es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 52 667 suscriptores, ocupando la posición 2 522 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 383 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 52 667 suscriptores.

Según los últimos datos del 28 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -3 647, y en las últimas 24 horas de -232, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.65%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.41% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 549 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 727 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 130.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 29 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

52 667
Suscriptores
-23224 horas
-2 2777 días
-3 64730 días
Archivo de publicaciones
⚡️ M5 chipli MacBook Pro oldingi modellarga qaraganda 3,5 marta tezroq ishlaydi: — Bazaviy versiyasida 16 GB operativ xotira
⚡️ M5 chipli MacBook Pro oldingi modellarga qaraganda 3,5 marta tezroq ishlaydi: — Bazaviy versiyasida 16 GB operativ xotira va 4 TB gacha SSD mavjud. — M5 Pro grafikani 1,6x gacha tezlashtiradi va professional ish uchun barcha portlarni qo‘llab-quvvatlaydi. — Liquid Retina XDR displeylari HDR formatida 1600 nitgacha yorqinlashadi, 12MP old kamera va oltita dinamik mavjud. Narxi 1599 dollardan boshlanadi. Ikki xil rangda mavjud: kumush va kosmik qora. 📟 DigiTech

⚡️Apple yangi MacBook M5 Pro va iPad Pro'ni chiqardi — saytda oldindan buyurtma berish ochildi. Sotuvlar 22-oktyabrdan boshla
+1
⚡️Apple yangi MacBook M5 Pro va iPad Pro'ni chiqardi — saytda oldindan buyurtma berish ochildi. Sotuvlar 22-oktyabrdan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️«Suyuq shisha» YouTube'ga ham yetib bordi — Google o’zining veb sayti va ilovasi dizaynini o’zgartirdi. Pleyer interfeysi s
⚡️«Suyuq shisha» YouTube'ga ham yetib bordi — Google o’zining veb sayti va ilovasi dizaynini o’zgartirdi. Pleyer interfeysi shaffof bo’ldi, tugmalar esa yanada yumaloq shaklga o’zgartirildi. Google yoz boshidan buyon yangi video pleyer dizaynini sinovdan o’tkazayotgandi. Haqiqatan ham foydali xususiyatlardan biri: endi videolar oxirida chiqadigan o’sha zerikarli tavsiyalarni o’chirib qo’yishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi
+3
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi barcha Mercedes-Benz elektromobillari uchun qo’llanilishi mumkin. Mashina zaryadi uzoqroq yetishi uchun o’rnatilgan quyosh paneli va SI yordamchi mavjud. Ichki saloni Art Deco uslubida ishlangan va boshqaruv panelida hech qanday raqamli ekranlar mavjud emas. Avtomobil ommaviy ishlab chiqarishgacha yetib boradimi yoki yo’q hali aniq emas. 📟 DigiTech

🚘 Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini ochadi — ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkon
🚘 Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini ochadi — ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkonini beradi. Shunga o’xshash tunnellar Las-Vegasda 2021-yildan beri ishlaydi. Dubai Loop uzunligi 17 kilometr bo’lib, 11 ta stansiyani o’z ichiga oladi va undan soatiga 20 000 kishi o’ta oladi. Tunnelning birinchi qismi 2026-yilning ikkinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha hukumatning shahar ko’chalaridagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi. 📟 DigiTech

☀️ Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni
☀️ Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni tasdiqladi. Olimlar 2001-yildan buyon 4 million o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo’lishicha, magnit bo’ronlari yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar orasida, ayniqsa, bahor va kuzda o‘lim darajasining oshishiga olib kelgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman to’xtatdi — bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini
👨‍💻 Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman to’xtatdi — bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi. Kompaniya Windows 10 foydalanuvchilariga Windows 11'ga yangilashni tavsiya qilmoqda va agar ularning shaxsiy kompyuteri uni qo’llab-quvvatlamasa, yangisini sotib olishni maslahat bermoqda. AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlashni yana bir yilga uzaytirish uchun pullik variant ham mavjud — uning narxi 30 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Insayder Mark Gurman'ning xabar berishicha, Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinch
⚡️Insayder Mark Gurman'ning xabar berishicha, Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinchi gadjetlar bo’ladi. Taqdim etilishi mumkin bo’lgan qurilmalar: yangilangan MacBook Pro va iPad Pro. Ular bilan birga Vision Pro'ning yangi versiyasi ham chiqariladi. Katta ehtimol bilan, taqdimot bo’lmaydi. Qurilmalar shunchaki kompaniya veb-saytida paydo bo’ladi. 📟 DigiTech

