AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 50 625 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 617,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 466 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 50 625 名订阅者。
根据 08 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 546,过去 24 小时变化为 -168,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.51%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.55% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 969 次浏览,首日通常累积 9 429 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
50 625
订阅者
-16824 小时
-1 3757 天
-2 54630 天
帖子存档
52 285
🎹 Britaniyalik musiqachi Luis Kardozo havoda pianino chaldi.
U pianinoni stul bilan birga paraplanga mahkamladi, shundan so’ng do’stlari uni tepalikdan uchirib yuborishdi.
📟 DigiTech
52 285
💻 Taqdimotlar yaratib beruvchi eng yaxshi neyron tarmoqlar. Slaydlar bilan ishlashni to’liq avtomatlashtiradigan eng yaxshi saytlar ro’yxatini tuzdik. Yo’qotib qo’ymaslik uchun saqlab qo’ying:
Pitch — so’rovingiz bo’yicha to’liq taqdimotlar yaratib beradi, shriftlardan tortib animatsiyalargacha sozlash mumkin.
Slidesgpt — ajoyib slaydlar yaratib beruvchi dastur, matnlar ChatGPT'da generatsiya qilinadi.
Magic Slides — istalgan YouTube videolari asosida 60 soniya ichida taqdimotlar yaratadi.
Decktopus — rasmlar, ma’lumotlarni o’zi topadi va barchasini slaydlar shaklida to’playdi, siz faqat mavzuni kiritishingiz kifoya.
Wepik — chiroyli vizualga ega va PDF shaklda yuklab olish mumkin bo’lgan taqdimotlar yaratib beradi.
📟 DigiTech
52 285
🌇 Mercedes-Benz Dubayda o’q shaklidagi hashamatli osmono’par bino quradi.
341 metr balandlikdagi minorada ochiq basseynli terassalar, beshta penthaus va qiymati 10 million dollargacha bo’lgan 150 ta kvartira bo’ladi.
Qurilish 2026-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati — 1 mlrd dollar.
📟 DigiTech
52 285
🚘 Yangi Geely Galaxy E8 elektromobilida ulkan ekranda o’yin o‘ynash mumkin. Unga bir vaqtning o’zida ikkita geympadni ulash yoki to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning rulidan boshqarish mumkin.
Asosiysi, tirbandlikda turganda o’yin kursida emas, balki yo’lda ekanlikni unutmaslikdir.
📟 DigiTech
52 285
🛜 Wi-Fi signalini 3 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo’lishdi!
Hammasi HaLow 802.11ah standarti tufayli — u 900 MGts (deyarli uyali aloqa kabi) juda past chastotada ishlaydi, buning natijasida uning signali uzoq masofalarga yetib borishi mumkin va shu bilan birga to’siqlarni muammosiz chetlab o’tadi.
Lekin masofa uzaygan sari internet tezligi yomonlashadi — 3 kilometrlik belgida internet tezligi atigi 1 Mbit/soniyani tashkil etdi, ammo shu ham qo’ng’iroq uchun yetarli bo’ldi.
📟 DigiTech
52 285
🚘 Politsiya uchun Lucid Air elektromobilining maxsus versiyasini ko’rsatdi — uning tomida dron va uni zaryadlash uchun qurilma bor. Bunday avtomobillar birinchi bo’lib Saudiya Arabistoniga yetkazib beriladi.
Ichki qismdan politsiya xodimi kopterni ishga tushirib jinoyatchilarni yoki bedarak yo’qolgan shaxsni qidirish uchun hududni tekshirishi mumkin.
Avtomobil 819 ot kuchiga ega, 3 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezlik 270 km/soat va bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi. AQShda ushbu versiyaning narxi 110 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
52 285
🥽 Apple Vision Pro: uchinchi kun.
Fantastik seriallardagi hodisalar borgan sari realga aylanib bormoqda.
📟 DigiTech
52 285
⚡️Xitoyda 1-apreldan boshlab havoda uchuvchi aeromobil'ni sotib olish mumkin bo’ladi.
Ularni o’tgan yili yo’lovchilar tashishga ruxsat olgan EHang kompaniyasi sotishni boshlaydi. Aeromobil 130 km/soat tezlikka erisha oladi va bir zaryadda 30 km masofani bosib o’tadi.
Narxi — 334 000 dollar.
📟 DigiTech
52 285
🪑Avstraliyadagi dizayn studiyasi mijozlari, jihozlar ularning uyida qanday joylashishini 1x1 o’lchamda shunday ko’rishlari mumkin.
📟 DigiTech
52 285
🥽 iFixit mutaxassislari Vision Pro'ni qismlarga ajratib ko’rishdi. Ko'rib turganingizdek, garnituraning old qismi ikki qatlamli shisha bilan himoyalangan va barcha elementlar juda mahkam o’ralgan.
