan, bu elektromobil bo’ladi.
📟 DigiTech
52 667
👨💻 OpenAI vayb-kodingni keyingi bosqichga olib chiqdi — kompaniya eng tez va eng oson sun'iy intellekt agentlari konstruktorini chiqardi.
Agent Builder istalgan neyron yordamchini bir zumda yig’ish imkonini beradi — buning uchun elementlarni qo’shish va ularni bir-birlari bilan ulash kifoya, kodlash bilimi talab etilmaydi.
Undan foydalanish imkoniyati asta sekin barcha uchun ochilmoqda.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Istalgan tasvirni sifatini to’g’ri brauzeringizda yaxshilang — Watermark Remover dasturi ishlab chiquvchilari yana bir foydali vositani chiqarishgan.
— 8x gacha sifatni yaxshilashni qo’llab-quvvatlaydi;
— Tasvirlar sifatini 10 000 x 10 000 pikselgacha ko’taradi;
— Foydalanish bepul va ro’yxatdan o’tish shart emas.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Tim Kuk Apple'ni tark etadimi? Bloomberg insayderlari kompaniya ichidagi katta o’zgarishlar haqida xabar berishmoqda:
– Apple asosiy «voris»dan ayrildi — ushbu lavozimga asosiy davogar Jeff Uilyams edi, ammo u iyul oyida bosh operatsion direktor lavozimini tark etgan; – Tim Kuk'dan tashqari, yaqin kelajakda Apple'ni kamida to’rtta top-menejer tark etishi mumkin; – Kompaniya sun'iy intellekt, aqlli uy va haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqish bo‘yicha raqobatchilardan ortda qolgani sabab zudlik bilan texnik mutaxassislarga muhtoj; – Hozirda bosh direktor lavozimiga asosiy da'vogar apparat muhandisligi boshlig'i Jon Ternus'dir. U katta texnik bilimlarga ega va aynan uning rahbarligida Apple Intel'dan o’zining M-chiplariga o’tdi, AirPods, Vision Pro va eng yupqa iPad Pro'ni chiqardi.Apple keyingi taqdimotida inqilobiy qurilmani namoyish etishi ehtimoli paydo bo’ldi. 📟 DigiTech
52 667
🎥 Ma'lum bo’lishicha, videolar generatsiya qiluvchi yangi Sora 2 neyrotarmog’i odamlarning mashinalarga qanday o’tirishi haqida hech qanday tasavvurga ega emas.
Bunday sahnani generatsiya qilishga uringaningizda, sun'iy intellekt haydovchilarni eng tasavvur qilib bo’lmaydigan holatga tushirib mashinaga o’tkazadi, ularning qo’l va oyoqlarini eshikka qisib qo’yadi, eshiklarni teleportatsiya qiladi va ba'zida haydovchini qoldirib ketadi.
Aytgancha, Sora hozirda AQSh App Store ilovalar do’konida birinchi o’rinni egallab turibdi — u ChatGPT va Google Gemini'dan ham o’zib ketdi, garchi unga faqat taklif havolalari orqali kirish mumkin bo’lsa ham.
📟 DigiTech
52 667
🏫 Texasdagi Alpha School maktabida barcha o’qituvchilar SI'ga almashtirildi. Endi darslarni neyron tarmoqlar o’tishmoqda va har bir o’quvchiga maxsus yondashishmoqda.
Asosiy bilimlardan tashqari, bolalarga moliyaviy savodxonlik darslari va ijtimoiy ko’nikmalar ham o’rgatiladi. Jonli o’qituvchilarni shunchaki kuratorlar sifatida olib qolishdi.
Alpha School maktabida bir yillik ta'lim 40 000 dollar turadi. Ushbu mablag’ evaziga o’quvchilarni imtihon natijalari bo’yicha eng yuqori top 1% ga olib chiqishga va'da berishmoqda.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Yaponiyada yoshi 100 dan oshgan odamlar soni deyarli 100 000 kishiga yetdi — mamlakat uzoq umr ko’ruvchilar soni bo’yicha ketma-ket 55 yildan buyon rekordni ushlab kelmoqda.
Ularning katta qismi (88%) ayollardir. Eng keksasi 114 yoshli Shigeko Kagava, eng keksa erkak esa 111 yoshli Kiyotaka Mizuno.
Bunday uzoq umr ko’rish ko’p jihatdan sog’lom ovqatlanish bilan bog’liq: yaponlar qizil go’sht, shakar va tuzni kamroq, baliq va sabzavotlarni esa ko'proq iste'mol qilishadi, buning natijasida mamlakatda yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning keng tarqalgan shakllari xavfini oshiradigan semirish darajasi ham pastdir.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Mercor startapi sun'iy intellekt agentlarini o’qitishda yordam uchun soatiga 40-500 dollardan to’lamoqda. Ariza beruvchilar har qanday sohadan bo’lishlari mumkin.
Kompaniya IT mutaxassislari, shifokorlar, dizaynerlar va hatto xaridlar bo’yicha mutaxassislarni ham qidirmoqda. Ularning tajribasi neyron tarmoqlarni yaxshilashga yordam beradi.
