AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 285 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 285 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 285
订阅者
-20724 小时
-1 3827 天
-2 54930 天
帖子存档
53 515
🏠 Boylar soliqdan qochishning ayyorona yo’lini o’ylab topishdi: ular hech qaysi mamlakatning soliq qonunchiligi amal qilmaydigan xalqaro suvlarda suzib yuruvchi hashamatli kapsulalar qurishmoqda.
Misol uchun, Ocean Builders kompaniyasi allaqachon Karib dengizida kriptovalyutalar treyderi Chad Elvartovski tashabbusi bilan bir nechta ofis-uylarni qurgan.
📟 DigiTech
53 515
⚡️Yangi GTA 6 da sun’iy intellektdan keng foydalaniladi. Internetda Take-Two kompaniyasining yangi patentlari topildi.
O’yin davomida uylarning interyer qismi neyron tarmoqlarda yaratiladi. Arzon kvartiralar qimmatlaridan farq qilishi mumkin, ularning ichidagi narsalar esa vaqt o’tishi bilan eskira boshlaydi.
Sun’iy intellekt shuningdek, NPC javoblari, kayfiyatlari va xatti-harakatlarini ham generatsiya qiladi. SI personajning modeli va reaksiyasini atrofdagi vaziyatga qarab tanlaydi: o’yinchining harakatlari, boshqa NPC'lar va hatto ob-havoga qarab.
📟 DigiTech
53 515
⚡️179,1 milliard dollar boyligi bo’lgan Jeff Bezos hamon 1990-yillardagi eshikdan yasalgan, eskirgan stolda ishlaydi.
Uning turmush o’rtog’i Loren Sanches stol surati bilan bo’lishdi. Ma’lum bo’lishicha, Bezos va uning Amazon'dagi jamoasi eskirgan eshiklardan stol yig’ib ishlatishgan — oddiy stollar kompaniya uchun juda qimmat bo’lgan.
📟 DigiTech
53 515
🐎 Belingizda ot kuchi
Xitoyning Hypershell kompaniyasi kamroq energiya sarflab tezroq yugurishga yordam beruvchi ixcham ekzoskeletni ishlab chiqdi.
Qurilmaning og‘irligi 2 kg bo’lib, 1 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. U oyoqlarni yurishiga yordamlashib, avtomatik ravishda harakatlar intensivligiga moslashadi. Narxi esa 599 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 515
🌳 Chumolilarning yurishi yoki qari daraxtning ovozi qanday eshitilishini hech o’ylab ko’rganmisiz?
Charlz Rouz xuddi shu savollarga javob izlab, haqiqiy «ovoz ovchisi» ga aylandi va endi u maxsus mikrofonlar bilan qurollanib, atrofdagi barcha antiqa ovozlarni yozib bormoqda.
📟 DigiTech
53 515
🧠 Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miyasiga birinchi neyrochipini muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Ko’ngilliga “fikr kuchi bilan” smartfon yoki kompyuterni boshqarish imkonini beruvchi implant o’rnatildi.
Kelajakda Ilon Mask chipni o’ziga ham o’rnatmoqchi: texnologiya elektronikani boshqarishdan tashqari, oyoq-qo’llarning harakatchanligini tiklash, depressiyaga qarshi kurashish va miya jarohatlarini davolay oladi.
📟 DigiTech
53 515
🚢 Bunday kemani hali ko’rmaganingiz aniq. Bu neft va gaz qidiruvi uchun mo’ljallangan kema — Ramform Titan.
Bu ulkan va juda ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan kema bo’lib: uning asosiy vazifasi — 12 km² gacha bo'lgan maydonni chuqurligini skanerlaydigan sensorlar o’rnatilgan, kilometr uzunlikdagi kabellarni o’zi bilan tortib yurishdir.
Kabellar bir-biriga tegmasligi kerak, shuning uchun Titan'ning burilish radiusi bir necha kilometrga yetadi va tezligi atigi 8,5 km/soat ni tashkil qiladi.
📟 DigiTech
53 515
👓 Neyrotarmoqdan fotosuratdagi ko’zoynakni olib tashlashni so’rashibdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin.
Sun’iy intellektlar ishingizni olib qo’yadi deyishsa, ularga shu videoni ko’rsating :)
📟 DigiTech
53 515
🥽 Apple Vision Pro'ning yangi reklamasi. Kompaniya ushbu reklamasida virtual olam bilan haqiqiy hayot uyg’unligini ko’rsatgan.
📟 DigiTech
53 515
🧮 Matematik misollarni yechib beruvchi eng kuchli neyron tarmoq.
Tadqiqotchilarning fikricha, InternLM-Math har qanday matematik masalani ChatGPT'dan yaxshiroq yechadi.
Bundan tashqari, neyron tarmoq shunchaki javobni chiqarib bermaydi, balki misol yechimining butun jarayonini tushuntirib beradi.
Talabalarga juda foydali bo’ladigan neyrotarmoq, saqlab qo’ying asqotadi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 515
🤖 Robot-sartarosh yaratildi: u allaqachon haqiqiy odamlarda sinovdan o’tkazilmoqda.
Ushbu robot hali to’liq odam sartaroshni o’rnini bosa olmaydi, lekin bunga ham ozgina qoldi.
📟 DigiTech
53 515
⚡️Xitoyning ba’zi shifoxonalarida (ehtimol, eng yangi va eng qimmat) dori-darmonlar, testlar va hujjatlar solingan treylerlar shiftlar bo'ylab harakatlanadi — odamlar endi ularni olib yurishlari shart emas.