🥔 Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik b
+2
🥔 Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik bilmagan. Kompaniya o'z logotipiga quyosh nuri va har bir ta'mning o'ramiga butun kartoshka tasvirini, shuningdek, «Haqiqiy kartoshkadan tayyorlangan» yozuvini qo’shadi — so'rovlar natijalariga ko’ra, iste'molchilarning 42 foizi buni bilishmagan. Tarkibi ham o’zgaradi: makkajo’xori yog'i zaytun yoki avokado yog'iga almashtiriladi, AQSh'da esa qo’shimchasiga, sun'iy qo’shimchalar va rang beruvchilardan voz kechishadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi. O’rnatilgan sovutgich sichqonc
+3
👨‍💻 Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi. O’rnatilgan sovutgich sichqoncha korpusi haroratini 10,3°C gacha pasaytiradi, qishda esa 20°C gacha isitish imkoniyati ham mavjud. Star Flash Cool and Warm Gaming Mouse shuningdek, bir zaryadda 100 soat ishlaydi va RGB yoritish mavjud. Xitoyda narxi — 62 dollardan. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoy hukumati The New York Times jurnalistlariga Tibet platosidagi quyosh elektr stansiyasiga kirishga ruxsat berdi. Bu dunyo bo’yicha eng balandda joylashgan yashil energiya obyektlari tarmog'idir. Talatan quyosh parki dengiz sathidan deyarli uch kilometr balandlikda joylashgan 420 kvadrat kilometr maydonga o’rnatilgan panellarni o’z ichiga oladi. Bu hammasi emas: 2028-yilgacha panellar maydonini ikki baravarga katallashtirishadi, 2030-yilga borib esa energiya ishlab chiqarish hajmi 5 baravarga oshadi. Hozirda ushbu quyosh panellari 17 GVt energiya ishlab chiqaradi — bu Chikagodagi barcha uylarni quvvatlantirish uchun yetarli. Shuningdek, u Xitoy SI modellarini o’rgatish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar markazlarini ham quvvatlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman o'zgartirdi. Rasmlarda uning
+3
⚡️Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman o'zgartirdi. Rasmlarda uning to’liq ismi ko’rsatilgan. Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko’p so‘zlarni qanday sig'dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g'alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so’ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta'minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o’zgartirdi. Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi. 📟 DigiTech

+2
📲 Telegram'ga Liquid Glass dizayni qo’shildi — messenjer bir qator yangi funksiyalar bilan katta yangilanishni chiqardi: – iPhone'lar uchun iOS 26 dizaynidagi «suyuq shisha» qo’shildi; – Guruh qo’ng'iroqlari paytida endi xabarlar yozish va reaksiyalar bosish mumkin; – Endi sovg’ani (gift) profil foniga qo’yish mumkin; – Sovg’alar (gift) bo’limi interfeysi soddalashtirildi va jo’natuvchining ismini yashirish mumkin bo’ldi; – Endi istalgan kontaktga tug'ilgan kun haqida eslatma qo’shish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Nanozarrachalarga asoslangan yangi saraton vaksinasi sinovlari muvaffaqiyatli o’tdi: u 88% hollarda sichqonlarni saratonnin
⚡️Nanozarrachalarga asoslangan yangi saraton vaksinasi sinovlari muvaffaqiyatli o’tdi: u 88% hollarda sichqonlarni saratonning ko’p shakllaridan himoya qildi. Preparat tanani zararli o’simtalarga qarshi kurashishga va hatto metastazlardan himoya qilishga o’rgatadi. Sinov jarayonida sichqonlar saraton kasalligiga uzoq muddatli immunitetga ega bo’lishdi. Endi olimlar preparatni yanada yaxshilab, odamlarda sinab ko’rishga tayyorlanishmoqda. 📟 DigiTech

🎥 «G’alati narsalar» serialining beshinchi fasli har biri 90-120 daqiqadan davom etadigan va har birining byudjeti 60 millio
🎥 «G’alati narsalar» serialining beshinchi fasli har biri 90-120 daqiqadan davom etadigan va har birining byudjeti 60 million dollargacha bo’lgan sakkizta to’liq metrajli filmlardir.
• Ijodkorlar mavsumni «bittada sakkizta blokbasterlar» deb atashmoqda — bunaqasi hali televideniyada bo’lmagan. • Syujet yo’qolgan Veknani qidirishga qaratilgan bo’ladi. • Har bir epizod byudjeti 60 million dollargacha boradi — solishtirish uchun eng mashhur seriallardan biri «Taxtlar o’yini»ning har bir epizod uchun byudjeti faqat 15 million dollarni tashkil qilgan.
Popkornlarni tayyorlang, premyera — 27 noyabrda. 📟 DigiTech