Vakansiyalarni havola bo’yicha ko’rish mumkin. Agar do’stingizni muvaffaqiyatli tavsiya qilsangiz, 500 dollardan mukofot olishingiz mumkin.
📟 DigiTech
52 667
🎧 Samsung «fikrlarni o’qiydigan» quloqchinlarni chiqardi: qurilma foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qila oladi va 92,86% aniqlik bilan sizga qanday videolar, musiqa va taomlar yoqishini biladi.
U quloq atrofidagi sensorlar orqali miya faoliyatini o’qib, foydalanuvchi qachon zerikishni boshlagani va uyqusi kelayotnini biladi. Hozirda prototip sinovdan o’tkazilmoqda.
📟 DigiTech
52 667
👓 Meta Ray-Ban Display aqlli ko'zoynaklarida hayratlanarli ishlaydigan navigatsiya tizimi mavjud.
Xaritalar ilovasi hali beta-versiyada ishlamoqda, lekin uning imkoniyatlari hozirdan hayratlanarli. SI yordamida, xaritani ko'zlaringiz bilan aylantirishingiz, kattalashtirishingiz va ovozingiz yordamida manzillarni kiritishingiz mumkin.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Haqiqiy 3D tasvir shunday ko’rinadi: dasturchi uch o’lchamli tasvirlarni tekis ekranda ko’rsatish usulini o’ylab topdi.
Uning dasturi kamera yordamida bosh harakatini kuzatadi va ekrandagi perspektivani o’zgartiradi. Dastur yordamida obyektlarni turli burchaklardan ko’rish mumkin, u hatto multfilmlarda ham ishlaydi.
👉 Demo versiyasini havola orqali sinab ko’rishingiz mumkin.
📟 DigiTech
52 667
⚡️OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bozor kapitali bo’yicha hatto Ilon Mask'ning SpaceX kosmik startapini ham ortda qoldirdi.
Xodimlar va investorlar aksiyalarni bir qismini sotganidan so’ng, kompaniyaning qiymati 500 milliard dollarga yetdi — bu SpaceX'dan 100 milliard dollar va TikTok ishlab chiquvchisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi qiymatidan 200 milliard dollarga ko’proqdir.
📟 DigiTech
52 667
⚡️Forbes xabar berishicha, Ilon Mask yana eng boy odamga aylandi va tarixdagi birinchi 500 milliard dollar boylikli odam bo’ldi.
Ilon Mask'dan 20 kun oldin Oracle bosh direktori Larri Ellison o’zib ketgandi, ammo Mask tojdan osonlikcha voz kechmaydi.
📟 DigiTech
52 667
👨💻 Qozog‘istonlik maktab o’quvchisi o‘z startapi uchun 6 million dollar investitsiya oldi va karyerasi uchun maktabni tashladi.
Arlan Raxmetjanov faqat uch yil oldin kodlashni boshlagan. ChatGPT chiqarilganda 15 yoshda edi. Oxir-oqibat u SI agentlari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi Nozomio startapiga asos soldi.
Arlan bir necha oy ichida loyihaga investorlar topdi. Eng qizig’i, ular o’zlari u bilan bog'lana boshlashdi, sababi u LinkedIn va Twitter'da faol.
Uni bir necha marta investorlar bilan dars vaqtida video qo’ng’iroqda gaplashgani uchun matematika darsidan haydab yuborishgan)
📟 DigiTech
52 667
🧠 Tadqiqot: Yoshlarda miya faoliyati 10 yil ichida ikki baravarga yomonlashgan va buning aniq sababini hech kim bilolmayapti.
Olimlar 2013-yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda 4,5 million kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi va deyarli har bir inson xotirasi, reaksiya vaqti va kognitiv qobiliyatlari pasayganini aniqlashdi.
Bunda gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va siyosiy vaziyat sababchi bo’lishi mumkin deb taxmin qilishmoqda — stress va qaror qabul qilish qiyinligi tobora ortib bormoqda.
📟 DigiTech
52 667
🎥 Sora 2 chiqdi: modelga juda realistik videolar yaratish va ovoz generatsiya qilish o’rgatildi.
Neyron tarmoq fizika qonunlarini yaxshiroq tushunadi va birinchi Sora bilan solishtirganda, nozik detallar va dinamik sahnalarni yaxshiroq generatsiya qiladi. Uning asosiy xususiyati — odamlarni va hatto hayvonlarni eslab qolish qobiliyatidir.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Agar sizning hududingizda hali mavjud emas deb yozsa, VPN'dan foydalanib kiring.
📟 DigiTech
52 667
👨💻Yangi Claude Sonnet 4.5 uzluksiz 30 soat davomida kod yozishi mumkin, bu Anthropic neyron tarmoqlari orasidagi avvalgi rekorddan to’rt baravar ko’proqdir.
Bu vaqt ichida model 11 000 qator koddan iborat Slack klonini yaratdi. Sonnet 4.5 vazifani faqat bajarilgan deb hisoblagandagina kod yozishni to’xtatdi.
Dasturchilar, endi shoshilinch dedlayn vaqtida sizga nima yordam bera olishini bilasiz :)
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