Qavatlar bo’ylab butun bir relslar tarmog’i o’tkazilgan.
📟 DigiTech
53 515
🤖 Boston Dynamics robotlarining 40 yillik evolyutsiyasi.
Bir oyoqda g’alati sakraydigan platformalardan tortib, hatto salto qila oladigan o’ta chaqqon Atlas robotigacha.
📟 DigiTech
53 515
✍️ Amerikalik rassom Jessi Martin tinimsiz kattalashtirish mumkin bo’lgan «cheksiz» rasmni chizdi.
Yaqinlashtirganda tasvirlar bir-biriga o’tadi va boshlangan joyida tugaydi. Uning aytishicha, barchasini neyron tarmoqlar yordamisiz chizgan va bunga 252 soat vaqti ketgan.
Qoil, juda chiroyli chiqibdi.
📟 DigiTech
53 515
🪄Tokio sehri
Yaponiyadagi Kanadaya qandolat do’koni vitrina dizayniga ijodkorlik bilan yondashib unga magnitlar o’rnatdi — endi barcha shirinliklar tom ma’noda havoda muallaq turibdi.
📟 DigiTech
53 515
⚡️Sun’iy intellektga ega Siri iOS 18 da ishga tushiriladi
Hech kimga sir emaski, Apple faol ravishda Siri asosida ChatGPT raqobatchisini ishlab chiqmoqda, biroq so’nggi yillarda kompaniya bu poygada ancha orqada qolgan.
Tahlilchilarning fikricha, gap Apple'ning innovatsion yondashuvi bilan bog‘liq bo’lib, bu ko’proq vaqtni talab etadi:
• Qurilmaning o’zida ma’lumotlar almashinuvi: ChatGPT va uning analoglari so’rovlarni masofaviy serverlarda qayta ishlaydi, Apple esa barcha operatsiyalarni qurilmaning o’zida bajarishga intilmoqda. Bu nafaqat javob berish vaqtini tezlashtiradi, balki xavfsizlikni ham oshiradi.
• Video va audioni qayta ishlash: Apple sun’iy intellekti nafaqat matn, balki audio va video bilan ham ishlay oladigan bo’ladi.
Apple sun'iy intellektga ega mutlaqo yangi Siri'ning birinchi namoyishini iyun oyida bo’lib o’tadigan WWDC konferensiyasida o’tkazishi mumkin.
📟 DigiTech
53 515
🚘 Porsche kompaniyasi Macan 4 birinchi elektr krossoverini namoyish etdi: u 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erishadi.
Top versiyasida bir zaryadda 784 km gacha bo’lgan masofani bosib o’tadi, maksimal tezlik 260 km/soat. Barcha versiyalarida 80% gacha 21 daqiqada tez zaryadlash funksiyasi mavjud.
Bazaviy versiyasi narxi 80 450 dollar, 630 ot kuchiga ega Turbo esa — 106 950 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 515
IaaS yoki On-prem: «Biznes uchun qanday tanlov qilish kerak?» mavzusida bepul vebinarga marhamat!
Veb-seminarda Servercore’dagi mutaxassislar siz uchun eng yaxshi yechimni qanday tanlash haqida aytib beradilar hamda bulutli yechimlarning (IaaS) va o'zingizning uskunangizdan (On-premise) foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini taqqoslaydilar.
Dasturda:
— On-premise yondashuvi nima? Ma'lumotlarni o'z uskunalarida saqlash va qayta ishlashning o'ziga xos xususiyatlari haqida nutq so'zlanadi;
— Bulutli infratuzilma nima? Bulutdagi hisoblash quvvatlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi;
— Biznes uchun yechim topish va e'tibor berish kerak bo'lgan omillar haqida;
— Gibrid infratuzilma IaaS bilan On-premise o'rtasidagi kelishuv sifatini solishtiriladi;
— IaaS’ni haqiqiy amaliyotda qo'llashga doir misollar keltiriladi;
🔺 Vebinar ishtirokchilari servislarni sinovdan o'tkazish uchun my.servercore panelida 400 000 so'm bonus oladilar.
📆 Vebinar 31-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 12:00, Chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Havola orqali vebinarga ro'yxatdan o'ting.
Reklama
53 515
🌇 Dubayda yana bir juda baland osmono’par bino Burj Azizi qurilmoqda. U Dubaydagi va dunyodagi ikkinchi eng baland binoga aylanadi.
Aniq balandlik hali aniqlanmagan: ular ikkita rekord o’rtasida tanlashmoqchi - 828 metr (Burj Khalifa, Dubay) va 679 metr (Merdeka 118, Kuala-Lumpur).
Loyiha qiymati — 1,5 milliard dollar. Minorada hashamatli penthauslar, 7 yulduzli mehmonxona, kuzatuv maydonchasi va ko’plab premium restoranlar bo’ladi.
📟 DigiTech
53 515
📲 Apple iPhone'da uchinchi tomon ilovalari do’konlarini o’rnatishga rasman ruxsat berdi — mart oyida iOS 17.4 yangilanishi bilan ishlaydi, lekin faqat Yevropa Ittifoqida.
Barcha yangi ilovalar do’konlari Apple kompaniyasining «to’liq tekshiruv jarayoni» dan o’tadi, ammo ular ichidagi ilovalar tekshirilmaydi. Barchasini brauzerdan yuklab olish mumkin bo’ladi.
Katta ehtimol bilan istagan odam sozlamalarda joylashuvni Yevropa Ittifoqiga o’zgartirib, istagan ilovalarini yuklay oladi.
📟 DigiTech