+3
🤖 Figure startapi o’zining yangilangan 03 robot yordamchilarini namoyish etdi. Robotlar «teri»si taktil yoqimli matodan ishlangan, barmoqlari ham teginishni sezadi, kameralar esa endi hatto bosh va kaftlarning orqa qismiga ham o’rnatilgan. Harakat tezligi ikki barobarga oshdi, simsiz zaryadlash mavjud (batareya zaryadi taxminan 5 soatga yetadi). Ushbu robotlardan har yili 12-25 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirishgan, lekin narxini hali aytishmadi. Aytgancha, BMW o’z zavodiga shunday robot ishchilarni yollagan. 📟 DigiTech

⚡️Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g’alaba qozondi. Chatbotlar unga kamida 73 000 dollar tejab qolishga
⚡️Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g’alaba qozondi. Chatbotlar unga kamida 73 000 dollar tejab qolishga yordam berishdi. Linn Uayt treyler parkida ijara to’lovini kechiktirgan. Garchi Los-Anjeles qonunlari bo’yicha 12 oylik imtiyozli davrga ruxsat bor bo’lsa-da, mahalliy advokat ishni yutqazgan. Shundan so’ng Linn apellyatsiya berishga qaror qildi va maslahat uchun neyron tarmoqlarga murojaat qildi. U barcha hujjatlarni ChatGPT'ga yukladi va bot ishni qayta ko’rib chiqish uchun protsessual xatolarni aniqlashga yordam berdi. Qo’shimchasiga Perplexity Pro'ni ham ulab, himoyasini mustahkamlash uchun zarur qonunlarni o’rgandi. Oxir-oqibat, sud uning tarafini oldi. Linn 55 000 dollar jarima va 18 000 dollar qarzdorlik to’lovidan ozod etilib, ko’chish to’g’risidagi bildirishnomani bekor qilishga muvaffaq bo’ldi. 📟 DigiTech

+3
🏠 Germaniyaning DQTower kompaniyasi oson tashish mumkin bo’lgan mikro minorali uylarni qurmoqda. Uch qavatli kapsula alyuminiy qoplamali po’latdan yasalgan karkasga ega bo’lib, o’lchamlari 4 x 4,2 x 8,6 m, ichida esa umumiy maydoni 39 m² bo’lgan: oshxona, ikkita hammom va ikkita yotoq xonasi mavjud. Tayyor ta'mir, mebel va yetkazib berish bilan narxi — 150 000 yevrodan bishlanadi. 📟 DigiTech

⚡️O’zbekistonda 2141 nafar mansabdor shaxs sun’iy intellektga almashtiriladi — farmon allaqachon Prezident tomonidan imzolang
⚡️O’zbekistonda 2141 nafar mansabdor shaxs sun’iy intellektga almashtiriladi — farmon allaqachon Prezident tomonidan imzolangan. Farmon 1-noyabrdan kuchga kiradi va ishdan bo‘shatishlar bir vaqtning o’zida bir nechta vazirliklarga to’g’ri keladi. Ularning 1863 tasi byudjet shtat birliklari, 278 tasi esa byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lgan shtat lavozimlaridir. Eng katta qisqartirishlar Soliq qo’mitasiga to’g’ri kelmoqda (486 ta o’rin), Suv xo’jaligi vazirligida (224 ta o’rin), Qishloq xo’jaligi vazirligida (200 ta o’rin), Bandlik vazirligida (163 ta o’rin) qisqartiriladi. 📟 DigiTech

⚡️AQSh olimlari Alyaskada taxminan 40 ming yil avval muzlagan qadimiy hayotni uyg’otishdi. Ular 106 metr uzunlikdagi tadqiqot
+2
⚡️AQSh olimlari Alyaskada taxminan 40 ming yil avval muzlagan qadimiy hayotni uyg’otishdi. Ular 106 metr uzunlikdagi tadqiqot tunnelidagi muzlik davri mamontlarining qoldiqlari bo‘lgan qoyadan mikrob namunalarini yig‘ishdi. Laboratoriyada bakteriyalar asta-sekin 12 ° C ga qadar isitildi va qo’shimchasiga deyteriy bilan «nasoslandi». Natijada ular hayotga qaytishdi, o’sishni va koloniyalarni shakllantirishni boshlashdi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, bu bakteriyalar «katta ehtimol» odamlarga yuqmaydi, lekin ularni baribir yopiq kameralarda saqlashmoqda. Ular ustidagi keyingi tajribalar esa hatto yangi dorilarni yaratishga ham yordam berishi mumkin. 📟 DigiTech