Lekin hech nimaga zarar yetkazmasdan qurilmani qismlarga ajratish juda qiyin. Shuning uchun buni uyda takrorlash tavsiya etilmaydi.
📟 DigiTech
52 285
🧠 Xitoyliklar yana Ilon Maskdan o’zib ketishdi: Xitoylik olimlar miya chipini allaqachon 2023-yil oktyabr oyida falaj odamga implantatsiya qilishgan — yaqinda esa natija bilan bo’lishishdi.
Neural Electronic Opportunity yoki NEO deb nomlangan chip odamga falaj qo’llarini ishlatishga yordam berdi! Bemor endi ularni yana harakatlantirib boshqara oladi.
Shu bilan birga, NEO chipi Neuralink'ga qaraganda xavfsizroq – u boshqacharoq implantatsiya qilinadi. NEO hajmi ikkita tangadek keladi.
📟 DigiTech
52 285
🥽 Kelajak allaqachon shu yerda! Apple Vision Pro'ning birinchi egalari ko’chalarda paydo bo’la boshladi.
Ulardan biri hatto ko’zoynak taqqan holda Tesla'ni haydagan, biroq ko’rinishicha politsiyaga bu yoqmagan.
📟 DigiTech
52 285
📱Alvido afsona: Nokia brendi ostida telefonlar endi chiqarilmaydi. Ushbu brenddan foydalangan kompaniya veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini HMD ga o’zgartirdi.
Endi 200 dan ortiq mamlakatlarda telefonlar, planshetlar, simsiz quloqchinlar va boshqa aksessuarlar faqat HMD brendi ostida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning Nokia brendidan foydalanish huquqi 2026-yil martida tugaydi.
📟 DigiTech
52 285
⚡️Xitoy va AQSh'dagi do’konlarda mahsulotlar uchun to’lovni hech qanday naqd pul, karta va smartfonsiz, faqatgina qo’lingiz bilan to'lashingiz mumkin.
Hech qanday sehr yo’q — hisob raqami kaft izi bilan aniqlanadi va to’lov yechiladi. Shunga o’xshash qurilmalar metroda ham ishlaydi.
Ehh, mana shunday texnologiyalar bizga qachon kirib kelarkin…
📟 DigiTech
52 285
🥽 Ijtimoiy tarmoqlarda Unreal Engine 5 ning VR imkoniyatlari aks etgan video mashhur bo’lib bormoqda.
Agar VR o’yinlar shunday grafikada chiqishni boshlasa bu kelajakka katta qadam bo’ladi.
📟 DigiTech
52 285
52 285
🛰️ XKSga o’xshash Starlab xususiy kosmik stansiyasini kosmosga olib chiqish uchun SpaceX kompaniyasi javobgar bo’ladi.
Stansiyaning o’zi bir nechta kompaniyalar — Voyager Space, Lockheed Martin va Airbus tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ular stansiyani 2030-yilgacha foydalanishga topshirishmoqchi, shu vaqtgacha XKS'ni qo'llab-quvvatlash muddati ham tugaydi.
📟 DigiTech
52 285
📷 Ushbu oynadagi kamerani ko’ryapsizmi? Lekin u aniq bor)
ZEISS kompaniyasi shunchalik kichik kameralar yaratdiki, ularni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Bundan tashqari, undagi komponentlarning aksariyati shaffofdir.
Bu texnologiyaga ega har qanday shisha bo’lagi yashirin kameraga aylantirilishi mumkin: ular undan avtomobil oynalarida, eshiklar va displeylarda foydalanishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
52 285
📄 Maktab o’qituvchilari yozma test va topshiriqlarni tekshirishda vaqtni tejash uchun maxsus ilovani ishlab chiqishdi.
Endi talabalar o’z javoblarini maxsus qog’ozlarga belgilab qo’yishadi, so’ng ZipGrade ilovasi ularni bir necha soniya ichida tekshiradi. Baho ham darhol ekranda paydo bo’ladi.
Bizni maktablarga ham juda kerakli ilova ekan.
📟 DigiTech
52 285
🏠 Boylar soliqdan qochishning ayyorona yo’lini o’ylab topishdi: ular hech qaysi mamlakatning soliq qonunchiligi amal qilmaydigan xalqaro suvlarda suzib yuruvchi hashamatli kapsulalar qurishmoqda.
Misol uchun, Ocean Builders kompaniyasi allaqachon Karib dengizida kriptovalyutalar treyderi Chad Elvartovski tashabbusi bilan bir nechta ofis-uylarni qurgan.
📟 DigiTech
